"UNIVERSAL" o'quv markazi
رفتن به کانال در Telegram
293
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-27 روز
+1030 روز
آرشیو پست ها
#muhim_eslatma
#qabul_2023
❗️Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga
Prezident maktablari bilan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari har xil kunlarda o‘tkaziladi.
Shu sababli, Prezident maktabiga hujjat topshirgan bo‘lsangiz, Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham alohida hujjat topshirishingiz talab etiladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Вақтни ғанимат билишга ёрдам берадиган энг муҳим нарсалар
Вақтни ғанимат билишга ёрдам берадиган энг муҳим нарсалар сифатида қуйидагиларни айтиш мумкин:
1. Ишларни тартиблаш;
2. Бекорчи ва беҳуда ўтиришлардан узоқлашиш;
3. Барча ишларда ортиқчаларидан воз кечиш;
4. Вақту дақиқаларни қадрлайдиган оқил, закий ва тиришқоқ кишилар билан дўст бўлиш;
5. Таржимаи ҳоллари кишини рағбатлантирадиган буюк уламолар ҳақидаги хабарларни ўқиш;
6. Илмий ютуқларга эришишда вақтга эътибор бериш лаззатини туйиш;
7. Мутолаадан лаззатланиш;
8. Маърифат ва хабардорлигини оширишда бардавом бўлиш;
9. Маълумотларни таҳқиқ қилишда тўлиқ банд бўлиш ва ҳоказолардир.
Буларнинг бари сизга вақт қадрини ҳамда уни муҳофаза қилишни англатади. Сизни вақтни йўқ қилувчи эмас, уни касб қилувчи қилиб, вақтни зое қилувчи эмас, уни муҳофаза этувчи қилиб тарбиялайди.
"Уламолар наздида вақтнинг қадри" китобидан.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.
📝 RO‘YXAT
❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga
➖ aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga;
➖ tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga qabul qilinadi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#bildirish
#qabul_2023
📣 MUHIM YANGILIK
⏺Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda Ijod maktablariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun yangilik!!!
⚡️Bu yilgi qabul jarayonlarida hujjat topshirish istagidagi talabgor va ularning ota-onalariga yana bir qulaylik yaratildi.
🆕 Endilikda talabgor ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internati yoki ijod maktabiga hujjat topshirish jarayonida Kundalik.comdagi joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini ariza.piima.uz saytiga yuklashlari mumkin.
‼️ Baholar tabelini maktab direktori tomonidan tasdiqlatish shart emas!
❗️Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga hujjat topshirish jarayonlari bundan mustasno.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
❓Imtihonda nima sababdan testlar qalamda ishlanadi. Ruchkada belgilasa xato hisoblanadimi?
✅Prezident maktablariga kirish imtihonlari nazorat materiallari Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan tayyorlanadi.
📝 Talabgorlarning maktab o‘quvchisi ekanligi va xato bo‘yalgan javoblarni to‘g‘irlash (qayta belgilash) imkoniyatini yaratish maqsadida javoblar varaqalarini qora qalam bilan bo‘yash Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan belgilangan.
☎️ Call-markaz: 1206
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#20_iyundan_10_iyulgacha
❓Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira oladimi?
✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.
📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#qabul_2023
#eslatma
📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga!
❗️O'qishga ariza topshirganingizda telefon raqamingizga sms xabar shaklida hamda t.me/PIIMATelegramBot orqali yuboriladigan identifikatsiya raqamini saqlab qo'yishingizni so'raymiz.
✅ Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi.
☎️ Call-markaz: 1206
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
⚡️Bu yil 16 ta bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi
Ma’lumki, Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi.
Farmoyish bilan joriy yildan 16 ta bakalavriyat yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligiga yangidan qabul tashkil etilmoqda.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#МОТИВАЦИЯ
▪️Қизиқувчан бўлинг. Менинг ҳеч қандай истеъдодим йўқ. Мен шунчаки, жуда қизиқувчанман.
▪️Бeбаҳо қатъият. Мен ҳар бир масалага, бошқаларга нисбатан кучли эътибор ва эҳтиёткорлик билан қарайман.
▪️Вақтдан ютишга ҳаракат қилманг. Бир вақтда бир неча иш қила оласиз, лекин ҳаммасини мукаммал адо этолмайсиз.
▪️Хато қилиш. Ҳеч қачон хато қилмаган инсон, янги нарсани умуман татиб кўрмайди.
▪️Ҳозирги вақт билан яшанг. Мен ҳеч қачон келажак ҳақида ўйламайман – у жуда тез яқинлашиб келади.
▪️Қадриятларни яратинг. Муваффақиятга эришиш учун эмас, балки ҳаётингиз мазмунли бўлишига интилинг.
▪️Такрорламанг. Бир ишни қайта-қайта қилиб, лекин ҳар хил натижани кутиш – аҳмоқлик.
▪️Билим тажрибадан кeлиб чиқади.
Ахборот – билим эмас. Илмнинг ягона манбаси – тажриба.
▪️Яхшироқ ўйнаш учун қоидаларни билиш кeрак.Сиз ўйин қоидаларини ўрганинг. Шундан сўнг, ҳаммадан кўра яхшироқ ўйнашингиз мумкин.
© Альберт Эйнштейн.
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#ibrat #tomchi
Hayot kurashlardan iborat... Bu kurashlar bizni kuchli qiladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
"UNIVERSAL" o'quv markazidan ajoyib yangilik!
📢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish niyatida bo'lgan ota-onalar va o'quvchilar diqqatiga!!!
✅Xabaringiz bor, ushbu maktablarga
10-iyundan 30-iyungacha qabul boshlangani e'lon qilingan edi. Endi, Siz "UNIVERSAL" o'quv markazi yordamida ONLAYN shaklda xujjat topshirishingiz mumkin.
🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi:
➖ Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
➖ Fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan);
➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
➖ Ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari).
👉 Batafsil ma'lumot:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📞 Тел: +998907400471
📍Manzil: Bog'ibaland MFY, "UNIVERSAL" o'quv markazi.
🎯 Mo'ljal: Kosonsoy Ixtisoslashtirilgan maktabi (prezident maktab) ro'parasi.
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини
ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади!
🏫 ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ
✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?!
Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд.
"UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ.
▪️Математика
▪️Инглиз тили
▪️Кимё
▪️Биология
▪️Тарих
▪️7-10 ёшли болалар учун эса МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА дарсларига қабул бошланмоқда.
❗️ШУНИНГДЕК:
✅ 3-4-5-6-синф ўқувчилари учун (математика, инглиз тили)
✅ 5-6-синф ўқувчилари учун (биология, инглиз тили ва математика) ихтисослаштирилган мактабларга тайёрлов курслари.
✅ Абитуриентлар учун барча фанлардан ўқув курслари давом этмоқда.
🙋♂️Барча ўқув курсларига илмга чанқоқ ўқувчи ёшларни
ТАКЛИФ ЭТАМИЗ!
👉 Батафсил:
📞 Тел:+998905999532
📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ
🎯Мўлжал:собиқ Намуна АЛ биноси рўпарасида
Бугун худо хохласа, якшанба куни утказилган тест синови натижалари эълон килинади...
#ибрат
Китоб ҳақида буюкларнинг сўзлари
Яхши ёзадиган муаллифларнинг китобини ўқиб чиқсангиз, яхши гапиришга одатланасиз.
© Ф. Вольтаир
Маданият – ўқиган китобларнинг сони эмас, балки тушунганларнинг сонидир.
© Фазил Искандер
Китоб ўқиган одамлар доимо телевизорни томоша қилганларни назорат қиладилар.
© Ф.Жанлис
Қанча кўп ўқисангиз, шунча камроқ тақлид қиласиз.
© Жулес Ренард
Одамлар икки тоифага бўлинади: китоб ўқиган ва ўқиганларни тинглайдиганлар.
© Бербер Бернард
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
❓Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi?
#abituriyent
Yuqoridagi savolga bittada javob berishga harakat qilaman. Demak, OTMlarning bakalavriat bosqichiga quyidagilar hujjat topshira olishadi:
1️⃣ Umumiy o‘rta taʼlimning 11-sinfini tugatganlar.
Bunda barcha maktablar, shu jumladan Prezident va ijod maktablari, ixtisoslashgan va harbiy maktablar, litseylar, gimnaziyalar, kasb-hunar maktablari, xullas barchasi kirib ketadi. Muhim jihati albatta 11-sinf negizida shahodatnoma bo‘lishi kerak, 10-sinfni tugatib topshirib, talaba bo‘lib o‘qish imkoni yo‘q;
2️⃣ Professional va o’rta maxsus taʼlim tashkilotini tugatganlar.
Bunda akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va texnikumlar kiradi. Faqat bir jihati, agar kollejga 9-sinfni tugatib kirganlar bo’lsa, hujjatni kollej diplomi bilan topshiradi, agar kollejga 11-sinfni tugatib kirgan bo’lsa, unda maktab shahodatnomasi bilan topshiradi;
3️⃣ Kasb-hunar kolleji va texnikumda o’qiyotganlar
Bugungi kunda professional ta’lim tashkilotida o’qiyotganlar garchi hali o’qishi tugamagan bo’lsa-da, bemalol hujjat topshira oladi. Faqat yuqorida aytganimdek, ular 11-sinf shahodatnomasi bilan topshiradi;
4️⃣ Oliy taʼlimda o‘qiyotgan talabalar.
Bunda hozirda O‘zbekistondagi davlat yoki nodavlat, shuningdek xorijdagi OTMlarda talaba bo‘lib o‘qiyotganlar maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. O‘qishga kirgan taqdirda qayerda o‘qishini o‘zi tanlaydi, xohlasa hozirgi talabaligini davom ettiradi, xohlasa yangi kirgan joyida o‘qiydi.
Talabalarning o‘qishga topshirishi hech qanday muammo (masalan, o‘qishdan chetlatish) olib kelmaydi. Ammo Sizlardan iltimosim, shunchaki o‘yin uchun topshirib o‘tirmang, mabodo o‘qishga kirsangizu, keyin tashlab ketsangiz, bitta abituriyent joyini behudaga band qilgan bo‘lasiz, keyinchalik bo‘shab qolgan o‘ringa hech kimni olishmaydi;
5️⃣ OTMlarni tugatgan diplomli oliy maʼlumotlilar.
Allaqachon bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lgan shaxslar ham bemalol yana qayta bakalavriat bosqichiga hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Ular ham xuddi hozirgi talabalar singari maktab, litsey, kollej va h.k. diplomlari bilan o‘qishga hujjat topshirishadi, universitet diplomi bilan emas. Bu yerda yana bir jihat, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bir marta oliy maʼlumot olib bo‘lganlarning (grant yoki kontraktda o‘qiganligidan qatʼi nazar) ikkinchi marta talaba bo‘lishi faqat to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi. Yaʼni ular grantga daʼvogarlik qila olmaydi, kirsa ham faqat kontraktda o‘qishadi.
Xullas, mana shu yuqoridagi 5 ta toifadagi shaxslar bemalol my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida hujjat topshirib ko‘rishlari mumkin. Barchaga omad!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?
#abituriyent
Abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.
👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:
🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;
🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.
Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.
‼️Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Javoblar chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
