fa
Feedback
Raqamli Qaydlar

Raqamli Qaydlar

رفتن به کانال در Telegram
307
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-187 روز
-6830 روز

در حال بارگیری داده...

کانال‌های مشابه
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
دسامبر '25
دسامبر '250
در 0 کانال‌ها
نوامبر '25
+2
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '250
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+486
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اوت '250
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+1
در 12 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
11 دسامبر0
10 دسامبر0
09 دسامبر0
08 دسامبر0
07 دسامبر0
06 دسامبر0
05 دسامبر0
04 دسامبر0
03 دسامبر0
02 دسامبر0
01 دسامبر0
پست‌های کانال
💥💥💥 Davlat oliy taʼlim tashkilotlarida bitta talabani bazaviy toʻlov-kontrakt asosida bir yillik oʻqitish qiymati miqdorlari (bakalavriat, magistratura) *Yuqori tiniq formatda, bitta jadvalda @raqamliqaydlar

2
#statistika #2025 #Samarqand #TOP10 #maktab 📊 2025-yil test natijalari – Samarqand viloyati TOP-10 maktablari Samarqand vilo
#statistika #2025 #Samarqand #TOP10 #maktab 📊 2025-yil test natijalari – Samarqand viloyati TOP-10 maktablari Samarqand viloyatida 2025-yil test sinovlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 10 ta maktab aniqlandi. Muhim jihat – bu ro‘yxat faqat viloyatdagi eng yuqori natija ko‘rsatgan maktablarni o‘z ichiga oladi. 🔝 Viloyat bo‘yicha TOP-3: 1️⃣ Oqdaryo tumani – 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 160.04 ball 2️⃣ Samarqand shahri – 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati – 152.83 ball 3️⃣ Pastdarg‘om tumani – ixtisoslashtirilgan maktab – 148.35 ball 📌 Qolganlar orasida Narpay, Paxtachi, Payariq, Nurobod, Ishtixon, Qo‘shrabot va Toyloqdagi maktablar ham viloyatning TOP-10 taligidan joy oldi 🌍 Respublika reytingida o‘rni Oqdaryo tumani 2-sonli maktab-internati Respublika bo‘yicha 23-o‘rinni egalladi. Bu natija viloyat uchun eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lsa-da, u TOP-20 emas, TOP-30 talikka kirgan maktab sifatida qayd etildi Respublika umumiy o‘rtacha balli – 146.32, Samarqand TOP-10 maktablari ko‘rsatkichi esa – 142.55 ball. @raqamliqaydlar
394
3
#statistika #gender #2025 #Buxoro 📊 2025-yil test natijalari: Buxoro viloyatida erkaklar va xotin-qizlarning test natijalari
#statistika #gender #2025 #Buxoro 📊 2025-yil test natijalari: Buxoro viloyatida erkaklar va xotin-qizlarning test natijalarining tumanlar kesimida qiyosiy tahlili 2025-yil test sinovlari natijalari ko‘rsatdiki, Buxoro viloyatida abituriyentlar soni 30 mingdan ortiq bo‘lib, ayollar erkaklardan sezilarli darajada yuqori ball to‘pladi. 🔹 Ayollar o‘rtacha balli: 92.52 🔹 Erkaklar o‘rtacha balli: 85.84 🏆 Yetakchi hududlar Vobkent – ayollar (99.3 ball) eng yuqori ko‘rsatkich. Qorovulbozor – erkaklar (93.9 ball) bo‘yicha lider. Shofirkon va G‘ijduvon – eng katta abituriyent oqimi bilan viloyat natijasiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. ⬇️ Past ko‘rsatkichlar Kogon shahri va Olot – viloyat bo‘yicha eng past natijalar qayd etilgan hududlar. 🔍 Qiziqarli faktlar Vobkentda ayollar erkaklardan 13.8 ball yuqori ko‘rsatkich qayd etdi. Qorovulbozorda jinsiy tafovut eng kichik – atigi 4.8 ball. Ayrim tumanlarda erkaklar respublika o‘rtachasidan ham yuqori ball olgan (Qorovulbozor, Qorako‘l). @raqamliqaydlar
