fa
Feedback
"UNIVERSAL" o'quv markazi

"UNIVERSAL" o'quv markazi

رفتن به کانال در Telegram

"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali Instagram: https://www.instagram.com/unv_ntm?igsh=Y3JvNTlxdWZnbGpz

نمایش بیشتر
1 298
مشترکین
-224 ساعت
-47 روز
+1 00830 روز
آرشیو پست ها
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади! 🏫 ТАЪЛИМДА БИ
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади! 🏫 ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ ✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?! Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд. "UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ. ▪️Математика ▪️Инглиз тили ▪️Кимё ▪️Биология ▪️Тарих ▪️7-10 ёшли болалар учун эса МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА дарсларига қабул бошланмоқда. ❗️ШУНИНГДЕК: ✅ 3-4-5-6-синф ўқувчилари учун (математика, инглиз тили) ✅ 5-6-синф ўқувчилари учун (биология, инглиз тили ва математика) ихтисослаштирилган мактабларга тайёрлов курслари. ✅ Абитуриентлар учун барча фанлардан ўқув курслари давом этмоқда. 🙋‍♂️Барча ўқув курсларига илмга чанқоқ ўқувчи ёшларни ТАКЛИФ ЭТАМИЗ! 👉 Батафсил: 📞 Тел:+998905999532 📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ 🎯Мўлжал:собиқ Намуна АЛ биноси рўпарасида

😤 Dangasalik — abituriyentning doimiy hamrohi! XO'SH, DANGASALIK BILAN QANDAY MUROSA QILISH MUMKIN ? Keling, dangasalikni yengish qo'llanmasi bilan tanishib chiqamiz:👇 ✅ O'zingiz uchun intizom qoidalarini tuzing va ularga qat'iy rioya qiling. Eng muhimi – intizomga erisha olish. ✅ Dars qilayotganingizda sizni chalg'itadigan narsalarni yo'q qiling. ✅ Vaqt jadvalingizni tuzib oling, qaysi vaqtda nima bilan shug'ullanishingiz doim aniq bo'lsin. ✅ Har kuni o'qish uchun ajratilgan vaqtingizga qat'iy rioya qiling. ✅ Tanaffuslar olib turing. Masalan, 40 daqiqa dars qilib, 5 daqiqa musiqa tinglang yoki toza havoga chiqing. Tanaffuslarsiz dars qilish sizni zeriktirib qo'yishi mumkin. ✅ Oldingizga erishish mumkin bo'lgan maqsadlar qo'ying. Agar maqsadingiz ulkan bo'lsa, (masalan, talaba bo'lish) uni kichik bo'laklarga bo'ling (masalan, har kuni nechadir bet kitob o'qish). Shunda demotivatsiya bo'lmaydi. ✅ Kerak bo'lganda yordam so'rang. Kimdan bo'lishidan qat'i nazar. ✅ Biror maqsadingizni amalga oshirganingizdan so'ng o'zingizni mukofotlang. ✅ Osonroq, yengilroq vazifalardan boshlang. Masalan, bir kunda 10 ta yangi so'z yodlayman deb. Agar bir kunda 100 ta yangi so'z yodlayman deb katta maqsad qo'ysangizu, uni amalga oshira olmasangiz, demotivatsiya ro'y beradi. ✅ O'zingizga motivatsiya bering. ✅ Dars qilishingiz uchun kerakli anjomlarni oldindan to'plab, tayyorlab qo'ying. Bu dars tayyorlash paytida chalg'imaslikni ta'minlaydi. ✅ Dars qilish uchun mos joy tanlang. O'tirgan yeringiz sizga har tomonlama qulay bo'lishi shart. ✅ Reja tuzing va uni amalga oshirish ketma-ketligini doim nazorat qiling. ✅ Maqsadingizga erishgandan so'ng nimalarni his qilishingizni o'ylang. Masalan, grant asosida talaba bo'ldingiz. Qanday baxtni tuyasiz? Dars tayyorlash jarayonida buni tez-tez o'ylang, bu ruhlantiradi. ✅ Turli dars qilish texnikalarini sinab ko'ring. Yolg'iz, sherik bilan, tabiat qo'ynida, savol-javov shaklida va hokazo. ⚠️ Xulosa: har qanday mushkul ish to'g'ri tizimlashtirilganda osonga aylanadi. Xulosa 2: Siz, albatta, talaba bo'lasiz! Qani, endi dars qilishga olg'a!✊ Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Ассалому алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокатуҳ. Аллоҳ барчага Қурбон ҳайит айёмини муборак қилсин! Байрамнинг шарофатидан Аллоҳ хаммамизга икки дунё саодатини насиб айласин! Барчамизни иймонда, Исломда собитқадам қилсин, юртимиз тинч, осмонимиз мусаффо, яқинларимизни доимо соғ-омон кўриш насиб қилсин. Бу дунёдаги фараҳ ва суруримизни, охират кунида ҳадисда келтирилган башорати билан алмаштирсин! Хаммамизни розилик ва мағфирати билан мукофотласин! Барчага улуғ айём Қурбон хайит муборак бўлсин!

