"UNIVERSAL" o'quv markazi
رفتن به کانال در Telegram
293
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
+1030 روز
آرشیو پست ها
Hayotimizdagi barcha munosabatlar o'zimizdan boshlanadi.
Agarda munosabatlarda muamolar bo'lsa ,doimo aybdor qidiramiz atrofdagilarni ayblaymiz.
Bunday holatda,biz turmush o'rtog'imizni,do'stlarimizni va yana boshqa insonlarni tark etishimiz mumkin.
Lekin
Biz o'zimizni ichimizni o'zgartirmas ekanmiz, atrofdagilar o'zgartirsakda baribir yana o'sha insonlar bilan munosabatlar yana doim alam,nafrat asosida bo'laveradi...
Biz buni anglamaslimiz mumkin,ammo bu haqiqat.
Inson asl bilimlari kursidan lavha.
Hayotizni o'zgartirishni hoxlasaz avvolo o'zizdan boshlang.
Kurs haqida malumotlar uchun admin.+998936281077
Бугун худо хохласа, якшанба куни утказилган тест синови натижалари эълон килинади...
❗️Qabul tugashiga 4 soatdan kamroq vaqt qoldi.
Abituriyentlar soni 986 ming 509 nafarni tashkil qilmoqda (20-iyul 20:00 holatiga).
Bu degani oxirgi 24 soatda 103 ming abituriyent hujjat topshirgan. Va bu raqam 4 soat ichida yana oshishi aniq.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
🎓 "UNIVERSAL" ўқув марказида 10-11-синф ўқувчилари ва АБИТУРИЕНТЛАР учун ДТМ синови ўтказилди!
🏫 Унутманг!
ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Барча фанлардан абитуриентлар ва 10-11-синф ўқувчилари учун АСОСИЙ ИМТИҲОНЛАР ОЛДИ ТАЙЁРГАРЛИК ДТМ СИНОВИ ташкил этиш режалаштирилган.
МАҚСАД НИМА⁉️
✅ Йўналиш фанлар ва мажбурий фанлардан ўқувчиларни реал билим даражасини аниқлаш ва ҳар бир фан бўйича таҳлил натижаларини чиқариб бериш.
✅ Абитуриентлар ва 10-11-синф ўқувчиларини ДТМ даражасидаги тест саволларига тайёрлаб бориш ва ОТМ имтиҳонларига ўқувчида кўникма ва амалиёт ҳосил килиш.
✅ ДТМ синови натижалари бўйича юқори натижага эришганларни тақдирлаш ва соғлом рақобатни ташкил этиш.
⚡️ДТМ СИНОВИ 23-июл якшанба куни соат 9:00 да бошланади!
🙋♂️Барча абитуриент ва 10-11-синф ўқувчиларини ДТМ синовига ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
(Нархи 10 минг)
👉 Батафсил маълумот:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞 Тел:+998905999532
📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ, Зиёкор кўчаси
🎯Мўлжал:собиқ
КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda 13 ta yangi ochiladigan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining imtihonlari joriy yilning 28-30-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-11-sinflarga o‘tkaziladi.
⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
✅Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek.uz
Qabul jarayonlariga oid savol-javoblar:
#abituriyent
❓Bakalavr, magistratura, ikkinchi mutaxassislik, maqsadli va imtiyozli kvotalarni qayerdan ko‘rsa bo‘ladi? Javob
❓Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? Javob
❓Talabalar ham abituriyent sifatida o‘qishga hujjat topshira oladimi? Javob
❓Ham perevodga, ham abituriyent sifatida ariza topshirsa bo‘ladimi? Shunda 2 ta testga kiradimi? Javob
❓Qaysi yo‘nalishda qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi? Javob
❓Beshta yo‘nalishni tanlash shartlari qanaqa? Javob
❓Ijodiy imtihoni bor joyda faqat 1 ta yo‘nalish tanlab bo‘ladimi? Javob
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Javob
❓Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi? Javob
❓Imtiyozli qo‘shimcha kvotalar faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadimi yoki beshalasiga hammi? Javob
❓Maqsadli qabul nima degani? Javob
❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Javob
❓5 yil stajga ega o‘rta maxsus o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli kvota qanday qo‘llanadi? Javob
❓Nega DTM saytida tugatgan yili sifatida 2023 yilni tanlab bo‘lmayapti? Javob
❓Nega imtiyozlar “Tekshirilmoqda” bo‘lib turibdi? Qachon tasdiqlanadi? Javob
❓Hujjat topshirib bo‘lgach, yana yo‘nalishni o‘zgartirsa bo‘ladimi? Javob
❓Testga kirish uchun qachongacha to‘lov qilish kerak? Javob
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!
Bugun, 20-iyul kuni soat 23:59 da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.
✅ To’lov 1 kunga uzaytirildi, bu oxirgi muddat.
Avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar o’qish uchun to’lovni ertaga, 21-iyul soat 23:59 ga qadar to’lashlari mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Расман: Эртага қабул сайти ёпилади
Эслатиб ўтамиз, 20-июл абитуриентларни рўйхатга олишнинг сўнгги куни бўлиб, мазкур жараён 20-июл куни 23:59 да тўлиқ якунланади.
