"UNIVERSAL" o'quv markazi
رفتن به کانال در Telegram
295
مشترکین
+524 ساعت
+207 روز
+2530 روز
آرشیو پست ها
#motivatsiya
O‘qituvchi sizni natijaga olib chiqadi — lekin bu faqatgina siz ham unga “labbay” deb, bir yoqadan bosh chiqarib, mas’uliyat va ishonch bilan harakat qilganingizdagina amalga oshadi.
O‘qituvchi yo‘l ko‘rsatadi, bilim beradi, to‘g‘ri yo‘nalish belgilaydi. Ammo haqiqiy yutuq — sizning intilinganingiz, sabringiz va mehnatingiz bilan keladi.
Unutmang, muvaffaqiyat bu faqat ustozning emas, balki ustoz va shogirdning birgalikdagi mehnati samarasidir.
Harakat bo‘lsa — natija albatta bo‘ladi! 💪📚
+1
❤️🔥❤️🔥❤️🔥💙💙💙
Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari,
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati,
hamda “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturiga qabul jarayonlari boshlandi! ✨
Agar farzandingiz bilimli, izlanuvchan va yuqori marralarni ko‘zlaydigan bo‘lsa — bu imkoniyat aynan siz uchun!
Bu maskanlar kelajak yetakchilari, olimlari va chempionlari tarbiyalanadigan dargohlardir.
📚 Kuchli ta’lim
🎨 Ijod va iste’dod
🏆 Sport va ixtisoslashuv
🌍 Xalqaro standartlar
⏳ Imkoniyatni boy bermang!
Bugun harakat — ertangi muvaffaqiyat garovi!
👉 Batafsil ma’lumot va tayyorgarlik bo‘yicha murojaat qiling.
Kelajak bugundan boshlanadi! 🚀
Repost from Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
+2
#Kosonsoy_IM
#Murojaatlar_markazi
🔰 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2026/2027-oʻquv yili uchun Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, sport, muhandislik, jasorat maktablari va Al-Beruniy nomidagi xalqaro hamda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarga oʻquvchilar hujjatlarini qabul qilish hamda kirish imtihonlarini tashkil etish jarayonlari boʻyicha "murojaatlar markazi" oʻz faoliyatini 2026-yil 1-maydan boshladi.
✅Markazda fuqarolar 2026-2027-oʻquv yilida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish va kirish imtihonlarini tashkil etish jarayonlari boʻyicha barcha savollarga javoblar olish imkoni mavjud.
❇️ Murojaatlar markazida Sizlarni kutib qolamiz!
Manzil: Kosonsoy tumani, Bogʻibaland MFY, 17-A uy
https://t.me/ixtisoslashganmaktab
Фарзандингиз учун, ўқинг!
⁉️ Боланинг муваффақияти кўпроқ нимага боғлиқ? Телевизоргами? Отасининг ҳамёнигами? Ошхонада энг тез пишадиган таомгами? Ёки кутубхонангиздаги китоблар сонигами? Албатта, буларнинг барчаси қандайдир таъсир кўрсатиши мумкин, аммо сизнинг фикрингизча, қайси омил устунлик қилади?
👨🏻🏫 Калифорния университети тадқиқотчиларининг 27 та давлатдан танлаб олинган 70 000 дан ортиқ иштирокчи ўртасида ўтказган 20 йиллик илмий тадқиқоти ушбу саволга жавоб топди. Ҳайратланишга тайёрмисиз?
📚 Саволнинг жавоби – уйда китобларнинг кўплиги!
Уйида китоби кўп бўлган оилаларнинг фарзандлари ҳам кўпроқ таълим олади, ҳам кўпроқ даромад топади. Яхши кутубхона заковат ҳамда иқтисодий фаровонлик олиб келади!
Kanalga ulanish uchun 👇
https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1
+4
📢 "UNIVERSAL" ўқув маркази — Математика фанидан саралаш имтиҳонига ТАКЛИФ ЭТАДИ.
🎓 "UNIVERSAL" ўқув маркази — Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга энг кўп ўқувчиларни киритиш бўйича етакчи натижаларга эришган марказлардан бири!
❗️Марказимизда:
📅 25-апрель куни
⏰ Соат 12:00 да
🎯 3-синф ўқувчилари учун математика фанидан саралаш имтиҳони бўлиб ўтади.
🎁 Саралаш имтиҳонида қатнашиш мутлақо бепул!
📚 Фарзандингизни кучли билим ва юқори натижалар сари етакланг!
📈 Математикани нолдан тез, тушунарли ва самарали ўрганишни истаган ўқувчилар учун энг тўғри танлов!
📞 Тел: +998 90 599 95 32
📍 Манзил: Косонсой тумани, Боғибаланд МФЙ, Зиёкор кўчаси
🎯 Мўлжал: Косонсой ихтисослаштирилган мактаби рўпарасида
#motivatsiya
☄️ Oz qoldi!
Tez orada bugungi mehnating natijasini ko‘rib, o‘zing bilan faxrlanasan.
Sabr qil, tinimsiz harakatdan to‘xtama — g‘alaba juda yaqin! 💪📚🌟
💐 ONA — HAYOTIMIZNING ENG BUYUK QADRIYATI 💐
Bizning kelajagimiz uchun halol mehnat qilib, tunu kun tinmay harakat qilayotgan ona — sabr, mehr va fidoyilik timsolidir. 🎭
Uning har bir qilgan ishi — farzandi kelajagi uchun qilingan sarmoya, har bir duosi esa bizga berilgan eng katta kuchdir.
✨ Ona charchamaydi, shikoyat qilmaydi — u faqat ishonadi.
✨ Ona orzu qiladi, ammo avvalo farzandi baxtli bo‘lishini xohlaydi.
✨ Ona uchun mukofot — farzandining yutug‘i va odobidir.
🔖 Ona mehnatini qadrlaylik, uning duosini olaylik.
Chunki ona roziligi — hayotimizdagi eng katta barakadir.
🤍 Onalarimiz bor ekan, kelajagimiz porloq!
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
