"UNIVERSAL" o'quv markazi
رفتن به کانال در Telegram
"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali Instagram: https://www.instagram.com/unv_ntm?igsh=Y3JvNTlxdWZnbGpz
نمایش بیشتر1 299
مشترکین
-124 ساعت
-27 روز
+1 01030 روز
آرشیو پست ها
❗️Akademik litseylarga kirish test natijalari e’lon qilindi
Yakuniy natijalarni my.edu.uz saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali bilish mumkin.
Eslatma: Abituriyent to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi.
O’quvchilar uchun ustuvorlik tartibi quyidagicha:
➖ u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
❗️Bunda abituriyentga tanlagan uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga ruxsat etilmaydi;
➖ u tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;
➖ u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
⚡️ mandat.uzbmb.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi
🖥 Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga 2023-2024-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.
👨🏻💻 Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va ta’lim shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini va bir o‘ringa tanlovni ko‘rishlari mumkin.
✅ Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
👉 abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
👉 OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
👉 ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
👉 davlat granti asosidagi qabul rejasi;
👉 to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
👉 ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
👉 tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).
❇️ Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#Statistika #Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Joriy yilda 948 486 nafar abituriyent test sinovida ishtirok etadi
✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan abituriyentlar soni 948 486 nafarni tashkil etdi.
📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili — 828 699 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 88 830 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 28 718 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 2 239 nafar.
👨🏻💻 Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 545 616 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 22 867 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 373 169 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 6 834 nafar.
🏢 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTMlar (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
🔸 O‘zbekiston milliy universiteti — 33 721 nafar;
🔸 Toshkent davlat transport universiteti — 28 474 nafar;
🔸 Farg‘ona davlat universiteti — 28 188 nafar;
🔸 Toshkent davlat pedagogika universiteti — 26 827 nafar;
🔸 Qarshi davlat universiteti — 26 640 nafar.
📍 Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan hududlar (doimiy yashash hududi bo‘yicha):
1️⃣ Qashqadaryo viloyati — 112 242 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 105 805 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 89 022 nafar.
4️⃣ Toshkent viloyati — 82 173 nafar.
5️⃣ Surxondaryo viloyati — 79 004 nafar.
✅@Abituriyent_edu - Ta'lim xabarlari kanali
IMTIHONDA ÒQILADIGAN DUO...
1⃣ — Imtihonga ketishdan avval ushbu duoni o'qiysiz:
(رَبِّ أَدۡخِلۡنِی مُدۡخَلَ صِدۡقࣲ وَأَخۡرِجۡنِی مُخۡرَجَ صِدۡقࣲ وَٱجۡعَل لِّی مِن لَّدُنكَ سُلۡطَـٰنࣰا نَّصِیرࣰا)
(Robbi adxilniy mudxola sidqiv va axrijniy muxroja sidqiv vaj'al li mil ladunka sultonan nasiyro) ma'nosi: "Robbim, meni (qabrimga) gunohlardan pok bo'lgan holimda dohil qilgin va qiyomat kuni tiriltirganingda ham o'ng tomonim bilan chiqargin hamda men uchun o'z dargohingdan bir madadkor quvvat ato qilgin" ( Isro surasi 80-oyat).
2⃣ — Imtihonda o'tirganda ushbu duoni o'qiysiz:
(رَبِّ ٱشۡرَحۡ لِی صَدۡرِی)(وَیَسِّرۡ لِیۤ أَمۡرِی)(وَٱحۡلُلۡ عُقۡدَةࣰ مِّن لِّسَانِی)(یَفۡقَهُوا۟ قَوۡلِی)
(Robbishrohli sodrii va yassir lii amrii vahlul uqdatam min lisaanii yafqohu qovlii) ma'nosi: "Robbim qalbimga kenglik ber, ishimni osonlashtir. Dilimdagini tilimga chiqarginki, gapimni yaxshi tushunsinlar" (Toha surasi 25-26-27-28 oyatlar).
3⃣ — Qo'lga ruchka olingan vaqtda ushbu duoni o'qisiz:
"يَا حَيُّ يَا قَيُّومُ بِرَحْمَتِكَ أَسْتَغِيثُ"
"Ya hayyu ya Qoyyum bi rohmatika astag'iiysu" ma'nosi: "Ey Tirik va Qoyim bo'lgan Robbim. Rahmating bilan Sendan yordam so'rayman".
