KDPI | Aniq va tabiiy fanlar fakulteti | Rasmiy kanal
رفتن به کانال در Telegram
نمایش بیشتر
805
مشترکین
+124 ساعت
-17 روز
-330 روز
در حال بارگذاری دادهها
کانالهای مشابه
ابر برچسبها
هیچ دادهای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
اکتبر '26اکتبر '26
اکتبر '26
+597
در 2 کانالها
سپتامبر '260
در 1 کانالها
Get PRO
اوت '260
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '260
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '260
در 1 کانالها
Get PRO
مه '260
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '260
در 1 کانالها
Get PRO
مارس '260
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '260
در 4 کانالها
Get PRO
ژانویه '260
در 2 کانالها
Get PRO
دسامبر '250
در 2 کانالها
Get PRO
نوامبر '250
در 1 کانالها
Get PRO
اکتبر '250
در 3 کانالها
Get PRO
سپتامبر '250
در 2 کانالها
Get PRO
اوت '250
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئیه '250
در 0 کانالها
Get PRO
ژوئن '250
در 0 کانالها
Get PRO
مه '250
در 0 کانالها
Get PRO
آوریل '250
در 0 کانالها
Get PRO
مارس '250
در 0 کانالها
Get PRO
فوریه '250
در 0 کانالها
Get PRO
ژانویه '250
در 0 کانالها
Get PRO
دسامبر '24
+6
در 0 کانالها
Get PRO
نوامبر '24
+9
در 0 کانالها
Get PRO
اکتبر '24
+3
در 0 کانالها
Get PRO
سپتامبر '24
+23
در 0 کانالها
Get PRO
اوت '24
+247
در 0 کانالها
| تاریخ | رشد مشترکین | اشارات | کانالها | |
| 28 اکتبر | 0 | |||
| 27 اکتبر | +2 | |||
| 26 اکتبر | 0 | |||
| 25 اکتبر | +1 | |||
| 24 اکتبر | +1 | |||
| 23 اکتبر | +1 | |||
| 22 اکتبر | 0 | |||
| 21 اکتبر | 0 | |||
| 20 اکتبر | 0 | |||
| 19 اکتبر | 0 | |||
| 18 اکتبر | 0 | |||
| 17 اکتبر | 0 | |||
| 16 اکتبر | +1 | |||
| 15 اکتبر | +4 | |||
| 14 اکتبر | +3 | |||
| 13 اکتبر | +6 | |||
| 12 اکتبر | 0 | |||
| 11 اکتبر | 0 |
پستهای کانال
🌸✨ IJOD — GO‘ZALLIK VA MAHORAT TIMSOLI! ✨🌸
🎓 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti
Texnologik ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ijodiy to‘garakka marhamat!
💐 TO‘GARAGIMIZDA QUYIDAGI YO‘NALISHLAR MAVJUD:
🌹 Lentali gullar yasash
🦋 Kapalakli gullar tayyorlash
🌷 Qog‘oz gullar yasash
👑 Diademalar yasash
🪡 Tikuvchilik
🧶 To‘qimachilik va to‘qish
🎨 O‘z qo‘llaringiz bilan betakror buyumlar yaratishni, yangi hunarlarni o‘rganishni va ijodiy mahoratingizni rivojlantirishni istaysizmi? Unda bizning to‘garagimizga qo‘shiling!
📅 TO‘GARAK KUNLARI:
🗓 Chorshanba: 14:00–15:00
🗓 Juma: 11:30–15:00
📍 Manzil: Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti, C blok, 105-xona.
📲 Telegram kanalimiz:
https://t.me/flower_makker
📩 Murojaat uchun:
@Bahora_tolipovna_06
@s20060504
☎️ Telefon raqamlari:
95 083 43 48
94 746 28 88
💖 Har bir hunar — yangi imkoniyat, har bir ijod — o‘ziga xos iste’dod.
#TexnologikTalim #IjodiyTogarak #Hunarmandchilik #KattaqorgonDPI
| 2 | #KDPI_Yoshlari ♟️🧠
#Besh_Tashabbus
Mantiqiy tafakkur va strategiya jangiga tayyormisiz? 🏆⚡
Talaba-yoshlar o‘rtasida sport va mantiqiy o‘yinlarni ommalashtirish maqsadida shashka va shaxmat musobaqasining 1-turi bo‘lib o‘tadi!
