cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

⚖️ Huquq official ⚖️

⚖️ Yuridik soha uchun tayyorlanalayotganlar uchun maxsus kanal✅ 🏛Online akademiyamiz: @Utopia_academy 🏛️Instagram kanal: Utop1a_academy 👨‍💼Shaxsiy kanal: @U_Choriyev 📥Murojaat: @Huquqshunos_ustoz_test

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
5 911
مشترکین
+28124 ساعت
+1 0247 روز
+1 25330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Amir Temur nomi ADOLATSIZLIK timsoli bo‘lishda davom etaveradi #abituriyent O‘tgan yili Temurbeklar maktabiga beriladigan adolatsiz imtiyozdan norozi bo‘lib, rosa ko‘p chiqishlar qilingandi. 189 ball olsa ham kontraktga tushib qolgan abituriyentlar misolida bu tizim noto‘g‘ri ekanligi ko‘p bora ta’kidlangandi. Oradan bir yil o‘tdi. Yana o‘sha eski tos, eski hammom. Joriy yilda ham osmondan qo‘shimcha ballga ega chiqqan Temurbeklar maktabi bitiruvchilari boshqa bilimli yoshlarning oyog‘iga tushov bo‘lishda davom etadi. Shu davlatning oddiy maktabida o‘qigan 800 ming o‘quvchi eng maksimal ball olsa ham, ya’ni bironta xato qilmasdan savollarning barchasiga to‘g‘ri javob bersa ham, lekin Temurbeklar maktabini bitirgan o‘quvchilardan pastda turaveradi. Chunki bu yoshlarning aybi, oddiy maktabda o‘qiganida. Bechoralar... Baraka topgurlar, xo‘p, Temurbeklar maktabi bitiruvchilariga imtiyoz bermoqchi ekansizlar, mayli, beringlar. 40 ta imtiyoz orasida shular ham imtiyoz olsa, ota go‘ri qozixona emas. Imtiyozistonga aylangan davlatda bunga chidasa bo‘ladi. Ammo mana shu imtiyozni sal aql bilan, ozzzgina ijtimoiy adolatga qarab beringlar. Xohlasangiz, Temurbeklar maktabi bitiruvchilari uchun alohida qo‘shimcha kvota joriy qilinglar, g‘ing degan nomard. Yoki xohlasangiz, xuddi Prezident maktabiga o‘xshab Temurbeklar maktabini bitirgan 100% hamma o‘quvchini kvotadan tashqari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinglar, bunisiga ham roziman hattoki. Lekin iltimos, havodan ball qo‘shib beradigan imtiyozni yo‘qotinglar. Nahotki bu noto‘g‘riligini tushunish shunchalar qiyin bo‘lsa? 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 19😢 5🔥 2 1
2.80 KB
👍 15🔥 4🤔 3😁 1
Hurmatli kanalimiz a'zolari hozircha appelatsiya berish imkoniyati yo`q. Buni 14-iyul tushuntirib bergandim! Appelatsiyani mandatdan keyin berish mumkin. Hozir siz qilishingiz mumkin bo`lgan narsa, turli xil xalq murojaati ko`rib chiqiladigan saytlarni adolatsizlik haqidadgi masala bilan to`ldirib tashlash va mandat chiqishini kutish. Agarda appelatsiyada yutib chiqilsa, qayta imtihon o`tkazilmaydi, lekin darslikdan chetga chiqilgan savol uchun sizga ball qo`shiladi. Shunday ekan, aktivlikni hozir ham ko`rsatish kerak, lekin asosan mandat chiqqandan keyin bosib appelatsiya berish kerak. Shunda bu aniq bizni foydaga ishlaydi✔️ 🔔LINK: @Huquq_official
نمایش همه...
👍 35😁 5💯 4👌 3
Photo unavailableShow in Telegram
Yuqoridagi postga izoh: imtihondan oldin BMBA tomonidan 20 ming so`mga diagnostik elektron test savollari sotildi. Shaxsan o`zim o`quvchilarim uchun bu kabi testlardan 8 tacha xarid qilgandim, birortasini ichida hattoki yarimta ham o`quv dastur degan narsa yo`q edi. Darslikdan 1 santimetr ham chiqmagan holda tuzilgan, ammo imtihonda buni aksi bo`ldi✔️ @Huquq_official
نمایش همه...
