cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Kitobchi Aka(demik)

Kitobchi aka bilan kitoblar olamiga sayohat Kitoblarni xarid qilish, istalgan murojaat va savollar uchun maxsus: @bookuzbek_jizzax

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
255
مشترکین
+624 ساعت
+77 روز
+330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Bugungisi...🤗
نمایش همه...
🔥 7👍 5
Kechagisi...
نمایش همه...
🔥 3
15:30 da tashlagan ekanman. Bugun 15:30 gacha iqtibos yozishingiz mumkin. 17:00 da g‘olibni aniqlaymiz
نمایش همه...
​​Бугун севимли ёзувчим Эрих Мария Ремаркнинг туғилган куни. Унинг ижоди билан эндигина танишганлар исмининг бир қисми Мария эканлигидан ҳайратланадилар. Баъзилар ҳатто Ремаркни аёл деб ўйлайдилар. Нима учун унинг исми шарифида Мария номи учрайди? Немис ёзувчиси Эрих Мария Ремарк 1898-йил 22-июнда туғилган ва Эрих Пол исмини олган. Ремаркнинг отаси китоб муқовачиси бўлиб исми Питер Франс, онасиники эса Aнна Мария еди. Эрих оилада иккинчи фарзанд бўлади, акаси Теодор Aртур беш ёшида вафот этади. Ёзувчининг яна Эрна ва Элфрида исмли сингиллари ҳам бор эди. 1917- йил 9-сентябрда ёзувчининг оиласида фожиа юз беради - унинг онаси Aнна Мария саратон касаллигидан вафот этади, Ремарк онасини яхши кўрарди ва унга жуда қаттиқ боғланганди. Ўша пайтда Эрих 18 ёшда бўлиб, онаси вафот этганда у Ғарбий фронтдаги ҳарбий госпиталда яраланиб, даволанаётганди. Онасининг ўлими ҳақидаги хабардан Ремарк чуқур қайғуда қолади ва ҳаётининг сўнгги дақиқаларида севикли онасининг ёнида бўлолмаганлигидан азобланади.Онасининг хотирасини ва исмини абадийлаштириш учун ёзувчи исмини Мария деб ўзгартиради. Шундай қилиб, Эрих Пол Ремарк исми Эрих Мария Ремаркка айланади. Facebookdan olindi. @dunyo_klassikasi
نمایش همه...

👍 3
E. M. REMARK tavalludi munosabati bilan kichik sovg‘a: Shu post ostiga Remarkdan iqtibos keltirasiz. Man raqamlab chiqaman. Ertaga 1ta g‘olibni random.org orqali aniqlab, G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q kitobini sovg‘a qilaman. Xohlasangiz quyidagi kanalga ulanib qo‘ying: https://t.me/ErixMariya_Remark
نمایش همه...
Erix Mariya Remark

Kanal to‘liq Erix Mariya Remarkka bag‘ishlanadi. Uning hayoti, asarlari, asarlaridan iqtiboslar. Kanaldan biror narsa kutishingizni so‘ramayman. Lekin shuni ayta olamanki, Remark bilan birga bo‘lgan kitobxon adabiyotda o‘z yo‘lini topib keta oladi.

