TSTU.UZ | NEWS
Ushbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi • instagram.com/tstu.news • facebook.com/tstu.news • twitter.com/tstu_news
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام TSTU.UZ | NEWS
کانال TSTU.UZ | NEWS (@tstu_news) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 13 758 مشترک است و جایگاه 14 518 را در دسته آموزش و رتبه 5 787 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 13 758 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 08 سپتامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر 1 971 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر 12 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 86.82% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 28.51% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 11 936 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 3 920 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 32 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“Ushbu kanalda Toshkent davlat transport universiteti tezkor yangiliklari, voqea-hodisalar haqida xabarlar berib boriladi
• instagram.com/tstu.news
• facebook.com/tstu.news
• twitter.com/tstu_news”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 09 سپتامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته آموزش تبدیل کردهاند.
در حال بارگیری داده...
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 09 سپتامبر | +13 | |||
| 08 سپتامبر | +22 | |||
| 07 سپتامبر | +210 | |||
| 06 سپتامبر | +56 | |||
| 05 سپتامبر | +39 | |||
| 04 سپتامبر | +50 | |||
| 03 سپتامبر | +65 | |||
| 02 سپتامبر | +95 | |||
| 01 سپتامبر | +29 |
| 2 | ❗️Toʻlov-shartnomalarni kontrakt.edu.uz orqali onlayn olish boʻyicha izoh
➖ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
Bundan tashqari bankdan taʼlim krediti olmoqchi bo‘lsa yoki ota-onasining ishxonasidan oylik maoshidan to‘lamoqchi bo‘lsa ham ikki tomonlama shartnoma olish kifoya qiladi, uch tomonlama olib o’tirmang.
➖ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
➡️ @TSTU_NEWS | 6 301 |
| 3 | #oqish_smenasi
2026/2027 o'quv yili o'qish smenalari
Bakalavr kunduzgi ta'lim shakli
2-, 4-kurslar - I-smena (8:00 dan)
1-, 3-kurslar - II-smena (13:00 dan)
Magistratura
1-, 2-kurslar - II-smena (13:00 dan)
Bakalavr kechki ta'lim shakli
1-, 2-kurslar - kechki smena (17:30 dan)
Bakalavr sirtqi ta'lim shakli
Alohida dars jadvali asosida
@tstu_online | 3 303 |
| 4 | Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi g‘alabalar, yangi kashfiyotlar, yangi imkoniyatlar va yuksak marralar yili bo‘lsin!
—
Пусть новый учебный год станет для всех нас годом новых побед, новых открытий, новых возможностей и высоких достижений!
Facebook | Instagram | Telegram | 3 374 |
| 5 | 📝 To‘lov-kontrakt va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi
Toshkent davlat transport universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.
Talabalar kontrakt.edu.uz platformasi orqali to‘lov-kontrakt shartnomalarini shakllantirishlari va yuklab olishlari mumkin.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, ya’ni super-kontrakt asosida o‘qish istagida bo‘lgan abituriyentlar ham mazkur platforma orqali ariza topshirishlari va shartnomalarini shakllantirishlari mumkin.
Shartnomani rasmiylashtirish yoki yuklab olishda qiyinchilikka duch kelgan talabalar va abituriyentlar tegishli fakultet dekanatiga yoki universitetning Registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.
➡️ @TSTU_NEWS | 6 305 |
| 6 | Yangi oʻquv yili ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda
➡️ @TSTU_NEWS | 6 361 |
| 7 | Toshkent davlat transport universitetiga kelish yoʻnalishlari
➡️ @TSTU_NEWS | 5 991 |
| 8 | 🏛 Toshkent davlat transport universiteti yangi oʻquv yilining ochilish marosimiga taklif etadi!
📆 7-sentabr
⏰ Soat 7:30 da
📍Manzil
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹YouTube | ✈️News | 4 146 |
| 9 | Toshkent davlat transport universiteti 2026/2027 oʻquv yili dars va tanaffus vaqtlari
⏰ 1-smena
1-para 8:00 dan 9:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 9:30 dan 10:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
3-para 11:00 dan 12:20 gacha (40 daqiqa tanaffus)
⏰ 2-smena
1-para 13:00 dan 14:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 14:30 dan 15:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
3-para 16:00 dan 17:20 gacha (10 daqiqa tanaffus)
⏰ Kechki smena
1-para 17:30 dan 18:50 gacha (10 daqiqa tanaffus)
2-para 19:00 dan 20:20 gacha
➡️ @TSTU_NEWS | 8 510 |
| 10 | Magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish to‘g‘risida
2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlardan quyidagi ro‘yxatda keltirilgan hujjatlarni 7-sentabrdan 14-sentabrga qadar universitetning asosiy binosi 412-xonasida joylashgan Magistratura dekanatiga, ish vaqtida — 09:00 dan 18:00 gacha, belgilangan muddatdan kechiktirmasdan va to‘liq holda topshirishlari so‘raladi.
1. Fuqarolik pasporti yoki ID-kartaning asli ko‘rsatiladi, nusxasi — 4 ta.
2. Doimiy turar joyi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nusxasi, ya’ni propiska ma’lumotnomasi my.gov.uz orqali olinadi — 2 ta.
