Dasturlash hayoti️️ ️
✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha! • Reklama uchun: 👉 t.me/techno_ads/243
نمایش بیشتر📈 تحلیل کانال تلگرام Dasturlash hayoti️️ ️
کانال Dasturlash hayoti️️ ️ (@dasturlash_hayoti) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 10 995 مشترک است و جایگاه 11 183 را در دسته فناوری و برنامهها و رتبه 7 113 را در منطقه أوزبكستان دارد.
📊 شاخصهای مخاطب و پویایی
از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 10 995 مشترک جذب کرده است.
بر اساس آخرین دادهها در تاریخ 08 نوامبر, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -202 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -7 بوده و همچنان دسترسی گستردهای حفظ شده است.
- وضعیت تأیید: تأیید نشده
- نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 15.11% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 6.46% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب میکند.
- دسترسی پستها: هر پست به طور میانگین 1 663 بازدید دریافت میکند. در اولین روز معمولاً 711 بازدید جمعآوری میشود.
- واکنشها و تعامل: مخاطبان بهطور فعال حمایت میکنند؛ میانگین واکنش به هر پست 13 است.
📝 توضیح و سیاست محتوایی
نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاههای شخصی توصیف میکند:
“✓ Dasturchilar va dasturlash hayotini yoritib boradigan loyiha!
• Reklama uchun: 👉 t.me/techno_ads/243”
به لطف بهروزرسانیهای پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 09 نوامبر, 2026)، کانال همواره بهروز و دارای دسترسی بالاست. تحلیلها نشان میدهد مخاطبان بهطور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته فناوری و برنامهها تبدیل کردهاند.
در حال بارگذاری دادهها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 09 نوامبر | 0 | |||
| 08 نوامبر | 0 | |||
| 07 نوامبر | 0 | |||
| 06 نوامبر | +1 | |||
| 05 نوامبر | 0 | |||
| 04 نوامبر | +2 | |||
| 03 نوامبر | +5 | |||
| 02 نوامبر | 0 | |||
| 01 نوامبر | 0 |
git commit -m "Added a responsive navigation bar with dropdown animations"
git commit -m "Refactored user authentication logic"
Deadline'ga 2 kun qolganda:
git commit -m "bug fix"
git commit -m "fixed bug again"
git commit -m "pls work this time"
git commit -m "asdasdasd"
Mijoz qo'shimcha o'zgarishlar so'ragan sari, kodimiz va asablarimiz qanday holatga kelishini shu xabarlardan ham bilsa bo'ladi. Hamma charchaydi, eng asosiysi kod oxirida ishlashida.
Izohlarda eng kulgili yoki oxirgi yozgan commit xabaringizni yozib qoldiring! 👇😂
#hazil #git #github #hayotiy #dasturlash
👉 @dasturlash_hayoti| 2 | Nega API (Backend) bilan ishlashni bilish har bir Frontendchi uchun shart?
Ko'p boshlovchi frontendchilar xato o'ylaydi: "Men zo'r dizayn qila olaman, HTML/CSS va animatsiyalarni qotiraman, demak men tayyor dasturchiman!"
Aslida, real loyihalarda mijozga shunchaki chiroyli "rasm" kerak emas. Unga ma'lumotlar saqlanadigan, o'zgaradigan va real vaqtda ishlaydigan tizim kerak.
Frontendchi uchun API bilan ishlash nega muhim?
➡️ Saytni jonlantirish: Orqa fondagi (Backend) ma'lumotlar bazasidan tovarlar ro'yxati, narxlar yoki foydalanuvchi ismini saytga olib kelish (Fetch / Axios orqali).
➡️ Junior'dan Middle'ga o'tish: Faqat verstka (dizayn tuzish) bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. Katta maoshli vakansiyalarning 95% qismida REST API yoki GraphQL bilan ishlash talabi bor.
