fa
Feedback
Muhammadjon's

Muhammadjon's

رفتن به کانال در Telegram

Muhammadjon Toshpo'latovning shaxsiy blogi. Kanadadagi va Google'dagi hayot, kuzatuvlar hamda shaxsiy fikrlar

نمایش بیشتر
524
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
Google'da ishlashning afzalliklari Google bozordagi eng yaxshi maosh taklif qiladigan kompaniyalardan biri. Lekin ishchilarning unumdorligi faqatgina oylikka bog'liq emas. Shu sababdan kompaniya tomonidan ishchilar uchun bir qator qo'shimcha qulayliklar yaratib berilgan. Quyida men o'zim uchun eng yoqqanlarini keltirib o'taman. • Mikro-oshxona (Microkitchen). Menga eng yoqadigan narsalar ichida birinchi o'rinda mikro-oshxona turadi. Mikro-oshxona — bu har xil ichimliklar, yeguliklar va mevalar joylashgan kichkina oshxona. Google'da "hech bir ishchi yegulikdan 200 fut (60m) uzoqda bo'lmasligi kerak" degan "qoida" mavjud. Shuni hisobga olib har bir binoda bir nechta mikro-oshxonalar joylashtirilgan. • 2-3 mahal issiq ovqat. Mikro-oshxonadan tashqari kuniga kamida ikki marta issiq ovqat ham beriladi. Menyuda har doim bir nechta turdagi ovqatlar, salatlar, shirinlik va ichimliklar bo'ladi. Ha, halol ovqatlar ham beriladi. • Transport xizmati. Ishchilarni uydan ishga hamda ishdan uyga tashlab qo'yish uchun bepul taksilar har kuni xizmat ko'rsatadi. • Fitnes zal. Ofisda fitnes zali joylashgan bo'lib undan 24/7 foydalansa bo'ladi. Agar ofisdagi zal ma'qul kelmasa, o'zingiz xohlagan fitnes zalga a'zo bo'lishingiz mumkin va Google siz uchun to'lab beradi. • Hordiq chiqarish uchun har xil o'yinlar. Ofisda stol tennisi, billiard, aqlni charxlaydigan va video (playstation) o'yinlar mavjud. Ulardan xohlagan vaqtda foydalanish mumkin. • Sport o'yinlari. Bizning ofisda ishchilar har kuni ishdan so'ng qandaydir jamoaviy sport turi bilan shug'ullanishadi. Futbol, basketbol va badminton — shular jumlasidan. • Ibodat uchun xonalar. Ofislarda ibodat qilish uchun alohida xonalar bor. • Qulay ish soatlari. Kunlik ishni boshlash va tugatish vaqtlari aniq belgilab qo'yilmagan. xohlasangiz 8:00 dan 16:00 gacha, xohlasangiz 10:00 dan 18:00 gacha ishlaysiz. • Tibbiy sug'urta. Google ishchilari hamda ularning oila a'zolari 100% tibbiy sug'urta bilan qoplanadi! Bular — asosiylari. O'ylab ko'rsam, ro'yhatni yana uzoq davom ettirishim mumkin ekan. Qisqa qilib aytganda barcha narsa ishchilar qoniqib ishlashlari va baxtiyor bo'lishlari uchun. https://t.me/muhammadjohns

Yuqoridagi postga doir rasmlar (Internetdan olindi)
+6
Yuqoridagi postga doir rasmlar (Internetdan olindi)

"Accessibility"ga oid rasmlar (Internetdan olindi)
+6
"Accessibility"ga oid rasmlar (Internetdan olindi)

