8 362
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-1067 روز
-51830 روز
آرشیو پست ها
8 362
Rasulullohni tushda ko‘rish uchun tavsiyalar:
1-TAVSIYA
Qadr surasni har kuni quyosh chiqish va botish chog‘ida 21-martadan o‘qishni odat qilgan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa).
2 – TAVSIYA
Kavsar surasini bir kechada ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni Allohning xohishi bilan tushida ko‘radi.
(al-Vasoilush-shafiʼa)
3 - TAVSIYA
Kimki Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rishni istasa “Muzammil” surasini 41-marta o‘qisin, shubhasiz Rasulullohni ko‘radi!
(al-Vasoilush-shafiʼa 417-B).
4 - TAVSIYA
Jumʼa kunida “Qadr” surasini ming marta o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘rmaguncha bu dunyodan o‘tmaydi.
(Xazinatul asror).
5 – TAVSIYA
Baʼzi ulamolar aytishlaricha, “Kavsar” surasining quyidagicha xususiyati bor: kimki bu surani jumʼa kechasida ming marta o‘qib ortidan Rasulullohga yana ming marta salovat aytib uxlasa, tushida Ul zoti sharifni ko‘radi.
6 – TAVSIYA
Baʼzi mashoyixlarga ko‘ra, juma kechasining qoq yarmida turib “Quraysh” surasini ming marta o‘qib, tahorat bilan uyquga ketsa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi va Allohdan so‘ragan boshqa hojatlari ham ravo bo‘ladi.
7 – TAVSIYA
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhuma aytadi: kimki bir kechada “qul huvallohu ahad”ni ming marta o‘qisa, tushida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni ko‘radi. Men Allohga hamdlar bo‘lsinki, buni tajribadan o‘tganini ishonch bilan ayta olaman. Hasan Muhammad Shaddod.
(al-Vasoilush-shafia).
8 – TAVSIYA
Yana Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumadan “Vasoil”ning 471-sahifasida keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
- “Qaysi bir mo‘minki, juma kechasida ikki rakat namoz o‘qisa va har bir rakatida Fotiha surasidan keyin 25-martadan “Qul huvallohu ahad”ni o‘qib, uning ortidan ming marta “Sollallohu ʼala Muhammadin an-Nabiyyil-ummiy”, deb salovat aytsa, keyingi jumagacha albatta meni tushida ko‘radi. Va kim meni ko‘rsa, Alloh uning gunohlarini mag‘firat qiladi” - dedilar.
(“Saodatud-dorayn”)
9 – TAVSIYA
“Mafotih al-mafotih”da “al-Azkor”dan naql qilinadi:
- “Kimki juma kechasi ikki rakat namoz o‘qib, har rakatida bir martadan “Fotiha” surasini va besh martadan “Oyatul-kursi”ni o‘qib, namozni tamomlagach, Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamga salovat aytsa, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushida ko‘radi.
10 – TAVSIYA
“Majmaʼul-hadis”da keltirilgan rivoyatga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytgan ekanlar:
- “Kim meni tushda ko‘rishni istasa, juma kechasida ikki salom bilan to‘rt rakat namoz o‘qisin. Har bir rakatida “Fotiha”, “Vaz-zuho”, “Alam nashroh”, “Inna anzalnahu”, “Iza zulzilatil-arzu” suralarini o‘qisin. Keyin menga yetmish marta salovat va yetmish marta istig‘for aytsin, so‘ngra uxlasa, meni tushida ko‘radi”.
11 – TAVSIYA
“al-Vasoilu-shafia” 467-betda keltiriladi. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilindi, u kishi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan aytadilar:
- “Kimki menga shanba kunda ming marta salovat aytsa, jannatdagi joyini ko‘rmaguncha dunyodan o‘tmaydi..”.
Men bu xabarni tajribamdan o‘tkazganman. Hasan Muhammad Shaddod.
12 – TAVSIYA
“al-Mafoxir al-aliyya”da Abu Hasan ash-Shoziliy rahmatullohi alayhning quyidagi tavsiyasi keltirilgan: Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni tushda ko‘rish uchun “Izash-shamsu kuvvirot”, “Izas-samaaun fatarot” va “Izas-samaaun shaqqot” suralarini o‘qib yurishga odatlaning.