349
4
📊 2025-yilgi o‘rtacha ball bo‘yicha Buxorolik abituriyentlar yetakchi Bilimlarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan
📊 2025-yilgi o‘rtacha ball bo‘yicha Buxorolik abituriyentlar yetakchi Bilimlarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan statistikaga ko‘ra, 2025-yilda respublika bo‘yicha abituriyentlarning o‘rtacha natijasi 76,9 ballni tashkil etdi. Shu bilan birga, joriy yilgi bitiruvchilarning o‘rtacha bali 81,7 ball bo‘lib, umumiy ko‘rsatkichdan ancha yuqoriligini ko‘rish mumkin. 🔼 Eng yuqori ko‘rsatkichlar Hududlar kesimida Buxoro viloyati abituriyentlari eng yuqori natijani qayd etdi. Bu yerda 30 ming 231 nafar abituriyentning o‘rtacha bali 89,5 bo‘lib, respublika bo‘yicha mutlaq yetakchilikni saqlab qolmoqda. Shuningdek, joriy yilgi bitiruvchilar alohida ko‘rsatkichlarda yanada yuqori natijani qayd etib, 96 balllik o‘rtacha darajaga erishgan. Keyingi pog‘onalarda Toshkent shahri (82,8 ball) va Navoiy viloyati (80,4 ball) joylashgan. Ularning ham joriy yil bitiruvchilari respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada yuqori ball to‘plagan. 🔽 O‘rtacha ko‘rsatkichdan past hududlar Eng quyi o‘rinlarni Jizzax (73,3 ball), Surxondaryo (71,7 ball) hamda Andijon (70,9 ball) egallagan. Ayniqsa Andijon viloyati respublika bo‘yicha eng oxirgi pog‘onada turib, joriy yil natijalarida ham o‘rtacha ko‘rsatkichni yaxshilash zarurligini ko‘rsatmoqda. Joriy yilgi bitiruvchilar natijasi Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, barcha hududlarda joriy yil maktabni tugatgan bitiruvchilar natijalari umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori chiqqan. Masalan: ✅ Buxoro viloyatida joriy yilgi bitiruvchilarning o‘rtacha bali 96 bo‘lib, eng yuqori natija qayd etilgan. ✅ Navoiy viloyatida joriy yilgi bitiruvchilar o‘rtacha 90,3 ball to‘plagan. ✅ Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich 87,6 ballni tashkil qilgan. @raqamliqaydlar
640
5
😱 2025 yilgi imtihonlarda 253 ming 844 nafar abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan 2025-yilda respublika bo‘ylab jami 61
😱 2025 yilgi imtihonlarda 253 ming 844 nafar abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagan 2025-yilda respublika bo‘ylab jami 614 ming 768 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 122 ming nafarga kam. Abituriyentlarning 253 ming 844 nafari (41,29%) testdan 56,7 balldan yuqori natija qayd eta olmadi. Bu esa maksimal ballning atigi 30 foizini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, deyarli har 10 abituriyentdan 4 nafari minimal darajaga ham yetmadi. Eng yomon natija Andijon viloyatida qayd etilib, bu yerda abituriyentlarning 47,6 foizi 56,7 balldan yuqori ball to‘play olmadi. Eng yaxshi natija esa Buxoro viloyati va Toshkent shahrida kuzatildi — atigi 31,4 foiz abituriyent minimal ballni to‘play olmadi. Bu hududlar respublika bo‘yicha eng past salbiy ko‘rsatkichni qayd etdi. ⬆️ Eng ko‘p yaxshilangan hududlar O‘tgan yilga qaraganda natijasi eng ko‘p yaxshilangan beshta hudud: ➖ Qoraqalpog‘iston Respublikasi (+9%) ➖ Navoiy viloyati (+9%) ➖ Sirdaryo viloyati (+8%) ➖ Buxoro viloyati (+8%) ➖ Qashqadaryo viloyati (+6%) @raqamliqaydlar
