cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
189
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-37 روز
-930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
‎“Hayot qisqa. Uni kishilarga oʻzingni oqlashga urinib behuda oʻtkazmang. Sizni yaxshi koʻradiganlar sizda doimo yaxshilikni koʻrishadi. Sizni yomon koʻradiganlarni esa hech qachon rozi qila olmaysiz!” Xayrli tun yaxshi odamlar! 👉t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
Буни албатта билишимиз шарт, бу фарзандларимиз билан муносабатларимиз мустаҳкам ва меҳрли бўлиши учун яна бир пойдевор бўлади! 👫СЕН МЕН УЧУН ЭНГ МУҲИМИСАН. Улар ювилмаган идишлар, электрон почта ёки интeрнет орқали келган хабарлар кутиб туриши мумкинлигини билишсин. Улар сиз учун муҳим эканликларини билишлари керак. 👫МЕН СЕНИ СОҒИНДИМ. Ҳатто 20 дақиқага ажралган бўлсангиз ҳам, уларни қучоқлаб кўришинг. Уларга қанчалик яқин бўлишни исташингизни ҳис этишсин. 👫СЕН ҲАММАСИНИ ТЎҒРИ ҚИЛДИНГ. Агар улар бирор ҳаракатни амалга оширган бўлса, у билан фаҳрланишингизни кўрсатишингиз керак. Агар бола қўллаб қувватлашингизни сезса, доим сизни ҳурсанд қилишга ҳаракат қилади. 👫СЕН БОШҚАЧАСАН. Уларнинг қанчалик бошқалардан фарқ қилишини кўрсатишга ҳаракат қилинг. Уларнинг алоҳида ҳарактерларини эътироф этишга ҳаракат қилинг. 👫ЙИҒЛАШ – БУ НОРМАЛ ҲОЛАТ. Болаларингизнинг ҳисларини яширмаётгани учун тақдирланг. Одамлар кўнгли оғриганда, ёлғиз бўлганда ва баъзида бахтли бўлганда ҳам йиғлайди. Ўз ҳисларини бўлишишни ўргатинг. 👫СЕНГА ЁРДАМ КЕРАКМИ? Ёрдам беришдан олдин ҳар доим аввал сўраб кўринг. Эркинлик муаммони ечимини излашда пайдо бўлади. Агар фарзандингиз ниманидир уддалай олмаса унга тўғри йўл кўрсатинг. 👫СЕН МОЛОДЕЦСАН. Фарзандингизни жудаям ҳаракат қилиб, ниманидир уддалай олмаса ҳам уни кўнглини кўтаринг. Кичик ғалабалардан катта омад вужудга келади. Уларни омадли бўлишга унданг. 👫КЕЧИР. Ноҳақлигингизни билсангиз, тан олинг ва кечирим сўранг. Бу билан керак пайтда ён босиш кераклиги борасида намуна бўласиз. 👫МЕНГА КЎПРОҚ НАРСА АЙТИБ БЕР. Саволлар беринг, уларнинг кўзларига қараб тинглашга ва тушунишга ҳаракат қилинг. 👫СЕНИ ЯХШИ КЎРАМАН. Бу сўзларни ҳар кун овоз чиқариб айтинг. Уларга бу сўзларни ҳар кун айтинг. Фарзандингиз унга нисбатан муҳаббатингиз чексизлигини билиши шарт. t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

👍 1
Энергия етишмовчилиги нималарга боглик. Келинг куриб чикамиз!! Энергия етишмовчилигига сабаб бўладиган омиллар: 🤪Сиз ўзингизга керак бўлмаган ишлар билан шуғулланасиз.  Оддий қилиб айтганда, аҳамиятсиз нарса учун вақтни бекор сарфлайсиз. ☝Сиз ўз хоҳишингиз билан эмас, балки, атрофингиздагиларнинг босими остида қарор қабул қиласиз. Ўзингиз истамаган ишларни бажаришга ўзингизни мажбурлайсиз. 🍔Фаол бўлмаган турмуш тарзи ва нотўғри овқатланиш! Сиз танангиздаги энергия манбаларини блоклаб қўясиз! 🙃Орамизда кўпчилик "замонавий" тарзда ҳаёт кечиради. Доимий бандлик, кун давомида жуда катта маълумотларни қабул қилиш, тартибсизлик, турли инсонлар билан узлуксиз мулоқот қилиш. 😇Сизнинг миянгиз чарчайди, у ортиқча ишлашни, куч сарфлашни истамайди... 🥰Доим ўз энергиянгиздан тўғри фойдаланинг ва Позитивный энергияга тўлиб юринг! ⚡⚡⚡⚡ Энг мухими  доим Севгида булинг. t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