➡️ Mustaqillik: To'liq huquqli frilans loyihalarni olish uchun o'zaro ma'lumot almashinuvini tushunish shart.
Reaksiya qoldiring:
🔥 — API bilan ishlash eng sevimli ishim!
👍 — Endi o'rganishni boshlayman.
#frontend #api #backend #maslahat #karyera #dasturlash
👉 @dasturlash_hayoti | 1 368 |
| 3 | SI-agentlar analitiklar va ML-muhandislarga qanday yordam berishi: YSDAʼdan intensiv
2026-yil 23–27-noyabrda Yandex School of Data Analysis (YSDA) AI Analytics Week oʻtkazadi. Yandex ekspertlari maʼlumotlarni tayyorlashdan tortib prognozlar tuzish va tajribalarni loyihalashgacha LLM va SI-agentlardan qanday foydalanishni koʻrsatadi.
Nimalarni koʻrib chiqamiz:
● Analitik ishida SI-vositalar
● LLM bilan maʼlumotlarni tozalash, RAG-payplaynlar
● Tajribalarda LLM: tanlanma, stratifikatsiya, sintetik nazorat
● Agent tizimlari arxitekturasi, MCP orqali maʼlumotlarga kirish
Ishtirok etish uchun SQL, Python boʻyicha mustahkam baza, statistika va ML asoslari kerak.
22-noyabrgacha roʻyxatdan oʻting. Sizni YouTubeʼda savol berish imkoniyati bilan 5 kunlik videotranslyatsiyalar kutmoqda. | 1 185 |
| 4 | ChatGPT'da rasm yaratishni yangi darajaga olib chiquvchi 89 ta maxfiy buyruq
👉 1-qism
#prompt | 1 423 |
| 5 | 🚀 Birinchi IT xizmatlari marketplace’ida yangi buyurtmalar oling yoki orzuingizdagi ishni toping!
IT Caravan — IT mutaxassislari mijozlar va ish beruvchilarni topadigan platforma.
Profilingizni, rezyume va loyihalaringiz haqidagi ma’lumotlarni joylashtiring, shuningdek, 10 tagacha xizmatni bepul qo‘shing. Sizni ijrochilar va yangi xodimlarni izlayotgan kompaniyalar ko‘rishsin!
Profilingizni hoziroq yarating — yangi imkoniyatlar sizni o‘zi topsin!
Platformaga o‘tish! | 1 251 |
| 6 | Dasturchilik bilimingizni sinab ko'ramizmi? (10 ta savol)
Texnik suhbatlarda (Interview) tushadigan ma'lumotlar bazasi, SOLID, Docker va veb-xavfsizlik bo'yicha 10 ta amaliy savoldan iborat test tayyorladim!
👉 Testni boshlash
Nechta topganingizni izohlarda yozib qoldiring! Qani, kim 10/10 qila olar ekan? 👇😎
#dasturlash #test #quiz #bilimsinovi #it #dasturchi
👉 @dasturlash_hayoti | 1 728 |
| 7 | بدون متن... | 1 779 |
| 8 | Lekin mening kompyuterimda ishlagandi-ku?! 😅
Dasturchilar hayotidagi eng mashhur va eng ko'p aytiladigan bahona. Loyihani o'zingizda maza qilib test qilasiz, hammasi joyida, "bug" umuman yo'q. Lekin xostingga (masalan, ahost.uz'ga) yoki mijozning serveriga yuklaganingizdan keyin u qizil xatolar dengiziga aylanadi.
Asosiy sabablar:
🔸Turli xil PHP versiyalari.
🔸 .env fayldagi bazaga ulanish parollari serverga to'g'ri yozilmagani.
🔸 Kutubxonalar (vendor yoki node_modules) to'liq yuklanmay qolgani.
Eng zo'r yechim — server muhitini o'z kompyuteringiznikiga maksimal o'xshash qilib sozlash yoki Docker ishlatish.
