Oʻzbek qoʻshiqlar matni | Uzbek Lyrics | Текст песни
رفتن به کانال در Telegram
🇺🇿 Faqatgina oʻzbekcha qoʻshiqlar matni qoʻyib boriladi! • SABR | صبر 🎥꯭꯭꯭꯭꯭꯭ 𝗩꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝗶𝗱꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝗲꯭꯭꯭꯭꯭𝗼 🎧 ꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝗠꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝘂꯭꯭꯭꯭꯭𝘇𝗶꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝗸꯭𝗮 📜 ꯭꯭꯭꯭꯭𝗟𝘆𝗿꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝗶𝗰꯭꯭꯭꯭꯭꯭𝘀 @Music_texti | @ULyrics • Rek: @ULyrics_ads • InshaAlloh - 50k ✈️
نمایش بیشتر1 901
مشترکین
-424 ساعت
-37 روز
-2930 روز
آرشیو پست ها
Doʻstlar shu postni Maksimalni tarqataylik gruppa, kanal, farqi yoʻq doʻstlarizga yuborib qoʼying!
Adduwi raxmat hammaga ✊🔥
🔥- Ajoyib yangilik !
🎙️- Qoʻshiq kuylashni yoqtiradiganlar uchun qoʻshiqlarni soʻzlari tashlab boriladigan kanal topildi!
🏆- Oʻzbekistonda birinchi 'text' kanal.
Kanalga qoʻshilish uchun pastdagi knopkani bosing 👇
https://t.me/+hba2q83QaWU1YjBi
🎧 Tohir Mahkamov - Men oʻzimni sevaman
#lyrics #buyurtma
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
Men ozimni sevaman, menga ozim yoqadi.
Endi menga baribir, kim qanaqa boqadi.
Tonim kalta va lekin yoqdan kora shukr bor,
Bu dunyoda hech odam emas mendek baxtiyor.
Gap eshitsam jilmayib, kaltak yesam kulaman.
Chap yuzimga urishsa, ongin tutib turaman.
Yurak degan qabrga armonimni komganman
Va ustida bolamga oyin tushib berganman.
Har tong qarab oynaga, deyman "mening gamim yoq".
Men soglomman, men zorman, tashvishim yoq, kamim yoq
Ganimlarim bor, lekin men ulardan qarz emas.
Hech qaysisi jonimni tikishimga arzimas.
Homush bolar bazilar sochin oqin sanashib,
Menga esa turibdi, ajinlar ham yarashib.
Tikan tikan, gul terdim, har narsa oz holicha.
Azizlarim, dunyoni - qabul qiling boricha.
Oson yashay desangiz, maslahatim olvoling:
Ozingizni ozgina jinnilikka solvoling.
Yashashga emas bizni, imtixonga tashlabdur.
Pirim osha kovushsiz, devona-i Mashrabdur.
Koylagimni sorashsa, tonimni ham beraman.
Tikanlarning ichidan gullolalar teraman.
Gam sozidan ozimga shodlik sozin yasayman
Men shunaqa, ozimni hursand qilib yashayman.
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
Assalomu alaykum hammaga 'tanaffus' tugadi 😅
Qaysi qoʻshiq matni kerak boʻlsa commentda yozila!
