AHOLI SALOMATLIGINI TAHLIL QILISH ILMIY-TADQIQOT MARKAZI
رفتن به کانال در Telegram
Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining rasmiy telegram kanali ==================================== ☎️ +998(78)147-04-44 📠 +998(78)150-84-02 📧 info@sttm.uz 🔗 https://sttm.uz
نمایش بیشتر3 713
مشترکین
-624 ساعت
-267 روز
-15930 روز
آرشیو پست ها
🇺🇿25-oktyabr — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni❗️
Hurmatli tinchligimiz posbonlari!
Sizlarni Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Mamlakatimiz tinchligi va fuqarolar osoyishtaligini ta’minlash yo‘lidagi fidokorona xizmatlaringiz uchun sizlarga minnatdorchilik bildiramiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, tinchlik va zafarlar tilaymiz!
Hurmat bilan,Salomatlik va strategik rivojlanish instituti.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕Toshkentda koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurash oyi doirasida “Erta aniqla – hayotni saqla” forumi boʻlib oʻtdi❗️
Bugun Toshkent shahrida ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoniga qarshi kurash oyi doirasidagi eng muhim tadbirlardan biri — “Erta aniqlа — hayotni saqla” forumi o‘z ishini boshladi. Ushbu forumning asosiy maqsadi — ayollar salomatligini asrash, erta tashxis orqali minglab hayotlarni saqlab qolish va jamiyatda sog‘lom turmush madaniyatini mustahkamlashdir. Tadbirda 500 nafardan ortiq mutaxassis va ishtirokchilar, jumladan, yetakchi onkolog va ginekologlar, xalqaro tashkilotlar vakillari, xususiy sektor hamda saratonni yenggan ayollar qatnashmoqda.©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati ✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi PQ–402-sonli qaroriga muvofiq, ayollar orasida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan keng ko‘lamli tadbirlar boshlandi❗️
🗓“Pushti oktyabr” — Butunjahon ko‘krak bezi saratoni haqida ogohlik oyligi doirasida 2025-yil 10-oktyabr kuni institut majlislar zalida “Millat salomatligi” nomli birinchi fuqarolik davra suhbati o‘tkazildi.
🖥Tadbirda JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi, Oliy Majlis huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, Sog‘liqni saqlash gazetasi, jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi, shuningdek, onkologiya, diabet, anemiya, valeologiya va ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi 20 dan ortiq tashkilot vakillari ishtirok etdi.
🎤Davra suhbatida sog‘liqni saqlash tizimida fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni, ularning davlat tuzilmalari bilan hamkorligi, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishdagi jurnalist va blogerlarning mas’uliyati muhokama qilindi.
ℹ️Tadbir yakunida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti:
1. O‘zbekiston NNTlar milliy assotsiatsiyasi bilan,
2. O‘zbekiston jurnalistlarini qayta tayyorlash markazi bilan
hamkorlik memorandumlarini imzoladi.
💬Mazkur tashabbus “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” umummilliy harakatining amaliy bosqichi sifatida sog‘lom jamiyat barpo etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ Korrupsiya taraqqiyot kushandasi ❗️
Jim turish — bu illatga ijozat berishdir.
Korrupsiya haqida xabar ber, adolat uchun kurash!
Korrupsiyaga duch kelsangiz quyidagi aloqa manzillariga murojaat qilishingizni so‘raymiz:
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi: Call-markaz – 1253
Tashkilot nomi: korrupsiya haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanali (Call-markaz yoki Ishonch telefoni v.b.)
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ 2025 yil 10 oktyabr kuni soat 10:00 da Salomatlik va strategik rivojlanish instituti majlislar zalida “Millat salomatligi” Birinchi fuqarolik davra suhbati boʻlib oʻtadi❗️
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH. Mirziyoyev “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” gʻoyasini umummilliy harakatga aylantirish tashabbusini ilgari surdi. Yurtboshimiz sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik targʻibotini har bir oilaga olib kirish kerakligini taʼkidladi.
➡️Hozirgi kunda mamlakatimizda 10 mingdan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlar roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat olib bormoqda. Ulardan bir qatori sogʻliqni saqlash tizimida, jumladan sogʻlom oila, sogʻlom turmush tarzi, kardiologiya, onkologiya, anemiya, leykemiya, qandli diabet va boshqa tibbiy yoʻnalishlarida faoliyat yuritishmoqda.