Ассалому алайкум барчага! Эртага 28-июн Курбон хайити муносабати билан "UNIVERSAL" укув маркази 1 (бир) кунга фаолиятини тухтатади.

#muhim_eslatma #qabul_2023 ❗️Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga Prezident ma
#muhim_eslatma #qabul_2023 ❗️Prezident maktabiga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga Prezident maktablari bilan Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari har xil kunlarda o‘tkaziladi. Shu sababli, Prezident maktabiga hujjat topshirgan bo‘lsangiz, Ixtisoslashtirilgan maktablarga ham alohida hujjat topshirishingiz talab etiladi. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Вақтни ғанимат билишга ёрдам берадиган энг муҳим нарсалар Вақтни ғанимат билишга ёрдам берадиган энг муҳим нарсалар сифатида қуйидагиларни айтиш мумкин: 1. Ишларни тартиблаш; 2. Бекорчи ва беҳуда ўтиришлардан узоқлашиш; 3. Барча ишларда ортиқчаларидан воз кечиш; 4. Вақту дақиқаларни қадрлайдиган оқил, закий ва тиришқоқ кишилар билан дўст бўлиш; 5. Таржимаи ҳоллари кишини рағбатлантирадиган буюк уламолар ҳақидаги хабарларни ўқиш; 6. Илмий ютуқларга эришишда вақтга эътибор бериш лаззатини туйиш; 7. Мутолаадан лаззатланиш; 8. Маърифат ва хабардорлигини оширишда бардавом бўлиш; 9. Маълумотларни таҳқиқ қилишда тўлиқ банд бўлиш ва ҳоказолардир.   Буларнинг бари сизга вақт қадрини ҳамда уни муҳофаза қилишни англатади. Сизни вақтни йўқ қилувчи эмас, уни касб қилувчи қилиб, вақтни зое қилувчи эмас, уни муҳофаза этувчи қилиб тарбиялайди. "Уламолар наздида вақтнинг қадри" китобидан. https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#qabul_2023 #10_iyun_30_iyun 📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan ya
#qabul_2023 #10_iyun_30_iyun 📣 2023-2024-o‘quv yilida 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-sinflarga o‘quvchilar qabuli bo‘ladigan yangi tashkil etiladigan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin. 📝 RO‘YXAT ❗️ Eslatib o‘tamiz, yangi tashkil etiladigan ushbu maktablarga ➖ aniq fanlar yo‘nalishi bo'yicha 5-,6-,7-,8-,9-,10-,11-sinflarga; ➖ tabiiy fanlar yo‘nalishi bo'yicha 7-,8-,9-,10-,11-sinflarga qabul qilinadi. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#bildirish #qabul_2023 📣 MUHIM YANGILIK ⏺Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda Ijod
#bildirish #qabul_2023 📣 MUHIM YANGILIK ⏺Agentlik tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hamda Ijod maktablariga hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar uchun yangilik!!! ⚡️Bu yilgi qabul jarayonlarida hujjat topshirish istagidagi talabgor va ularning ota-onalariga yana bir qulaylik yaratildi. 🆕 Endilikda talabgor ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internati yoki ijod maktabiga hujjat topshirish jarayonida Kundalik.comdagi joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini ariza.piima.uz saytiga yuklashlari mumkin. ‼️ Baholar tabelini maktab direktori tomonidan tasdiqlatish shart emas! ❗️Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga hujjat topshirish jarayonlari bundan mustasno. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#qabul_2023 #10_iyun_30_iyun ❓Imtihonda nima sababdan testlar qalamda ishlanadi. Ruchkada belgilasa xato hisoblanadimi? ✅Prez
#qabul_2023 #10_iyun_30_iyun ❓Imtihonda nima sababdan testlar qalamda ishlanadi. Ruchkada belgilasa xato hisoblanadimi? ✅Prezident maktablariga kirish imtihonlari nazorat materiallari Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan tayyorlanadi. 📝 Talabgorlarning maktab o‘quvchisi ekanligi va xato bo‘yalgan javoblarni to‘g‘irlash (qayta belgilash) imkoniyatini yaratish maqsadida javoblar varaqalarini qora qalam bilan bo‘yash Cambridge Assessment tashkiloti tomonidan belgilangan. ☎️ Call-markaz: 1206 Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar #qabul_2023 #20_iyundan_10_iyulgacha ❓Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentlig
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar #qabul_2023 #20_iyundan_10_iyulgacha ❓Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira oladimi? ✅ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin. 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#qabul_2023 #eslatma 📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorla
#qabul_2023 #eslatma 📣 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga hujjat topshirgan talabgorlar diqqatiga! ❗️O'qishga ariza topshirganingizda telefon raqamingizga sms xabar shaklida hamda t.me/PIIMATelegramBot orqali yuboriladigan identifikatsiya raqamini saqlab qo'yishingizni so'raymiz. ✅ Identifikatsiya raqami – Agentlik tizimidagi maktablarga o‘qishga hujjat topshirgan shaxslarning telefoniga sms tarzida yuboriladigan raqam bo‘lib, ushbu raqam orqali nomzod platformaga kira oladi va hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladi. ☎️ Call-markaz: 1206 Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

