cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat boshqarmasi

Rasmiy sahifalar: Veb-sayt: jz.chamber.uz Facebook: www.facebook.com/groups/uzchamber.jz/ El-pochta: [email protected] ☎️ (+993) 72-226-24-47 🗺 Manzil: Jizzax shahar, Sh.Rashidov ko‘chasi 63-uy

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
4 623
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-57 روز
-4030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

🇺🇿🇹🇷 Joriy yil 5-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Turkiya Respublikasiga davlat tashrifi arafasida Anqara shahrida ikki mamlakatning 500 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirokida Oʻzbekiston-Turkiya biznes-forumi bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti J.Yilmaz, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi (TOBB) raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli o‘g‘li ishtirok etdi.
💬 Ma'lumot uchun ta'kidlab o‘tish joizki, 2017-2023-yillarda Turkiya bilan savdo qilayotgan O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni 2 baravarga ko‘payib, qariyb 5200 tani tashkil qildi. Mazkur kompaniyalar energetika,qurilish, to‘qimachilik, turizm, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda faoliyat olib bormoqda.  2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi bilan Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi Imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitim doirasida belgilangan 12 ta tovarlar bo‘yicha o‘zaro savdo hajmi o‘tgan yil yakunida 30 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-aprel oylarida ushbu tovarlar savdosi hajmi yana 12 foizga o‘sdi.
Tadbir kun tartibidan Turkiya kompaniyalarining salohiyatli rahbarlari bilan davlat-xususiy sheriklik, xususiylashtirish, tog‘-kon sanoati va geologiya, ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlik va mazkur yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar hamda sanoat sohalaridagi yangi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan muzokaralar va taqdimotlar oʻrin oldi. ✍️ Forum doirasida O‘zbekiston-Turkiya iqtisodiy va biznes doiralarining o‘zaro manfaatli hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator kelishuvlarga erishildi. Xususan, sanoat klasterlarini tashkil etish, energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash, elektrostansiyalar barpo etish, tekstil va charm-poyabzal ishlab chiqarish, davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobil yo‘llari, maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish yuzasidan bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi. 🖼 Jumladan, O’zbekiston-Turkiya biznes-forumi doirasida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O’zbekiston milliy banki va Istanbul zargarlar palatasi o‘rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin 6-iyun, payshanba yilning 158-kuni. Yil yakuniga 208 kun qoldi 🟦🟦🟦🟦 ⚡️ 1912 yil - 20-asrning ikkinchi yirik vulqon otilishi boshlandi (Alyaskadagi Novarupta vulqoni, 17 kub kilometr lava otildi); ⚡️ 1933 yil - Nyu-Jersi shtatining Kamden shahrida birinchi kinoteatr ochildi, u erda avtoulovchilar mashinasidan chiqmasdan film tomosha qilishlari mumkin edi; ⚡️ 1942 yil - sintetik matodan qilingan birinchi parashyut sakrashi; ⚡️ 2012 yil - Veneraning Quyosh diskidan o'tishi, eng kam uchraydigan astronomik hodisalardan biri. 🕯 BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR ✨ 1599 yil - Diego Velaskes, ispan rassomi ✨ 1799 yil - Aleksandr Pushkin, shoir, nosir, dramaturg, rus adabiyoti klassikasi. ✨ 1875 yil - Tomas Mann, nemis yozuvchisi, adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti ✨ 1904 yil - Tatyana Peltzer, teatr va kino aktrisasi 🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 Youtube 👍 Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati
نمایش همه...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
✔️ Birozdan so’ng Anqara shahrida Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi ko'magida tashkil etilgan "Invest in Uzbekistan" milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o’z ishini boshlaydi 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺 Youtube
نمایش همه...
IMG_9758.MP419.62 MB
Photo unavailableShow in Telegram
