fa
Feedback
MARKAZ XABARLARI

MARKAZ XABARLARI

رفتن به کانال در Telegram

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rasmiy kanali Veb-sayt: manaviyat.uz Facebook: fb.com/manaviyat.uz Instagram: instagram.com/manaviyat_markaz Youtube: http://www.youtube.com/@respublikamanaviyatvamarif2968

نمایش بیشتر
4 770
مشترکین
-10324 ساعت
-2917 روز
-1 60030 روز
آرشیو پست ها
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi

#No_comment | 29.07.2026 Mustaqilligimizning 35-yilligi: Yurtimizda bayram shukuhi

#Uzb35 #Mustaqillik35 #Xalqlar_doʻstligi Toshkent viloyatida «Do‘stlik» festivali bo‘lib o‘tdi
Nurafshon shahrida Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi hamda 30-iyul — Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan «Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!» g‘oyasi ostida «Do‘stlik» festivalining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Festival doirasida «Mustaqillik marsh yurishi», milliy madaniy markazlar ishtirokidagi konsert dasturlari, ko‘rgazmalar va milliy taomlar taqdimoti tashkil etildi. Tadbir yakunida faol ishtirokchilar taqdirlanib, millatlararo totuvlik va birdamlik g‘oyalari yana bir bor ulug‘landi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan dav
+2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

🗓 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni! Mamlakatimizda o‘zaro hurmat, ahillik va hamjihatlik muhitida yashab kelayotgan 130 dan
🗓 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni! Mamlakatimizda o‘zaro hurmat, ahillik va hamjihatlik muhitida yashab kelayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillarini, ularning timsolida esa ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!
Bugungi kunda 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati hamda xorijdagi 100 dan ortiq vatandoshlar jamoat birlashmalari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘un rivojlantirish, shuningdek, xalq diplomatiyasi hamda xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirish yo‘lida samarali faoliyat olib bormoqda.
Xalqlar do‘stligi kuni yurtimizdagi tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat muhitining yorqin ifodasidir. Ushbu qutlug‘ sana turli millat va elat vakillarining boy madaniy merosi, urf-odatlari va an’analarini e’zozlash, do‘stlik va birdamlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

Prezidentimiz "Kelajak o‘yinlari"ning ochilishida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga
+5
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi. Ostona aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

30-iyul- Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” haftaligi doirasida “Millatlararo totuvlikni must
+3
30-iyul- Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” haftaligi doirasida “Millatlararo totuvlikni mustahkamlash va do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda 2026-yil-“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish”-yili davlat dasturi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, jamiyatda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini yanada mustahkamlash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish, shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va targ‘ibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir doirasida jamiyatda tinchlik, barqarorlik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hamjihatlik tamoyillari ustuvor vazifalarimizdan ekanligi ham qayd etib o‘tildi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

“Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi Alisher Navoiy nomidagi O‘
+7
“Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida 29–31-iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan “Yosh kutubxonachilar” Respublika ilmiy-amaliy forumi hamda forum doirasidagi “Innovatsion loyihalar” tanlovining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Mazkur forum kutubxona-axborot sohasida faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish hamda innovatsion g‘oya va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #UZB35 #Mustaqillik35
35 yil... Bu shunchaki raqam emas. Bu — mustaqil yurtning o‘z taqdirini o‘zi belgilagan, yuksalish va taraqqiyot sari bosib o‘tgan sharafli yo‘li. Biz yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yanada buyuk kelajakni birgalikda barpo etamiz. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,  О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati,  Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi  hamda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 🇺🇿 Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 22 avgust kuni “Ma’naviy islohotlarning yangi bosqichida targ‘ibot ishlarining ilmiy-metodik muammolari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkaziladi.
Konferensiya materiallari tahrir hay’ati tavsiyasiga kо‘ra ilmiy tо‘plamning bosma va elektron nashriga kiritiladi.
Maqolalar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Manzil: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni – 15 Murojaat uchun telyefonlar:  99 377-94-45,  71 207-57-00

#matbuotda_biz Mustaqillik toʻyi shukuhi, odamlar kayfiyatini yana bir bor bilish istagi, oʻzgarishlar, islohotlarni oʻz koʻz
#matbuotda_biz
Mustaqillik toʻyi shukuhi, odamlar kayfiyatini yana bir bor bilish istagi, oʻzgarishlar, islohotlarni oʻz koʻzimiz bilan koʻrishga intilish bizni nomi ulugʻ, qadri baland, ruhi tetik Buxoroga yetakladi
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026-yil 29-iyul kungi kungi sonida tarix fanlari doktori, professor “Ma’rifat” targ’ibotchilari jamiyati a’zosi Abduxalil MAVRULOVning Buxoro viloyatida bo'lib o'tgan “Mustaqillik to’yi” festivali haqidagi NOMI ULUG‘, QADRI BALAND, RUHI TETIK BUXORO! nomli maqolasi e’lon qilindi.

#oavda_biz #marom_me'yor
DABDABA EMAS, ME'YOR: TO'YLAR QANDAY BO'LISHI KERAK?
Ziyoda Akbarqulova - Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishida belgilangan asosiy vazifalar.

