cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

TATU ZAKOVAT RASMIY KLUBI

TATU ZAKOVAT KLUBI

نمایش بیشتر
طاجيكستان7 520زبان مشخص نشده استآموزش80 088
پست‌های تبلیغاتی
198
مشترکین
-224 ساعت
-77 روز
-1730 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

1oyga mo'ljallangan har haftada 1turdan bo'lib o'tadigan TATU zakovat kubogi 1-turi PAYSHANBA kuni bo'lib o'tadi Ro'yxatdan o'tmaganlar tezlashamiz, atigi 4kun qoldi😉
نمایش همه...
Ro'yxatdan o'tishda 🏛filial 👥 jamoa nomi © jamoa sardori 📝jamoa a'zolari ism familiyasini birdaniga yozib yuboringlar
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti va uning filiallari o'rtasidagi birdamlikni oshirish, yuzaga kelgan ta'tilni maroqli o'tkazish va talabalarning intellektual o'yinlarga qiziqishini qanoatlantirish maqsadida, TATU Zakovat Klubi tomonidan, IYUL oyida 4turga mo'ljallangan "Onlayn Zakovat Marafoni" tashkil etilmoqda. 1 oy davomida davom etuvchi ushbu marafonda, TATU va uning filiallari talabalari bellashishadi. O'yinlar bir oy davomida, har haftada 1 marta soat 21:00 boshlanadi. Jamoalarga har biri uchun 3+1 daqiqa vaqt beriluvchi 12 ta savol 1 soat davomida berib boriladi. P.S: Ro'yxatdan o'tish iyul oyi boshlanishigacha davom etadi. https://t.me/TUIT_Zakovat
نمایش همه...
Assalomu aleykum ahli zakovat Iyul oyida online zakovat rejalashtirsak nima deysizlar
نمایش همه...
Wiz Khalifa - See You Again (Ft. Charlie Puth) [P-DawG].mp38.75 MB
TATU talabasi sifatida Zakovat Klubidagi faoliyatimni tugatish vaqti yetib kelganini bildirib o'tmoqchiman. Rejalashtirib ulgurgan va ulgurmagan ishlarimni kelajakda yosh avlod bilimdonlari oxiriga yetkazib qo'yishlariga ishonaman. Hurmat bilan TATU Zakovat Klubi sobiq Sardori Jumamurod Aralov. TATU talabalari faoliyatingizda zafarlar tilab qolaman. 🫡
نمایش همه...
#shaxsiy_fikrlar #zakovat Assalomu alaykum. Zakovatdagi dastlabki kunlari haqida gapirar ekanman o'zgacha xissiyotlar og'ushiga qaytadan tushub qolgandek bo'laman. 2019-yil sentabr oyidan TATU talabasi bo'ldim. Avvaldan xarakterim shunaqa o'qishdan tashqari qo'shimcha qandaydir mashg'ulot bilan shug'ullanib turmasam nimadir yetishmayotgandek his qilaman o'zimda. Aynan shu sabab tufayli dastlabki bir necha oy davomida Yoshlar Ittifoqi safida ish olib bordim. Taqdir shu ekan shekilli biroz vaqt o'tgach fakultetimiz Yoshlar Ittifoqi yetakchisi tufayli Zakovat olamiga qadam bosdim. Zakovat haqida umumiy tushunchaga ega bo'lsamda shu vaqtga qadar bilimdon sifatida ishtirok etish baxtiga sazovor bo'lmagan edim. Xullas, Zakovatga birinchi qadamlarim 2019-yilga to'g'ri kelgan. O'sha vaqtda meni qaysidir ma'noda qo'limdan yetaklagan ustozlarimga rahmat aytmoqchiman. Tolib aka va Sayfulloh akalar sabab bo'lib Zakovatga kirib keldim. Shu insonlar sababli Klub o'yinlarida qatnashishni va qaysidir ma'noda Zakovatga mehr qo'yishni boshladim. TATUda ham ko'plab Pro-Zakovatchilar bilan musobaqalashish imkoniyatiga ega bo'ldim. O'tkirbek aka, Firdavs aka va Asilbek aka singari kuchli bilimdonlar bilan tanishdim. 2019-2020 yillardagi mavsum doirasida sTATUs, Marvel, Ping-Pong ka'bi jamoalarning bahslarida qaysidir ma'noda kichik ulushga ega bo'ldim. Zakovatga kirib kelishim haqiqatda jonkuyar bilimdonlar davrasida kechdi deb bemalol ayta olaman. Keyinchalik , o'zim ham jamoa shakllantirish va kursdosh do'stlarim bilan bir jamoada ishtirok etish istagu paydo bo'ldi. O'z tengdoshlarimiz bilan musobaqalashish juda katta zavq berardi. 