⚡️Bu yil 16 ta bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi Ma’lumki, Prezident farmoyishi bil
⚡️Bu yil 16 ta bakalavriyat ta’lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi Ma’lumki, Prezident farmoyishi bilan 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti kvotalari tasdiqlandi. Farmoyish bilan joriy yildan 16 ta bakalavriyat yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligiga yangidan qabul tashkil etilmoqda. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#МОТИВАЦИЯ ▪️Қизиқувчан бўлинг. Менинг ҳеч қандай истеъдодим йўқ. Мен шунчаки, жуда қизиқувчанман. ▪️Бeбаҳо қатъият. Мен ҳар
#МОТИВАЦИЯ ▪️Қизиқувчан бўлинг. Менинг ҳеч қандай истеъдодим йўқ. Мен шунчаки, жуда қизиқувчанман. ▪️Бeбаҳо қатъият. Мен ҳар бир масалага, бошқаларга нисбатан кучли эътибор ва эҳтиёткорлик билан қарайман. ▪️Вақтдан ютишга ҳаракат қилманг. Бир вақтда бир неча иш қила оласиз, лекин ҳаммасини мукаммал адо этолмайсиз. ▪️Хато қилиш. Ҳеч қачон хато қилмаган инсон, янги нарсани умуман татиб кўрмайди. ▪️Ҳозирги вақт билан яшанг. Мен ҳеч қачон келажак ҳақида ўйламайман – у жуда тез яқинлашиб келади. ▪️Қадриятларни яратинг. Муваффақиятга эришиш учун эмас, балки ҳаётингиз мазмунли бўлишига интилинг. ▪️Такрорламанг. Бир ишни қайта-қайта қилиб, лекин ҳар хил натижани кутиш – аҳмоқлик. ▪️Билим тажрибадан кeлиб чиқади. Ахборот – билим эмас. Илмнинг ягона манбаси – тажриба. ▪️Яхшироқ ўйнаш учун қоидаларни билиш кeрак.Сиз ўйин қоидаларини ўрганинг. Шундан сўнг, ҳаммадан кўра яхшироқ ўйнашингиз мумкин. © Альберт Эйнштейн. https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#ibrat #tomchi Hayot kurashlardan iborat... Bu kurashlar bizni kuchli qiladi. Kanalga ulanish uchun 👇👇 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#qabul_2023 #10_iyun_30_iyun "UNIVERSAL" o'quv markazidan ajoyib yangilik! 📢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentli
#qabul_2023 #10_iyun_30_iyun "UNIVERSAL" o'quv markazidan ajoyib yangilik! 📢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirish niyatida bo'lgan ota-onalar va o'quvchilar diqqatiga!!! ✅Xabaringiz bor, ushbu maktablarga 10-iyundan 30-iyungacha qabul boshlangani e'lon qilingan edi. Endi, Siz "UNIVERSAL" o'quv markazi yordamida ONLAYN shaklda xujjat topshirishingiz mumkin. 🗂 Quyidagi hujjatlar topshiriladi: ➖ Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan); ➖ Fotosurat (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi; ➖ Ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari). 👉 Batafsil ma'lumot: https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1 📞 Тел: +998907400471 📍Manzil: Bog'ibaland MFY, "UNIVERSAL" o'quv markazi. 🎯 Mo'ljal: Kosonsoy Ixtisoslashtirilgan maktabi (prezident maktab) ro'parasi.

🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади! 🏫 ТАЪЛИМДА БИ
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини ЁЗГИ ТАЪТИЛ даври учун ўқув курсларига таклиф этади! 🏫 ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗ ✅ Фарзандингизни ёзги таътил даврида бекор юриши, олган билимларидан узоқлашиб кетиши ёки ўйинқароқ бўлиб қолиши сизни хавотирга соляптими?! Бу муаммоларни ечими албатта бизда мавжуд. "UNIVERSAL" ўқув маркази ёзги таътил даври учун 3,4,5,6,7,8-синф ўқувчиларини қуйидаги фанларидан ўқув курсларига ТАКЛИФ ЭТАДИ. ▪️Математика ▪️Инглиз тили ▪️Кимё ▪️Биология ▪️Тарих ▪️7-10 ёшли болалар учун эса МЕНТАЛ АРИФМЕТИКА дарсларига қабул бошланмоқда. ❗️ШУНИНГДЕК: ✅ 3-4-5-6-синф ўқувчилари учун (математика, инглиз тили) ✅ 5-6-синф ўқувчилари учун (биология, инглиз тили ва математика) ихтисослаштирилган мактабларга тайёрлов курслари. ✅ Абитуриентлар учун барча фанлардан ўқув курслари давом этмоқда. 🙋‍♂️Барча ўқув курсларига илмга чанқоқ ўқувчи ёшларни ТАКЛИФ ЭТАМИЗ! 👉 Батафсил: 📞 Тел:+998905999532 📍Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ 🎯Мўлжал:собиқ Намуна АЛ биноси рўпарасида

photo content

photo content

UNIVERSAL_o'quv_markazi_ТЕСТ_sinovi_natijasi_18_06_2023.xlsx0.23 KB