507
6
BU YIL QABUL KVOTALARI O‘TGAN YILGIGA NISBATAN OSHDIMI YOKI KAMAYDIMI? 2024 yil va 2025 yil o‘quv kvotalari solishtirilganda umumiy qabul kvotalar sonida katta o‘zgarish bo‘lmaganini ko‘rish mumkin. 2024 yilda taʼlimning kunduzgi (127995), sirtqi (52129), kechki (9158) va masofaviy (5610) shakllariga jami kvotalar soni 194.892 tani tashkil qilgan edi. Bunda maqsadli va imtiyozli kvotalar hisobga olinmagan. 2025 yilda sirtqi taʼlim shakli bekor qilingach faqat kunduzgi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari uchun jami kvotalar soni 195.327 tani tashkil etdi. Bunda ham maqsadli va imtiyozli kvotalar hisobga olinmagan. Taʼlim shakllari kesimida 2025 yilda qabul kvotalari soni quyidagicha: ✅ kunduzgi taʼlim - 148400 (o‘tgan yilgiga nisbatan 20405 ta ortiq) ✅ kechki taʼlim - 28732 (o‘tgan yilgiga nisbatan 19574 ta ortiq) ✅ masofaviy taʼlim - 18195 (o‘tgan yilgiga nisbatan 12585 ta ortiq) 2025 yilda jami kvotalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan bor yo‘g‘e 435 taga oshgan. Bu so‘ngi yillarda davlat OTMlarida kuzatib kelinayotgan kvotalarning o‘sishiga nisbatan ancha kam. Bo‘yidan urib eniga qo‘shishgan :) @raqamliqaydlar
18 647
7
Abituriyentlar Diqqatiga! Balingizga mos yo‘nalishni qanday tanlash kerak? Kvotalar e’lon qilindi, siz imtihonda tanlagan mutaxassislik fanlaringiz ketma-ketligiga mos ta’lim yo‘nalishlarini, oliy ta’lim muassasalarini (OTM) va ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) 2025-yil 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida tanlashingiz lozim. Tanlagan sohani 8 avgustgacha o‘zgartirishingiz mumkin. Muhim eslatma: Siz faqat tanlagan fanlaringiz tartibiga mos yo‘nalishlarni tanlashingiz mumkin. Masalan: ✅ Agar siz Biologiya (3.1 ball) va Kimyo (2.1 ball) fanlarini tanlagan bo‘lsangiz, faqat shu ketma-ketlikda (ya'ni Biologiya birinchi, Kimyo ikkinchi) talab qilinadigan yo‘nalishlargina sizga ochiq bo‘ladi. 🚫 Aksincha, Kimyo (3.1) va Biologiya (2.1) ketma-ketligidagi yo‘nalishlar siz uchun yopiq bo‘ladi. ✅ Shuningdek, umuman boshqa fanlar kombinatsiyasiga tegishli yo‘nalishlar ham tanlab bo‘lmaydi. Bu qat’iy qoida. Orqaga yo‘l yo‘q. Qanday tanlov qilish kerak? 1. Sizga ochiq bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlarni aniqlang. 2. Kvotalarni diqqat bilan o‘rganib chiqing. To‘liq kvotalar bilan 👉 ushbu post 👈 orqali tanishishingiz mumkin 3. O‘tgan yilgi (2024/2025 o‘quv yili) kirish ballari bilan tanishing. Bu ma’lumotlar sizga qulaylik uchun barcha fanlar kesimida @abtyordam guruhida taqdim etilgan. 3.1. Guruhdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma: https://t.me/uzabt/16620 4. Qog‘oz va ruchka olib, quyidagilarni yozib chiqing: 4.1. Fanlaringiz ketma-ketligiga mos yo‘nalishlar 4.2. Har bir OTM va yo‘nalish uchun ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, masofaviy) 4.3. Ta’lim tili (o‘zbek, rus, ingliz va boshqalar) 4.4. O‘tgan yilgi kirish ballari 5. O‘zingizga mos yo‘nalishlar va OTMlar bo‘yicha aniq qaror qabul qiling. ⚠️ E'tiborga oling 1. Masalan, agar siz 114.2 ball to‘plagan bo‘lsangiz, o‘tgan yili kirish balli 112 bo‘lgan yo‘nalishni tanlash sizni bu yil ham aniq talaba qiladi, degani emas. 2. Bu yilgi kirish ballari, abituriyentlarning shu yilgi to‘plagan ballar statistikasi asosida yangidan shakllanadi. 