cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

OLIY TAʼLIM

✅ OLIY TAʼLIM 🔥Eng tezkor, Eng ishonchli, Eng yaxshi Taʼlim kanali! Trenddagi xabarlarni, sizga kerak barcha rasmiy yangiliklarni yoritamiz! ✨Reklama Xizmati: 👉 @Oliy_Talim_Reklamasi 📩 Xabar yuborish: @Bobby4948

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
97 712
مشترکین
+10 08924 ساعت
+71 9467 روز
+70 27730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Imtihondan 1️⃣ kun avval nima qilish kerak bo'yicha ajoyib tavsiya! 🔛 Imtihondan bir kun avval oʻzingizga ruhiy dam bering: dush qabul qiling, toza havoda sayr qiling, faqat yaxshi narsalar haqida oʻylang, yetarlicha dam oling. Shuningdek, ertangi kunga kerak boʻladigan hujjatlarning barchasini tayyor qiling, kiyadigan kiyimlaringizni ob-havoga moslab taxlab qoʻying, uyquga ertaroq yoting. ➡️ Imtihon kuni ➖ Imtihon binosiga yarim soat avval yetib kelishga harakat qiling. ➖ Binoga kirishdan avval oʻzingizni qoʻlga oling. Ikkilanmang, xavotirlanmang. ➖ Imtihon boshlanishi bilan bor diqqatingizni jamlang, atrofdagilarni unuting. ➖ Asabiylasha boshlasangiz, quyidagi nafas mashqini bajaring: Burun bilan chuqur nafas olasiz va nafas olgandan ikki barobar koʻproq vaqt davomida ogʻizdan nafas chiqarasiz. Masalan, burun orqali 5 soniya nafas olib, ogʻizdan 10–12 soniya davomida uni chiqarasiz. Bu holatda miyaga kislorod yetib borib, uni oziqlantiradi va tinchlantiradi. Omadingizni bersin! Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
⚡️ Test sinovi o‘tkaziladigan binolar 📌 Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. ✅ Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan: 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi; 🔹 Hududga kirish joylari; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili; 🔹 Bino raqami; 🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar; 🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi). Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar 👨‍💻 Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin. Shuningdek, "Abituriyent ruxsatnomasi"da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud. ⚡️ Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz). Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
00:32
Video unavailableShow in Telegram
🥱😴 TESTDA UXLAB QOLMAY DESANGIZ... Sizning test sinovingiz boshlanishidan kamida 1 kun oldin oʻqishni toʻxtating.🙅🏻‍♂ Koʻpincha abituriyentlar imtihondan 1 kun oldin ham oʻqishni toʻxtatmaydi. 1 kun qolganda 4-5 ta maʼlumotni eslab qolaman deb, miyangizni charchatmang, dam olsin. Koʻpincha imtihondan avvalgi kun abituriyentlarning koʻziga uyqu kelmaydi. Bu, albatta, masʼuliyatdan. Lekin bu narsa zararga ishlaydi. Maʼlumki, charchagan, dam olmagan miya hujayralarida himoyalovchi tormozlanish yuzaga keladi. Sodda tilda aytsak, miya oʻchadi. Shu sabab uyquning normalligini taʼminlang. ♻️ ABITURIYENT DOʻSTLARINGIZGA ULASHING! Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
_TESTDA_UXLAB_QOLMAY_DESANGIZ..._SUXi2J_JZdY_137.mp42.52 MB
00:28
Video unavailableShow in Telegram
⚡️20 ta davlat universitetlari yopilishi rejalashtirilmoqda Bu haqida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ma’lum qildi. "Prezident topshirig‘iga asosan bitiruvchilarini 5-10 foizgina ish bilan ta’minlagan, talabga javob bermaydigan davlat universitetlar yopiladi. Hozirda ushbu OTMlar ro'yxati shakllantirilmoqda. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
2.21 MB
02:30
Video unavailableShow in Telegram
📌 Hurmatli abituriyentlar! Sizlarga 2024-yil 14-iyul kuni boshlanadigan test sinovlari oldidan quyidagilarni yana bir bor eslatib oʻtamiz. ⏰ Test sinovlari o‘tkaziladigan hududga ruxsatnomada belgilangan sana va vaqtda keling. 📄 O‘zingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz). ❌Tez sinovlariga taqiqlangan vositalarni olib kirishga urinmang. Bu sizni chetlashtirish uchun asos bo‘ladi! ❗️Unutmang! Kech qolgan, hujjatlarsiz kelgan yoki ularning nusxalarini taqdim etgan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmayd!!! Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