🌿Asabiylashish (stres)dan halos bo'lishni foydali va foydasiz yo'llari Yohud Bola tarbiyasi Asabiylashish bugungi hayotimizning bir qismiga aylanib ulgurgan. Shu bilan birga, inson xarakteri, temperamenti, fikrlash yo'li, bilimi va insonlarni qabul qila olish darajasiga qarab, asabiylashishning natijasi yo salbiy yoki ijobiy bo'lishi mumkin. Keling, bugun asabiylashishdan halos bo'lishni foydali va foydasiz yo'llari va uning bola tarbiyasiga aloqasi haqida jindak o'rtoqlashamiz. Hammamizning asabiylashishdan halos bo'lishni foydali yo'llari undoq bo'lsa kerak, bundoq bo'lsa kerak degan qarashlarimiz bor. Bu haqida mutaxassislar nima deydi?  2008-yilda Amerika Psixologlari Jamiyati Asabiylashish (stres)dan halos bo'lishni foydali va foydasiz yo'llari haqida bayonot berishicha: Asabiylashish (Stres)dan halos bo'lishni foydali yo'llari: - Jismoniy mashq qilish - Ibodat/duo qilish - Kitob o'qish - Piyoda sayr qilish - Massaj - Meditatsiya - O'zgalar bilan aralashish, gaplashish - Musiqa Asabiylashish (Stres)dan halos bo'lishni foydasiz yo'llari: - Qimor - Bozor/Supermarket aylanish - Sigaret - Spirtli ichimliklar ichish - To'yib ovqatlanish - Kompyuter o'yinlari - Internetda vaqt o'tqazish - Televizor yoki Kino ko'rish  E'tibor bersak, yuqorida 2 jihatni sezamiz: 1) Stresdan halos bo'lishning foydali yo'llari - unchalik ahamiyat bermaydigan mashg'ulotlarimiz, va bizdan biroz jismoniy yoki ruhiy mehnat so'raydi. Va, ehtimol shu jarayon davomida asablar yumshashadi, yengil tortadi. Demak, natijadan ko'ra unga olib boradigan jarayon muhim ekan. 2) Stresdan halos bo'lishning foydasiz yo'llari - jozibador, oson kechiriladigan va bizdan tinchlanishimiz, xotiramizni jam qilishimiz uchun jismoniy va ruhiy mehnat so'ramaydi. Qizig'i - bu mashg'ulotlarni qilganimizda (vaqtinchalik bo'lsa-da), yengil tortganday tuyuladi bizga, ammo undoq emas ekan. Aytgancha, stres haqida maqolaning bola tarbiyasiga nima aloqasi bor? Farzandlarimizni kuzataylik; asabiylashganda o'ziga va o'zgalarga nisbatan o'zini qanday tutishni, nimalar qilish yoki qilmaslikni, bola uydagi ota-onadan va yaqinlardan o'rganadi. Ya'ni, ota-ona nafaqat Hayit va boshqa bayram kunlarini qandoq birga o'tkazishni farzandiga yashattiradi, balki o'gir kunlar va paytlarda o'zini qandoq tutish tarbiyasini ham bolasiga me'ros qoldiradi! Diqqat qilish lozim nuqtalar: - Masalaning markazida farzandim emas, balki men: Farzandim jahli chiqqanda o'zini qandoq tutadi? Bu bizga yoshligimizdagi yoki hozirgi kimnidir eslatmayaptimi? Demak, farzandimni emas, balki o'zimni o'zgartirishim kerak emasmi? - Paytlar e'tibori: Uning jahli chiqishi odatda qachon va qay holatlardan keyin kuzatiladi? Unutmaylik: Agar biz ota-onalarning asabiylashishimizni ko'rib, jahl ko'rsatayotgan farzandlarimiz bo'lsa, do'ppimizni osmonga otaylik! Hali kech emas, o'zimizni o'nglab olishga fursat bor.  Agar biz ota-onalarning asabiylashishimizni ko'rib, farzandimiz - mum tishlaganday, aytadigan gapi og'zidan tushib ketayotgan bo'lsa, nima desak "xo'p, oyijon" deb turadigan, qo'y og'zidan cho'p olmaydigan, mo'min-qobil bola bo'layotgan bo'lsa, masala judayam o'gir. Farzandimizni baxtli va jamiyatda o'z o'rni bor inson bo'lib yashashini istasak, kech bo'lmasdan, o'zimizni davolashimiz, iloji bo'lsa ilmli kattalar va bolalar psixologiga ko'rinib, oiladagi vaziyatni tuzatish haqida jiddiy harakat qilishimiz lozim. Shu yerda, Rasululloh s.a.v dan bir sahobiyga aytilgan hikmatli duosini eslaylik: "Uying seni sig'dirsin!" Barchamizga ota-onasi bilan suhbat qilishdan maroq tuyadigan fazrandlarga ota-ona qilsin! t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

