SMART EDUCATION
رفتن به کانال در Telegram
📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086
نمایش بیشتر687
مشترکین
+224 ساعت
+37 روز
-3930 روز
آرشیو پست ها
#Qabul2025 #Abituriyent2025
⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
✅ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.
👨🏻💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.
📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.
❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!
Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
❓Ruxsatnomalar qachon chiqadi?
To'g'risini aytsam ruxsatnomalar qachon chiqishi menga qorong'u. Bu haqida xabarim ham yo'q. Qiziq ham emas. Qiziq bo'lganida anig'ini allaqachon bilib, aytgan bo'lardim.
◾️Qaysidir telegram kanallarida ruxsatnoma bugun chiqadi deb xabar bermoqda. Balki shundaydir, balki unday emas. Har holda admini agentlik direktori bo'lmasa kerak.
Shuni bilamanki bugun dam olish kuni. Xodimlar ham katta ehtimol bilan dam olishda bo'lishsa kerak.
Sizga aytsam bexuda kutib vaqt ketkazmang. Aylanib ham, o'rgilib shu ruxsatnoma qurg'urni olasiz. Chunki, ruxsatnomasiz imtihonga kirolmaysiz.
Avvalgi yillarga e'tibor bersak:
1. 2023-yil imtihondan 3 kun avval e'lon qilingan.
2. 2022-yil imtihondan 3 kun avval e'lon qilingan.
3. 2021-yil imtihondan 3 kun avval e'lon qilingan.
Bu yil qanday bo'lishini men bilmayman.
Qisqasi, foydasiz narsani kutmang!
@smart_study
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi
#abituriyent #qabul2025
🏛 Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.
📱 Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.
❕ Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tezkor #insayd
⚡️ Ruxsatnomalar bir hafta ichida talabgorlarning shaxsiy kabinetida joylashtirishi kutilmoqda...
@smart_study_lc
*️⃣*️⃣*️⃣*️⃣💠💠💠💠💠
Ayni kunlarda bizning offline oʻquv kurslarimizga quyidagi guruhlar uchun qabul ochiq.
💖1. Kuzgi 1-guruh – 6-sinf darsligini tugatib, 7-sinfni oʻqimoqda.
💖2. Kuzgi 2-guruh – 6-7-sinfni tugatib, 8-sinf Oʻzbekiston tarixini oʻqimoqda.
💖3. Majburiy blok – Oʻzbekiston tarixi fanidan majburiy blok uchun.
💖 Milliy sertifikat va attestatsiya imtihonlarida muvaffaqiyatga erishmoqchimisiz?!
Unday boʻlsa, O'zingizga mos oʻquv kursini tanlang va hoziroq roʻyxatdan oʻting🏃♂️➡️...
➕Kursga qo'shilish niyyatidagilar:
@Ahmesov_Sunnatillo ga murojaat qilaverasiz.
@smart_study_lc
⚡️ "SMART STUDY" o‘quv markazida MAJBURIY FANLARDAN ONLINE test.
🔷 Ona tili
🔷 Matematika
🔷 O‘zbekiston tarixi
❗️ Bitta shart layk bosamiz va doʻstlaringizni taklif qilasiz.
✅ Obunachilar soni 400 dan oshirish kerak.
😊 Har bir kanal a‘zosi bitta doʻstini taklif qilsa 400 tadan bemalol oshamiz.
✊ SHART ERTAGA SOAT 21:00 GACHA!
Har bir odamni taklif qilganiz uchun 10 balldan qoʻshilsin! 🤲
🤩 BARCHAGA OMAD!
@smart_study_lc
⚡️ Nomi ostida Ijtimoiy tarmoqlarda feyk xabarlar tarqaldi.
❗️ISHONMANGLAR
@smart_study_lc
RUXSATNOMA
⚡️ Xushnudbekning tahminlariga ko'ra, ruxsatnomalar 9-iyulda chiqishi mumkin ekan.
BMBA xodimi bergan ma'lumotlarga ko'ra esa, 5—10-iyul sanasida e'lon qilinadi.
Mening pragnozimga ko'ra ham ruxsatnomalar tahminan imtihonga 5-7 kun qolganda e'lon qilinadi.
Demak, menimcha 7-9-iyulda chiqadi.
@smart_study_lc
⚡️ 30-iyun — Yoshlar kuni bilan barcha yoshlarimizni "Smart Study" o'quv markazi qutlaydi!
+2
⚡️Smart Study oʻquv markazida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
🪚 Hashar obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida “Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda.
✅ Shu munosabat bilan Smart Study oʻquv markazda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iy rioya etgan holda xayriya hashari tashkil etildi.
🚮 Unda Yotoqxona bollari faol ishtirok etib, binolar va ularning atrofini tozalash, daraxtlarni butash va oqlash hamda ish joylarini tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.
@smart_study_lc
⚡️ Imtihon qachon o'tkazilishi sir tutiladigan narsa emas!
Bilim va malakalarni baholash agentligi ochiq bo'lishi va ushbu ma'lumotlarni e'lon qilinishi kerak.
Imtihon qaysi sanalar oralig'ida bo'lishi, qaysi sanalar ichida natijalar e'lon qilinishini aniq aytishi lozim.
@smart_study_lc