🎧 Xamdam Sobirov & Mirjalol Nematov - Menga oʻxshagani tugʻilmaydi
#lyrics
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
Mirjalol Nematov ↓
Bugun yana derazang ostida
Gʻururimni sindirdim sevgi qastida
Seni deb ming tirilib oʻldim rostida
Qoʻllarimda sen uchun olgan gullar
Sen kelmasliging bilib soʻldi ular
Shu soʻngi oqshom bari tugar
Hammasi tugar
Xamdam Sobirov ↓
Gaplarimni unga yetqaz shamol
Gar oʻtinchim kelmasa malol
Soʻngi bor uni koʻrib olay
Keyin uni surmayman hayol
Aytki uchrashib netaman
U oʻz yoʻlida men oʻzgaga ketaman
U bilan oʻtqazgan sahifalarni yopdim
U baxtini topsin men oʻzimga topsam
• Naqorat
Menga oʻxshagani qaytib tugʻulmaydi hech
Bu soʻzlarim kitoblarda yozilmaydi hech
Qancha shoirlar yozsin terib qalamlar
Mening soʻzlarimni topib yozolmaydi hech
Bu sheʼrdagi misralarim eskirmaydi hech
Shoirlarda men yozgandek soʻz kelmaydi hech
Mendek bitta oshiq senga bitta doʻst boʻlmaydi hech
Bahor oʻtmay turib hali yoz kelmaydi hech
Xamdam Sobirov ↓
Isyon qilsang netay yurak qurgʻurgina
Yonayotgan koʻksimdagi u dilgina
Men majnunman bitta majruh telbagina
Senga uzatgan qoʻlim kaltagina
Qara bugun yuragimni tindalayman
Bechorani nima qilay nimtalayman
Oh gulim endi kimni men erkalayman
Ertaga ne boʻlar buni bilmayman
Mirjalol Nematov ↓
Gaplarimni unga yetqaz shamol
Gar oʻtinchim kelmasa malol
Soʻngi bor uni koʻrib olay
Keyin uni surmayman hayol
Aytki uchrashib netaman
U oʻz yoʻlida men oʻzgaga ketaman
U bilan oʻtqazgan sahifalarni yopdim
U baxtini topsin men oʻzimga topsam
• Naqorat
Menga oʻxshagani qaytib tugʻulmaydi hech
Bu soʻzlarim kitoblarda yozilmaydi hech
Qancha shoirlar yozsin terib qalamlar
Mening soʻzlarimni topib yozolmaydi hech
Bu sheʼrdagi misralarim eskirmaydi hech
Shoirlarda men yozgandek soʻz kelmaydi hech
Mendek bitta oshiq senga bitta doʻst boʻlmaydi hech
Bahor oʻtmay turib hali yoz kelmaydi hech
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
🎧 Doston Ergashev - Afsus
#lyrics
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
Katta bo’ldim ulg’aydim
Biror muammo yo’q edi
Ota onam davrida
Iliklarim to’q edi
Tongda chiqib ko’chaga
Qaytar edim saharda
Shovqin solib kezardim
Do’stlar bilan shaharda
Na bir kitob qo’limda
Na iymon bor tilimda
Shaytonning vasvasasi
Aylanardi tilimda
Yoshlik davrin do’stlarim
Surish kerak dedimda
Men segaret aroqqa
Buzilmas do’st edimda
Har kun bitta go’zalni
Aldar edim erkalab
Unutardim tun o’tgach
Yangisi bor ertalab
So’ngra shayton ulfatlar
Qo’shdi meni qimorga
Or nomusim bu o’yinda
Tikilarkan bekorga
Endi uyga saharda
Qaytishlar ham yo’q edi
Hakalak otgan nafsim
Biroz shundan to’q edi
So’ngra ulanib ketdi
Birin ketin illatlar
Bugun berar akalar
Qilmay avval minnatlar
Vaqt o’tib bu og’uning
Tobesiga aylandim
Har kun borib aka deb
Yalinishda shaylanib
Endi akalar mendan
Pul so’rab ish tutardi
Har kun tomirim qaqshab
Xumor bag’rim titardi
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
Diqqat! Kanalimizda oʼgʻil bolalar koʻpmi qizlar?
Hamma ovoz berishini iltimos qilardim!