2020-2021 yilgi mavsumlar doirasida Kosmos( meni dastlabki jamoam😅) va Sayhun jamoalari o'rtasidagi raqobat esda qolarli bo'ldi. Tengdoshlarim orasida ham juda kuchli bilimdonlarni o'zim uchun kashf qildim. Yillar davomida shu ka'bi raqobat kuchaya bordi. TATU ham o'zining Zakovat jamoalari bilan katta sahnalarda o'zini ko'rsata oladigan darajaga yetisha bordi. Shu yillar davomida olib borilgan ishlarni sarhisob qilar ekanmiz, TATU Zakovat Klubi ham boshqa kuchli va tarixi boy OTM jamoalaridan hech qanday kam joyi yo'qligini isbotlay olgan jamoalar shakllanib chiqdi. TATU va uning hududiy filiallari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik ham Zakovat orqali yangi bosqichga ko'tarila oldi. 2022-yil Samarqand shahrida TATU va uning hududiy filiallari o'rtasida dastlabki Zakovat turniri tashkil etildi. 2023-yil Urganch shahrida yanada kengroq ko'lamga va ahamiyatga ega TATU Zakovat Klubi final o'yini tashkil qilindi. Onlayn ko'rinishda ham o'zaro hamkorlik davom etib kelmoqda. Xulosa qilib aytadigan bo'lsam 2019-2023 yillar orasida juda ko'plab o'zgarishlar va yangilanishlar qilindi. Mening fikrimcha ,TATU Zakovat Klubi qaysidir ma'noda "Oila" sifatida shakllana oldi. Bu "Oila"da sTATUs, Marvel, Gologramma, Ping-Pong, Algoritm, National Devs, Sayhun, Effekt, Midas( Tranzistor), Everglow ka'bi ko'plab jamoalar va kuchli bilimdonlar o'zlarini ko'rsata olishdi. 4 yillik muddat davomida TATUda ko'plab Zakovat turnirlari tashkil qilindi va kelajakda miqyos jihatidan yanada kattaroq turnirlar tashkil qilish rejalashtirilgan. Bu uzun sayohat davomida shu jarayon uchun o'z xissasini qo'sha olgan O'qituvchi va Murabbiylarimizga, hududiy filial xodimlari va talabalariga, TATU "Bodomzor filiali"😅 talabalariga, kadr orti jarayonlarida mehnat qilgan barchaga chuqur minnatdorchiligimni bildirib o'taman. Shu yo'lda men bilan yelkama yelka kurashib kelgan do'stlarimga: Tolib aka, Sayfulloh aka, O'tkirbek aka, Firdavs aka, Asilbek aka, Doniyor aka, Nozima opa, Farhodbek aka, Mahliyo, Dilfuza, Islomxo'ja, Nodirbek, Shahzod, Og'abek, Ahliddin, Nurullo, Xasanboy, Asom, Ulug'bek, Sardor, Muhammadqodir, Ayubxon, Ruxshona, Aziz aka, Nodir aka, Shahlo opa, Abduvali, Mansur, Sherzod, Ibrohim va shu ka'bi nomlarini kiritib o'tmagan ko'plab yaxshi insonlarga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
نمایش همه...
Unutmoq_Osonmas_Bizlarni_@eski_taronalar_Oxunjon_Madaliyev.mp33.97 MB
Repost from Zakovat Quiz
Photo unavailableShow in Telegram
Kino-musiqa mavzusidagi “Zakovat Quiz” o‘yini uchun ro‘yxatdan o‘tgan jamoalar 🕖 O‘yin 19-iyun, dushanba kuni soat 19:00da boshlanadi. Manzil: Zakovat arena (Yoshlar uchun sport, madaniy-ma’rifiy va intellektual o‘yinlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yopiq majmua binosi). Mo‘ljal: Ⓜ️ Beruniy metro bekati. 📍Lokatsiya 💵❌ O‘yinda ishtirok etish - bepul. 🎤 Boshlovchi - Saidakrom Rasulev. 👥 Jamoa tarkibi 8 kishidan ko‘p bo‘lmasligi lozim. Ushbu talabga rioya qilmagan jamoalar o‘yindan chetlatilishi mumkin. ❗️Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tgan jamoalardan o‘yinga kechikmasdan kelishlarini, o‘yinda qatnasha olmasliklari ma’lum bo‘lganda bu haqda ma’muriyatni ertaroq xabardor qilishlarini so‘raymiz.  Ro‘yxatdan o‘tmagan jamoalar o‘yinga kelmasligini so‘rab qolamiz. Hamkorimiz — 🏦 "Agrobank" aksiyadorlik tijorat banki. ➖ @zakovatquiz
نمایش همه...
Ikkinchi liga bahorgi mavsumi yakunlandi! Jami 12 tur davom etgan Ikkinchi liga bahorgi mavsumi yakunida quyidagi jamoalar kuchli beshlikni egalladi: 1-o‘rin: Tesla jamoasi; 2-o‘rin: Og‘ir artilleriya jamoasi; 3-o‘rin: Midas jamoasi; 4-o‘rin: Effect jamoasi; 5-o‘rin: Enigma jamoasi. G‘olib jamoalarga “Zakovat intellektual klubi” NNT prezidenti Abdurasul Abdullayev tomonidan diplomlar topshirildi. Nizomga ko‘ra, mazkur jamoalar Birinchi ligaga yo‘llanma oldi. Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.