Blockchain Texno - Bitcoin, kripto-aktivlar va blockchain texnologiyalari
رفتن به کانال در Telegram
O'zbekistonda birinchi Bitcoin, kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyalar haqidagi OAV. Blockchain Texno axborot berish bilan chegaralanadi. Nashr hech qanday moliyaviy investitsiya asoslariga ega emas. Reklama va aloqa: info@blockchaintexno.uz
نمایش بیشتر6 261
مشترکین
-524 ساعت
-867 روز
-18730 روز
آرشیو پست ها
Aziz obunachilar,
Sizga muhim bir qarorni aytmoqchiman: Blockchain Texno va Invest24 o’z faoliyatini yakunlaydi.
Blockchain Texno O’zbekistondagi birinchi kripto va blokcheyn mediasi sifatida ish boshlagan edi. O’shanda bu mavzuda o’zbek tilida ishonchli manba deyarli yo’q edi. Invest24 esa investitsiya va moliyaviy savodxonlik haqida sodda va tushunarli gapirish uchun ochilgan. Bu vaqt ichida ikki loyiha atrofida 40 000 dan ortiq odam yig’ildi. Bu biz uchun hech qachon shunchaki raqam bo’lmagan.
Shu yillarda:
— murakkab texnologiyalarni oddiy tilda tushuntirdik;
— yangiliklar, tahlillar va bozor sharhlarini muntazam yetkazdik;
— qiziqqan, savol beradigan va o’rganishdan to’xtamaydigan jamoa shakllantirdik.
Loyihalarni yopish qarori oson bo’lmadi. Hozir vaqt va kuchni boshqa ustuvor yo’nalishlarga jamlash kerak, ikki loyihani esa yarim yo’lda qoldirib, sifatsiz yuritishni xohlamadim.
Shu bilan birga, bu loyihalarning hikoyasi shu yerda tugashi shart emas, deb o’ylayman. Agar ularni yangi kuch bilan davom ettirishga tayyor jamoa yoki inson bo’lsa, loyihalar uchun o’zini takliflarini, info@invest24.uz manziliga yozishi mumkin, bemalol gaplashamiz.
Hozircha kanallar arxiv sifatida qoladi, avvalgi materiallarni o’qishingiz mumkin. Yangi postlar endi chiqmaydi.
Har bir o’qiganingiz, izohingiz, savolingiz va qo’llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat. Ayniqsa boshidanoq birga bo’lganlarga alohida minnatdorchilik bildiraman. Shu yerda olgan bilim va tajribangiz sizda qoladi.
Keyingi loyihalarda yana uchrashamiz.
Hurmat bilan,
Jamshid Xoliqulov
Blockchain Texno va Invest24 asoschisi
Bitta yirik Bitcoin investori kriptobirjadan 1 286 BTC sotib oldi. Ushbu aktivlarning umumiy qiymati taxminan 98 million dollarni tashkil etadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, investor bir yildan ko‘proq vaqt avval birjaga o‘rtacha 89 291 dollar narxda jami 5 699 BTC kiritgan. O‘sha paytda ushbu Bitcoinlarning umumiy qiymati qariyb 509 million dollar bo‘lgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
📉 Kriptobozorda bir sutkada 1,25 milliard dollarlik pozitsiyalar likvidatsiya qilindi
Kriptovalyuta bozorida yana keskin tebranishlar kuzatilmoqda. So‘nggi 24 soat ichida 239 326 nafar treyderning fyuchers pozitsiyalari majburiy yopilgan.
Likvidatsiya qilingan pozitsiyalarning umumiy qiymati 1,25 milliard dollarga yetgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
Donald Trumpga aloqador Trump Media kompaniyasiga tegishli kriptohamyonlardan CryptoCom birjasiga 4 259 BTC o‘tkazilgani haqida xabar berildi.
Transfer qilingan Bitcoinlarning umumiy qiymati taxminan 343,7 million dollarni tashkil etadi.
Bunday yirik transfer kompaniya Bitcoinlarini sotishga tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni kuchaytirdi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
Qozog‘iston kriptofondlarga 100 mln dollar sarmoya kiritdi
Bloomberg xabariga ko‘ra, Qozog‘iston Brevan Howard Digital va boshqa kriptovalyuta fondlariga jami 100 mln dollar investitsiya kiritgan.
Mamlakat davlat zaxiralarining bir qismini bosqichma-bosqich kripto bozoriga yo‘naltirmoqda. Bunda raqamli aktivlarni bevosita sotib olish o‘rniga, mablag‘larni professional boshqaruvchilarga ishonib topshirishni afzal ko‘rmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
🚀 Blockchain Life 2026 — kriptoindustriya vakillari Dubayda uchrashadi!
📅 2026-yil 1–2-dekabr
📍 Dubay
130 dan ortiq mamlakatdan 15 000+ ishtirokchi, 200+ spiker va 200+ homiy bir maydonda jamlanadi.