Photo unavailableShow in Telegram
Kalta sochli ayollar oʻz boʻyniga erkaklikni olgan ayollardir. Soch kaltalanib boravergani sari ayolda ayollik energiyasi kamayib boradi, oʻrnini esa erkaklik xususiyatlari egallab boshlaydi... Ayollik jozibasi sizda doim qolishini istasangiz, sochlaringizni hadeb kaltalatishga urinavermang... 👉t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
Инсон онги доимо шубхаланади…. "КЕЧИРДИМ " курсига нега тулов килолмайсиз Биласизми биз нима учун шубхаланамиз❓ Чунки ўз хаётимизга жавобгарлик олишни истамаймиз! Бизга шубхада бўлиш, ишончсизликда, бошқаларни айблаб юриш осонроқ. ✅Жавобгарликда бўлсак, хамма нарса ўз қўлимизда бўлади ва бу англатадики, ўзимиз харакат қилиб, мехнат қилиб хаётимизни ўзгартиришимиз керак бўлади. Қийинчиликдан бахтли хаётга энг асосий қадам бу - ТАНЛОВ! Сиз танлов қилишингиз билан, сизга атрофдан белгилар, ёрдамлар келишни бошлайди. Хўш, сиз нимани танлайсиз❓ ❤️❤️❤️❤️❤️👍 t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

🌿 Yig‘layotgan bolani qanday yupatish mumkin? Bolaning turli qiliqlari, injiqliklari uni hammadan ham ko‘proq yaxshi ko‘radigan ota-onasini ham charchatishi turgan gap. Toliqqan ota-ona esa bunday vaziyatlarda bolaga qattiq gapirishi natijasida uning ayrim xislatlarini o‘ldirib qo‘yishlari mumkin. Masalan, yig‘layotgan bolani olaylik. Unga yig‘lama deganingiz foydasiz. Birgina shu so‘z bilan jim bo‘lib qolmasligi aniq. Natijada sizning asablaringiz bunga dosh bera olmay qoladi va unga baqirasiz. Afsuski, bu yechim emas. Bola battar yig‘lashni boshlaydi. Xo‘sh, unda nima qilish kerak? Yig‘lashiga qo‘yib bering.Farzandingiz yig‘layotgan bo‘lsa, unga xalaqit bermang. Mayli, yig‘lab olsin. Unga xalal berishingiz, ovutishga urinishingiz vaziyatni battar chigallashtirishi mumkin. Yaxshisi boladan pastroq yig‘lashini, qo‘shnilar eshitib qolmasligi, ukasi yoki mushugi uyg‘onib ketmasligini so‘rashingiz mumkin. Diqqatni boshqa tomonga qaratish. Bola yig‘layotganda maьlumotlarni qabul qilishning asosiy yo‘llarini qo‘llagan xolda uning diqqatini chalg‘itish kerak. Bularning eng oddiysi esa nigoxni qo‘llash xisoblanadi. "Qara, kimdir keldimi?"," yomg‘ir yog‘adi shekilli ", kabi gaplar bilan uning diqqatini boshqa narsaga yo‘naltirish kerak. Yig‘layotgan bolani xuddi chaqaloq yo‘rgaklagandek xolga keltiring va erkalang. Bu orqali bolani yig‘idan to‘xtatish va xatto kuldirish ham mumkin. Eng asosiysi,  " o‘g‘il bola yig‘lamaydi",   "yig‘loqi qizlarni xamma yomon ko‘radi"  kabi gaplar bilan emas, oxistalik va mehr bilan yupatishga harakat qiling. t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

Инсон учун энг керакли туйғу бу "хохиш ва ишончдир". Агар сизда бирор ишга кучли "хохиш ва ишонч" бўлса қаршингизда энг улкан тоғ турса хам уни забт эта оласиз. t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