"Accessibility" haqida Ingliz tilida "accessibility" degan tushuncha mavjud bo'lib, bu — mahsulot, servis yoki atrof-muhitni shunday yaratish yoki o'zgartirishni bildiradiki, natijada nogiron odamlar ham undan bemalol foydalana oladilar. Bunga oddiy misol qilib, ko'p qavatli binolarga o'rnatiladigan liftlarni keltirsak bo'ladi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda "accessibility" uchun alohida e'tibor beriladi: • Har bir binoga kirish uchun zinadan tashqari albatta nogironlar aravachasida yurib kirish qulay, unchalik tik bo'lmagan qiyalik mavjudligi (zina bilan bir xil qiyalikda emas); • Eshiklarning avtomatik tarzda ochilib-yopilishi uchun tugma o'rnatilgan bo'lishi; • Jamoat transportlarida harakatlanish, ayniqsa, ularga chiqib-tushish imkoniyati yaratilgan bo'lishi; • Bekatlarda hamda yo'lovchilar yo'lagi chetida ko'zi ojizlar uchun belgilar mavjudligi; • Binolarga eng yaqin avtomobil to'xtash joyi nogironlar (shuningdek, qariyalar yoki homiladorlar) uchun ajratilganligi; • Ko'zi ojizlar uchun svetoroflarlarning ovozli bo'lishi; • Aravachadagi odamlar foydalana olishi uchun hojatxonalarning kengroq xonalarga ega bo'lishi va hokazolar. Kanadaning barcha provinsiyalarida ham shunga oid qonunlar mavjud bo'lib, davlat va nodavlat tashkilotlar, bizneslar, ijtimoiy soha tashkilotlari ushbu qonunlar asosida o'z binolari, uning atrofi va servislarda belgilangan tartibda "accessibility"ni ta'minlab qo'yishlari shart. Nogironlik ishga kirishga ham ta'siq qilmasligi kerak. Aksincha, ish beruvchi tashkilot nogiron ishchilarga qo'shimcha qulayliklar yaratib berishlari kerak bo'ladi. Qisqa qilib aytganda, shunday infrastruktura va sharoit yaratilgan bo'lishi kerakki, imkoniyati cheklanganlar ham o'z salohiyatlarini to'liq namoyish qila olishlari va boshqalarning yordamisiz barcha ishni bajara olishlari kerak. "Accessibility" faqatgina jismlarga chegaralanib qolmasligi lozim. Dasturchilar yaratayotgan ilovalar ham iloji boricha shu talablarga javob berishi kerak, lekin bu — alohida mavzu. "Accessibility" normalarini O'zbekistonga ham joriy qilish juda muhim. Hattoki poytaxtda ham sharoitni zo'r deb bo'lmaydi. Birgina misol, eng asosiy jamoat transportlaridan biri hisoblangan Toshkent metrosining juda ko'p bekatlariga nogironlar aravachasidagi odam boshqalarning yordamisiz tusha olmaydi. "Juda kam sonli nogironlar uchun shuncha o'zgarish shartmi?" degan savol paydo bo'lishi mumkin. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, dunyo aholisining 15 foizida qandaydir turdagi nogironlik mavjud. Bu — har olti odamdan biri degani. Bu raqamlar O'zbekistonda biroz ko'proq yoki kamroq bo'lishi mumkin. Bizda nogironlar kam, deb bo'lmaydi. Aksincha, infrastruktura yaxshi bo'lmagani uchun ularni ko'chalarda ko'p uchratmayotgan bo'lishingiz mumkin, xolos. http://t.me/muhammadjohns

Repost from GDG Tashkent
Muhammadjon Toshpulatov bilan bo’lib o’tgan “Path to Google” mavzusidagi suhbatimiz o’z nihoyasiga yetdi. Jonli efirda biz bilan bo’la olmagan bo’lsangiz yozib olingan streamni ko’rishingiz mumkin. Yozib olingan streamga link: https://www.youtube.com/watch?v=Z_qs5Q35gq4 Mehmonimiz bilan aloqaga chiqish va faoliyatlari bilan tanishish uchun ularning shaxsiy kanallariga obuna bo’lishingiz mumkin. Link: https://t.me/muhammadjohns Stay tuned 😉