“O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 227¹-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 👉 O‘RQ-927 29.05.2024 Unga ko‘ra, ◾️ fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, ◾️ tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish — realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 2 %i miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik jarima qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning 20 %ini tashkil etadi. Avval ushbu huquqbuzarlik realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida (100%) jarima solishga sabab bo‘lar edi. Qunun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. _________ Принят Закон Республики Узбекистан "О внесении изменения в статью 227¹ Налогового кодекса". 👉 № ЗРУ-927 от 29.05.2024 Согласно ему: ◾️ нарушение установленных законодательством требований или порядка по отображению фискальных отметок либо оснащению автоматизированными измерительными средствами учета или обеспечению интеграции с информационными системами налоговых органов, ◾️нарушение производителями, импортерами и продавцами правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) средствами идентификации влечет наложение штрафа в размере 2% от чистой выручки, полученной в последнем отчетном квартале, в котором имела место реализация. То же правонарушение, совершенное повторно в течение года после применения штрафа, - влечет наложение штрафа в размере 20% от чистой выручки, полученной в последнем отчетном квартале, в котором имела место реализация. Ранее эти правонарушения влекли за собой наложение штрафа в размере чистой выручки (100%), полученной в последнем отчетном квартале, в котором имела место реализация. Закон вступает в силу со дня его официального опубликования. 🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 Youtube 👍 Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Chet elda malaka oshirish, imtiyozli kredit va mukofot. Bularning barchasi bitta tanlovda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni keng ommalashtirish hamda biznes bilan shug‘ullanish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida “Yosh tadbirkor” tanloviga start beriladi. Tanlovda o‘z g‘oyalari asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihasiga ega 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. 🏆 Tanlovning respublika bosqichi g‘olib va ishtirokchilar 50, 40, 30 million so’m pul mukofotlari, chet elda malaka oshirish uchun yo‘llanma hamda biznes loyihasi uchun BHMning 1000 baravarigacha miqdorda imtiyozli kredit ajratishga tavsiyanoma olish imkoniyatiga ega bo’ladi. ▶️ Tanlov haqida batafsil ➡️ havolada 📃 Ishtirok etish uchun yoshlarportali.uz orqali ro‘yxatdan o‘ting! 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
نمایش همه...
00:48
Video unavailableShow in Telegram
O‘zbekistonda to‘qimachilik eksporti 2026-yilda 6,3 mlrd dollarga yetkaziladi 🇺🇿🇹🇷 Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbek-turk to‘qimachilik forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda ikkala mamlakat ishbilarmonlarining 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Mazkur tadbir orqali O‘zbekistonning to‘qimachilik salohiyatini keng ommaga namoyish etish, uning nufuzini oshirish va eksport hajmini yanada ko‘paytirish maqsad qilingan. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
نمایش همه...
IMG_9629.MP417.39 MB
Photo unavailableShow in Telegram
⛔️⛔️⛔️⛔️ ❗️❗️❗️Turizm operatorlari va agentlari diqqatiga! 🌟 Oʻzbekiston Respublikasi Tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi barcha manfaatdor tomonlar eʼtiboriga Ozarbayjon Tibbiyot turizmi assotsiatsiyasi Oʻzbekiston rezidentlariga 4 va 5 yulduzli sanatoriylarda qulay sharoitlarda dam olish va sogʻligʻini yaxshilashni taklif qilayotgani haqidagi maʼlumotni taqdim etadi. 🏨 Mamlakatning eng go'zal hududlari bo'lmish Galaalti, Lenkoran, Naftalan sanatoriyalari, Galaalty Hotel, Garabakh Premium Luxury Hotel, Gashalty Hotel, Gold Naftalan, Lankaran Spring Hotel, Sun City Hotel va Chinar mehmonxonalarida faqat joriy yilning may-iyun oylari uchun amal qiladigan juda qulay narx shartlari, chegirmalar va bonuslar taklif etiladi. 🏖 Shifobaxsh havo, Naftusya mineral suvi, naftalan moyi, malham va vannalar, fizioterapiya va boshqa terapevtik va sog'lomlashtirish muolajalari yurak-qon tomir, nafas olish, asab, ovqat hazm qilish, genitouriya tizimlari, tayanch-harakat tizimi va boshqa sog'liq muammolariga yordam beradi. 🗓 Minimal joylashtirish muddati - 7 kun. 💸Tanlangan mehmonxona, qulaylik darajasi va xizmatlar paketiga qarab bir kunlik turar joy uchun narx oralig'i kuniga taxminan 80-190 AQSh dollarini tashkil qiladi. 📞 Qiziqish bildirgan shaxslar HamkorMed call-markaziga (+998) 78-113-33-78 telefoni orqali murojaat qilishlari mumkin. 🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 Youtube 👍 Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi axborot xizmati
نمایش همه...
⛔️⛔️⛔️⛔️ Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi ma'muriy va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish bo'yicha so'rovnomada faol ishtirok eting Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi ma'muriy va byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalari bo'yicha anonim ijtimoiy so'rovnoma o'tkazilmoqda. So'rovnomada ishtirok etish uchun havola: 👉 https://shorturl.at/tKN7X So'rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
نمایش همه...
04:32
Video unavailableShow in Telegram
📰📰📰📰📰📰📰📰 Axborot 24 | Yuqori reytinga ega bo‘lgan tadbirkorlar soni 12 barobarga oshdi 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
نمایش همه...
3.mp450.78 MB