👌 27😢 6💯 5🗿 2👍 1🤷‍♀ 1
Shu ovozli xabarimda hali deyarli birorta kanalda ko`rilmagan argument aks ettirilgan:
BMBA imtihondan oldin o`tkazgan diagnostik testlarida, o`z saytida sotib ancha soqqa qilgan diagnostik testlarida nega o`quv dasturidan savollar yo`q edi. Axir ushbu pulga olinayotgan testlar imtihonda qanday darajadagi testlar tushishini abituriyentlarga bildirib qo`yishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ymaganmi? Agar bu kabi agentilik tomonidan sotilgan testlar va imtihonda tushadigan testlar bir-biridan bunchalik darajada keskin farq qilsa, bu testlardan maqsad faqatgina pul ishlashmi?
- Ulug‘bek Choriyev @Huquq_official
نمایش همه...
❤‍🔥 18👏 10👌 5👍 4🤔 3 1😁 1💯 1
Агентликни судга бериш керак! Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги ҳуқушунослик фанлари учун тузилган тест саволлари бўйича эътирозларга жавоб қайтарибди.
"Шу каби тест топшириқларини шакллантиришдан мақсад айнан ҳуқуқшунослик йўналишини танлаш истагида бўлган абитуриентларнинг шу соҳада умумий ўрта таълим мактабида ва академик лицейларда олган билимларини синаш, қолаверса, бу билимларни кундалик ҳаётда дуч келадиган мисоллар орқали қай даражада татбиқ қила олишларини аниқлашдан иборат", дейилади муносабатда.
 Бу гаплар реал ҳаётдан йироқ, қип қизил "коммунистча" ёндошувдан бўлак нарсамас. Ҳушнудбек айтганидек САФСАТА. Бу гапларнинг маъносини муносабат ёзганларни ўзи ҳам тайинли тушунмаса керак. Ундан кўра, мақсадимиз юрист бўлмоқчи бўлганларни синдириш, аҳолининг ҳуқуқий саводхонлигини оширмаслик, жамиятда юрист кадрлар танқислигини таъминлаш, деб очиқ айтавериш керак. Ушбу Агентлик зудлик билан ислоҳ қилиниши шарт! Билимларни синаймиз деган ниқоб билан турли фитна ва сафсата тўқиб ёшларни синдирадиган, жамиятни ҳуқуқий саводсиз қилишга интиладиган бунақа агентликнинг боридан йўғи яхши. Шу сабабли Агентликни судга берганларни тўлиқ қўллаб-қувватлаб, юридик йўналиш тест саволларидан норози барча абитуриент ва уларнинг ота-оналарини Агентликни судга беришга чақираман! 👉 @r_kusherbayev
نمایش همه...
👍 61❤‍🔥 3 1
Photo unavailableShow in Telegram
UzBMB huquq fanidan savollar yuzasidan bayonot berdi. Bayonot yolg‘on va safsatadan iborat Xullas, bayonotda 2 ta masala aytilgan: 1) qonun hujjatlaridan savol tuzishimiz mumkin — bu YOLG‘ON; 2) savollarimiz "chyotkiy", hech qanaqa muammosi yo‘q — bu SAFSATA. Birinchi yolg‘onga kelsak, UzBMB saytida huquqshunoslik fanidan tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatida faqat 5 ta manba berilgan xolos. Ularning 4 tasi darslik, 1 tasi O‘zbekiston Konstitutsiyasi. Ushbu manbalarda mavjud bo‘lmagan birorta savol berishga UzBMBning haqqi yo‘q. Pastda kichkina izohda aytilgan gapni esa mutlaqo noto‘g‘ri talqin qilishyapti. Ya’ni izohda savollar eng oxirgi o‘zgarish va qo‘shimchalarni inobatga