Qani, kimda shu haftada xuddi shunday holat bo'ldi? Izohlarda dardlashamiz! 👇
#hazil #dasturlash #bug #hayotiy
👉 @dasturlash_hayoti | 1 642 |
| 9 | "PHP o'ldi, PHP zaif" deydiganlar uchun
Xavfsizlik (RCE) bo'yicha xabardan so'ng hamma yoqda ayrim boshqa til dasturchilari "bayram" qilishni boshlabdi: "Ko'rdinglarmi, PHP chindan ham o'lyapti, u zaif til!"
Hurmatli "PHP hater"lariga qisqacha javobimiz:
Eng uzoq davom etayotgan o'lim: "PHP o'lyapti" degan memlarga 15 yildan oshdi. U shunday "sekin o'lyaptiki", hozirgi kunda ham dunyodagi jami veb-saytlarning 70% dan ortig'i (shu jumladan yirik korporatsiyalar) aynan shu tilda tinchgina ishlab yotibdi.
Bug va zaiflik kimda yo'q? Bitta jiddiy zaiflik chiqib, uni zudlik bilan tuzatishsa, til o'lib qolmaydi.
node_modules
papkasi qora tuynukdek butun kompyuter xotirasini yutib yuborayotganida yoki JS'da har 3 kunda bitta yangi framework chiqib dasturchining asabini egovlaganida jimgina yuramiz-ku? 🤫
Real hayotdagi holat: Siz guruhlarda "PHP o'ldi" deb katta bahslar qilib o'tirganingizda, qaysidir dasturchi orqa fonda baquvvat Laravel va frontenddagi Vue.js arxitekturasini bir-biriga ulab, navbatdagi kattakon loyihani muvaffaqiyatli topshirib, mijozdan pulini sanab olyapti.
Xullas, vahimaga o'rin yo'q. PHP navbatdagi apokalipsisdan ham omon qoldi. Tarqalishimiz mumkin!
👇 Keling, izohlarda jangni davom ettiramiz: Qani, PHP'chilar bormi o'zi?
🔥 — PHP mangu yashaydi, Laravel yondiradi!
😎 — Men baribir boshqa tilni tanlayman.
#hazil #php #laravel #backend #dasturlash #fakt
👉 @dasturlash_hayoti | 2 222 |
| 10 | بدون متن... | 2 233 |
| 11 | 🚨 PHP ishlatadigan barcha dasturchilar diqqatiga: Loyihalaringizni zudlik bilan tekshiring!
Kechadan beri global IT olami va kiberxavfsizlik hamjamiyati bitta yangilikdan larzaga kelgan. PHP dasturlash tilida o'ta jiddiy va xavfli zaiflik (RCE — Remote Code Execution) aniqlandi.
Qisqa aytganda: xakerlar hech qanday login yoki parolsiz, tashqaridan turib serveringizda istalgan buyruqni bajarishi va ma'lumotlar bazangizni tozalab ketishi mumkin.
Xavf darajasi 9.2 / 10 deb baholangan. Bu degani — "kutib o'tirmasdan hoziroq tuzatish kerak" degan signal.
Kimlar xavf ostida? WordPress, Laravel, Yii, OpenCart yoki oddiy toza PHP'da yozilgan har qanday sayt. Zaiflik PHP'ning xotira boshqaruvi bilan bog'liq bo'lib, juda eski versiyalardan tortib yangilarigacha ta'sir qilishi aytilmoqda.
Nima qilish kerak? (Aniq qadamlar):
1. PHP versiyangizni yangilang: PHP jamoasi kechagina shoshilinch xavfsizlik patchlarini chiqardi. Serveringizdagi PHP versiyasini eng oxirgi relizga ko'taring:
8.5.x bo'lsa ➡️ 8.5.12
8.4.x bo'lsa ➡️ 8.4.27
8.3.x bo'lsa ➡️ 8.3.36
8.2.x bo'lsa ➡️ 8.2.35
2. CPanel / Server paneliga kiring: Agar xostingda bo'lsangiz, Select PHP Version bo'limidan versiyangizni yangilang.
3. VPS/Dedicated server egalari: Terminal orqali paketlarni yangilab (apt update && apt upgrade php), servisni qayta ishga tushiring.