13 – TAVSIYA
Ustozimiz Jamoluddin Abulmavohib ash-Shoziliy rahmatullohi alayh aytar edilar: men, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni tushimda ko‘rdim. Ul Zot menga:
- “Uyku oldidan “Bismillahir Rohmanir Rohim”ni besh marta, “Aʼuvzu billahi minashshaytonir-rojim”ni besh marta aytasan. Keyin, “Ey Alloh! Muhammad s.a.v. haqqi-hurmati menga Muhammad s.a.v ni shu dunyoda ham, oxiratda ham ko‘rsatgin, deb ayt. Agar uxlashdan oldin shularni aytsang, men oldingga kelaman va aslo qolib ketmayman” - dedilar”
@Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal
8 362
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!
🍃 🌺 🍃 🌺 🍃 🌺 🍃
Албатта, муслимлар ва муслималар, мўминлар ва мўминалар, давомли итоаткор эркаклар ва давомли итоаткор аёллар, садоқатли эркаклар ва садоқатли аёллар, сабрли эркаклар ва сабрли аёллар, тавозуъли эркаклар ва тавозуъли аёллар, садақа қилгувчи эркаклар ва садақа қилгувчи аёллар, рўза тутгувчи эркаклар ва рўза тутгувчи аёллар, фаржларини сақловчи эркаклар ва (фаржларини) сақловчи аёллар, Аллоҳни кўп зикр қилгувчи эркаклар ва (Аллоҳни кўп) зикр қилгувчи аёллар–ўшаларга Аллоҳ мағфиратни ва улуғ ажрни тайёрлаб қўйгандир.
(Аҳзоб сураси, 35-оят)
©MEHROB.UZ
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
8 362
🌴ENG ULUGʻ KALIMALAR🌴
1. KALIMAI TOYYIBA (eng pok kalima)
لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ مُحَمَّدٌ رَسُولُ اللهِ.
«Laa ilaaha illallohu Muhammadur Rosuululloh»
Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Allohning Rasulidir.
2. KALIMAI SHAHODAT (guvohlik kalimasi, iqrorlik kalimasi)
أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ.
«Ashhadu allaa ilaaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va Rosuuluh».
Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad Allohning bandasi va Rasuli ekaniga guvohlik beraman.
3. KALIMAI TAVHID (tavhid, ya’ni Allohning birligiga iqrorlik kalimasi)
أَشْهَدُ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ،
لَهُ الْمُلْكُ، ولَهُ الْحَمْدُ، يُحْيِي وَيُمِيتُ، وَهُوَ حَيٌّ لَا يَمُوتُ،
بِيَدِهِ الْخَيْرُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ.
«Ashhadu allaa ilaaha illallohu vahdahu laa sharika lah, lahul mulku va lahul hamd, yuhyii va yumiyt va huva hayyul laa yamuut, biyadihil xoyr va huva ’alaa kulli shay’in qodiyr».
Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga guvohlik beraman. Allohning sherigi yo‘qdir, barcha mulk Unikidir, maqtovlar Ungadir, U tiriltiradi va o‘ldiradi, ammo O‘zi tirikdir, o‘lmaydi. Yaxshilik Uning ixtiyoridadir va U hamma narsaga qodirdir.
4. KALIMAI RADDI KUFR (kufrni rad etish kalimasi)
اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ أَنْ أُشْرِكَ بِكَ شَيْئًا وَأَنَا أَعْلَمُ،
وَأَسْتَغْفِرُكَ لِمَا لَا أَعْلَمُ، إِنَّكَ أَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ.
«Allohumma! Inni a’uuzu bika min an ushrika bika shay’an va ana a’lam, va astag‘firuka lima laa a’lam. Innaka anta ’allamul g‘uyuub».
Allohim! O‘zim bilib turib Senga biror narsani sherik qilishimdan asrashingni so‘rayman. Bilmay turib sherik qilib qo‘ygan bo‘lsam, kechirishingni so‘rayman. Albatta Sen g‘ayblarni biluvchisan!