olib tuziladi deyilgan. Lekin bu degani biz istalgan normativ-huquqiy hujjatdan savol tuzishga haqqimiz bor, degani emas. Bu shunchaki yuqoridagi 5 ta manbadan savol tuzilayotganda qonunchilikdagi o‘zgarishlarga qaraymiz degani. Masalan, 3 yil oldin chiqqan darslikda senatorlar soni 100 ta ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 65 nafarga tushgan. Demak, shunaqa payti darslikdagi eski ma’lumotdan savol tuzilmaydi, degani. Ammo UzBMBdagi "aqllilar" o‘zicha bu izohni istalgan qonun hujjatidan savol tuza olamiz, deb o‘ylashibdi. Lex.uz saytida 132 mingdan ortiq hujjat bor. Sal kallani ishlatsanglar bo‘lmaydimi? Qanaqa qilib, abituriyent 132 mingta hujjatni o‘qib chiqadi? Abituriyent Yer kodeksidan yoki Byudjet qonunidan savol tushishini qayerdan bilsin? Xullas, UzBMBning bu ishi huquqiy asosga ega emas va bu qonun buzilishi, deb baholanishi kerak. Ikkinchi safsataga kelsak, UzBMB savolda qaysidir qilmish uchun Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda qanaqa jazo berilgani, ya’ni sanksiyasi so‘ralganini to‘g‘ri deb hisoblashini aytibdi. Bo‘pti, kelishdik, bitta ish qilamiz. Agar Konstitutsiyaviy sud raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov, Oliy sud raisi Baxtiyor Islamov, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov JK va MJtKdagi hamma moddaning sanksiyasini yoddan bilsa, men shunchaki qoyil qolaman va adashibman deb uzr so‘rayman. Agar ular ham yoddan bilmasa, unda UzBMB xatosini tan oladi, kelishdikmi? Bilaman, men aytgan ishni amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu misolni shunchaki bironta sudya, prokuror yoki tergovchi kodekslardagi sanksiyalarni yodlamasligini tushuntirish uchun aytdim. Sanksiyalar yuridik oliygoh talabalariga ham yodlatilmaydi, sanksiyalar sudyalar va organ xodimlarining imtihon va attestatsiyalarida ham so‘ralmaydi. Umuman yuristlar orasida sanksiya yodlash degan amaliyot yo‘q, baraka topgurlar! Qaysi "farzandi yo‘q" ekspert abituriyentlar uchun bunaqa savollarni tuzdi, qaysi "miyasi o‘tlagan" kottakon bunaqa savollarni tasdiqladi, hayronman. Bu Yangi O‘zbekistonda yangicha muhit olib kirishni maqsad qilgan yangi davr test tizimi uchun sharmandalikdan boshqa narsa emas. O‘zimiz yoshlarga shunaqa ahmoqona savollarni beramiz-da, keyin PISA kabi xalqaro imtihonlarda o‘quvchilarimizning fikrlashi eng oxirgi o‘rinlarda ekanidan hayron bo‘lamiz. Aslida mana shunaqa savollar tushayotgan test tizimi yoshlarimizni zombiga aylantirib, mantiqiy fikrlashini o‘ldiryapti. Uyalinglarey... Yana o‘zini oqlashiga o‘lamanmi. 👉 @xushnudbek 👈
نمایش همه...
👍 45💯 26🔥 3❤‍🔥 1
Biz tomondan bildirilgan fikrlar va boshqa barcha kanallarda bildirilayotgan fikrlar to’liq abituriyentlar tomonida✅ Doim sizlarni qo’llab-quvvatlashga tayyormiz. @Huquq_official
نمایش همه...
