fa
Feedback
OLIM YETISHTIRGAN ONALAR 🧕

OLIM YETISHTIRGAN ONALAR 🧕

رفتن به کانال در Telegram

Onajonalarimiz va farzandlarimiz rivoji uchun foydali maslahatlar va ibratli maqolalar kanali Sizga ozgina foydamiz tegsa juda hursand bolamiz.Albatta sizning zurriyotlaringizdan faqat qoriyu qoriyalar chiqadi Reklama uchun : https://t.me/olimaonalarrek

نمایش بیشتر
2 059
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-107 روز
-6530 روز
آرشیو پست ها
🌐 Bolalar qaysi yoshda qanday uy yumushlarini uddalay olishlari kerak? 2-3 yoshda: - o'yinchoqlarni yig'ishtirish, tartibga
🌐 Bolalar qaysi yoshda qanday uy yumushlarini uddalay olishlari kerak? 2-3 yoshda: - o'yinchoqlarni yig'ishtirish, tartibga solish - to'kilgan suyuqlikni arta olish - ovqatlangandan keyin o'zini stolini tozalay olish. -chiqindini chelakka tashlab kelish -kir kiyimlarni savatchaga solib qo'yish. -chang artish 4-5 yoshda: - krovatini tartibga keltirish - kiyimlarini taxlay olish - uydagi jonivorlarni ovqatlantirish - gullarni sug'orish -chiqindini tashlab kelish 7-9 yoshda: - budilnik yordamida bemalol uyg'onish - maktab uchun oddiy tushlik tayyorlay olish - shaxsiy pullarini iqtisod qila olish; - idishlarni yuvish - uylarni pilesoslash 10+ - kir mashinani boshqara olish - uydagi remont ishlarida bemalol yordamlashish - oila budjeti suhbatlarida ishtirok etish - tushlik tayyorlay olish. C.Yosh onalarga maslahatlar Kanalga obuna bo'ling🌸⤵️ https://t.me/+9eNvbXaXtgE5NThi

🔷Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xazratlari o'g'liga chiroyli nasihati. 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

Bolalarni kitobxon qilish uchun o‘nta tavsiya 1. O‘zingiz kitob o‘qib o‘rnak bo‘ling. 2. Bolangizga kitob o‘qib bering. 3. Uy
Bolalarni kitobxon qilish uchun o‘nta tavsiya 1. O‘zingiz kitob o‘qib o‘rnak bo‘ling. 2. Bolangizga kitob o‘qib bering. 3. Uyquga yotishidan oldin ertak yoki hikoya o‘qib bering. 4. Kitob o‘qishning foydalari haqida unga so‘zlab bering. 5. Kitob o‘qiydigan bolalar bilan do‘stlashtiring. 6. Kitobdan chalg‘itishi mumkin bo‘lgan narsalar: televizor, telefon, kompyuter, planshetlardan me’yorida foydalanishiga ruxsat bering. Shuningdek, bu jihozlardan me’yorida foydalanish bilan o‘zingiz ham o‘rnak bo‘ling. 7. Bolalaringizga suratli, qiziqarli kitoblar hadya qiling. 8. Kitob o‘qigani uchun mukofotlang. Masalan, bitta kitobni o‘qib bo‘lsang, falon narsa olib beraman yoki falon joyga sayrga olib boraman deb unga xush keladigan va’dalarni bering va shartni bajarganda buni darhol, mamnuniyat ila amalga oshiring. 9. Ko‘p kitob o‘qib, ilm o‘rganib muvaffaqiyatga ­erishgan kishilar haqida farzandingizga so‘zlab bering. 10. Farzandingiz bilan kitob do‘kon va kutubxonalarga boring. O‘zi istagan kitoblarni olib bering.

🧒🏼👧🏻Ушбу бадлар боланинг когнитив функциялари физиологик тарзда яхши ишлаши учун мухум.🌟 🧠1. Йод курс 1 ой хар ярим йил
🧒🏼👧🏻Ушбу бадлар боланинг когнитив функциялари физиологик тарзда яхши ишлаши учун мухум.🌟 🧠1. Йод курс 1 ой хар ярим йилда 🧠2. В комплекс нерв системаси фаолиятига, мия функциялари активлашишига, боланинг энергияси ошишига ва бошқа барча проццесларда қатнашади. Хар ярим йилда 1 курс. 🧠3. Лецицин мия ва хотира тўқималари учун мухумдир, шунингдек жигар тўқималари регенерациясида ва ўт пуффак реологияси суюқлашишига ёрдам беради. Асаб тизимига ижобий тасир кўрсатади 🧠4. Магний асаб тизимимиз учун энг мухум витаминдир. Айниқса мактаб ёшидаги болалар магний дефицитида бўлишади. Шунингдек 300 дан ошиқ жараёнда магний қатнашади! ❗️Албатта бола Витамин Д3 дефицитида бўлиши керак эмас! @beautylish_uz❤️