Repost from GDG Tashkent
10 daqiqada suhbatimiz boshlanadi! Suhbat link: https://youtu.be/Z_qs5Q35gq4

Repost from GDG Tashkent
#DevFest22 oldidan o’tkazilayotgan suhbatlarimiz davom etadi! 12-Noyabr 6:00pm - Diyorbek Sadullaev (SDE @ Super Dispatch) De
+1
#DevFest22 oldidan o’tkazilayotgan suhbatlarimiz davom etadi! 12-Noyabr 6:00pm - Diyorbek Sadullaev (SDE @ Super Dispatch) Debugging Frontend Applications (O’zbek tilida) 13-Noyabr 8:00pm - Muhammadjon Toshpulatov (SDE @ Google) Path to Google (O’zbek tilida) Suhbatlarni o’tkazib yubormaslik uchun YouTube kanalimizga a’zo bo’lib qo’ng’iroqcha 🔔 tugmasini bosib qo’ying. Mehmonlarimizga savollaringizni quyida yozib qoldiring 👇 Biz bilan qoling! 😉

Kanadaning bir necha shaharlarida Google'ning ofislari mavjud: Voterlu (Waterloo), Toronto (Toronto), Monreal (Montréal)... .
+8
Kanadaning bir necha shaharlarida Google'ning ofislari mavjud: Voterlu (Waterloo), Toronto (Toronto), Monreal (Montréal)... . Eng katta hab men ishlaydigan Voterlu shahrida joylashgan. Bugun Toronto shahridagi ofislardan biriga borib, o'sha yerdan ishladim. Bu ofis 41 qavatli Ernst & Young minorasida (EY Tower) joylashgan bo'lib, binoning faqatgina ikkita qavatini egallaydi. Yuqorida shu ofisdan rasmlarni ulashyapman. t.me/muhammadjohns

Google'da nechta O'zbekistonlik ishlaydi? Ishga kirishimdan oldin Google'da ishlaydigan 4-5 kishini bilar edim. Ba'zilarni shaxsan tanirdim, qolganlarni esa tanishlarim orqali eshitgandim. Ishni boshlagan birinchi haftamda bildimki, u yerda 20 dan ortiqroq O'zbekistonliklar ishlar ekan. Aksariyati AQSHdagi ofislarda ishlashsa, qolganlar Germaniya, Shvetsariya, Buyuk Britaniya, Polsha kabi davlatlarda ishlashadi. Men — Kanadada. Tez orada safimiz kengayib qoladi, deb umid qilamiz🇺🇿 https://t.me/muhammadjohns

Yaqinda Niagara sharsharasiga bordim (va nihoyat). Rasmlarda ko'rish bilan hayotda ko'rishning farqi katta ekan. Minutiga o'r
+3
Yaqinda Niagara sharsharasiga bordim (va nihoyat). Rasmlarda ko'rish bilan hayotda ko'rishning farqi katta ekan. Minutiga o'rtacha 145,000 m³ suv oqib tushadigan ushbu tabiat go'zalligi turistlar bilan to'la ekan. Qiziq fakt: Kanadaning AQSH bilan chegaradosh, sharshara joylashgan shaharning nomi ham "Niagara sharsharasi" ekan. https://t.me/muhammadjohns

Toshkent shahridagi Inha Universitetiga bergan intervyuim gov.uz rasmiy vebsaytida ham chiqibdi. Batafsil: https://www.gov.uz
Toshkent shahridagi Inha Universitetiga bergan intervyuim gov.uz rasmiy vebsaytida ham chiqibdi. Batafsil: https://www.gov.uz/oz/news/view/34876 https://t.me/muhammadjohns

Google'dan "offer" olganingizda tahminan bunday sovg'a jo'natishlari mumkin (suv idish). Ishni qabul qilib, boshlaganingizdan
+1
Google'dan "offer" olganingizda tahminan bunday sovg'a jo'natishlari mumkin (suv idish). Ishni qabul qilib, boshlaganingizdan keyin esa an'anaviy "Noogler hat" ga ega bo'lasiz. https://t.me/muhammadjohns