🗓 Sana: 29-oktabr
⏰ Vaqt: 19:00
📍 Manzil: 1-sonli TTJ, 1-qavat, Madaniyat Zali
O‘z mahoratingizni ko‘rsating va g‘oliblik uchun kuch sinashing! Barcha shaxmat va shashka ishqibozlarini taklif etamiz. 🔥
📥 Murojaat va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 Telegram: @AZIZBEK_ERGASHEV1008
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook | 173 |
| 3 | Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori
Sherzod Raxmonovich Urakovning
telegramdagi rasmiy sahifasiga a'zo bo'ling:
https://t.me/Sherzod_Raxmonovich_Urakov
Rektor va prorektorlarga murojaat:
@samdukf_murojaat_bot | 173 |
| 4 | #DostFest202
Biz odam savdosiga qarshimiz!
Odam savdosi bugun ham dunyodagi eng og’ir jinoyatlardan biri bo’lib qolmoqda. Ko’pincha u “yaxshi ish”, “chet elda katta daromad” kabi chiroyli va’dalar ortiga yashirinadi.
Esda tuting:
✅ Ish taklifini albatta tekshiring
✅ Notanish odamlarga hujjatlaringizni bermang
✅ Yaqinlaringizga qayerga va kim bilan ketayotganingizni xabar qiling
✅ Shubhali holatda darhol tegishli organlarga murojaat qiling
Inson qadri bu oliy qadriyat! 🤍 Ushbu videoni yaqinlaringiz bilan ulashing, ehtimol kimdir uchun u muhim ogohlantirish bo’ladi.
🎓 KIMYO_26_04-GURUH talabalari tomonidan tayyorlandi
#odamsavdosigaqarshi #insonqadri #ogohbo’l #xavfsizlik #talabalar #O’zbekiston #ongli_yosh | 217 |
| 5 | #DostFest202
🎓 OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 102-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari institutimizda tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etishdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar institut faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.
✨ Mazkur tadbir yoshlarning kasb tanlashiga ko‘maklashish, oliy ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kelajakdagi maqsadlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi. | 234 |
| 6 | #KDPI_Yoshlari 📚🧠✨
#Besh_Tashabbus
Kitobxonlik va ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada boyitish yo‘lida navbatdagi qadam! 📖💡
Qadrli kitobsevar talaba-yoshlar! Barchangizni ilm olish, tafakkurni kengaytirish va o‘zingiz kabi kitobsevar do‘stlar bilan fikr almashish uchun maxsus tashkil etiladigan "Kitob tavsiya et" adabiy-ma’rifiy loyihamizga taklif etamiz! 🤝
🗓 Sana: 28-oktabr
⏰ Vaqt: 16:00
📍 Manzil: Bosh bino 102-xona
Kitob mutolaasiga befarq bo‘lmagan, o‘z ustida ishlaydigan va intellektual muhitda vaqt o‘tkazishni istovchi barcha faol yoshlarni kutib qolamiz! Birgalikda kitobxonlik muhitini yanada jonlantiramiz! 🔥📚
📥 Murojaat va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
👉 Telegram: @zilola0507
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram | 2️⃣ Instagram | 3️⃣ Facebook | 237 |
| 7 | #KDPI_Yoshlari ♟️🧠
#Besh_Tashabbus
Mantiqiy tafakkur va strategiya jangi bo‘lib o‘tdi! 🏆⚡
Talaba-yoshlar o‘rtasida sport va mantiqiy o‘yinlarni ommalashtirish maqsadida shashka va shaxmat musobaqasining 2-turi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
🗓 Sana: 27-oktabr
⏰ Vaqt: 19:00
📍 Manzil: 2-sonli TTJ, 4-qavat, Madaniyat xonasi
Barcha ishtirokchi va g‘oliblarga o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, faol qatnashganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz! 🔥 | 243 |
| 8 | 📚 E’LON! DIQQAT, KITOBSEVAR YOSHLAR! 📚
🎓 “YOSH KITOBXON” TANLOVINING 2-TURI!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida tashkil etilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovining 1-turi muvaffaqiyatli yakunlandi!
Endi esa navbat — 2-turga! 📖
Aziz talabalar! Kitobga bo‘lgan mehringiz, mutolaaga qiziqishingiz va bilim olishga intilishingizni namoyon etish vaqti keldi! Ushbu tanlov sizga o‘z bilimingizni sinash, dunyoqarashingizni kengaytirish hamda kitoblar olamiga yanada chuqurroq sho‘ng‘ish imkonini beradi.
📖 Kitob — tafakkur manbai, bilim — kelajak poydevori! Har bir o‘qilgan asar insonning fikrlash doirasini kengaytiradi, ma’naviyatini boyitadi va yangi marralar sari yetaklaydi.
🔥 Siz ham “Yosh kitobxon” tanlovining 2-turida faol ishtirok eting!
📚 Mutolaa qiling, bilim oling va kitobxonlik sari dadil qadam tashlang!