3. Yuqori ball to‘plaganlar soni oshgan sari, kirish ballari ham oshishi ehtimoli ortadi. 📣 Yakuniy tavsiya Siz qabul qilayotgan tanlov - sizning shaxsiy qaroringiz. Hech bir tashkilot – na Bilim va malakalarni baholash agentligi, na Ta’lim vazirliklari, na boshqa tashkilot yoki shaxslar – siz tanlagan yo‘nalish uchun javobgar emas. Shuning uchun: 1. Har bir variantni chuqur o‘ylab chiqing. 2. Strategik qaror qabul qiling. @raqamliqaydlar
66 569
8
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bakalavriat va magistratura uchun ajratilgan qabul kvotalarini e’lon qildi. 🔻 BAKALAVR. KUNDUZGI 👉 To‘liq kvota bu yerda Jami: 148 400. Shundan ta’lim tili bo‘yicha o‘rinlar quyidagicha taqsimlangan: - O‘zbek tili — 124 339 ta; - Rus tili — 19 125 ta; - Qoraqalpoq tili — 4 121 ta; - Qozoq tili — 375 ta; - Tojik tili — 305 ta; - Qirg‘iz tili — 75 ta; - Turkman tili — 65 ta. 🔻 BAKALAVR. KECHKI 👉 To‘liq kvota bu yerda Jami: 28 732 ta o‘rin ajratildi. Shundan: - O‘zbek tili — 25 563 ta; - Rus tili — 2 477 ta; - Qoraqalpoq tili — 437 ta. 🔻 BAKALAVR. MASOFAVIY 👉 To‘liq kvota bu yerda Jami: 18 195 Shundan: - O‘zbek tili - 16 000 ta; - Rus tili - 1 780 ta; - Qoraqalpoq tili - 415 ta. 🔻 Maktab ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul 👉 To‘liq kvota bu yerda 🔻 Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul 👉 To‘liq kvota bu yerda 🔻 San’at sohasi uchun maqsadli qabul 👉 To‘liq kvota bu yerda 🔻 MAGISTRATURA. KUNDUZGI. 👉 To‘liq kvota bu yerda JAMI: 20 210 ta. Davlat granti: 9 922 ta; shundan, o‘zbek tili – 8 725 ta, rus tili – 1 197 ta, Kontrakt: 10 288 ta; shundan, o‘zbek tili – 8 538 ta, rus tili – 1 750 ta. 🔻 MAGISTRATURA. KECHKI. 👉 To‘liq kvota bu yerda JAMI: 1 319 ta. Shundan, o‘zbek tili – 1 107 ta, rus tili – 138 ta, qoraqalpoq tili – 74 ta. 🔻 MAGISTRATURA. MASOFAVIY. 👉 To‘liq kvota bu yerda JAMI: 420 ta. Shundan, o‘zbek tili – 352 ta, rus tili – 53 ta, qoraqalpoq tili – 15 ta. 🔻 Mehribonlik uyi va bolalar shaharchalarining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha kvota 👉 To‘liq kvota bu yerda ▪️ Jami: 1 953 ta qo‘shimcha kvota. Shundan: ➖ kunduzgi – 1 484 ta; ➖ kechki – 287 ta; ➖ masofaviy – 182 ta. 🔻 Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti 👉 To‘liq kvota bu yerda ➡️ kunduzgi – 7420 ta (grant - 1 775 ta, to‘lov-kontrakt - 5 645); ➡️ kechki – 1 436 ta (to‘lov-kontrakt); ➡️ masofaviy – 910 ta (to‘lov-kontrakt). 🔻 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun 2 %li qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti 👉 To‘liq kvota bu yerda Jami 3 907 ta qo‘shimcha davlat granti kvotasi ajratildi. ▪️Ta’lim shakllari kesimida: ➡️ kunduzgi ta’lim shakli uchun – 2 968 ta; ➡️ kechki ta’lim shakli uchun – 575 ta; ➡️ masofaviy ta’lim shakli uchun – 364 ta. 🔻 Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari 👉 To‘liq kvota bu yerda @raqamliqaydlar
20 428
9