Quyidagi linkda Google'ga ishga kirish jarayoni batafsil ma'lumot berishga harakat qildim: https://medium.com/@m_toshpulatov/google-intervyu-jarayoni-3d3cf74bb6c5 Savollaringiz bo'lsa, izohlarda qoldiring. https://t.me/muhammadjohns

Assalomu alaykum! Barchangizga Qurbon Hayiti muborak bo'lsin!!! Alloh barchamizning qalbimizdagi ezgu niyatlarimizga erishishlikni nasib etsin!

Ushbu postning davomi Ko'rib turganingizdek, Kanadaga talaba vizasini olish oson emas. Bundan tashqari yaxshigina xarajat qilishga to'g'ri keladi: Moliyaviy holatni isbotlash uchun bank hisob-raqamingizda kamida bir yillik xarajatlaringiz (kontrakt to'lovi, yashash ijarasi, oziq-ovqat) ni qoplaydigan miqdorda pul ko'rsata olishingiz kerak. "Study permit" ga hujjat topshirish uchun 235 Kanada dollari (~182 AQSH dollari), tibbiy ko'rik uchun 242 AQSH dollari, pochta xizmati uchun qo'shimcha pul, parvoz chiptasi uchun tahminan 800 AQSH dollari singari kattaroq xarajatlar ketadi. "Kanadada o'qish shuncha xarajat qilishim uchun arziydimi?" deb o'ylanayotgan bo'lsangiz kerak. O'zimning tajribamdan kelib chiqsam, ha arziydi! Bu ma'lumotlar foydali bo'ladi, deb umid qilaman. Savollaringiz bo'lsa, izohlarda qoldirishingiz mumkin. https://t.me/muhammadjohns