📖 Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa muhitini kengaytirish va kitobga mehrni yanada oshirish y
+5
📖 Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mutolaa muhitini kengaytirish va kitobga mehrni yanada oshirish yo‘lida yana bir ezgu tashabbus amalga oshirildi. 📚 Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tashabbusi bilan Buxoro davlat pedagogika institutiga 150 ta badiiy adabiyot taqdim etildi.
💡 Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston mahallalar uyushmasi raisi, Mahallalarda yoshlar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev boshchiligidagi ishchi guruhning Institutga tashrifi davomida talaba Hoshimova Mohinur tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan qator amaliy taklif va tashabbuslar ilgari surilgan bo‘lib, ular ishchi guruh tomonidan yuksak baholanib, qo‘llab-quvvatlangan edi.
📚 Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va ma’naviy tafakkurni boyitishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

#ma’naviy_sayohat Qodiriy ruhi bilan yuzma-yuz... Markazning bir guruh xodimlari o‘zbek romanchiligi asoschisi, buyuk adib Ab
+8
#ma’naviy_sayohat Qodiriy ruhi bilan yuzma-yuz... Markazning bir guruh xodimlari o‘zbek romanchiligi asoschisi, buyuk adib Abdulla Qodiriy yashab, ijod qilgan uy-muzeyda bo‘ldilar.
Nafis naqshinkor ayvon, baland yog‘och ustunlar va tarix nafasi ufurib turgan hovliga qadam qo‘ygan har bir kishi go‘yo bir asr orqaga qaytgandek bo‘ladi. Devorlarda muhrlangan o‘zbek va jahon adiblarining Qodiriy ijodi haqidagi e’tiroflari uning nafaqat milliy, balki jahon adabiyotida ham munosib o‘rin egallaganini yaqqol namoyon etadi.
Muzeyda saqlanayotgan tarixiy fotosuratlar, ilk nashrlar, qo‘lyozmalar va turli tillarga tarjima qilingan asarlar har bir tashrif buyuruvchiga adibning boy adabiy merosini yanada yaqindan anglash imkonini berdi. Eng ta’sirli lahzalardan biri esa Qodiriy yashab ijod qilgan mo‘‘jaz xona va uning o‘z qo‘li bilan qurdirgan shiyponi bo‘ldi. Shu maskanda yozilgan asarlar, bo‘lib o‘tgan suhbatlar va kechgan hayot haqida o‘ylarkanmiz, tarix go‘yo ko‘z o‘ngingmizda jonlanadi.
Bunday majmualar faqat muzey emas, balki tarixni his qilish, millatning ma’naviy ildizlarini anglash va ajdodlar merosidan ilhom olishga xizmat qiladigan ma’naviyat maskanlaridir. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

#o'zbekiston24 #buxoro
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida Buxoro viloyatida "Mustaqillik to'yi" festivali bo'lib o'tdi.
Axborot24 uzb 27.07.2026 Axboror24 rus 28.07.2026 Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

#matbuotda_biz #muzeylararo_90_kun Hozir mamlakatimizda 138 ta davlat muzeyi faoliyat yuritadi, ulardagi eksponatlar soni 2 m
#matbuotda_biz #muzeylararo_90_kun Hozir mamlakatimizda 138 ta davlat muzeyi faoliyat yuritadi, ulardagi eksponatlar soni 2 milliondan oshgan. Oddiy aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaqin va tanish muzeylarning hali ham yetarlicha “kashf etilmay” qolayotgani “Muzeylararo 90 kun” kabi loyihalar zarurligini yana bir bor asoslaydi.
Aynan shu maqsadda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu maʼnaviy-maʼrifiy ekskursiyalar loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Rejaga koʻra, jami 140 mingdan ziyod kishining muzeylarga jalb etilishi koʻzda tutilgan. Loyiha uch oylik davrni qamrab oladi va har oy uchun aniq reja belgilangan. Bundan tashqari, umumiy oʻrta taʼlim maktablari, oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bilan birgalikda jami 708 ta ekskursiya tashkil etilishi rejalashtirilgan. Oliy taʼlim tizimida bu jarayon avgust bilan tugamaydi: sentyabr-oktyabr oylarida ham “Mustaqillik soatlari” tarbiyaviy mashgʻulotlari doirasida muzeylarga tashriflar davom etadi.
“Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 2026-yil 28-iyul kungi sonida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Axborot xizmati rahbari Bahora AHMEDOVA, markaz xodimi Shohista YUNUSALIYEVAning "O‘TMISHGA SAYOHAT – O‘ZLIKNI ANGLASH YO‘LI" nomli maqolasi e'lon qilindi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram

Prezidentimiz:
“Ochiq aytish kerak. Energetikada muammo mablag‘da emas, chunki qancha kerak bo‘lsa, topib beryapmiz. Muammo tizimning boshqaruvida!” "Odamlar ham, tadbirkorlar ham energetika tizimiga mas’ul rahbarlarning hozirgi ishidan mutlaqo norozi".

#Axborot24 | 27.07.2026 Mudofaa vazirligi markaziy apparatida "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Shukronalik – baxtli hayot kaliti" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Mustaqillik to‘yi" festivali doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuniga hamohang ravishda tashkil etildi. Rasmiy sahifalarimiz👇 🚨telegram | 📎Facebook 📺YouTube | 👚Instagram