5. KALIMAI ISTIGʻFOR (gunoh kechirilishini so‘rash kalimasi)
أَسْتَغْفِرُ اللهَ، أَسْتَغْفِرُ اللهَ، أَسْتَغْفِرُ اللهَ تَعَالَى مِنْ كُلِّ ذَنْبٍ أَذْنَبْتُهُ عَمْدًا أَوْ خَطَأً، سِرًّا أَوْ عَلَانِيَةً، وَأَتُوبُ إِلَيْهِ مِنَ الذَّنْبِ الَّذِي أَعْلَمُ، وَمِنَ الذَّنْبِ الَّذِي لَا أَعْلَمُ، إِنَّكَ أَنْتَ عَلَّامُ الْغُيُوبِ.
«Astag‘firulloh, astag‘firulloh, astag‘firulloha ta’ala min kulli zambin aznabtahu ’amdan av xotoan, sirron av ’alaniyya, va atuubu ilayhi minaz-zambillazii a’lamu va minaz-zambillazii laa a’lam, innaka anta ’allamul g‘uyuub».
Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman, Allohdan gunohlarimni kechishini so‘rayman, Alloh taolodan ataylab yo adashib, yashirin yo oshkora qilgan barcha gunohlarimni kechishini so‘rayman. O‘zim bilgan va bilmagan gunohlardan Unga tavba qilaman. Albatta Sen g‘ayblarni biluvchisan!
6. KALIMAI TAMJID (ulug‘lash kalimasi)
سُبْحَانَ اللهِ، وَالْحَمْدُ لِلَّهِ، وَلَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ، وَاللهُ أَكْبَرُ،
وَلَا حَوْلَ وَلَا قُوَّةَ إِلَّا بِاللهِ الْعَلِيِّ الْعَظِيمِ،
مَا شَاءَ اللهُ كَانَ، وَمَا لَمْ يَشَأْ لَمْ يَكُنْ.
«Subhaanallohi, valhamdulillaahi, va laa ilaaha illallohu, vallohu akbar.
Laa havla va laa quvvata illaa billaahil ’aliyyil ’aziym.
Maa shaa Allohu kaana va maa lam yasha’ lam yakun».
Allohning aybu nuqsoni yo‘q va maqtov Allohgadir. Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Alloh ulug‘dir, mutloq kuch-quvvat qudratli va buyuk Allohdan o‘zgada yo‘qdir. Alloh nimani xohlasa – bo‘ladi, nimani xohlamasa – bo‘lmaydi.
©laa_ilaaha_illallohu
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
8 362
🍃بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم
Rosululloh ﷺ aytdilar:
"Kim bir yaxshilikka birovni yo'llab qo'ysa unga o'sha ishni qilganlik ajri bor"
(Imom Muslim)
Barja yaqinlarizga tarqating buni👇👇👇👇👇👇
https://t.me/sof_iibrat
https://t.me/sof_iibrat
https://t.me/sof_iibrat
8 362
Qur'on o'qishga vaqt topa olmayotganiga uzr aytayotganlar ushbu jumlani ko'z oldilariga qo'yib olishsin:
"Qur'onni deb biron narsadan qolib ketsang, u o'sha narsaga baraka beradi".
Bir ish qilishga shoshilyabsiz, lekin oldin Qur'on o'qib, keyin o'sha ishni qilsangiz, unga albatta baraka ato qilinadi.
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
8 362
#eslatma 📌❗️
"Kerakli" Savol - Javoblar!
1) Robbing kim..?
1) Robbimiz Alloh...!
2) Dining qaysi..?
2) Dinim Islom...!
3) Payg'ambaring kim..?
3) Payg'ambarim Muhammad(sav)...!
4) Kitobing qaysi..?
4) Kitobim Quroni Karim...!
5) Tilagin nima..?
5) Tilagim Iymon...!
6) Qiblang qaysi..?
6) Qiblam Kabatulloh...!
7) Millating qaysi..?
7) Ibrohim Halilulloh milatti...!
8) Mazxabing qaysi..?
8) Imomi Azam Abu Xanifa Mazxabi...!
9) Döstlaring kim..?
9) Döstlarim Chohor yorlar...!
10) Ular kimlar..?
10) Abu Bakr Siddiq, Hazrati Umar, Hazrat Usmon, Hazrat Alidir...!