4. Xosting provayderingizga yozing: Agar serverni o'zingiz to'liq boshqarmasangiz, xosting qo'llab-quvvatlash (support) bo'limiga yozib, serverlar yangilangani yoki yo'qligini aniqlashtirib oling.
Ertaga tongda saytingizda "Hacked by..." 😉 degan yozuvni ko'rib qolmaslik uchun hoziroq 5 daqiqa vaqt ajratib, versiyangizni tekshirib qo'ying.
Postni PHP bilan ishlaydigan backendchi va dasturchi tanishlarga ham tashlab qo'ying, kech qolishmasin!
Reaksiya bildiring:
😎 — Rahmat, darhol versiyani yangiladim!
👍 — Hozir borib tekshiraman.
#kiberxavfsizlik #php #backend #ogohlantirish #dasturlash
👉 @dasturlash_hayoti — Sun'iy intellekt va dasturlash olamidagi eng so'nggi yangiliklar, foydali materiallar va eksklyuziv darslar shu yerda! | 2 120 |
| 12 | AI mutaxassislari uchun rasmiy sertifikatlar ro'yxati va ularning havolalari
1. OpenAI (ChatGPT & API) Sertifikatlari
OpenAI o'z ekotizimi uchun turli yo'nalishlarda malaka tasdiqlovchi sertifikatlarni joriy qilgan. Bu sertifikatlar asosan modellarni xavfsiz joriy qilish, biznesga moslashtirish va kiberxavfsizlikka qaratilgan:
🧢Deployment Practitioner: (API, ChatGPT, Codex va Cyber)
🧢Solutions Practitioner: (ChatGPT, Codex, Cyber va Consultative)
🧢Technical Practitioner: (Texnik integratsiya va xavfsizlik)
🔗 Rasmiy manba: openai.com (Sertifikatlash bo'limi va Enterprise hamkorlik portali orqali)
2. Anthropic (Claude) Sertifikatlari
Claude modellarini katta loyihalarga integratsiya qilish va arxitekturasini qurish bo'yicha maxsus darajalar:
🧢Claude Certified Architect: (Foundations / Professional)
🧢Claude Certified Developer: (Foundations / Professional)
🔗 Rasmiy manba: anthropic.com (Dasturchilar va hamkorlar portali)
3. Google (Gemini & Cloud AI)
Gemini modellarini korporativ darajada ishlatish va AI agentlar yaratish bo'yicha:
🧢Certified Partner Specialist - Gemini Enterprise Agent Development
🧢Certified Partner Specialist - Gemini Enterprise Deployment
🧢Google Cloud Professional Machine Learning Engineer
🔗 Rasmiy manba: cloud.google.com/learn/certification
4. Yirik Cloud Provayderlar (Bozorda eng talabgir qo'shimchalar)
Faqat AI modellarini emas, balki ularning butun boshli bulutli infratuzilmasini boshqaruvchi muhandislar uchun xalqaro darajadagi eng kuchli sertifikatlar:
🧢Microsoft Certified: Azure AI Engineer Associate: Azure OpenAI va kognitiv xizmatlar orqali sun'iy intellekt arxitekturasini qurish.
🔗 Rasmiy manba: learn.microsoft.com/certifications
🧢AWS Certified Machine Learning – Specialty: Amazon AWS serverlarida ma'lumotlar modellari va sun'iy intellekt xizmatlarini ishlab chiqish hamda optimallashtirish.
🔗 Rasmiy manba: aws.amazon.com/certification
🧢IBM AI Engineering Professional Certificate: Machine Learning va Deep Learning poydevorini noldan o'zlashtirganlikni tasdiqlovchi xalqaro sertifikat.
