cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Iqtisodiyot_《total essence》

✅ Specialists; ✅ Teachers; ✅ Students; ✅ ... Kanal maqsadi o‘zining ilmi, salohiyati, tirishqoqligi, mashaqqati va sabri orqali ma'lum bir muvaffaqiyatga erishmoqchi bo'lgan insonlar uchun faoliyat olib boradi! Bogʻlanish uchun: @Economics_ITE_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 411
مشترکین
-1424 ساعت
-377 روز
+15530 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

00:32
Video unavailableShow in Telegram
Menimcha bu eng ajoyib reklama bo'lsa kerak! Fly Emirates ✈️ ✔️@Economics_ITE
نمایش همه...
😱 12👍 8🔥 4👏 2💯 1🏆 1
Reaksiya bosishni sekin-sekin o‘rganib olyapmiz, auditoriyamizga rahmat! Reaksiya bu mehnat mahsulini natijasi. Yozuvchi yaratgan "mahsulotni" qiymati. Qiymat qancha ko‘tarilsa, sifat ham oshib boradi✔️
نمایش همه...
👍 45🔥 6 5💯 5
Uchrashuvdagi Marketing Albatta adashayotgan boʻlasiz, qachonki marketingni faqat reklama deb oʻylasangiz! Uchrashuvga chiqqanimda ham Marketing bormi? Albatta bor uchrashuvdagi Marketolog. Turmush oʻrtogʻingga oʻzingni chiroyli, yaxshi kiyinib, atir sepib va sochlarni tarab koʻrsatasan. (Qadoqlash ham insonni jalb qilar ekan bu ham Marketing) Marketologning vazifasi nimalardan iborat? Marketologning birgina vazifasi bor: U ham boʻlsa Kompaniya foydasini oshirish! “Qanday qilib foydasini oshiradi?” desang, oshirish uchun nima qilish kerak boʻlsa barchasini qiladi. Eng muhim Marketing qoidalari: - Minimal harajat bilan maksimal foyda qilish. - Ketgan mijozlarni olib kelish. - Bor mijozlarni ushlab qolish. - Yoʻq va kelajakdagi mijozlarni jalb qilish. Marketing oʻrganishni nimadan boshlay? Klassik yozuvchilar Philip Kotler va Seth Godin kitoblari marketing fundamentingni qurib olish uchun ayni muddao. ✔️@Economics_ITE
نمایش همه...
👍 35💯 12 3🔥 3😁 1🏆 1
Kutilmagan, noodatiy sovgʻalarni albatta sevishadi “Hilton” mehmonxonasining ajoyib keysi. Bir oila mehmonxona uchun buyurtma berishadi. Shu oila a’zosi ayol nomini qabuldan bilib, ichki ishchilar mijoz xonasiga kirishidan oldin, ayol nomi uchun pechenyelar qoʻyib qoʻyishadi. “Hadicha” deb stol ustiga tayyorlangan boʻladi. Xonaga kirgan, allaqachon mijoz boʻlishga ulgurgan insonlarga kutilmagan holda sovgʻa berishganligi uchun ayol oʻzida yoʻq xursandchilikni his etadi. Darrov telefonida su’ratga olib, instagram profiliga joylaydi. Tabiiyki uni koʻrgan doʻstlari, bu qayer ekan? deb soʻrashadi. Ayol barchasini aytib, oʻzi bilmagan holda reklama qilib beradi. Eng qizigʻi pechenye atigi 2$, lekin mijozlar esa undan 10 hattoki 100 barobar koʻproq foyda olib keladi. P.S: “Mijoz sotib oldi, boʻldi men ishimni bajardim” deb emas, uni yanada xursand qilsangiz, umri davomida sizga jonli reklamachi boʻlib beradi. ☑️@Economics_ITE
نمایش همه...