Олдинги йиллардан маълумки, қабулнинг сўнгги кунларида рўйхатдан ўтувчи абитуриентлар сони кескин ортади ва абитуриентлар шошилиб рўйхатдан ўтишни бошлайди.
Қабулнинг сўнгги кунини кутманг!
20-июл куни 23:59 га қадар барча маълумотларингизни ўзгартиришингиз мумкин (тўлов қилинган бўлса ҳам). Лекин қабул якунлангандан сўнг танловингизни ўзгартира олмайсиз.
Рўйхатдан ўтиш сайти: my.uzbmb.uz
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#imtihon_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
❗️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining imtihonlari joriy yilning 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
✅Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o’z ID raqamini kiritishi kerak.
🔹 Kirish imtihonlari bir bosqichda yo'nalishlar bo'yicha quyidagi tartibda o'tkaziladi:
➖Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
➖Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
⏱Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
✅ 2023-2024-o‘quv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablari:
➖Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-sinfiga;
➖ Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga;
➖Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining – tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-sinfiga qabul qilinadi.
🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини
ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади!
🏫 ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?!
Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд.
"UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ.
▪️Математика
▪️Инглиз тили
▪️Кимё
▪️Биология
▪️Тарих
▪️7-10 ёшли болалар учун эса МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА дарслари бўлмоқда.
❗️ШУНИНГДЕК:
✅ 3-4-5-6-синф ўқувчилари учун (математика, инглиз тили)
✅ 5-6-синф ўқувчилари учун (биология, инглиз тили ва математика) ихтисослаштирилган мактабларга тайёрлов курслари.
✅ Абитуриентлар учун барча фанлардан ўқув курслари давом этмоқда.
🙋♂️Барча ўқув курсларига илмга чанқоқ ўқувчи ёшларни
ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
📞 Тел:+998905999532
📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ
🎯Мўлжал:собиқ Намуна АЛ биноси рўпарасида
Repost from Kosonsoyliklar - Rasmiy Kanal
#GMAT
📣"UNIVERSAL" ўқув марказидан МАТЕМАТИКА ўқитувчилари учун ажойиб ЯНГИЛИК!!!
❗️Таътил вақтидан унумли фойдаланинг.
ҲУРМАТЛИ МАТЕМАТИКЛАР!
✅ 50% лик устамага имтиёз берадиган сертификат олишни хоҳлайсизу, лекин GMAT халқаро сертификатини олишга қийналаяпсизми? У ҳолда барча математика устозларини 50% устама учун GMAT ХАЛҚАРО СЕРТИФИКАТИ тайёрлов гуруҳига таклиф этамиз.
✅ Фақатгина 31 та тест ишлаш орқали 50% лик устамага имтиёз берадиган сертификатни қўлга киритинг! 😉
✅ Агарда инглиз тилини билмасангиз ҳам муаммосиз, Сизга 0 дан GMAT сертификатига тайёрловчи курсларимизни таклиф қиламиз.
📌Дарс жадвали:
ҳафтасига 3 марта, 2 соатдан.
🎓Ўқув машғулотларини GMAT quantative 44/51 (86%) ҳамда Инглиз тилидан CEFR B2 сертификатларига эга ўқитувчи Исмаилов Мухаммадали устоз олиб боради.
Руйхатдан ўтиш учун👇
📞Тел:+998905999532
📍Манзил: Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ, Зиёкор кўчаси.
🎯Мўлжал: собиқ
КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида.
❓Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent
Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:
1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;
2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi.
Akademik litsey bitiruvchilari — diplomi bilan;
Texnikum bitiruvchilari — 11-sinf shahodatnomasi (yoki litsey diplomi) bilan topshiradi. Texnikum diplomi bilan emas.
3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar
Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;
4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.
Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.
Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;
5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.
Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Qabul tugashiga 4 kun qoldi
#abituriyent
17-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 667 ming 256 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.
Shundan, 361 ming 464 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 305 ming 792 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).
❗️Kunlik topshiruvchilar soni sekin-asta oshib bormoqda. So’nggi kunlarda shunaqa bo’ladi o’zi. Iltimos, iloji bo’lsa, so’nggi kunga taqamang, bugun-erta topshirib qo’ying.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan savollar yuzasidan rasmiy munosabat
Xabaringiz bor, 15-iyul kuni barcha Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 3 smenada bo‘lib o‘tdi.
Turli ijtimoiy tarmoqlarning "1-smena savollari 2- va 3-smenada ham takrorlangan" deya, xavotir bilan bildirayotgan fikr-mulohazalari asossiz.
Hurmatli ota-onalar, shuni ma’lum qilamizki, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.
Talabgorlar sonidan kelib chiqib mazkur birinchi bosqich imtihonlari 3 smenada 3 xil variantda tashkil qilingan. Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti har yili imtihon savollarini zaxirasi bilan taqdim etadi.
Agar talabgorlar soni bundan ham ko‘p bo‘lib, yanada ko‘proq smenada tashkil qilganida ham shuncha smenaga mos har xil variantlar taqdim etilgan bo‘lardi. Bir smenada berilgan savollar keyingi smenalarda aynan qo‘llanilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi saralash bosqichi hisoblanib, udan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar o‘quvchi Respublika bo‘yicha bir vaqtda va 1 smenada bo‘lib o‘tadigan ikkinchi asosiy bosqich imtihonlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib ko‘radilar.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
