cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Real-Tarix

Tarix faniga qiziquvchilar uchun siz kanalda Tarixdagi qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'lasiz Maqsadimiz ilm ulashish. Admin: @Suhrobjon_Yuldashev17 Reklama xizmati mavjud 👆👆

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
921
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
-7830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Bundan 100 yil oldin chiqqan dirijabllar bir marta ham qo'nmasdan 12-15 ming kilometr masofani bosib o'tishi mumkin bo'lgan. Telegram:👉 @Real_Tarix
نمایش همه...
👍 5👏 5🔥 4
Ashtarxoniy xonlar orasida ko'zi ojiz bo'lib qolgan kim edi?Anonymous voting
  • Nadr Muhammad
  • Abdulazizxon
  • Imomqulixon
  • Abulfayzxon
  • Ubaydullaxon II
0 votes
👍 6🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
Aytishlaricha Motsart masonlar jamiyatiga a'zo bo'lgan ekan. 1784-yilda u masonlarning marosimlari uchun bir qancha musiqalar yozgan ekan. "Sehrli fleyta" asarida u masonlarning ideallari bo'lgan birodarlik, donishmandlik va tabiat oldida ojizlikni ifoda etgan. U o'zining operasidan 9 kun o'tib vafot etgan. Versiyalardan biriga ko'ra u o'z operasida masonlarning bir qancha sirlarini oshkor qilib qo'ygani uchun uni masonlar o'ldirishgan. Telegram:👉 @Real_Tarix
نمایش همه...
🔥 4👏 4👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Volterning tanasi qayerdaligini hech kim bilmaydi. Uning tanasi XIX asrda qabridan o'g'irlab ketilgan. 1864-yilda uning qabri ochilgan paytda tanasi yo'qligi ma'lum bo'lgan. Telegram:👉 @Real_Tarix
نمایش همه...
😱 6👍 3🔥 3👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Photo unavailableShow in Telegram
Janubiy Amerikalik hindular rezina oyoq kiyimni shunchaki bepulga qo'lga kiritishgan. Ular kauchuk olinadigan gevei o'simligining sharbatiga oyog'ini tiqib turishgan. Sharbat qurigach u rezina kalishga o'xshab qolgan. Telegram:👉 @Real_Tarix
نمایش همه...
👏 6👍 4🔥 4
Photo unavailableShow in Telegram
1812-yilgi fransuzlarning Rossiyaga bostirib kelishi davrida, kechqurunlari, rus askarlari orasida ofitserini oʻldirib qoʻyish holatlari koʻp uchragan. Savol: Bunga sabab nima bolgan ? Telegram:👉 @Real_Tarix
نمایش همه...
🔥 5👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
ДИҚҚАТ Эрон Исроилга уруш очмоқчи...👇👇👇 Давомини шу каналдан ӯқинг...👇👇👇👇👇 Канална азо бӯлинг: 👇👇👇 https://t.me//AXBOROT_PRESS
نمایش همه...
👍 1🔥 1
​​Husayin Boyqaroning ayanchli taqdiri Sulton Husayin Boyqaro 1469-yil Hirotni egallab, taxtga o'tirgach bir qancha islohotlar o'tkazib davlatni rivojlantiradi. Uning davrida Hirot ilm-fan markaziga aylangan. Uning dono vaziri Alisher Navoiy ham bu islohotlarda katta rol o'ynagan. 1470-yilda Husayin Boyqaro marhum Abu Said Mirzoning bevasi, Hadichabegimga uylanadi va shundan keyin makkor malika tufayli davlat parokandalikka yuz tuta boshlaydi. Boyqaro maishatga berilib ketgach, Hadichabegim davlat tizginini o'z qo'liga oladi. Bobur Mirzo o'z kitobida Hadichabegimni makkor ayol sifatida ta'riflab o'tgan. U shialik e'tiqodiga mansub bo'lib, uning gapiga kirgan Husain Boyqaro xanafiylar yurti bo'lgan Hirotda masjidlardagi hutbada 12 imom nomini qo'shib ayttirmoqchi bo'ladi, lekin Navoiy va Jomiy uni bu yo'ldan qaytarib qoladi. Hadichabegim o'z og'li, Muzaffar Husayin Mirzoni taxtga o'tkazish uchun Husayin Boyqaroni o'g'illariga qarshi qayrab bir qancha fitnalar uyushtirgan va bu fitnalar Boyqaroning Baddiuzzamon (o'g'li) bilan jang qilishigacha borib yetgan. Navoiy va saroy a'yonlari taxtga munosib voris sifatida Baddiuzzamonning og'li, Mo'min Mirzoni ko'rishardi. Shuning uchun Hadichabegim fitna uyushtirib,mast holdagi Boyqaroga Mo'min Mirzoni qatl etish farmoniga imzo chekdiradi. Navoiy vafotidan so'ng esa davlat yanada tanazzulga yuz tutadi. 1506-yilda Shayboniyxon Hirotga yurish qiladi, unga qarshi qo'shin to'plab, yo'lga chiqqan Boyqaroning ahvoli og'irlashib, yo'lda vafot etadi. Ba'zi tarixchilarning yozishicha Husayin Boyqaro hushidan ketgan paytda uni o'ldi deb o'ylab, ko'mib yuborishgan ekan. Uning jasadini Hirotdagi shohona qabrga ko'chirish uchun, muvaqqat qabri ochilganda sultonning tirnoqlari qonga belanib sinib yotgani va yirtilgan kafanini ko'rishgan ekan. Telegram:👉 @Real_Tarix
نمایش همه...