➕Tibbiy yoʻnalishda fuqarolik jamiyati vakillarini birlashtirish, jamiyatdagi tibbiy-ijtimoiy muammolarni chuqurroq oʻrganish, dolzarb masalalarga NNTlarni yoʻnaltirish va “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” umummilliy harakatiga poydevor yaratish maqsadida, 2025 yil oktyabr-dekabr oylarida bir qator mantiqiy ketma ketlikda tadbirlar oʻtkazish rejalashtirilmoqda.
Jumladan, 10 oktyabr kuni soat 09:30 dan 13:00 gacha Salomatlik va strategik rivojlanish instituti majlislar zalida “Millat salomatligi” birinchi fuqarolik davra suhbatiga olim, mutaxassis, ekspertlar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini ishtirok etishga taklif etamiz.
✅Qatnashish ochiq tarzda oʻtadi.
📍Offlayn qatnashish uchun institut manzili - Toshkent shahri,
Shifokorlar koʻchasi, 2-uy va lokatsiya -
🌐Onlayn qatnashish uchun Zoom ilovasi - Davra suhbati dasturi ilova qilinadi.
🎤Birgalikda huquqiy maʼnaviy boy va sogʻlom fuqarolik jamiyatini qoʻramiz va Vatanimiz ravnaqiga oʻz hissamizni qoʻshamiz.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
➕ Nukus shahrida aholining sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida “Salomatlik marafoni” tadbiri oʻtkazilmoqda❗️
🔈Marafon doirasida fuqarolarga sogʻlom hayot tamoyillari, kasalliklarning erta aniqlanishi va ularning oldini olishga oid tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
➕“Salomatlik marafoni”ning asosiy maqsadi — sogʻliqni saqlash sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, tibbiyot va IT mutaxassislarini birlashtirish hamda zamonaviy raqamli yechimlar yaratishdan iborat.
🥇Eng ilgʻor gʻoyalar va loyihalar keyinchalik grantlar, akseleratsiya dasturlari hamda investitsiya koʻmagiga ega boʻlish imkoniyatini beradi.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
+2
➕Nukusda “Salomatlik marafoni” qizgʻin davom etmoqda❗️
📍Nukus shahrida aholi oʻrtasida kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish hamda profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida “Salomatlik marafoni” tadbiri qizgʻin davom etmoqda.
💭Marafon doirasida aholiga sogʻlom hayot tamoyillari, kasalliklarning erta aniqlanishi va ularning profilaktikasi boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Tadbir davomida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan tayyorlangan tarqatma materiallar — infografikalar, bukletlar, video kontentlar hamda innovatsion mahsulotlar (telegram-bot, mobil ilovalar va “Salomatlik” platformasi) taqdim etildi.
🎮Shuningdek, institut tomonidan yaratilgan “Alomat” sun’iy intellekt texnologiya asosidagi sogʻliqni saqlash yechimlari ham namoyish etildi.
🖥Tadbir jarayonlari bilan Salomatlik va strategik rivojlanish instituti direktori Amrillo Shodiyevich Inoyatov hamda direktor oʻrinbosari Nodira Mirshavkatovna Alixanova yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdilar.
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
+1
➕Marafon doirasida "Salomatlik maydonchalari" tashkil etildi ❗️
▶️ Sog‘liqni saqlash vazirligi "Sog‘lom turmush sari!" Salomatlik marafoniga start berildi.
📌Kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ushbu aksiya Nukus shahrida 2-oktyabr kuni boshlanib 31-oktyabrga qadar davom etadi.
⬇️Marafon doirasida Nukus shahrining aholi ko‘p to‘planadigan joylarida "Salomatlik maydonchalari" tashkil etilib, bu manzillarda sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib qilishga oid har xil aksiyalar tashkil etilgan.Shuningdek, bu joylarda fuqarolarning qon bosimi, tana vazni, bo‘yi o‘lchanib, tibbiy madaniyatni oshirishga xizmat qiluvchi tushuntirishlar berilmoqda.
💡O‘z sog‘lig‘ingizga e’tiborsiz bo‘lmang!
➡️Sog‘lom turmush sari dadil qadam tashlang! Marafonda qatnashing!
©️ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti matbuot xizmati
✅Telegram ✅Facebook 🌐Instagram 📹YouTube ✅Tik tok