Ақл билан иш кўрасизми? 👉Харизматик одамнинг ақл билан иш кўриши кўпчиликка сир эмас. Лекин бу ўша одам идеал дегани эмас. Фақат харизматик одам аҳмоқлик қилмайди, жамиятга зарар етказмайди. Чунки у бирор ишни амалга оширишдан аввал яхшилаб ўйлайди. Хўш, сиз-чи? Ақл билан иш кўрасизми ё таваккалчиликка берилганмисиз? Қуйидаги тест саволларига жавоб бериб, шу нарсани аниқлаб олинг. 👉1. Бўлар-бўлмасга жаҳлингиз чиқиб кетаверадими? А) Ҳа Б) Йўқ 👉2. Ўзингизга нисбатан жисмоний бақувват одамни хафа қилишдан тийиласизми? А) Ҳа Б) Йўқ 👉3. Ўзгалар эътиборини тортиш учун биринчи бўлиб ким биландир жанжал кўтара оласизми? А) Ҳа Б) Йўқ 👉4. Ҳаётингизга хавф туғдириши мумкин бўлса-да, машинани катта тезликда бошқарасизми? А) Ҳа Б) Йўқ 👉5. Касал бўлиб қолсангиз, фақат дориларга суянасизми? А) Ҳа Б) Йўқ 👉6. Ўз мақсадингизга эришиш учун ҳар қандай ёмон ишни қилишга тайёрмисиз? А) Ҳа Б) Йўқ 👉7. Соатлаб қуёшда тобланиб ўтиришни ёқтирасизми? А) Ҳа Б) Йўқ 👉8. Қачондир машҳур одам бўлишингизга ишонасизми? А) Ҳа Б) Йўқ 👉9. Баҳс, мунозараларда ютқаза бошлаганингизни сезсангиз, вақтида ўзингизни тўхтата оласизми? А) Ҳа Б) Йўқ 👉10. Оч бўлмасангиз ҳам кўп овқат ейишга одатланганмисиз? А) Ҳа Б) Йўқ 👉11. Байрамларда сизга нима совға қилишларини олдиндан билишни хоҳлармидингиз? А) Ҳа Б) Йўқ. Натижалар: ✍🏼2, 9 саволларнинг қониқарли деб топган жавобларингиз учун, 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8 саволларнинг қониқарсиз жавоблари учун 1 баллдан қўйинг. 8 баллдан юқори. Сиз ҳамиша ақл билан иш тутасиз. Ҳаётдан кўп нарса талаб қилмайсиз. Ҳеч кимдан беҳуда хафа бўлмайсиз. Фақат атрофдагиларнинг олдингизга маслаҳат сўраб келмаётгани сизни бироз ҳайратга солади. 4 дан 8 баллгача. Сиз ўз имкониятларингизни яхши биласиз ва шунинг учун билиб-билмай юқори чўққиларни забт этиш учун шошилмайсиз. Баъзида таваккалчилик қилиб қўясиз-у, кейин анча пайтгача афсусланиб юрасиз. 4 баллдан кам. Таваккалчиликни ёқтирасиз. Ҳамиша ниманингдир етарли эмаслигидан нолийсиз. Ўзингизни тез-тез энг бахтсиз одамлар қаторига қўшасиз. Кўнглингиз сира тўлмайди. Хаёлингизда ўзгалар ҳаётда ҳамма нарсага эришяпти. Уларнинг машиналари, қўша-қўша уйлари бор. Ҳойнаҳой сандиқ тўла пулга ҳам эгадирлар. Аммо билмайсизки, сизнинг нолишларингизга, жаҳл қилишларингиз-у, қалбингизда ҳаётга нисбатан нафрат уйғонишига ҳеч ким эътибор бериб ўтирмайди. Ҳамма ўз аравасини тортиш, изланиш, меҳнат қилиш, ўз ташвишлари қозонида қоврилиш билан банд. Кўзингизни очинг, ҳали ҳаммаси олдинда. Бирор ишни амалга оширишдан олдин унинг оқибати ҳақида бош қотиришга одатланинг. Тирик эканингиз, қўл-оёқлар, тил ва бошқа аъзоларингиз ишлаб турганига шукр қилинг. Қаранг, атрофда қанча яхши ишлар бўляпти. Барча хурсанд, қувноқ. Сиз ҳам мана шу кунингиздан қувонишга ўрганинг. Ишонамизки, бир кун келиб эзгу мақсадларга албатта эришасиз. t.me/gulmira22psixolog
نمایش همه...
PSIXOLOG GULMIRA NURMURODOVA Psixologik maslahatlar va tavsiyalar🥰🥰

Ushbu guruhda farzand tarbiyasi, ruhiy holatingiz va oilaviy munosabatlardagi muammolar yechimiga psixologik maslahatlar berib boriladi.

Ko‘zimiz quvonchi bo‘lgan farzandlarimiz sog‘ salomat bo‘lsinlar. Umrlari uzoq bo‘lib, doumo shod-xurramlikda ota-onasi nag‘rida yursinlar. Barcha bolajonlarga bayram muborak bo‘lsin.
نمایش همه...
👍 2 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.