🔗 Rasmiy manba: coursera.org/ibm-ai-engineer
Reaksiya qoldiring:
🔥 — Kelajakda shu sertifikatlardan birini albatta olaman!
👍 — Zo'r ma'lumot, rasmiy havolalari bilan saqlab qo'ydim.
#foydali #ai #sertifikat #openai #claude #gemini #dasturlash
👉 @dasturlash_hayoti — Sun'iy intellekt va dasturlash olamidagi eng so'nggi yangiliklar, foydali materiallar va eksklyuziv darslar shu yerda! | 1 588 |
| 13 | Dasturchilar API orqali AI modellarini o'z loyihalariga ulaganda temperature (harorat) parametrini 0 ga tenglashtirsa, modelning javoblari qanday o'zgaradi? | 1 568 |
| 14 | Kod yozish va "debug" qilishga soatlab vaqt ketkazmang! 👨💻🔍
🤖 Gemini 1.5 Pro (Advanced) — dasturchilar uchun eng kuchli AI-yordamchi:
• 2 mln token kontekst: Butun boshli loyiha yoki minglab qator kodni bittada tahlil qiladi.
• Murakkab xatolarni (bug) soniyalar ichida topadi va kodni optimallashtiradi.
• Python, JS, C++, Go va barcha zamonaviy texnologiyalarda "Senior" darajasida yordam beradi.
Nega rasmiy saytda $20/oy, bizda esa suvtekin? 🤔
Biz 18 oylik "activation link"larni to'g'ridan-to'g'ri Hindistondagi IT-hamkorlardan optom narxda olib keldik.
🔥 18 oylik to'liq obuna — atigi 49 000 so'm!
⚠️ Diqqat: Arzonlashtirilgan partiya faqat 29-oktabrgacha amal qiladi.
🔒 100% xavfsiz: Parolingiz kerak emas, o'z akkauntingizga 1 daqiqada ulanadi.
Ulash uchun yozing: @geminiproishonchli ✅ | 1 381 |
| 15 | HTTP Status Kodlari — bitta rasmda!
Har bir dasturchi kundalik ishida eng ko‘p duch keladigan HTTP javoblari shpargalkasi
Yo‘qotib qo‘ymaslik uchun saqlab oling va do‘stlaringiz bilan ulashing!
💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅 | 1 646 |
| 16 | 🔐 KIBERXAVFSIZLIK (PENTESTING / SOC) BO‘YICHA YANGI QABUL OCHILDI!
Kiberxavfsizlikni 0 dan o‘rganib, shu sohada ishlashni xohlaysizmi?
Darslar boshlang‘ich bilimlardan boshlanadi. Murakkab mavzularni sodda tilda, amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganamiz.
📚 Nimalarni o‘rganasiz?
✅ Linux, Windows va kompyuter tarmoqlari
✅ Kiberxavfsizlik asoslari
✅ Ethical Hacking va Pentesting
✅ SOC va xavfsizlik monitoringi
✅ Amaliy laboratoriyalarda ishlash
💻 Darslar jonli ONLINE formatda, individual yondashuv asosida olib boriladi.
🎯 ASOSIY MAQSAD — SIZNI KIBERXAVFSIZLIK SOHASIDA ISHGA TAYYOR HOLATGA OLIB CHIQISH!
📩 Kurs davomiyligi, narxi va o‘quv dasturi haqida batafsil ma’lumot olish uchun:
👉 @Yorkulov_Temurbek ga yozing. | 1 124 |
| 17 | Kiberxavfsizlik o‘zi kimlar uchun va bu soha vakillari nima ish qiladi?
Ko‘pchilik bu sohani faqat kod yozish yoki "xakerlik" deb o‘ylaydi. Aslida esa kiberxavfsizlikda har kim o‘z qobiliyatiga mos yo‘nalishni topishi mumkin.
Sohaning asosiy yo‘nalishlari va u kimlarga mos kelishi haqida batafsil rasmda tanishing! 👆
📌 Foydali bo‘lsa, yaqinlaringizga ham ulashing!
