cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

SIRDARYOLIK YOSHLAR

Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy kanali Yoshlar bilan bogʻliq yangiliklar va ularga berilayotgan imkoniyatlar yoritib boriladi. @Sirdaryolik_yoshlar_fikri_bot #yoshlar #imkoniyat #yangilik

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 368
مشترکین
-824 ساعت
-427 روز
-13730 روز
آرشیو پست ها
Repost from Alisher Sadullaev
Telegram orqali muloqotimiz 17:30da boshlanadi. 👉https://t.me/alisher_sadullaev?livestream Mavzu: o'zbek va xorijiy tillarni rivojlantirish, o'quv markazlari bilan hamkorlik, "Kelajak kasblari" loyihasini davom ettiramizmi? Muloqotda, yoshlar yetakchilari, hududiy agentlik rahbarlari, o'quv markazi rahbarlari va "Kelajak kasblari" doirasida kasb o'rganmoqchi bo'lgan yoshlar ishtirok etishadi. Muloqotimiz barcha uchun ochiq. Izohlarda mavzuga doir savollarni qoldirsangiz, ularga javob berishga harakat qilamiz.
نمایش همه...
#HARBIY_VATANPARVARLIK O‘sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama maʼnan va jismonan chuqur aqliy bilimga ega bo‘lishlari uchun yurtimizda barcha qulay imkoniyatlar yaratib berilgan. Yoshlarimizning ushbu imkoniyatlardan unumli foydalangan holda harbiy-vatanparvarlik ruhida kamol topib, kasb tanlashda adashmasdan, dunyoviy bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishlarida esa, yurtimiz himoyachilarining ham o‘rni beqiyos. Shu maʼnoda, Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash boshqarmasida xodimlari tomonidan Mirzobod tumanida joylashgan San'at maktabida M.Ulug‘bek va Tinchlik MFYlarida yashovchi otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi. Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! TelegramFacebook 🌐 Instagram
نمایش همه...
👍 3👏 2
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan #Rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi o'tkazildi.
Boshqarma tomonidan otaliqqa olingan yoshlarni qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarini hal etish, ularni vatanparvarlik, Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash hamda huquqbuzarliklarni aniqlash va barvaqt oldini olishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni sifatli ijrosini taʼminlash maqsadida Mirzobod tumanida joylashgan San'at maktabida M.Ulug‘bek va Tinchlik MFY yoshlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar uchrashuvi" o'tkazildi. Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik N.Abduvaliyev yoshlarning muammolari bilan qiziqdi, takliflarini tingladi va yoshlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Ochiq muloqot davomida oʻz xizmat faoliyati, hayotiy tajribalari va yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar xususida toʻxtalib o‘tdi. Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! TelegramFacebook 🌐 Instagram
نمایش همه...
👍 3👏 1
Sirdaryoda g'oliblar munosib kutib olindi
Bugun Guliston shahar Markaziy temiryo'l shohbekatida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning Yengil atletika turi bo'yicha A liga Respublika bosqichida ishtirok etib, viloyatimiz sha'nini munosib himoya qilgan holda faxrli ikkita 2-o'rin va ikkita 3-o'rinni qo'lga kiritgan Sirdaryo viloyati yoshlar jamoasi tantanali kutib olindi. Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! TelegramFacebook 🌐 Instagram ✔️ Muloqot bot
نمایش همه...
Viloyat hokimi Rossiya Federatsiyasiga xizmat safari davomida Kranodar o‘lkasida vaqtincha ishlayotgan sirdaryoliklar bilan uchrashdi.
Viloyatda amalga oshirilayotgan investision loyihalar, ochilayotgan yangi ish o‘rinlari, ta’lim olish va qo‘shimcha kasb o‘rganish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Dasturxon yozilib, osh tortildi. Mehnat migrantlarining ish va yashash sharoiti o‘rganilib, muammolari va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaat va takliflardan kelib chiqib, viloyatdagi tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi. Ayrim murojaatlar qisqa fursatlarda hal etildi. Xususan, turmush o‘rtog‘i bilan ishlashga borgan boyovutlik Baxtiyor O‘sarovning ota-onasi va vasiylik asosida ularga qoldirgan ikki farzandi holidan xabar olindi. Xonadonida volontyorlar ishtirokida hashar tashkil qilinib, uy-joyining tashqi qismi ta’mirlab berildi. Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! TelegramFacebook 🌐 Instagram ✔️ Muloqot bot
نمایش همه...
👍 8
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston – dunyo yoshlari nigohida 🗞“Yangi O‘zbekiston” gazetasining yangi sonida “Butunjahon yoshlar festivali” haqida maqola chop etildi. O‘zbekistonda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va imkoniyatlar xalqaro miqyosda ham yuqori baholanmoqda. Maqolada siz, festivalga tashrif buyurgan xorijiy delegatsiya vakillarining mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida bildirgan fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin. ➡️Maqolani to‘liq o‘qish uchun havolaga bosing. Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
نمایش همه...
👍 1
03:08
Video unavailableShow in Telegram
Yoshlar tadbirkorligi uchun yangi imkoniyatlar
Hozirgi vaqtda yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Muhimi, yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik miqyosi yildan-yilga kengayib bormoqda. Shu jumladan, Sayxunobod tumani Shodlik mahallasi yoshlar yetakchisining tashabbusi bilan mahalladagi Abdullayeva Sevara Alisher qiziga qandolatchilik sohasida tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida asbob-uskunalar va imtiyozli kredit mablagʻi olib berilgan. Hozirgi kunda Sevara Abdullayevaning 8 nafar shogirdi boʻlib, barcha yoshlarga namuna sifatida oʻz daromadiga ega boʻlmoqda. Bizni ushbu ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting ! TelegramFacebook 🌐 Instagram ✔️ Muloqot bot
نمایش همه...
video_2024-07-05_18-40-24.mp460.31 MB
👍 1
Sardobada yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi
Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchilarini doimiy ravishda bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘quv-seminar bo'lib o'tdi. Shu asosida Sardoba tumani mahallalarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari uchun tuman hokimlik binosida tashkil etilgan seminarda, viloyat boshqarmasi mas'ullari tomonidan yoshlar yetakchilarining joriy yil 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, xususan, yoshlarga yer ajratish, og'ir toifadagi yoshlar bilan tizimli ishlash, yoshlar murojaatlari, besh tashabbus loyihalari, “Yoshlar daftari” tizimidan maqsadli foydalanish, media savodxonligi kabi bir qator yo‘nalishlarda hisobotlari tinglandi va kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan ularga kerakli tushuncha va ko‘nikmalar berildi. Bizni kuzatishda davom eting ! TelegramFacebook
نمایش همه...
👍 2 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.