😁 21👍 11💯 7
Mijoz bilan umumiy jihatlaringiz qanchalik ko’p bo’lsa, sotib olish ehtimoli shunchalik oshadi! Agar siz faol savdo qilsangiz, unda sizdan mahsulot sotib olgan mijozlaringizning aksariyati bilan sizni birlashtiruvchi umumiy narsa bor. Ehtimol, ongsiz yoki ongli ravishda siz ikkalangiz uchun qiziqarli bo’lgan umumiy mavzularda gaplashsangiz, va shu vaqtning o’zida mijoz sizga yaqin do’st sifatida ishonishni boshlaydi... ☑️@Economics_ITE
نمایش همه...
👍 6💯 4🔥 1
Imkoniyat bahosi o’zi nima? Imkoniyat qiymati deb, inson bir narsani qilish imkoni bo’la turib, boshqa narsani tanlagani sababli qo’yib yuborilgan fursat qiymatiga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, imkoniyat narxi bu muqobil tanlovni iste'mol qilmaslik natijasidan kelib chiqqan "xarajat". Masalan, bir joyda tekinga lavash tarqatishyapti deb tasavvur qilaylik. Shu lavashni olish uchun bir soat navbat kutishingiz kerak. U yerda navbatga turishingiz bilan, shu vaqtda yana boshqa biror narsani qilish imkoniyatidan voz kechdingiz. Demak, tekinga lavash yeyishning imkoniyat bahosi, uning o’rniga qila oladigan narsalardan iborat. Shu bir soat kutishning o’rniga ishlashingiz, kompyuter o’ynashingiz, kitob o’qishingiz, kerak bo'lsa, uxlab dam olishingiz ham mumkin edi. Shuning uchun, o'sha tekin lavash, aslida “tekin” emas, chunki uni olish uchun siz boshqa narsalardan voz kechdingiz. Stadiondan jonli futbol koʻrish imkoniyat bahosiga kelsak, to’gri javob 100$. Chunki Manchester derbisini ko’rishni o’rniga, El klassikoni koʻrishingiz mumkin edi. El klassikodan 500$ bahra olar ekansiz, lekin kirish chiptasi uchun 400$ to’lashingiz kerak, ya’ni agar Manchester derbisini koʻrish uchun kirmagan bo’lganizda 100$lik madaniy ozuqa olgan bo’lar edingiz. Shunining uchun ham, Manchester derbisi ko’rishni imkoniyat bahosi 100$.
نمایش همه...
👍 11💯 3🔥 2
Izohda oʻzingiz fikringiz qoldirasiz, birozdan keyin oʻzim fikrimni yozaman!
نمایش همه...
👍 3
Menda obunachilarimga bitta iqtisodiy savolim bor, samimiy javobingizni kutib qolaman. Tasavvur qiling, siz "Manchester derbisi (Man.City vs Man.United)"ni ko'rish uchun bepul biletni qo'lga kiritdingiz (hech qanday qayta sotish imkoniyati yo'q). O’sha kunning o’zida, "el classico (Barselona vs Real Madrid)" ham boʻlayotgan ekan va shu uchrashuv sizning keyingi eng yaxshi muqobil vaqt o’tkazish imkoniyatingiz. El klassiko uchun, chiptalar 400$ turadi. Ixtiyoriy kunda, siz el classiconi jonli stadiondan koʻrish uchun 500$gacha to'lashga tayyorsiz. Shu ikki futbol olamidagi muhim baxsni koʻrish uchun, boshqa hech qanday xarajatlar yo'q deb hisoblang. Ushbu ma'lumotlarga asoslanib, Manchester derbisini koʻrishning imkoniyati bahosi (opportunity cost) qancha deb o’ylaysiz? ☑️@Economics_ITE
نمایش همه...
👍 7😁 4 1🔥 1👏 1
Sizningcha eng daromadli kasb qaysi sohada 🤔Anonymous voting
  • IT
  • Ta’lim
  • Sog’liqni saqlash hodimlari
  • O’t o’chiruvchilar
0 votes
👍 14😱 2🤝 1
Qaysi davlat ta’lim tizimi jahonda 1-o’rinda turadi 🤔Anonymous voting
  • Amerika
  • Hindiston
  • Xitoy
  • Finlandiya
0 votes
💯 14😁 5👍 1