🎧 UZmir & Mira - Sog'inaman
#lyrics
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
UZmir
Ko'nglimni ko'tarib
Olgani topilmas kimsa
Qaniydi sevganim
Unga o'rganib qolganimni bilsa
Ayamay bag'rimni tilsa
Nima qilay umid bersa
Ortidan boraman olib qolish uchun
Agarda ergashib kelsa
Mira
O'zinga o'rgatib
Olib ketolmayapsan-a
Kuchingni ko'rsatib
Moshinanga solib ketolmayapsan-a
Bir bora qo'ng'iroq qilib
Kechir deb aytolmayapsan-a
Qara kecholmayapsana
Men ham unutolmayapman-a
UZmir
O'zgacha edi birga qilgan o'sha orzular
Seni sog'inib hayolda qilib parvoz tunlar
Yashashim uchun bermadimg bir bor imkon
Tikon tikon tikon tiling hamon tikon
Mira
O'zgardim dema qulay fursatni poylarding
O'zinga meni kundan kunga yana boylarding
Oldingdan oqqan suvni qadrini bilmasding
Man qurg'urni hatto nazarga ham ilmasding
• Naqorat (2x)
UZmir
Sog'inaman Sog'inaman
Dunyolarga sig'mayin
Sog'inaman Sog'inaman
Qaytib kelgin jilmayib
Mira
Sog'inasan sog'inasan
Hidlarimni oxtarib
Sog'inasan sog'inasan
Dunyolarni to'ntarib
UZmir
Ishq ko'chasi menga begona bo'ldi
Xiyonat qildim balki u mendan to'ydi
Peshonamga yozilgani shu bo'ldi
Kechir imkoni bo'lsa paymolam to'ldi
Mira
4 devor guvoh oqqan har ko'z yoshimga
Ne azoblar kelmadi bu yosh boshimga
Sherik bo'lmasin begona mani oshimga
Qoyil qolaman ba'zida bardoshimga
UZmir
Kel yashaylik hamma dardimga malham bo'l
Yoninga boraman jonim o'zinga mahkam bo'l
O'tmishda qolsin xatolarga ko'z yumaylik
Jonim endi bir xatoni deb ajrashmaylik
Mira
He Otam bilmadi Onam bilmadi bu dardimni
Nega ketding o'zgaga bajarmay shartlarimni
Nega qo'yningda tunda o'zgasi tovlanardi
Hamma ayblaring jonim bu qalbga jim joylanardi
UZmir
Yana bitta oila buzilmasin desang
Qarshimizda sudya qani o'zinga kelsang
Barchasi abadiy baxtga to'larmidi
Bizni havas qilgan nechasi ko'rarmidi
Lekin ko'zlaringda qat'iylik ko'ryapman
Shuncha yil sevmaganmi ichimda o'lyapman
Axir bu orada o'ylagin bola bor
Yana o'ylab ko'rgin so'ngi bir chora bor
Mira
Stop o'zizni bosing 6 oy imkon berdi
Shu vaqtgacha ishoning 2 ta qilmiman erdi
Hayotizga kirib chiqqan ayollar bilan yashab
Mehrini totib ko'ring mani yolg'iz tashlab
Ayriliqda ayolizni qadrini bilvolarsiz
Shu bohona yaxshi yo'lga amallab kirvolarsiz
Ayollarni makri biling 40 tuyaga og'ir
Kechirdim Zuhro bo'lay siz bo'ling menga Toxir
• Naqorat (2x)
UZmir
Sog'inaman Sog'inaman
Dunyolarga sig'mayin
Sog'inaman Sog'inaman
Qaytib kelgin jilmayib
Mira
Sog'inasan sog'inasan
Hidlarimni oxtarib
Sog'inasan sog'inasan
Dunyolarni to'ntarib
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
Eng soʻngi xit qoʻshiq nomini yozilar Textini yozamiz iloji boricha 😉
Postlarimizga reaksiya bildirib qoʻllab quvvatlab turilar 😇👐
🎧 Nurzida Isayeva - Yomgʻir
#lyrics #xit
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
Yomg'ir yog'ar tinmay
Dardlarimni bilmay
Yashayabman ey hayot
Sinovlaring ilmay
To'kmayman sira yosh
Qilib sabru bardosh
Qora bulutlar ortidan
Bir kun chiqar quyosh
• Naqorat (2x)
Yomg'ir yomg'ir
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon og'ir
Nega buncha yig'laysanda
Yomg'ir yomg'ir
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon og'ir
Dardim ogʻir
Hayollar eltadi harqayoqqa
Har tamon
Ertadan umid bor
Yashayabmiz hamon
O'ksinma ey ko'ngil
Yig'lama bo'ldi qil
Biz kutgan kunlar hali
Oldinda shuni bil
Yomg'ir yuvib ketgin dildan armonlarim
Menla qolsin faqat eng go'zal onlarim
Armonga ko'nikmam
Dardinga sherikman