📅Sana: 28-oktabr
🕒Vaqt: 14:00
📍Manzil: Bosh bino 102-xona
Tashkilotchi: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Intellektual loyihalar koordinatori. | 323 |
| 9 | 📢 “BESH MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” LOYIHASI TARG‘IBOTI
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari tomonidan “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasidagi milliy tanlovni keng targ‘ib qilish va talabalarni faol ishtirok etishga undash bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Jarayon davomida talabalarga loyiha imkoniyatlari, tanlovda ishtirok etish tartibi hamda sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘rganishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berildi.
💡 Maqsad — talaba-yoshlarning raqamli bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlardan samarali foydalanishga yo‘naltirish. | 237 |
| 10 | 🏆 Olimpiada natijalariga ko‘ra, har bir fan bo‘yicha eng yuqori natija ko‘rsatgan talabalardan 4 nafargacha ishtirokchidan iborat jamoa shakllantirilib, respublika saralash bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
Barcha iqtidorli talabalarni o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etish hamda xalqaro olimpiada sari ilk qadamni qo‘yishga chorlaymiz!
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI DEKANATI | 31 |
| 11 | 📢 E’LON!
HURMATLI TALABALAR!
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 7-oktabrdagi 414-son va 415-son buyruqlari hamda institut rektorining 2026-yil 21-oktabrdagi 304-ij va 305-ij-son buyruqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Rayhon Beruniy nomidagi birinchi Xalqaro olimpiadaning institut ichki saralash bosqichi o‘tkaziladi.
🧪 Olimpiada quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi:
Kimyo fani
Biologiya fani
Olimpiadada institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan, kimyo va biologiya fanlariga qiziquvchi iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin.
📅 O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 3-noyabr
🕑 Boshlanish vaqti: soat 14:00
📍 O‘tkazilish joyi: Aniq va tabiiy fanlar fakulteti binosi.
Saralash bosqichi tasdiqlangan Nizom talablari asosida, xolislik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilgan holda o‘tkaziladi. | 279 |
| 12 | 📚 “INSON HUQUQLARI TARIXI” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yoshlar o‘rtasida inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyg‘usini shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida “Inson huquqlari tarixi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
🗣 Davra suhbati davomida O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi N. Karimov inson huquqlarining shakllanish tarixi, xalqaro huquqiy hujjatlar hamda O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari haqida ma’lumot berdi.
💡 Tadbir jarayonida yoshlarning huquq va majburiyatlari, ta’lim olish, mehnat qilish hamda sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlarining mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan fikr almashib, mavzu bo‘yicha bilimlarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. | 241 |
| 13 | #KDPI_Yoshlari ♟️🧠
#Besh_Tashabbus
Mantiqiy tafakkur va strategiya jangiga tayyormisiz? 🏆⚡
Talaba-yoshlar o‘rtasida sport va mantiqiy o‘yinlarni ommalashtirish maqsadida shashka va shaxmat musobaqasining 2-turi bo‘lib o‘tadi!
🗓 Sana: 27-oktabr
⏰ Vaqt: 19:00
📍 Manzil: 2-sonli TTJ, 4-qavat, Madaniyat xonasi
O‘z mahoratingizni ko‘rsating va g‘oliblik uchun kuch sinashing! Barcha shaxmat va shashka ishqibozlarini taklif etamiz. 🔥
📥 Murojaat va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
👉 Telegram: @zilola0507
🌐 Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook | 210 |
| 14 | “BESH MILLION SUN’IY INTELLEKT YETAKCHILARI” LOYIHASI: ENG FAOL OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI ANIQLANADI!
🏆 G‘OLIB OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI UCHUN JAMI 435 BHM MUKOFOT!
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida har yili “Eng faol oliy ta’lim tashkiloti” nominatsiyasi bo‘yicha milliy tanlov o‘tkaziladi.
Mazkur tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarining sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohasidagi faolligi 100 ballik tizim asosida baholanadi.
🥇 1-o‘rin — 250 BHM
🥈 2-o‘rin — 125 BHM
🥉 3-o‘rin — 60 BHM
📊 Baholashning 5 ta asosiy mezoni:
✅ Talabalarning maxsus platformadagi bepul kurslarni muvaffaqiyatli tamomlashi — 30 ballgacha;
✅ AT yo‘nalishi talabalarining xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lishi — 20 ballgacha;
✅ AT yo‘nalishidagi pedagoglarning xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lishi — 15 ballgacha;
✅ AT yo‘nalishi bitiruvchilarining o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashishi — 20 ballgacha;
✅ ICPC, President Tech Award, AI Xakaton, AI Award va boshqa tanlovlardagi yutuqlar — 15 | 228 |
| 15 | 📢 GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
🏛 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti | Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
Fakultetda talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda zararli odatlarga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida “Giyohvandlikka qarshimiz!”, “Giyohvandlik – kelajak kushandasi” mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbiri tashkil etildi.