👍 3
Bugun mening kunim:
نمایش همه...
👍 1
Repost from BOOK.UZ
Photo unavailableShow in Telegram
22- iyun Erix Mariya Remark tug'ilgan kun "Yoʻqotilgan avlod" deb atalgan adabiyotning yirik vakili, Birinchi jahon urushi qatnashchisi. Asarlarida urush dahshatlari, Ikkinchi jahon urushi yillari va undan keyingi davrdagi hayotni, fashizmning mudhish qiyofasi, maʼnaviy ezilgan, oʻzini jamiyatdan begonalashgan deb his qiluvchi kishilar qismati aks etgan. 📚@bookuzbekistan
نمایش همه...
🔥 2👍 1
📚Halol luqma 📌Rauf Jilasun #mutolaadan_söng Asar yakuniga qisqacha fikrlarim, Halollik bilan topilgan bir luqma, aksincha bo‘lgan bir dunyo yeyimlikdan ko‘ra to‘yimliroq. Inson halollik ortidan harakat qilsa, haromdan qochsa, gumoni bor narsadan uzoq yursa, u albatta kamolotga erishadi. Halollik dunyoni qutqaradi. Halollik bozorda sotilmaydi. Unga iymon-e‘tiqod ortidan erishiladi. Dinimizda halol bo‘lmagan narsa qat‘iy qoralanadi, undan qaytariladi, xoh u yeyimlik bo‘lsin, xoh ichimlik, xoh kiyimlik, xoh biror o‘yin yoki biror harakat bo‘lsin. Ishlariga harom aralashtirish vaqtinchalik moddiy foyda olib kelsa ham, vijdoningizdan halovatni o‘g‘irlaydi, umringiz barakasini qirqadi, oxiratingizga yomon ish bo‘ladi. Asarni audio holatda boshlab biroz eshitdim. Ma‘qul keldi va o‘qishni boshladim. Qiziqish baland bo‘ldi. Islom dinini, halollikni, iymonni e‘zozlagan ushbu asar ko‘pchilikda ikiq taassurot qoldiradi deb o‘ylayman. Asar hajmi u qadar katta emas, bir yoki ikki o‘tirishda berilib o‘qib tugatish, ma‘nan ozuqa olishimiz mumkin bo‘lgan asarlar sirasidan. Asar qahramoni Abdulkarim O‘gay ona asaridagi Husayn bilan o‘xshashib ketdi. Unda ona tarbiya bergan bo‘lsa, bunda ota asosiy rolda. Shu bilan biega Abdulkarim Husayndan ustun taraflari ko‘proqdek tuyuldi. Asar vijdonli, iymonli, halol va haromni qat‘iy ajratuvchi Yusuf ismli yigit hayoti bilan boshlanadi. Syujetni aytishni istamayapman. O‘zini musulmon deb hisoblovchi, ammo hayotida musulmonlikdan asar ham bo‘lmagan oilaning hayot tarzi, ularning kechmishi, boshiga tushgan ishlar, oxir oqibat tavba qilishlarini ko‘rgan odam o‘ziga bir ibrat oladi. Lekin yana bir narsa bor, kitob o‘qigan odam yomon bo‘lmaydi, yomon odam kitob o‘qimaydi. Asar o‘qish jarayonida Abdulkarimdek bo‘lishni istaydi kitobxon. Buni esa orzu emas, maqsad qilish kerak. Maqsadga yetishish uchun esa harakat qilmoq darkor. Halol va haromning farqiga boraylik. Dunyo ishi deb oxiratdan voz kechmaylik. #iqtibos 🔥Barcha ezguliklarning, xayrli ishlarning boshi halollikdir. 🔥Halollikning o‘zi kabi do‘stlari ko‘p: yaxshilik, baraka, xotirjamlik, osoyishtalik... 🔥Ehtimol, dunyoni go‘zallikdan ham oldin halollik qutqarar. Ushbu kitobni topib o‘qib chiqishingizni so‘rab qolaman. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh. 📌Murodjon Ermatov 🔥24-may, 2021-yil.
نمایش همه...
🔥 6
Repost from Kitobchi Aka(demik)
Yozda kitob o‘qiy olayotganlar bormi? Yozda kichik musobaqa tashkil qilmoqchiman. Qatnashadiganlar bormi? (Izohga yozelar)
نمایش همه...
👍 2
Repost from Kitobchi Aka(demik)
Halol luqma 31-iyul 21:00 Savol-javob 31-iyul 22:00 Muhokama Hammaga omad. AudioKitob bu yerda Elektroni
نمایش همه...
👍 3
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.