🔷Bolani maktabga tayyorlash 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

🔷Artikulyatsion mashqlar. Nutqni rivojlattirish uchun. 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

ВИРТУАЛ АУТИЗМ Хозирги кунда замонавий хонадонларимизни бир нечта телевизор, компьютер, планшет, смартфонларсиз тасаввур этиб бўлмайди. Бу масалани ижобий томони бўлса, салбий томони бунда монитор сони кўплигидан беихтиёр оиланинг ҳар бир аъзоси бошига 1-2 тадан гаджет тўғри келиб, хатто энг кичик ёшдаги (0-2 ёш) болажон хам бемалол гаджетдан фойдаланишидир. Бунинг нимаси ёмон, XXI аср техника асри, замонавий болалар биздай эмас деган жавоб бор барчамизда. Аммо гаджетлардан оқилона фойдалана олаяпмизми, уларни ишлатиш одобини биламизми, шу саволга самимий жавоб бера олишимиз муҳим. Охирги ўтказилган тадқиқотлар натижаси шуни кўрсатдики, айнан шундай «электрон экран»лардан тартибсиз фойдаланиш натижасида «Виртуал аутизм» деган касаллик келиб чиқди. Биринчи бўлиб бу касалликни психолог Мариус Замфир номлади ва клиникасини ёритиб берди. Нима учун айнан «Виртуал аутизм»? Сабаби унинг белгилари аутизм белгилари билан идентик равишда. Амалиётда аутизм ва виртуал аутизмни бир-биридан фарқлаш қийин. Фақат анамнез (йиғилган хаёт ва касаллик тарихи) натижасидагина касалликка тўғри ташҳис қўйиш мумкин. Аутизм белгилари: 😶 Ижтимоий муносабатларга кириша олмаслик 🧐 Кўз орқали контактнинг йўқлиги 😖 Нутқ ривожланишдан орқада қолиши 🙃 Бошқа болалар билан ижтимоий ўйинларга кириша олмаслик Мана шу белгилар боланинг ҳар кунги 4-5 соатлик монитор (ТВ, смартфон, планшет, компьютер билан) алоқада бўлиши билан бирга кечади. Касаллик 80% холларда ўғил болаларда кўпроқ кузатилади. Классик аутизмда деструкция неврологик асосга эга бўлган биологик факторлар билан боғлиқ бўлиб, жараён қайтмас характерга эга. Миянинг ушбу соҳаларида синаплар қайта хосил бўлмайди. Виртуал аутизмда эса нейрон ривожланиши лозим бўлган соҳаларининг стимуляция бўлмаслиги ҳисобига нуткнинг ривожланмаслиги ва б.қ. белгилар юзага келади. Бу жараён қайтар ҳисобланади. Аутизм марказининг статистикасига кўра: 🖤 1975 йилда 5000 боладан 1 тасига аутизм ташҳиси қўйилган 🖤 2005 йилда 500 боладан 1 тасида 🖤 2014 йилда эса 68 боладан 1 тасида аутизм аниқланган. 2008 йилда Американинг Педиатрия академияси қуйидаги тавсияларни берди: 👼 0-2 ёшли болаларга мультимедиа технологиялари ва қурилмаларига яқинлашиш имкониятини тўлиқ чеклаш 🙇‍♀ 3-6 ёшли болаларга кунига 1 соатдан ортиқ рухсат бермаслик 🙇‍♂ 6-12 ёшдагиларга эса максимум 2 соатгача руҳсат бериш тавсия қилинди. Тадқиқотчиларнинг таъкидлашича, экран олдида ўтказилган вақтда мия ривожланмайди ва яшаши лозим бўлган ижтимоий муҳитда яшалмайди. Болалар мияси турли хил ижтимоий боғлиқликлар ҳисобига ривожланади, яъни ушлаб кўриб, хидлаб кўриб ва х.к. Натижада болада ёшига мос ривожланиши керак бўлган кўникмалар ривожланмайди. Экранлардаги шовқин ва ёрқинликлар бола эътиборини тортади, хатто мультфильмлар хам болада негатив оғриқли хиссиётларни чақириши, у эса ўз навбатида болада агрессив хулқни намоён қилиши мумкин. Мутахассисларнинг фикрича, 0-2 ёшдаги болалар кўпроқ кўчада (табиатда) бўлиши ва катталар билан мулоқотда бўлиши зарур. Анализаторларимизни ишини оладиган бўлсак, сезги ва идрок этиш орасидаги боғлиқлик бузилганини кўрамиз. Эшитган ва кўрган нарсамизни идрок этишимиз зарур, айниқса болалик ёшимизда. Ниманидир идрок этиш учун у билан бевосита алоқада бўлиш лозим (тактил, хидлов, эшитув), виртуал дунё буларни бермайди. Бу анализаторларнинг боланинг илк ривожланиши даврида аҳамияти катта. Бу ҳолатнинг биргина яхши жиҳати шундаки, биологик аутизмдан фарқли ўлароқ виртуал аутизмни даволаса бўлади. Аммо энг яхшиси уни олдини олишдир! Др. Гавҳар Дарвиш. https://t.me/DrGavharDarvish