test sinovi_uzb+surdo~1.mp419.70 MB
⚡️Rasman: Xotin-qizlarning to'lov-kontrakt pulini joriy yilda ham davlat to‘lab beradi 2024-yilda ham magistraturaga kiradigan xotin-qizlarning kontraktini davlat to‘lab berishi rejalashtirilgan. Buning tartibi qanday?
Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qiladi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.
Magistratura qabuli 30-iyulgacha bo'ladi. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
00:29
Video unavailableShow in Telegram
Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi? Yo‘q, abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qaysi viloyatni belgilagan bo‘lsa, ayni shu hududda tashkil etilgan imtihonda qatnashishi mumkin. Boisi, shu abituriyent uchun test materiallari ayni u belgilagan hudud uchun ajratilgan bo‘ladi va uni almashtirish imkoni mavjud emas. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
savol_5.mp44.46 MB
Photo unavailableShow in Telegram
❓Davlat grantida o‘qiyotgan talabalar yana qayta o‘qishga qayta topshirsa, kontrakt bo‘ladimi? #abituriyent ❗️JAVOB: Ayrim abituriyentlarning shaxsiy kabinetida quyidagicha yozuv paydo bo‘lgan:
Siz avvalgi yillarda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilganingiz sababli joriy yilda davlat granti uchun tanlovda ishtirok eta olmaysiz.
Shu bo‘yicha izoh bermoqchiman. Prezidentning 25-maydagi farmoniga asosan yangi tartib belgilandi. Unga ko‘ra:
ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi, shuningdek, oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi.
Farmonning mazkur bandidagi ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim haqidagi qoida yangilik emas, bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ham bor edi. Ya’ni ikkinchi mutaxassislik doim to‘lov-kontrakt asosida bo‘ladi, unga davlat granti ajratilmaydi. Farmon bandidagi yangi qoida ayni vaqtda talaba bo‘lib turganlarga taalluqli edi. Ya’ni endilikda oliy ta’limning tegishli bosqichiga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan talabaga ikkinchi marta ta’limning ushbu bosqichi uchun davlat granti ajratilmaydi. ❓Bu nima degani? Eng avvalo, bu yerda to‘liq kontraktda o‘qish haqida gap ketmayotganini ta’kidlash kerak. Faqat talaba grantda o‘qigan bosqichi uchungina grant ajratilmaydi. Masalan, 1-bosqichga grantga kirgan talaba, kelasi yili yana qayta topshirsa, u 1-bosqichda albatta kontraktda o‘qiydi, lekin o‘zlashtirishi yuqori bo‘lsa, 2-bosqichdan davlat grantiga o‘tishi mumkin. Agar talaba 2 yil davomida davlat grantida o‘qib, keyin fikri o‘zgarib, boshqa yo‘nalishga qayta topshirsa va talabalikka yana grant asosida qabul qilinsa, unda unga 2 yil davomida grant ajratilmaydi, kontraktda o‘qishga majbur bo‘ladi. Lekin 3 va 4-kursda davlat grantiga o‘tishi mumkin. ❗️Xulosa: Fikrimcha, bu to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Chunki gap davlat byudjetidan sarflanadigan mablag‘ haqida ketayotgan ekan, unda fikrini o‘zgartirgan talaba uchun davlat qayta-qayta xarajat qilmasligi kerak. Boz ustiga u birinchi o‘qishini yarmidan tashlab ketgani hisobiga davlat sarflagan mablag‘iga kuyib qolishi ham adolatdan bo‘lmaydi. Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
🌸 ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! 🕋 🌙 🤲 🌙 Энг яқин инсоним кириб келган “Жума” куни муборак бўлсин. Бу кунда барча дуо қилувчиларнинг дуолари ижобат бўлсин. Қалбларимизни ўзининг муҳаббати билан шод айласин! 🌸🌙🍃ЖУМА МУБОРАК!🍃🌙🌸 ❗️Яқинларингизни биринчи бўлиб табриклаш эсдан чиқмасин 😊 Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
👍 2
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka, 📝qoralama uchun bo’sh qog’oz va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Bizni kuzating👇 👉«OLIY TAʼLIM
نمایش همه...
👌 3👍 2😇 2🤯 1🎉 1🤮 1🙏 1💯 1😭 1🫡 1😎 1
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.