4⃣ — Imtihonga ketishdan avval Allohga ishonib, bu duolar samimiyat va ixlos bilan o'qilsa, Allohning xohishi bilan muvaffaqiyatga erishiladi. Albatta undan oldin imtihonga yaxshilab tayyorlanish lozim. Duo esa unutmaslikka, xotirani o'tkirlanishiga sabab bo'ladi.
Imtihon kunlari ham yaqinlashib qoldi.
Imtixonga kiradigan yaqinlarizga yuborib qo'ying!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
🔥 Videoni tarqating: Imtihondagi hayajondan endi umuman qo‘rqmang!
Muhammadali Eshonqulovdan abituriyentlarga imtihonda umuman hayajonlanmaslik uchun ajoyib layfhak!
❗️100% sinalgan usul! Endi aslo hayajonlanmaysiz, Inshaalloh!
Agar sizga yoqqan bo‘lsa, videoni barcha imtihonga kiradigan abituriyentlar tanishlaringizga yuboring. Ushbu videoni barcha ko‘rishi lozim. Hechkim hayajon sabab bilganlarini xato qilib qo‘ymasin!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#ЭЪЛОН
🎓 "UNIVERSAL" ўқув марказида МАТЕМАТИКА фанидан янги гуруҳ ўз фаолиятини бошлайди!
✅ Президент ва ихтисослаштирилган мактабларда фарзандини ўқитишни ният қилган ота-оналар диққатига, фарзандингиз шу мактабларга энг юқори балл билан ўқишга киришини истасангиз бугундан ҳаракатни бошланг!
✅ "UNIVERSAL" ўқув маркази 2023 йил 1-августдан МАТЕМАТИКА фанидан янги гуруҳ шакллантирмоқда.
🙋♂️Ўқув курслари ҳафтасига 3 кун 2 соатдан бўлиб ўтади.
⚡️Янги гуруҳга 3-синфни битириб, 4-синфга ўтган ўқувчилар қабул қилинади.
Ўқитувчи: кўп йиллик тажрибага эга ва олий тоифали Юлдашева Шоҳиста устоз.
Руйхатдан ўтиш учун👇
📞Тел:+998905999532
👉 Батафсил:
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
📍Манзил: Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ, Зиёкор кўчаси.
🎯Мўлжал: собиқ
КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида.
#Qabul2023 #Abituriyent2023
✅ Test sinovlarini o‘tkazish tartibi
Ushbu video orqali batafsil bilib olishingiz mumkin.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
❗️Abituriyentlar diqqatiga!
Ertaga — 29-iyul, shanba kuni soat 09:30 dan 12:00 ga qadar yoki 14:00 dan 15:30 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test sinovida ishtirok etadigan binoga kelib, test sinovi o‘tkaziladigan joylar bilan tanishib ketishlari mumkin.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
🔔 Hurmatli ota-onalar!
⚡️ Kirish imtihonlarida sizdan bir nechta tartib-qoidalarga amal qilish so‘raladi.
🗣 Jumladan:
✅ Kirish imtihoni o‘tkaziladigan belgilangan manzilga farzandingiz bilan birga kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz;
✅ Imtihonlar o‘tkazilayotgan vaqtdagi issiq ob-havoni hisobga olgan holda kiyintirishingiz;
✅ Imtihonga kelishdan oldin farzandingizning ovqatlanishiga ham e'tibor qaratishingiz kerak (turli yog‘li va imtihon jarayonida o‘quvchini behuzur qiladigan taomlar iste'mol qilmaslik tavsiya etiladi).
✅ Mazkur tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon jarayonida o‘zini yaxshi his qilishiga yordam beradi.
❌ Eslatib o‘tamiz, imtihon jarayonida yordam berishni va’da qilayotganlarning hech biriga ishonmang, aldanib qolmang.
📚 Farzandingizning bilimigina uning natijasiga asos bo‘ladi!
