cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Shaharses.uz | Rasmiy kanal

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi rasmiy telegram kanali - @toshsanepid Rasmiy sayt: www.shaharses.uz Instagram: https://instagram.com/shaharses.uz?igshid=MzNlNGNkZWQ4Mg== Facebook: https://www.facebook.com/profile.php?id=1000891182

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
3 197
مشترکین
-124 ساعت
-97 روز
-7730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

03:45
Video unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda ❓Ko'chalarda qo'lda tayyorlanib sotilayotgan salqin ichimliklar talabga javob beradimi? ‼️Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda "Yoshlar" telekanalining "Yangi davr" informatsion dasturi hamkorligida Yunusobod tumanida reyd o'tkazildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
23.72 MB
Reyd tadbiri natijasida noqonuniy savdo faoliyati to'xtatildi ‼️Sergeli tumanining "Obi hayot", "Yangi Sergeli" ko'chalarida o'tkazilgan nazorat reydida noma'lum sharoitda qo'lbola tarzda tayyorlangan, sifat va xavfsizligi kafolatlanmagan mors, kvas, moxito, ayron ichimliklari hamda "Andijon" muzqaymog'i" ning noqonuniy savdolari aniqlanib, o'rnatilgan tartibda bartaraf qilindi. 🔹Tadbir natijasida 10 litr ayron, 90 litr, mors, 150 litr kvas, 3 kg muzqaymoq savdodan olinib,  brakeraj qilindi. Sotuvchilarga noqonuniy savdoga qo‘yilgan taqiqlar va sanitariya-gigiyena talablari bo‘yicha qat'iy ogohlantirishlar berildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
Novvoyxonalar va ovqatlanish obyektlarida o’rganish ishlari olib borildi Hozirgi kunda har qadamda novvoyxonalar, somsaxonalar hamda ovqatlanish obyektlarini uchratamiz. Ammo uning ichki sanitar holati esa hech birimizga ma’lum emas. Antisanitariya holatdagi joylarda ovqatlanish va xarid jarayonlarini amalga oshirish inson salomatligida bir muncha kasalliklarni keltirib chiqarishi hech gap emas. 📌Bugun yuqoridagi holatlarni oldini olish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mas'ul mutaxassislari tomonidan “Yangi zamon”, “Fitrat”, “Avliyo ota” ko’chalarida joylashgan oshxonalar, somsaxonalar va novvoyxonalarda navbatdagi sanitariya targ’ibot tadbirlari o’tkazildi. 🔹Mazkur profilaktika davomida quyidagilar aniqlandi: -oshxonalarda joriy tozalik ishlari muntazam ravishda amalga oshirilmaganligi; -obyektlarda ta’mirlash ishlari olib borilmaganligi; -dudbo’ronlari, gaz pechlari, deraza romlari hamda devordagi kafellar maxsus vositalar orqali artilmaganligi; -foydalaniladigan idish-tovoqlar mutlaqo talabga javob bermasligi; -antisanitariya holatga qaramay, savdo jarayonlarini amalga oshirib kelinayotgani ma’lum bo’ldi. 🔹Holat bo’yicha kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etish choralari ko’rildi va 1 kun muddat ichida joylarda umumiy tozalik tadbirlarini o’tkazish bo’yicha ogohlantirish berilib, sanitariya targ’iboti o’tkazildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Iste'mol uchun yaroqsiz banan mahsuloti aniqlandi  Banan mahsuloti ho‘l va quritilgan holda isteʼmol qilinadi.Banan tarkibida A, С vitaminlari, fosfor, kaliy, kletchatka, tabiiy shakar mavjud. U qondagi glyukoza miqdorini sog‘lom saqlashga ko‘maklashadi.Ammo o'zining organoleptik xususiyatlarini yo'qotgan banan mahsulotini iste'mol qilish oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin.  ‼️Aholi orasida bunday holatlarni oldini olish maqsadida Farhod dehqon bozori hududida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib boriladi. 🔹Nazorat davomida fuqarolar tomonidan tashqi ko'rinishi qoraygan, organoleptik hususiyatini yo'qotgan 42 kg banan mahsuloti brakeraj qilindi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
🔥 1👏 1
⚡️Noqonuniy savdo nuqtalari faoliyati to‘xtatilmoqda El sog‘ligi-yurt boyligi. Aholining salomatligini saqlash va muhofaza qilish, turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish soha mutaxassislarining vazifasi hisoblanadi. 📌Ayni shu maqsadni ko‘zlab, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi hamda tuman bo'limlari mutaxassislari tomonidan sanitariya-gigiyena qoidalariga javob bermaydigan ayrim savdo nuqtalarining faoliyati to‘xtatilmoqda va noqonuniy qurilmalar bartaraf etilmoqda. 🔹Shuningdek, mahalla va ko'cha yoqalarida sotilayotgan tez va oson buziluvchi sut va sut mahsulotlari, sifati kafolatlanmagan salqin ichimlik hamda muzqaymoqlar savdosiga chek qo'yilmoqda. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
11:02
Video unavailableShow in Telegram
#oav_biz_haqimizda ❓Jaziramada kasalliklarga yo'liqmaslik uchun qanday tavsiyalarga amal qilgan ma'qul? Yozning issiq harorati inson tanasida ayrim muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bu faslda gigiyena qoidalariga rioya qilish, nafaqat shaxsiy tozalikni saqlash, balki kasalliklarning oldini olishda ham muhim ahamiyatga ega. ‼️"O'zbekiston" telekanalining "Assalom, O'zbekiston" tonggi dasturida bo'lib o'tgan suhbatda yoz mavsumida quyosh urishi, ovqatdan zaharlanish va salomatlikni saqlash bo'yicha amal qilinadigan qoidalar yuzasidan so'z yuritildi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
118.53 MB
👍 1 1🔥 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#sayyor_qabul ⚡️Navbatdagi sayyor qabul Yangihayot tumanida ❗️Joriy yilning 22-iyun (shanba) sanasida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i Malika Qudratxodjayeva tomonidan Yangihayot tumanida aholini qiynayotgan sanitariya-epidemiologik muammolarni o'rganish va ularga yechim topish yuzasidan sayyor qabul o'tkaziladi. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Navro'z dehqon bozorida o'rganish ishlari amalga oshirildi Xonadon sharoitida tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan konserva mahsulotlarini iste'mol qilish oqibatida aholi o'rtasida ovqatdan zaharlanish xavfi yuzaga kelishi mumkin. 📌Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Navro'z dehqon bozori hududida sotilayotgan barcha oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati bo'yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 🔹Mutaxassislarimiz bozorda nazoratni amalga oshirayotgan mahalda rastalardagi kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan, tayyorlash sharoiti aniq bo'lmagan, iste'molga yaroqsiz holatga kelib qolgan 4 litr konserva mahsuloti belgilangan tartibda brakeraj qilindi. ‼️Eslatib o'tamiz, zaharlanmaslik uchun oziq-ovqat mahsulotlarini faqat belgilangan joylardan, ularning yaroqlilik muddatlariga e'tibor qilgan holda xarid qiling. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati Telegram | Instagram |Web sayt
نمایش همه...
👍 1