#kiberxavfsizlik #cybersecurity #redteam #blueteam #pentesting #infosec #dasturlash
💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅 | 1 567 |
| 18 | Yomon kod vs Toza kod
Rasmda dasturchilar ko'p yo'l qo'yadigan ichma-ich if-else (zinapoya) xatosi va uning o'rniga eng to'g'ri, o'qishga qulay bo'lgan "Guard Clauses" usuli aniq misollar orqali ko'rsatilgan.
#cleanCode #spagetti
💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅 | 1 778 |
| 19 | [БEПУЛ] Сунъий интеллектларни ишлатишни ва АИ муҳандис бўлиш қадамларини БEПУЛ ўрганинг
6 йил тажрибага эга халқаро дастурчиси Комилжон Хамиджонов "Сунъий интеллектда 0 дан муҳандисликгача" қадамларни БEПУЛ ўргатяпти
📅 БEПУЛ WEБИНАР | 20-21-октябрь соат 20:30 да
Wебинарда сиз
✅Сунъий интеллектда натижагача эришиш қадамлари
✅Сунъий интеллектни ишлатиш ва Сунъий интеллект орқали дастурлар тузиш
✅АИ муҳандис бўлиб ишга кириш йўллари БEПУЛ ўргатилади
Ҳаволани босиб дарс ёпиқ каналга ҳозироқ уланишга улгуринг чунки вақт кам👇
👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш
👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш
👉 Ҳозироқ БEПУЛ уланиш | 1 505 |
| 20 | ⚔️ Tailwind CSS vs Vanilla CSS: Qaysi biri zo'r?
Hammamiz shu yo'ldan o'tganmiz. Vanilla CSS'da bitta div ni o'rtaga keltirish uchun 2 soat vaqt ketkazib, asablar tamom bo'lgan paytlar bo'lgan 😅. Xo'sh, tayyor framework ishlatgan yaxshimi yoki "dedoviy" usulda noldan yozganmi? Keling, aniqlashtiramiz:
Vanilla CSS (Noldan yozish)
Frontenderlikning haqiqiy "romantikasi". Hamma narsa o'z nazoratingizda.
✅ Plyusi: CSS qanday ishlashini chuqur va 100% tushunasiz.
❌ Minusi: Klasslarga nom topish — azob! .card-wrapper-main-v2-final — kimningdir loyihasida shunga o'xshash nomlar aniq bor 😂
Tailwind CSS (Framework)
Hozirgi zamonning eng ommabop va trenddagi tanlovi.
✅ Plyusi: Ish tezligi kosmos 🚀. CSS faylga o'tib-qaytish yo'q, miya charchamaydi.
❌ Minusi: HTML kodingiz xuddi mushuk klaviaturada sayr qilib yurib ketgandek ko'rinadi: class="flex justify-center p-4 m-2 bg-blue-500 rounded-lg hover:bg-blue-600 transition..." 🤯
Agar siz endi o'rganayotgan (Junior) bo'lsangiz — faqat Vanilla CSS! Asosni bilmasangiz, Tailwind'da shunchaki yodlab yozadigan "zombi"ga aylanib qolasiz.
Agar sizda real, tezkor loyiha bo'lsa va asablaringizni asramoqchi bo'lsangiz — Tailwind CSS. Mijozga sizning qanday chiroyli CSS kod yozganingiz qiziq emas, unga tayyor sayt kerak. Vaqt — bu pul! 💸
👇 Keling, izohlarda jangni boshlaymiz! Siz qaysi jamoadasiz?
🔥 — Tailwind yondiradi, orqaga yo'l yo'q!
😎 — Vanilla CSS
#foydali #css #tailwind #frontend #dasturlash
💻 @dasturlash_hayoti — bir xatoni tuzatib, ikkinchisiga tayyorlanish! 😅 | 2 597 |