👍 6🔥 3👏 3
Chingizxonning “Yasoq” qonuni Mo‘g‘ullarni birlashtirish chog‘ida Temuchin kuchli harbiy tuzilmani tashkil etdi. Ularni boshqarishni esa avvalo, o‘z o‘g‘illari – Jo‘chi, Chig‘atoy, O‘gedey, Tuli, nufuzli xotini Burte-fujen, safdoshlari Subutoy, Jebelarga topshirdi. O‘z hokimiyatini to‘liq mustahkamlab olgach Temuchin 1206 yili mo‘g‘ullarning umum qurultoyi (mo‘g‘ulcha “halq xohishi”)ni chaqiradi. Qurultoyda u oliy mo‘g‘ul hukmdori - xon deb tantanali ravishda e’lon qilinib, unga bosh shaman Teb-Tangriy “Chingizxon” degan faxriy nom beradi. “Chingiz” so‘zi tarixchi Rashididdinning yozishicha, “kuchli”, “buyuk” degan ma’noni anglatadi. Qurultoyda odat bo‘yicha Chingizxon o‘z tug‘i-bayrog‘ini ko‘tardi, 10 ta lavozim joriy etib, uni o‘z yaqinlariga taqdim etadi. Sahrodagi Qoraqurum shahrini poytaxt deb belgiladi. O‘z qo‘li ostidagi mansablarni esa 3 toifaga bo‘lib, ularga aniq vazifalarni bo‘lib berdi. Ularga Boorgu, Muxali, Nayaa ma’sul bo‘ldilar. Butun Mo‘g‘uliston 95 ta harbiy-ma’muriy birlikka bo‘lindi. Yangi mo‘g‘ul davlati – Yeke Mo‘ng‘ol ulus (buyuk mo‘g‘ul davlati) deb atala boshlandi. Qurultoydan avvalroq 1203 yildayoq hali bir tizimga ega bo‘lmagan qonunlar to‘plami vujudga kelib, u o‘z ichiga yorliqlar (buyruqlar), yasoq (qonunlar), bilik (nasihat)larni olgan edi. “Yasoq“(mo‘g‘ulcha “jasoq” — qonun, qaror, jazolash so‘zining turkiy “yasoq” shakli) bizgacha to‘liq yetib kelmagan bo‘lib, u turli ko‘rinishlarda, manbalarda qayd etiladi. 1206 yilda ayrim qo‘shimchalar kiritilgan “Yasoq” to‘plamiga yana 1218 va 1222 yilda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Chunki, 1222 yilga kelib Chingizxon Markaziy Osiyo yerlarini egallagan bo‘lib, bu bepoyon hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holati ham inobatga olinishi zarur edi. “Yasoq” o‘z ichiga quyidagilarni kiritgan: xalqaro, shaxsiy, savdo va sud huquqlari. Chingizxon tayin etgan davlat bosh hakami Shiki Xutuxuga “Yasoq”qa qarab ish tutishni qat’iy belgilab bergan edi. “Yasoq” qonunlari mo‘g‘ullarning qadimiy urf-odatlari, an’analari, mavjud siyosiy tuzum mohiyatidan kelib chiqqan holda keskin va juda qattiq ohangda, patriarxal harbiy tuzumni o‘zida aks ettirgan ravishda tuzilgan edi. “Yasoq” qonunlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagicha bo‘lgan: 1. Hukmdor (xon) “Yasoq”qa qat’iy rioya etishi xususida qasamyod qilishi va unga amal qilishi, amal qilmagudek bo‘lsa xonni umrbod qamash mumkin bo‘ladi; 2. Chingizxon mo‘g‘ullar orasida diniy adovat kelib chiqmasligi uchun barchaga to‘la diniy erkinlik beradi. Ruhoniylar soliqdan ozod etiladi; 3. Ayollar naslni davom ettiruvchi bo‘lganliklari uchun ham urush vaqtida ularning gunohlari kechirilishi lozim; 4. Jazolash darajasi sifatida o‘lim jazosini eng ko‘p miqdorda qo‘llash; 5. Bosib olinayotgan mamlakatlar xalqlariga mutlaqo rahm-shafqat qilmaslik. Telegram:👉 @Real_Tarix
نمایش همه...

👍 4🔥 3👏 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.