🗣 Tadbir davomida giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish choralari hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berildi. Talaba-yoshlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, ularni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga va sog‘lom hayot tarzini tanlashga chaqirildi.
✅ Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning huquqiy va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ularni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalashga xizmat qiladi. | 241 |
| 16 | #Digital_Skills | #Raqamli_Savodxonlik
💻 Raqamli ko‘nikmalar sari muhim qadam!
📚 Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talabalarning raqamli savodxonligini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Digital Skills” to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.
✨ Mashg‘ulotlarda talabalar Microsoft Word, Excel, Canva va PowerPoint dasturlari bilan ishlash, hujjatlar tayyorlash, jadvallar yaratish, kreativ dizaynlar ishlab chiqish va taqdimotlar tayyorlashni o‘rganadilar.
📌 To‘garak mashg‘ulotlari:
📅 Kunlar: Dushanba va payshanba
🕓 Vaqt: 16:00
📍 Manzil: Bosh bino, 203-xona
🚀 Raqamli bilimlar — kelajak sari ishonchli qadam!
Barcha qiziquvchi talabalarni to‘garagimizga taklif etamiz!
Murojaat uchun:@Sabina_0331 | 316 |
| 17 | #Digital_Skills | #Raqamli_Savodxonlik
💻 Raqamli ko‘nikmalar sari muhim qadam!
📚 Aniq va tabiiy fanlar fakultetida talabalarning raqamli savodxonligini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Digital Skills” to‘garagi mashg‘uloti tashkil etildi.
✨ Mashg‘ulotlarda talabalar Microsoft Word, Excel, Canva va PowerPoint dasturlari bilan ishlash, hujjatlar tayyorlash, jadvallar yaratish, kreativ dizaynlar ishlab chiqish va taqdimotlar tayyorlashni o‘rganadilar.
📌 To‘garak mashg‘ulotlari:
📅 Kunlar: Dushanba va payshanba
🕓 Vaqt: 16:00
📍 Manzil: Bosh bino, 203-xona
🚀 Raqamli bilimlar — kelajak sari ishonchli qadam!
Barcha qiziquvchi talabalarni to‘garagimizga taklif etamiz!
Murojaat uchun:@Sabina_0331 | 88 |
| 18 | E'LON
📣 "Mohir qo'llar" to'garagiga taklif etamiz!
✨ Hunarmandchilik — bu nafaqat kasb, balki ijoddir!
Yaratish, o'rganish va o'z iste'dodingizni rivojlantirishni xohlaysizmi? Unda bizning to'garagimiz aynan siz uchun!
📌 To'garak faoliyati:
🧶 To'qish (kruchokda)
💍 Sirg'a va abadoklar yasash
👑 Korona yasash
👜 Munchoqlardan sumkalar to'qish
📜 Sxemalarni o'qish (Shartli belgilarni o'rganish)
🗓 Kunlari: Dushanba va Payshanba kuni
🕐 Vaqti: 13:00
📍 Manzil: Eski bino, 105-xona
⏳ Kurs davomiyligi: 6 oy
🎁 Kursda faol ishtirok etganlar sertifikatlar bilan rag'batlantiriladi!
📲 Murojaat uchun Telegram: @KatDPI_Kimyo
🌐Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz | 293 |
| 19 | #Kelajak_soati
#Marifat_darsi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “O‘zbekistonda ilm-fan: yutuqlar va imkoniyatlar” mavzusida “Kelajak soati” rukni ostida ma’rifat darsi tashkil etildi.
Dars davomida talabalarga O‘zbekiston ilm-fanining boy tarixiy merosi, bugungi kundagi rivojlanish tendensiyalari hamda mamlakatimizda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, ilm-fan taraqqiyotining mamlakat rivojidagi o‘rni, zamonaviy ilmiy yutuqlarning ahamiyati va yoshlarning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Institutning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari: 👇
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | 300 |
| 20 | #Xayrli_tong
So‘z qudrati
Yaxshi so‘z doimo ko‘ngillarga yoqadi, uni xushnud etadi.
Hamonki, yaxshi so‘z dushmanni do‘st, kofirni musulmon, "hayvon"ni insonga aylantira olish qudratiga ega ekan, siz bu qudratdan unumli foydalaning.
Tohir MALIK.
Institutning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari: 👇
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | 280 |