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#imtihon_2023
#prezident_maktablari
❗️PREZIDENT MAKTABLARINING BIRINCHI BOSQICHIDAN MUVAFFAQIYATLI O‘TGAN O‘QUVCHILAR DIQQATIGA!
📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 10:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
➖matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
➖ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
✅Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.
❌Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.
📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.
🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.
🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️Rasman: Test sinovlari 1-avgustdan boshlanadi
✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2023-yil 1-avgust kunidan boshlanadi.
📌 Test sinovlari kuniga ikki smenada o‘tkazilib:
1️⃣-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
📆 Test sinovlari hududlardagi abituriyentlar soni va test sinovlari o‘tkaziladigan binolar sig‘imidan kelib chiqqan holda 11 kundan 13 kungacha davom etadi va 13-avgust kuni to‘liq yakunlanadi.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#Tezkor #Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️Rasman: Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2023-2024-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
❗️Ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining quyidagi maxsus telegram botlari orqali ham yuklab olish mumkin:
👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot
✅ Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
#imtihon_2023
❓Farzandim Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirgan. Agentlik rasmiy sahifalarida ertaga imtihon bo‘lishi haqidagi e'lonni o‘qidik. Imtihon ruxsatnomasini qachon yuklab olsak bo‘ladi?
✅Imtihon ruxsatnomasini telefoningizga sms-xabarnoma borgandan so‘ng ariza.piima.uz saytiga kirib, shaxsiy kabinetga o‘quvchining ID raqami hamda telefon raqamini kiritgan holda yuklab olishingiz mumkin.
🗣Eslatib o‘tamiz, sms-xabarnoma imtihon boshlanadigan sanadan uch kun oldin talabgor tomonidan kiritilgan birinchi telefon raqamiga yuborila boshlaydi va imtihon bo‘ladigan kungacha barcha talabgorlarga yetkaziladi.
📲Sms-xabarnomada kirish imtihoni o‘tkaziladigan bino nomi, sanasi, vaqti hamda o‘quvchining guruhi va joyi ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023
📣DIQQAT, E’LON 📣
📆 Yangi ochiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.
🏢 Yangi ochiladigan 13 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihon bosqichlari quyidagicha:
➖Aniq fanlar yo‘nalishi uchun
⏺5-,6-sinflar:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
⏺8-,9-,10-,11-sinflar:
– algebra fanidan 12 ta topshiriq (test shaklida);
– geometriya fanidan 8 ta topshiriq (test shaklida);
– fizika fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
➖Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun
⏺7-sinflar:
– tabiiy (science) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
⏺8-,9-,10-,11-sinflar:
– kimyo fanidan 20 ta topshiriq (test shaklida);
– biologiya fanidan 10 ta topshiriq (test shaklida);
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida).
⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Натижа👏👏👏
Хабарингиз бор, Президент мактабининг 1-босқич имтиҳон натижалари эълон килинди.
Имтиҳон натижаларига кўра 480 нафар ўқувчилар 2-босқичга йўлланмани қўлга киритдилар.
Қувонарлиси, қуйидаги ўқувчилар:
-Муҳайдинов Муҳаммадали Ривожиддинович 81.1 балл. 22-мактаб;
-Исломжонова Моҳина Фарҳоджон қизи 81.1 балл, 18-мактаб,
-Атамирзаева Зарнигор Мухриддин қизи 78.6 балл, 18-мактаб;
-Нуъмонов Муҳаммадсодиқ Бахтиёр ўғли 73.5 балл, 7-мактаб.
"УНИВЕРСАЛ" ўқув марказида таҳсил олиб натижага эришдилар.
Бу ўқувчиларимизга келгуси 2-босқич имтиҳонларида ҳам омад ва зафарлар ёр бўлсин.
Kanalga ulanish uchun 👇👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
Repost from "UNIVERSAL" o'quv markazi
Бугун худо хохласа, якшанба куни утказилган ДТМ синови натижалари эълон килинади...
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#imtihon_2023
📣DIQQAT, E’LON 📣
📆 Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
📱Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.
📝 Imtihon bosqichlari quyidagicha:
➖Aniq fanlar yo‘nalishi uchun:
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
➖Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun:
– tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
⏳Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.
❗️Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
🌐 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
