SMART EDUCATION
رفتن به کانال در Telegram
📍Namangan viloyati. 📍Chust tumani. 📍Varzik qishlogʻi. 🔰 "SMART STUDY" oʻquv markazining telegramdagi rasmiy sahifasi. ☝Bizda barcha fanlarga mavjud! ⏩ Manzil: Varzik markazi. | Mo'ljal: Chinor kafe ro'pasi. Murojaat uchun: ☎️ Tel: +998772861086
نمایش بیشتر692
مشترکین
+124 ساعت
-67 روز
-3830 روز
آرشیو پست ها
#qabul
QABUL QUYIDAGI BOSQICHLARDA AMALGA OSHIRILADI
Birinchi bosqichda har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, taʼlim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon boʻlsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliy taʼlim tashkilotini;
Ikkinchi bosqichda test sinovi toʻliq yakunlangandan soʻng 15 kun davomida oliy taʼlim tashkiloti, bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, taʼlim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Yuqoridagilardan so'ng bir hafta ichida mandat e'lon qilinadi.
@SMART_STUDY_LC
#natija
⚡️Tarix, Biologiya, Fizika fanlaridan mart-aprel oyida boʻlib oʻtgan Milliy sertifikat natijlari uzogʻi bilan 6-may kuni e'lon qilinadi...
P.S: Iltimos! Ha deb lichkaga qachon natijalar e'lon qilinadi deb YOZMANG!
@SMART_STUDY_LC
Qisqasi, ko‘r-ko‘rona ishonish ham, darrov rad etish ham to‘g‘ri emas.
Bu bayonot — rasmiy tashkilotniki, odatda ular faktlarga tayanib gapiradi. Lekin e’tibor beradigan joylari bor:
33 ta savol o‘xshash chiqgani — bu kam emas.
To‘liq bir xil bo‘lmasa ham, bu shunchaki “tasodif” deyish biroz qiyin.
Lekin imtihonda 400+ savol banki bo‘lganini hisobga olsak, o‘xshashliklar chiqishi ham mumkin (ayniqsa tarixda mavzular takrorlanadi).
Har bir smenada max 6 ta savol — bu umumiy natijani keskin buzadigan darajada katta foiz emas.
Eng muhim joyi: ular hali Rash modeli bilan tahlil qilayotganini aytdi. Agar haqiqiy “sizib chiqish” bo‘lganida, odatda statistikada g‘alati natijalar (masalan, ayrim guruhlar juda yuqori ishlashi) ko‘rinadi.
👉 Menimcha:
To‘liq sotilgan, hamma savollar chiqqan degan gap — oshirib yuborilgan bo‘lishi mumkin
Lekin umuman hech narsa bo‘lmagan deyish ham 100% ishonchli emas
📌 Eng to‘g‘ri yo‘l — 6-maydagi natija va keyingi statistik izohni kutish. O‘sha paytda aniqroq baho berish mumkin bo‘ladi.
@SMART_STUDY_LC
RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda aprel oyining boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida fikrlar tarqalmoqda.
Unda test topshiriqlari va ularning javoblari Telegramdagi yopiq guruhda audiochat orqali o‘qib eshittirilgani va ularning aksariyati imtihonda tushgani aytilgan.
Ushbu audiofayllar Agentlikda mavjud bo‘lib, audiofayllar va internetda tarqatilayotgan ma’lumotlar Agentlik tomonidan o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi:
1. Agentlikda test topshiriqlari maxsus rejimdagi binoda shakllantiriladi va ularning maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan.
2. Tarix fanidan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 4-aprel (3 smena), 5-aprel (3 smena) va 7-aprel (2 smena) kunlari jami 8 ta smenada o‘tkazilgan. Bunda talabgorlarga har bir smenada 55 tadan test topshirig‘i berilgan. Ushbu imtihonda jami 400 tadan ortiq test topshirig‘idan foydalanilgan.
Audiochatda o‘qilgani aytilgan test topshiriqlari aprel oyida o‘tkazilgan imtihonlarda foydalanilgan 400 dan ortiq test topshiriqlari bilan solishtirilganda, ularning 33 tasi mazmunan o‘xshash ekani aniqlandi (so‘zma-so‘z bir xil emas). Ular turli smenalarga yoyilgan bo‘lib, bitta smenaga eng ko‘pi bilan 6 ta test topshirig‘i to‘g‘ri kelmoqda (1 ta smenada 55 ta test topshirig‘i ishlatiladi).