11) Qachondan beri musulmonsan..?
11) Al-Misoqdan beri...!
12) Almisoq nima..?
12) Alloh taolo ruhimizi yaratib ulardan foydalangan kun...!
13) Etiqodin qaysi..?
13) Ahli sunnat val jamoat
etiqodi...!
14) Kimni yahwi körasan..?
14) Alloh taoloni...!
15) Undan keynchi..?
15) Payg'ambarimiz Muhammad
Alayhissalomni...!
16) Undan keynchi..?
16) Ota Onamni...!
17) Undan keynchi..?
17) Barcha Möminlarni...!
18) Seni kim yaratgan..?
18) Alloh taolo...!
19) Nima uchun yaratgan..?
19) Öziga ibodat qiliw uchun...!
20) Ibodat digani nima..?
20) Ibodat Allohning aytkanlari uchun...!
21) Iymon kalimasini ayting...? 21)La ilaxa illohou Muhammadur Rasulloh...!
22) Ma'nosi nima...?
22) Allohdan òzga ilox yòq
Muhammad alayhissalom uning
elchisidir...!
🍃АЛБАТТА ЎЗ ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ!!🍃
┄┄┄❅┄┄┄•••
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
8 362
🪴Ғафлатнинг сабаби
Анас ибн Моликдан, розияллоҳу анҳу:
«Бир сафарда Абу Мусо билан бирга эдик. Тумонат одам йиғилганини кўрдик. Бир киши ўртада туриб, тинмай гапирар эди. Абу Мусо менга:
— Эй Анас, кел Роббимизни зикр этайлик. Кўряпсанки, булар дунё учун тинмай гап сотмоқдалар. Эй Анас, бугунги инсонларда охират қайғуси деярли йўқ, охират улар учун ҳеч бир аҳамиятга эга эмас, — деди.
— Нафсоний орзу-истаклар ва шайтон уларни тòкис ғафлатга етакламоқда, — дедим.
— Йўқ, ундай эмас. Уларга дунё нақд ҳолда кўрсатилган, охират эса улардан пардаланган. Агар дунёни кўрганлари янглиғ охиратни ҳам кўрганларида эди, охиратдан юз ўгирмас ва дунёга бу қадар ўралашиб қолмас эдилар, — деди Абу Мусо».
© Ибратли ҳикоялар
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
8 362
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ!
Бошлаб олган янги кунингиз муборак бўлсин! Ҳар бир эзгу ишларингизда Аллоҳ Ёр ва Ёрдамчингиз бўлсин!
Тонгимиз - яхшилик билан бошлансин, хонадонларимиздан тинчлик тотувлик, барака аримасин.
Бу кунда Аллоҳ дуоларимизни ижобат, фарзандларимизга салоҳият, ибодатларимизга гўзаллик, ризқимизга барака берсин!
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
8 362
🌱 Kim Qurʼondan bir xarf oʻqisa unga bir hasanot yoziladi, hasanot, oʻn barobarichadir.
🌱 Kim bir yetimni oʻz qarmogʻiga olsa jannatda Rasulullohga xamroh boʻladi.
🌱 Kim 100 marta “subhanalloh” desa unga 1000 hasanot yoziladi.
🌱 Kim “Kahf” surasining avvalidan oʻn oyat yodlasa dajjol fitnasidan omonda boʻladi.
🌱 Kim Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga bir salovot aytsa Alloh unga oʻn salovot aytadi.
🌱 Kim farz namozdan soʻng “oyatal-kursi”ni oʻqisa uni jannatga kirishligidan faqatgina oʻlimi toʻsib turadi.
🌱 Kim qarindosh-urugʻlikni bogʻlasa uning umri va rizqida kengchilik beriladi.
🌱 Kim bir birodariga gʻayban duo qilsa―bir Farishta omin, senga ham oʻsha mislicha boʻlsin, deb qaytarib turadi.
Yaqinlaringizga ham ulashing va ajr-u savoblarga erishing!
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
8 362
🗣 Саловат айтишни унутманг, азизлар!
«Аллоҳумма солли ъала саййидина Муҳаммад»
@Sof_iibrat Илмий-маърифий канал