Kanadaga talaba vizasini olish Ikki kun oldin Kanadaga magistratura bosqichida o'qishga qanday qilib xujjat topshirish haqida yozgan edim. Aytaylik, universitetdan o'qish uchun taklif oldingiz va depozitni to'ladingiz. Endi buyog'iga nima qilish kerak? 1. Kanadada o'qish uchun ruxsatnoma ("Study permit") olishingiz kerak bo'ladi. Bu ruxsatnoma uchun hujjatlarni onlayn tarzda yoki qog'oz ko'rinishida topshirish mumkin. Onlayn topshirish tezroq va osonroq bo'lib, buning uchun Kanada hukumatining rasmiy vebsayti (canada.ca) dan foydalanasiz. 2. Vebsaytidagi talaba vizasi uchun so'rovnomaga javob berganingizdan keyin topshirishingiz kerak bo'lgan hujjatlar ro'yxatini ko'rsangiz bo'ladi. Ro'yxatda odatda: - "Study permit" uchun ariza; - Pasport; - O'qishdan olgan "offer letter"; - Moliyaviy holatni tasdiqlovchi hujjat; - Rasm va hokazolar bo'ladi. 3. Barcha hujjatlarni tayyorlab, elektron nusxasini onlayn tarzda topshirganingizdan keyin 2-3 kun ichida emailingizga biometrik ma'lumotlarni taqdim qilishingiz talab qilingan xat keladi. Biometrik ma'lumot barmoq izlari bo'lib, uni Kanada viza markazlarida ("Visa application center — VAC") topshira olasiz, xolos. Afsuski, O'zbekistonda bunday viza markazi yo'q. Buning uchun boshqa davlatga borishingiz kerak. Ta'kidlab o'tishim kerakki, viza markazi bu elchixona degani emas. 4. Biometrik ma'lumotlarni topshirib bo'lgandan keyin bir necha kun (hafta) o'tib tibbiy ko'rikdan o'tishingiz talab qilingan email olasiz. Ko'rikdan Toshkentdagi "Tashkent International Medical Clinic" da o'tsangiz bo'ladi. Natijalarni klinikaning o'zi Kanada elchixonasiga taqdim qiladi. 5. Agar topshirgan hujjatlaringizning barchasi ma'qul kelsa, pasportingizni jo'natishingizni so'rashadi. Pasportni elchixonaga emas, Kanada viza markazi (VAC) ga jo'natishingiz kerak. VAC passportingizni qabul qilganidan keyin Kanada elchixonasiga jo'natadi. Pasportni pochta orqali jo'natish uchun ishonchli va tezkor pochta turidan foydalanishingiz kerak (qimmatroq bo'lsa ham). O'zingiz tanlagan pochtada oldindan to'lov servisi borligini tekshiring. Chunki pasportingiz tayyor bo'lganindan keyin uni qaytarib olib kelish kerak bo'ladi. Buni esa pochta orqali amalga oshirish qulayroq. 6. Tabriklayman, pasportingizni qabul qilib oldingiz. Pasportingizning bitta sahifasiga stiker yopishtirilgan bo'ladi. Bu — "study permit" emas! Bu — Kanadaga kirib-chiqish uchun vaqtinchalik viza. "Study permit"ni Kanadaga uchib borganingizdan keyin birinchi aeroportda Kanada chegara xizmatlari agentligi (Canada Border Services Agency) hodimidan olasiz. Ular sizni 5-10 daqiqa davomida qisqa suhbat qilishlari mumkin. Savollariga hotirjam, to'g'ri va tushunarli javob berishingiz kerak. Shundan so'ng sizga "study permit" taqdim qilinadi. "Study permit" bir varoq sarg'ish hujjat bo'lib, unda siz haqingizda ma'lumotlar, hujjatning berilgan sanasi hamda amal qilish muddati, va qo'shimcha ma'lumotlar bo'ladi. 7. Buyog'iga rasmiy ravishda Kanadaning vaqtinchalik rezidentiga aylanasiz. "Study permit" ning pastida sizga qo'yilgan shartlar bo'ladi. Shu yerda sizga ishlash haqida ruxsat berilgan bo'lishi mumkin. Shunday bo'lsa, o'qishingiz boshlangan birinchi kundan boshlab haftasiga 20 soatdan oshmagan miqdorda ishlasangiz bo'ladi. Agar ishlash uchun ruxsat haqida hech narsa yozilmagan bo'lsa, siz ishlay olmaysiz. Ishlashga ruxsat olish uchun "study permit" shartlarini o'zgartirish uchun ariza topshirasiz va sizga yangi "study permit" beriladi. Davomi ushbu linkda