Sizni nimalar kutmoqda?
⚡️ Ikki sahnada soha yetakchilarining chiqishlari.
⚡️ Yirik ko‘rgazma va treyding turnirlari.
⚡️ AI Future Forum 2026 xalqaro debyuti.
⚡️ Jahon darajasidagi yulduz ishtirokida afterparty.
Forum — yangi hamkorlar topish, tajriba almashish hamda Web3, raqamli moliya va sun’iy intellekt yo‘nalishlarini muhokama qilish imkoniyati.
🎟 Chiptani xarid qilish
10% chegirma uchun promokod: BLOCKCHAINTEXNO
Strategy 65,5 mln dollarga 811 BTC, Strive esa 10 mln dollarga 124 BTC xarid qildi. Natijada Strategyning jami Bitcoin zaxirasi 849 327 BTCga yetdi.
Shuningdek, Strategy o‘zining 208,2 mln dollarlik STRC imtiyozli aksiyalarini qayta sotib oldi. Bu kompaniyaning shu haftadagi Bitcoin xaridiga sarflagan mablag‘idan uch baravardan ko‘p.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
AQShdagi saylovlarda demokratlarning g‘alabasi fonida yaqinda yaratilgan kriptohamyonga Bybit birjasidan 7,18 million dollarlik aktivlar o‘tkazildi.
Xususan:
521 501 UNI — 3,69 million dollar;
915 747 MORPHO — 1,95 million dollar;
10 million ARB — 1,54 million dollar.
Bunday yirik transferlar investorlarning aktivlarni birjadan shaxsiy hamyonlarga ko‘chirayotganini ko‘rsatadi. Bu uzoq muddat saqlash maqsadi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
💸 Binance kriptobirjasida HUMO kartalari orqali hisobni to‘ldirish va mablag‘larni yechib olish xizmatlari qayta ishga tushirildi.
Hozircha ushbu imkoniyat O‘zbekiston Milliy banki (NBU), Turonbank, UzKDB Bank va Ziraat Bank tomonidan chiqarilgan HUMO kartalari uchun mavjud.
Bu foydalanuvchilarga mazkur banklarning HUMO kartalari orqali Binance hisobiga mablag‘ kiritish va undan pul yechib olish imkonini beradi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
Binance kriptovalyutalarni yechib olish imkoniyatini bosqichma-bosqich tiklamoqda
6,3 milliard dollarlik xakerlik hujumiga uchragani Binance ba'zi kriptoaktivlarni yechib olish imkoniyatini qayta ishga tushirgan.
3-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:00 dan boshlab BNB Smart Chain (BSC), Ethereum, Solana va boshqa blokcheyn tarmoqlari orqali kriptoaktivlarni yechib olish operatsiyalari tiklangani bildirilmoqda.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
43,4 million kriptotoken chiqarilgan, ammo atigi 691 tasi 100 ming dollarlik qiymatga yetgan
2024-yildan buyon kriptobozorda 43,4 millionta yangi token yaratilgan. Biroq ularning atigi 691 tasi bozor kapitallashuvini 100 ming dollardan oshirishga muvaffaq bo‘lgan.
Platformalar kesimida vaziyat yanada qiziq:
Pump.fun — 24,4 millionta token yaratilgan, 312 tasi 100 ming dollarlik chegaraga yetgan.
Zora — 13,2 millionta token chiqarilgan, biroq birortasi 100 ming dollarlik kapitallashuvga yetmagan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yaratilgan tokenlarning 99,998 foizi ushbu chegaraga chiqa olmagan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
So‘nggi 10 kun ichida yirik kriptovalyuta egasi bir nechta birjaga jami 1,49 million SOL o‘tkazdi.
Ushbu Solana tokenlarining umumiy qiymati 148,77 million dollarni tashkil etmoqda. Bunday yirik transferlar bozorda sotuv bosimi kuchayishi mumkinligidan darak beradi.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
Rossiyada bir guruh jinoyatchilar 22 yoshli dasturchini o‘g‘irlab, undan 10,39 BTCni tortib olgani xabar qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar yigitning ijtimoiy tarmoqlardagi hashamatli hayotiga e’tibor qaratgan. U Ferrari va BMW avtomobillari, xorijiy sayohatlari haqidagi suratlarni muntazam joylashtirib kelgan.
Jinoyatchilar dasturchini garajga olib borib, besh soat davomida kaltaklagan va kriptohamyonlarining parollarini berishga majbur qilgan. Shundan so‘ng uni qo‘l-oyoqlari bog‘langan holda o‘rmonda tashlab ketishgan.
Hodisa yuzasidan besh nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Xabarlarga ko‘ra, ular o‘g‘irlangan mablag‘larning bir qismini uy-joy va avtomobillar sotib olishga sarflashga ulgurgan.
Bizni kuzatib boring!
YouTube | Instagram | Website | Donate