👍 90 15🔥 12❤‍🔥 2
✅ BMBA bayonoti boʻyicha qayta e’tiroz. 🏢 Baholash agentligining Huquqshunoslik fanlariga oid e’tirozlar bo‘yicha bergan Bayonoti juda yuzaki tuyuldi. Va bu bayonotdan keyin «Yuridik ta'lim» loyihasi BMBA dan yana bir necha muhim jihatlarga ham oydinlik kiritishini talab qiladi: Birinchidan, BMBA bayonotida savollar abituriyentlarning qonunni kundalik hayotda qay darajada tatbiq qila olishlarini aniqlashga yo'naltirilganini aytib o'tmoqda. Qonunni aniq tatbiq etish bu yuristlarning vazifasi. Hurmatli BMBA mutaxassislari, sizlarga Yurist tayyorlash yoki yuristlarni atestatsiyadan oʻtkazish topshirilmagan edi. Sizlar hali kecha maktabni tugatgan oʻquvchini Huquqshunoslik fanlaridan boshlang‘ich bilimi qay darajada ekanligini aniqlab bersangiz yetarli. Qonunni moddaga qo'yib, tatbiq etish Oliy oʻquv yurtlarida o'rgatiladi. Ikkinchidan, normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalardan test tuzilshi barchaga ma’lum edi. Ammo nega testlar koʻproq Huquqshunoslikning asosiy tishunchalaridan emas, balki aynan qonunchilikdagi o'zgarishlardan tuzilgan ?! Xuddiki bu testlar ning maqsadi abituriyentlarning Huquqshunoslik fanlaridan olgan fundamental bilimlarini sinash emas, balki ularni iloji boricha yuqori natijadan uzoqlashtirishdek. Uchinchidan, Agentligning o'zi ham ba'zi qonuniy majburiyatlarni bajarmaslik qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida so‘ralganligini tan oldi. Bu oqibatni biz yuristlar Sanksiya deb ataymiz. Va testlarda abituriyentlardan to'gridan-to'g'ri Sanksiya so'ralmoqda. Bu kabi Sanksiyalarni to‘liq yoddan yuristlar ham, pedagoglar ham va shu test tuzuvchilar ham bilmasligiga ishonchimiz komil. Chunki professional yuristlar, Sanksiya bu vaziyatdan va holatdan kelib chiqib belgilanishini yaxshi bilishadi. To'rtinchidan, Bayonotda savollarning DTS boʻyicha tuzilganligi aytilmoqda. DTS ko‘ra savollar abituriyentlarning xotirasini, ularning yodlab qolish qobilaytiga emas, balki abituriyentlarning mantiqiy va tanqidiy fikrlashini tekshirishga yo‘naltirilgan bo'lishi kerak deyilgan. Ammo bu yilgi savollar mantiqiy fikrlashga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bo'ldi. «Bayroq soat nechada ko'tariladi va tushiriladi», «bayroqning uzunligi» , «madhiya televediyada soat nechada yangrashi kerak ?» , «saylov uchastkalarida madhiya soat nechada qo‘yiladi ?» kabi savollar abituriyentning mantiqiy fikrlashiga yo‘naltirilmaganligi aniq. ✅ Bu biz sanab o'tgan asosiy jihatlar xolos. Bu kabi savollar juda koʻp. Tegishli vazirlik va mutassaddilardan vaziyatga kengroq e'tibor berishni so‘rab qolamiz. © Manba: «Yuridik ta'lim». 📥 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹𝗴𝗮 𝘂𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵: ✅ @Huquq_official
نمایش همه...
YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal

Kecha bo'lib o'tgan Huquqshunoslik fanlaridan testga huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev ham fikr bildirib o'tdi «Kecha testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bo'lmagan ma'lumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan shikoyat qilishdi. Masalan, davlat ramzlari to'g'risidagi qonunlar (bayroq qachon ko'tarilishi, madhiya soat nechida aytilishi va hk), davlat byudjeti to'g'risidagi qonun va hk. Albatta, qo'limda aniq fakt bo'lmagani uchun bu borada biror fikr aytishdan yiroqman, bunga UzBMB izoh bergani ma'qul. Har qanaqa vaziyatda ham savollar tayyorlanadigan manbalar aniq ko'rsatilishi va bunga qat'iy rioya qilinishi shart. Hamma qonunni yoddan bilishning iloji yo'q, boz ustiga bular hali oddiy abituriyent, oliy ma'lumotli yurist emas. Agar biror qonundan savol berishmoqchi bo‘lsa, o‘sha qonunlar ro‘yxatini ham alohida e’lon qilish kerak. Lekin men boshqa masalaga e'tibor qaratmoqchiman. Kecha testga kirgan abituriyentlarning aytishicha…

🤝 29👍 13❤‍🔥 8🔥 2 1🕊 1
Abituriyentlar! Sizlarga butun lex uz bo’yicha savol berilgani yo’q, sizlarga darslikdagi ma’lumotga bog’liq bo’lgan, lekin darslikda bor bo’lmagan ma’lumotlardan savollar tuzildi. Har qanday lex uz dagi norma bo’yicha emas!!! @Huquq_official
نمایش همه...
9 5🤔 5👀 4 2🆒 2
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.