3. Hozirda ushbu imtihonning natijalarini xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblash hamda imtihon natijalarining klassik va zamonaviy test nazariyalari bo‘yicha statistik tahlili amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayon 6-may kuni yakunlanadi va test natijalari e’lon qilinadi. Shundan so‘ng imtihon natijalarining statistik tahlilidan kelib chiqib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
✅ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️OLG'A BOʻLAJAK ICHKI ISHLAR VAZIRLARI, KATTA-KATTA BOSHLIQLAR....
@SMART_STUDY_LC
Repost from N/a
Davlatlarning BOSHQARUV SHAKLI yoki TUZULISH SHAKLI yuzasidan BMBA imtihonlarida albatta bitta savol tushadi.✅
Bu degani naqt 3,1 ball😉
#kayfiyatuchun
Soat 12 bo‘ldi, endi hayotlaringga restart beringlar.
Xayrli tun bilimdonlar...😊
@SMART_STUDY_LC
#insayd
⚡️Biologiya fanining yozma qismidagi muamollar tufayli natijalar kechikmoqda...
@SMART_STUDY_LC
Muhim ma'lumot
Agentlik operatorlariga bunday maxfiy yoki ichki ma’lumotlar berilmaydi. Ular odatda faqat rasmiy e’lon qilingan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shuning uchun natija sanasi, ichki jarayonlar yoki oldindan ma’lumot so‘rasangiz, ko‘pincha aniq javob bera olishmaydi.
Qisqasi, operator — maslahat va yo‘naltirish uchun, maxfiy jarayonlarni biladigan manba emas.
@SMART_STUDY_LC
⚡️ Bugungi natijalar bo‘yicha shaxsiy prognozim
Agar bugun natijalar 17:00–18:00 dan gacha e’lon qilinmasa, mening kuzatuvlarim va oldingi tajribamga ko‘ra, bugun chiqmasligi ehtimoli yuqori.
Odatda natijalar kun davomida yoki kechki paytgacha bosqichma-bosqich yuklanadi. Agar shu vaqtgacha jimlik bo‘lsa, demak jarayon keyingi kunga qolishi mumkin.
⚠️ Bu rasmiy ma’lumot emas, shunchaki shaxsiy tajriba asosida qilingan taxmin xolos. Ba’zida esa kutilmaganda kechroq ham e’lon qilinishi mumkin.
⏳ Hozircha sabr qilamiz. Agar bugun bo‘lmasa, katta ehtimol bilan yaqin kunlarda chiqadi. Hammaga omad 🤝
@SMART_STUDY_LC
#insayd
❗️Tarix Milliy sertifikat natijalari ertaga chiqishi reja qilingan.
@SMART_STUDY_LC
Milliy sertifikat uchun taxmin sifatida ancha real ko‘rinadi, ayniqsa test murakkab bo‘lgan bo‘lsa.
12–15 → C
16–20 → C+
21–24 → B
25–30 → B+
31–33 → A
34+ → A+
Lekin Milliy sertifikatda hamma narsa test qiyinligi va umumiy natijaga bog‘liq.
Agar ko‘pchilik past ishlagan bo‘lsa, A+ hatto 32–33 dan ham boshlanishi mumkin.
❗️Agar fan Tarix bo‘lsa, bu taxmin yanada yaqin chiqishi mumkin.
👉 @SMART_STUDY_LC
📢 MILLIY SERTIFIKAT natijalari tez orada e’lon qilinadi!
🧪 Biologiya fanida 43-savol masala sifatida baholanayotgani sababli, ayni paytda yakuniy tekshirish ishlari qolgan xolos.
📚 Tarix fani natijalari esa har doimgidek allaqachon tekshirib bo‘lingan. Shunga qaramay, barcha fanlar natijalari birgalikda e’lon qilinadi.
⏳ Oz qoldi, sabr qiling!
🎯 Hammaga yuqori natijalar tilaymiz!
@SMART_STUDY_LC