Galifaks shahri
Galifaks shahri

Kanadadagi universitetlarga hujjat topshirish haqida Ko'pchilik mendan "Kanadada o'qimoqchiman, tavsiya qilasizmi, nima maslahat berasiz, nimalarga e'tibor berishim kerak?", deb so'raydi. Albatta, men Kanadada o'qishni bir necha sabablarga asoslanib tavsiya qilaman: 1. Kanadaning 17 ta universiteti dunyoda top-500 talikda joylashgan. 2. Rasmiy til — O'zbekistonda anchagina ommalashgan ingliz tili. 3. Talabalarga o'qish davrida haftasiga 20 soatgacha ishlashga ruxsat beriladi. 4. O'qishni bitirgandan keyin Kanadada 3 yilgacha qolib ishlashga ruxsat beriladi. 5. Odamlari — xushmuomala, tabiati — chiroyli. Bu ro'yxatni xohlagancha uzaytirishim mumkin. Agar Kanadada o'qishga qaror qilgan bo'lsangiz, sizni oldinda uzoq yo'l kutib turibdi. O'zim Kanadada faqat magistraturada o'qiganim uchun, aynan magistratura bosqichida o'qish uchun hujjat topshirish haqida ma'lumot beraman. Kanadadagi universitetlar magistratura bosqichi uchun asosan 3 ta hujjat talab qiladi: 1. Bakalavriat diplomi va transkript (baholar). 2. IELTS yoki TOEFL test ballari. 3. Akademik tavsiyanoma ("Recommendation letter from professors"). Yuqoridagi uchta hujjat deyarli barcha universitetlarda so'raladi. Ayrim universitetlar qo'shimcha tarzda GRE, GMAT test ballarini ham talab qilishi mumkin. Hujjatlarning hammasini onlayn tarzda universitetlarning rasmiy vebsaytida ko'rsatilgan portal orqali topshiriladi. Ba'zi hujjatlarning tasdiqlangan nusxasini pochta orqali jo'natishingiz talab qilinishi ham mumkin. Masalan, men transkriptni pochta orqali universitetga jo'natganman (oddiy pochta orqali 30-40 kunda yetib boradi). Baho eng muhim talablardan biri. Odatda qaysi fakultetga topshirmoqchi ekanligingizga qarab talab qilinadigan minimum baho ko'rsatib qo'yilgan bo'ladi. Agar sizni bahoyingiz minimum talabga javob bermaydigan bo'lsa, topshirishni maslahat bermayman. Vaqt va pul ketgani qoladi, xolos. IELTS sertifikatiga kelsa, ko'p holatda 6.5-7.0 ball yetadi. Bu talab universitetlar, va fakultetlar bo'yicha farq qilish ehtimolligi bor. Misol uchun, Dalhauzi universitetida "Master of Computer Science" yo'nalishi uchun IELTS 7.0 ball kerak. Huddi shu yo'nalish uchun "University of Ottawa" da 6.5 ball talab qilinadi. Bundan tashqari, bu testlardagi har bitta bo'lim ("Listening", "Writing", ...) uchun ham alohida talab bo'lishi mumkin. Har bir bo'lim 6.0 dan kam bo'lmasligi kerak, degandek. Akademik tavsiyanoma uchun hujjat topshiradigan portalda o'qituvchilarning ism-familyasi hamda email manzilini kiritasiz. Shundan so'ng universitet ushbu o'qituvchilarning email manziliga tavsiyanoma yozish uchun havola ("link") jo'natishadi. Tavsiyanoma uchun fanidan siz yuqori baho olgan o'qituvchilaringizni ko'rsatishni maslahat beraman. Barcha hujjatlarni topshirib, to'lov ("application fee") ni to'laganingizdan keyin, buyog'i — kutish. Shaxsan men Dalhauzi universitetidan javob kelishini 6 oy kutganman. Bir necha oy kutishdan keyin, agar o'qishga qabul qilingan bo'lsangiz, sizga o'qish uchun rasmiy taklif ("offer") keladi. Sizni universitetdagi o'rningiz kafolatlanishi uchun unchalik katta miqdorda bo'lmagan depozit to'lashingizni so'rashlari mumkin. Qancha to'lanish kerakligi universitet tomonidan belgilanadi. Agar keyinchalik biror-bir sababga ko'ra o'qishga bora olmasangiz, bu pul qaytarib berilmaydi. Agar borsangiz, bu pul kontrakt to'lovining bir qismi sifatida qabul qilinadi. Ta'kidlab o'tishim kerakki, bu hammasi hal bo'ldi, degani emas. Aksincha, eng mashaqqatli ish endi oldinda: Kanadada o'qish uchun ruxsatnoma ("Study permit") olish. Bu ruxsatnomaga hujjat topshirish tartibini keyingi postlarimda tushuntirib beraman. Ko'rib turganingizdek, o'qishga hujjat topshirib va javobni olish — uzoq vaqt oladigan jarayon. Shuning uchun bir paytda bir nechta universitetga hujjat topshirish yaxshi qaror bo'lishi mumkin. https://t.me/muhammadjohns

photo content
+2