Yashayabman sinovlarda
Toki man tirikman
• Naqorat (2x)
Yomg'ir yomg'ir
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon og'ir
Nega buncha yig'laysanda
Yomg'ir yomg'ir
Dardlarimni bilmaysanda
Osmon og'ir
Dardim ogʻir
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
🎧 Jasur Umirov - Nagruzka
#lyrics #buyurtma
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
• Naqorat (2x)
Sevgi bo’ldi yurakga nagruzka
Ishqim tushdi biram baland qizga
Vaqtidaye qancha qizni aldadim
Bunisi bo’ldi yurakka nagruzka
Seni deya toshkangayam boribman
Qancha qancha talpalarda qolibman
Sendan boshqa odam qurib qolganday
Eh men axmoq kampot bo’lib qolibman
Chidolmay may may eshitdim hay hay
Erga tegib ketibsan sevgilim meni kutmay
Chidolmay may may eshitdim hay hay
Erga tegib ketibsan sevgilim meni kutmay
• Naqorat (2x)
Sevgi bo’ldi yurakga nagruzka
Ishqim tushdi biram baland qizga
Vaqtidaye qancha qizni aldadim
Bunisi bo’ldi yurakka nagruzka
Yigitchilik yiqildim ham turdim ham
Keragidan ortiq davr surdim ham
Bir tiyinga qimmat oʻyinlarni koʻrib
Koʻnglim oʻyin boʻlganida kuldim ham
• Naqorat (2x)
Sevgi bo’ldi yurakga nagruzka
Ishqim tushdi biram baland qizga
Vaqtidaye qancha qizni aldadim
Bunisi bo’ldi yurakka nagruzka
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
🎧 Anvar G'aniyev - O’zim hofiz sevgan yorim to’yida
#lyrics #buyurtma
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
Kuylayurman nomus bilan, or bilan,
Yurak tola armon bilan, zor bilan.
Zor titragan qolimdagi tor bilan,
Kuyar bolsam, kuydim kongil koyida,
Ozim hofiz sevgan yorim toyida. {x2}
Kongil ichra goyo gavhar topgandim,
Topgunimcha ortidan zor chopgandim.
Yillar hijron azobini totgandim,
Shirin hislar qoldi anhor boyida,
Ozim hofiz sevgan yorim toyida. {x2}
Oy yuz yor, yiglatdingku zor-zor,
Bevafo, oy yuz yor, yiglatdingku zor-zor,
Aylab meni xor-xor, dildor.
Dilim vayron, vayron kongil koshonam,
Torim yiglar, yiglar sevgim nishonam.
Taqdir ekan, na qilay shor peshonam,
Yolgiz qolsam nahot hijron oyida,
Ozim hofiz sevgan yorim toyida. {x2}
Koksim xanjar tilsa parvo qilmasdim,
Biz garibdan yor kechganin bilmasdim.
Bilganimda zar sochsalar kelmasdim,
Tillo uzuk yaltiraydi qolida,
Ozim hofiz sevgan yorim toyida. {x2}
Oy yuz yor, yiglatdingku zor-zor,
Bevafo, oy yuz yor, yig`latdingku zor-zor,
Aylab meni xor-xor, dildor.
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
🎧 Tohir Sodiqov - Malikam
#lyrics #buyurtma
@ULyrics kanali taqdim etadi ✅
Tasodifan yoki bilmayman qanday,
Kirib kelding meni tushimga.
O malikam dong'ing seni ketgan,
77 mamlakatga.
Necha necha shahzodalar,
Nobud bo'ldi ishqingda.
Men ham keldim shu qatorda,
Sharting bajo aylashga.
O malika, o malika, o malika,
Jonimni beraman men senga.
O mali malika, O mali malika,
O mali malika, Malikam meni
Yubording sen meni,
Borsa qaytmas tarafga.
O malika kutsang bo'ldi,
Men qaytarman albatta.
Hudi shohning yarim mulki menga,
Kerak emas aslo.
Faqat bersin u qizini,
Men olib ketay uyimga.
Yugur oshiq misolig'a,
Quloq solmay malomatga.
Malomatchi davo qilmas,
Bunday sho'rin qiyomatga.
Tushimda ko'rdim vasling,
Shakar emdim vidog'ingdan.
Yotardik bir o'rinda,
Birga ajralmay quchog'ingdan.
Tushimda ko'rganim chindur,
Ki sof sevgimiz ham bo'lsin.
Yotar o'rningda ham shunday,
Raqiblar o'rtani bo'lsa.
Men seni ko'rmay turib,
Bilmas edim ishq dardini.
Lahzada vayrona bo'ldim,
Ishg'o borgunimcha.
Oʻzbek muzika matni 👇
• @ULyrics • | • @ULyrics •