👆👆👆Oila a'zolari bilan to'g'ri muomila qilishda keloshib yashab uydagi sakinatni taminlashda kerakli ilmlar xaqida ekan 😊 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

👆👆👆Oila a'zolari bilan to'g'ri muomila qilishda kelishib yashab uydagi sakinatni taminlashda kerakli bo'ladigan ilmlar xaqida ekan 😊 P.s O'zim xam ko'p insaytlar oldim 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

Фарзандингизда қандайдир сиз хоҳламаган, нотўғри деб ўйлаган ҳаракат ёки ҳолатни кўрганингизда "Бу бола нега бундай" дейиш ўр
Фарзандингизда қандайдир сиз хоҳламаган, нотўғри деб ўйлаган ҳаракат ёки ҳолатни кўрганингизда "Бу бола нега бундай" дейиш ўрнига "Қаерда хато қилдимки, бу болага нотўғри ўрнак бўлиб қолдим", деб савол беринг... "Уйимиз жаннатга айлансин" китобидан. Сиз бугун фарзандингизга қандай ўрнак бўлдингиз азизларим? Бугун фарзандингиз сиздан қандай ҳиссиётлар қабул қилди, қандай одатларингизни кузатди? 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

🔷Bolaning psixik rivojlanishi 🧠 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

SHAYX XAZRATLARI.Farzand tarbiyasi 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

🔷Ota onalarga tavsiyalar. 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

🔷Bolangizni quchoqlab turasizmi. 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

Repost from N/a
Homiladorlarga tavsiyalar Olim yetishtirmoqchi bólgan onalarimiz kanali👇👇 @olimaonalar

Ota onalarimiz uchun ajoyib tavsiya 😊 Farzandingiz kelajagi uchun harakatni hozirdan boshlang va inshaalloh albatta natijasini kôrasiz 🥰 @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

🔷Ranglarni farqlash va sanoqni o'rgatish uchun o'yin. 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

🔷Rivojlantiruvchi o'yinlar. 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

Ota ham, ona ham farzandlari uchun namuna bo‘lsinlar, shunda bolalar ularga mehribon, itoatli bo‘ladi. Bolalaringiz sizga ixlosli bo‘lishini xohlasangiz, ularga yomon jihatlaringizni bildirmang va, albatta, o‘zingizni isloh qilib boring. Juftingizning biror xatosini sezganda ham bolalar yonida koyimang. Alohida gaplashib oling. Hikmatlarda: “Bolalaringizni tarbiyalamang, o‘zi­ngizni tarbiyalang. Ular baribir sizga o‘xshagan bo‘ladi”, – deyiladi.    📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan 📌Yaqinlaringizga xam ulashib qo'ying manfaatli bo'ladi. @Olimaonalar -onajonlarimiz uchun foydali malumotlar maskani🏡

Ota-ona o‘rtasidagi ittifoq Ayol kishi erini qanchalik hurmat qilsa, e’zozlasa, bolalar ham shuncha hurmat qiladi, qadrlaydi.
Ota-ona o‘rtasidagi ittifoq    Ayol kishi erini qanchalik hurmat qilsa, e’zozlasa, bolalar ham shuncha hurmat qiladi, qadrlaydi. Agar ayol juftini ishga yaxshi kuzatib, yaxshi kutib olsa, unga doim yaxshi muomala qilsa, bolalar ham shunday qiladi. Aksi bo‘lsa, bolalar ham otasini ota o‘rnida ko‘rmay, mehr qo‘ymay hatto mensimay ulg‘a­yishi mumkin. Bir kun katta bo‘lib, aqlini taniganda onasining otasiga qilgan muomalasini tahlil qilib ko‘rib, onasini ham hurmat qilmay qo‘yadi, garchi yoshligida onasining yonida turgan, uni yaxshi ko‘rgan bo‘lsa-da. Onalar oila farovonligi, ahilligi uchun ko‘proq rol o‘ynaydilar va hamisha shuni hisobga olgan holda harakat qilishlari kerak. To‘g‘ri, oilada muammolar, ko‘ngilsizliklar ham bo‘­ladi. Shunday vaqtda jahlga berilib, qo‘pollik qilish­ga shoshilmay, bolalardan xoli holda juftlik o‘zaro gapla­shib olishi kerak. O‘z navbatida erkaklar ham bolalarining yonida ayolini behurmat qilmasin. Xato qilganda koyishga shoshilmasin.