3. Bakalavr diplomi va uning ilovasi asli. Agar abituriyent bakalavriat bosqichini davlat granti asosida tamomlagan bo‘lsa, diplomdan ko‘chirma taqdim etiladi.
4. Bakalavr diplomi va uning ilovasi nusxasi — 2 ta.
5. 3,5 × 4,5 sm hajmdagi rangli fotosurat — 8 dona.
Fotosuratlar rasmiy hujjatlar uchun ishlatilishini inobatga olib, talabalarga xos kiyimda, ya’ni och rangdagi yoqali ko‘ylakda tushilgan bo‘lishi lozim. Yigitlar soch-soqolini tartibga keltirgan holda tushgan fotosuratlarini taqdim etishlari kerak.
6. Chet tilini bilish bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi — 2 ta.
7. Imtiyoz asosida o‘qishga kirganlar, jumladan, nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari uchun o‘qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjatning asli va 2 ta nusxasi.
Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadilar.
8. Delo papka (skorosshivatel) — 2 ta.
9. A5 formatdagi konvert, bakalavr diplomi va uning ilovasi sig‘adigan hajmda — 2 ta.
10. Fayl list (multifora) — 2 ta.
11. Universitet rektori nomiga ariza. Abituriyent hujjat topshirish uchun kelganida maxsus tayyorlangan ariza blankasi beriladi va shu yerning o‘zida to‘ldiriladi.
Hujjatlarni qabul qilish uchun mas’ul:
Magistratura bo‘limi uslubchisi Gaziyeva Dildora Daniyarovna
Telegram: @gaziyeva_dildora
Telefon: +998 71 299-02-27
➡️ @TSTU_NEWS | 7 486 |
| 11 | Toshkent metropoliteni xaritasi
Maʼlumot uchun, Toshkent davlat transport universitetiga eng yaqin metro bekati “Toshkent”.
Toshkent metrosidan universitetga 46, 40, 12, 52 avtobuslari orqali kelishingiz mumkin.
➡️ @TSTU_NEWS | 8 926 |
| 12 | ⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilindi
2026/2027-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura mutaxassisliklariga qabul boʻyicha my.edu.uz elektron tizimi hamda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning arizalari toʻliq koʻrib chiqildi.
Talabgorlar natijalarni my.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
➡️ @TSTU_NEWS | 8 005 |
| 13 | Toshkent davlat transport universitetiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:
1. Bilim va malakalarni baholash agentligi tizimidan ro‘yxatdan o‘tgan “Qayd varag‘i”, “Abituriyent ruxsatnomasi” va “Javoblar varaqasi” (my.uzbmb.uz shaxsiy kabinetidan olinadi) — 1 nusxadan;
2. Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan)ning asl nusxasi va nusxasi — 2 nusxadan;
3. Fuqarolik pasporti yoki ID-kartaning asli (ko‘rsatiladi) va nusxasi — 4 nusxada;
4. Foto (3,5 × 4,5 sm) — 8 dona;
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozga ega bo‘lgan abituriyentlar imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi va 1 nusxasi;
6. Delo (skorosshivatel) — 1 dona;
7. A5 formatdagi konvert — 2 dona;
8. Fayl (list) (multifora) — 1 dona.
➡️ @TSTU_NEWS | 6 573 |
| 14 | TALABALIKKA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLAR UCHUN HUJJATLARNI OLIB KELISH VA YASHASH JOYLARIGA JOYLASHISH GRAFIGI
➡️ @TSTU_NEWS | 6 336 |
| 15 | Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! | 9 239 |
| 16 | Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga kirish imtihoni natijalari e’lon qilindi
Ta’lim shakli kesimida:
➡️ Kunduzgi
➡️ Kechki
➡️ Masofaviy
➡️ @TSTU_NEWS | 9 061 |
| 17 | #TAYINLOV
Rashidov Azizjon Mirzayevich — Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekani etib tayinlandi
Azizjon Rashidov 1993-yil 8-dekabrda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2017-yilda Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi institutining bakalavriat, 2019-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Dotsent.
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐 TSTU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram |💬 Facebook | 📹 YouTube | ✈️ News | 9 390 |
| 18 | #TAYINLOV
Ozatbekov Yusupxon Farhod o‘g‘li — Iqtisodiyot fakulteti dekani etib tayinlandi
Yusupxon Ozatbekov 1994-yil 11-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2017-yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining bakalavriat bosqichini, 2019-yilda Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg aloqa yo‘llari universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐 TSTU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram |💬 Facebook | 📹 YouTube | ✈️ News | 6 924 |
| 19 | #TAYINLOV
Ziyayev Kamoliddin Zuhriddinovich — Ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiya bo‘yicha prorektor etib tayinlandi
Kamoliddin Ziyayev 1981-yil 28-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent avtomobil yo‘llari institutining bakalavriat bosqichini, 2006-yilda esa magistratura bosqichini tamomlagan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐 TSTU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram |💬 Facebook | 📹 YouTube | ✈️ News | 5 355 |
| 20 | #TAYINLOV
Masharipov Ma’sud Nu’monjonovich — Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor etib tayinlandi
Ma’sud Masharipov 1989-yil 30-sentabrda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2013-yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining bakalavriat bosqichini, 2015-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor.
Universitet rasmiy sahifalari:
🌐 TSTU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram |💬 Facebook | 📹 YouTube | ✈️ News | 5 243 |