Abituriyentlar Diqqatiga! Kvotalar e’lon qilinganidan so‘ng, siz imtihonda tanlagan mutaxassislik fanlaringiz ketma-ketligiga mos ta’lim yo‘nalishlarini, oliy ta’lim muassasalarini (OTM) va ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) tanlashingiz lozim bo‘ladi. Muhim eslatma: Siz faqat tanlagan fanlaringiz tartibiga mos yo‘nalishlarni tanlashingiz mumkin. Masalan: ✅ Agar siz Biologiya (3.1 ball) va Kimyo (2.1 ball) fanlarini tanlagan bo‘lsangiz, faqat shu ketma-ketlikda (ya'ni Biologiya birinchi, Kimyo ikkinchi) talab qilinadigan yo‘nalishlargina sizga ochiq bo‘ladi. 🚫 Aksincha, Kimyo (3.1) va Biologiya (2.1) ketma-ketligidagi yo‘nalishlar siz uchun yopiq bo‘ladi. ✅ Shuningdek, umuman boshqa fanlar kombinatsiyasiga tegishli yo‘nalishlar ham tanlab bo‘lmaydi. Bu qat’iy qoida. Orqaga yo‘l yo‘q. Qanday tanlov qilish kerak? 1. Kvotalarni kuting. (Ayni paytda e’lon qilinmagan.) 2. Shunga mos ravishda sizga ochiq bo‘lgan yo‘nalishlarni aniqlang. 3. O‘tgan yilgi (2024/2025 o‘quv yili) kirish ballari bilan tanishing. Bu ma’lumotlar sizga qulaylik uchun barcha fanlar kesimida @abtyordam guruhida taqdim etilgan. 3.1. Guruhdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma: https://t.me/uzabt/16620 4. Qog‘oz va ruchka olib, quyidagilarni yozib chiqing: 4.1. Fanlaringiz ketma-ketligiga mos yo‘nalishlar 4.2. Har bir OTM va yo‘nalish uchun ta’lim shakli (kunduzgi, kechki, masofaviy) 4.3. Ta’lim tili (o‘zbek, rus, ingliz va boshqalar) 4.4. O‘tgan yilgi kirish ballari 5. O‘zingizga mos yo‘nalishlar va OTMlar bo‘yicha aniq qaror qabul qiling. ⚠️ E'tiborga oling 1. Masalan, agar siz 114.2 ball to‘plagan bo‘lsangiz, o‘tgan yili kirish balli 112 bo‘lgan yo‘nalishni tanlash sizni bu yil ham aniq talaba qiladi, degani emas. 2. Bu yilgi kirish ballari, abituriyentlarning shu yilgi to‘plagan ballar statistikasi asosida yangidan shakllanadi. 3. Yuqori ball to‘plaganlar soni oshgan sari, kirish ballari ham oshishi ehtimoli ortadi. 📣 Yakuniy tavsiya Siz qabul qilayotgan tanlov - sizning shaxsiy qaroringiz. Hech bir tashkilot – na Bilim va malakalarni baholash agentligi, na Ta’lim vazirliklari, na boshqa tashkilot yoki shaxslar – siz tanlagan yo‘nalish uchun javobgar emas. Shuning uchun: 1. Har bir variantni chuqur o‘ylab chiqing. 2. Strategik qaror qabul qiling. @raqamliqaydlar
32 031
10
#Kunduzgi #ballar #Huquqshunoslik #Chet_tili 2024-2025 oʻquv yilida Yurisprudensiya (60420100) ta'lim yoʻnalishining kunduzgi ta'lim shakli, ta'lim tili oʻzbek tili boʻlgan ta'lim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu ta'lim yoʻnalishi uchun mutaxassislik fanlari: Huquqshunoslik - 30 ta savol (3.1 ball) Chet tili - 30 ta savol (2.1 ball) ➖ Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Grant - 174.4 Kontrakt - 142.6 ➖ Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti Grant - 174.4 Kontrakt - 145.9 ➖ Toshkent davlat agrar universiteti Grant - 174.4 Kontrakt - 154.1 ➖ Qoraqalpoq davlat universiteti Grant - 180.6 Kontrakt - 155 ➖ Namangan davlat universiteti Grant - 180.2 Kontrakt - 156.1 ➖ "Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqotlar universiteti Grant - 176.4 Kontrakt - 157.6 ➖ Termiz davlat universiteti Grant - 177.5 Kontrakt - 159.6 ➖ Buxoro davlat universiteti Grant - 175.1 Kontrakt - 160.3 ➖ Fargʻona davlat universiteti Grant - 176 Kontrakt - 161.5 ➖ Urganch davlat universiteti Grant - 175.1 Kontrakt - 162.5 ➖ Toshkent davlat transport universiteti Grant - 174.4 Kontrakt - 163.8 ➖ Jamoat xavfsizligi universiteti Grant - 176.2 Kontrakt - 164.9 ➖ Samarqand davlat universiteti Grant - 174.4 Kontrakt - 166.7 ➖ Oʻzbekiston Milliy universiteti Grant - 178.6 Kontrakt - 168.2 ➖ Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Grant - 180.6 Kontrakt - 168.5 ➖ Toshkent davlat yuridik universiteti Grant - 181.3 Kontrakt - 170.7 @raqamliqaydlar
17 440
11
#Kechki #Huquqshunoslik #Chet_tili 2024-2025 oʻquv yilida Yurisprudensiya (60420100) ta'lim yoʻnalishining kechki ta'lim shakli, ta'lim tili oʻzbek tili boʻlgan ta'lim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu ta'lim yoʻnalishi uchun mutaxassislik fanlari: Huquqshunoslik - 30 ta savol (3.1 ball) Chet tili - 30 ta savol (2.1 ball) ➖ Qoraqalpoq davlat universiteti Kontrakt - 149 ➖ Buxoro davlat universiteti Kontrakt - 156.3 @raqamliqaydlar
5 662
12
#Kunduzgi #ballar #Biologiya #Kimyo 2024-2025 oʻquv yilida Stomatologiya (60910100) ta'lim yoʻnalishining kunduzgi ta'lim shakli, ta'lim tili oʻzbek tili boʻlgan ta'lim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu ta'lim yoʻnalishi uchun mutaxassislik fanlari: Biologiya - 30 ta savol (3.1 ball) Kimyo - 30 ta savol (2.1 ball) ➖ Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti Grant - 158.2 Kontrakt - 140.2 ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Grant - 159 Kontrakt - 145.4 ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Grant - 157.7 Kontrakt - 146.5 ➖ Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Grant - 158 Kontrakt - 149.5 ➖ Andijon davlat tibbiyot instituti Grant - 163.5 Kontrakt - 151 ➖ Buxoro tibbiyot instituti Grant - 163.2 Kontrakt - 151.4 ➖ Toshkent davlat stomatologiya instituti Grant - 167.6 Kontrakt - 153.1 ➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti Grant - 164.4 Kontrakt - 155.9 ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Grant - 173.9 Kontrakt - 162.3 @raqamliqaydlar
4 283
13
#Kunduzgi #ballar #Biologiya #Kimyo 2024-2025 o'quv yilida Davolash ishi (60910200) ta'lim yo'nalishining kunduzgi ta'lim shakli, ta'lim tili o'zbek tili bo'lgan ta'lim yo'nalishlarida qayd etilgan o'tish ballari Ushbu ta'lim yo'nalishi uchun mutaxassislik fanlari: Biologiya - 30 ta savol (3.1 ball) Kimyo - 30 ta savol (2.1 ball) ➖ Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti Grant - 160.4 Kontrakt - 143.7 ➖ Namangan davlat universiteti Grant - 162.6 Kontrakt - 145.7 ➖ Qarshi davlat universiteti Grant - 161.2 Kontrakt - 146.5 ➖ Guliston davlat universiteti Grant - 161.4 Kontrakt - 147.3 ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali Grant - 160.4 Kontrakt - 147.6 ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Grant - 162.4 Kontrakt - 149.6 ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Chirchiq filiali Grant - 160.6 Kontrakt - 151 ➖ Navoiy davlat pedagogika instituti Grant - 162.2 Kontrakt - 151.2 ➖ Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti Grant - 167.3 Kontrakt - 153.5 ➖ Jizzax davlat pedagogika universiteti Grant - 161.1 Kontrakt - 154.8 ➖ Buxoro tibbiyot instituti Grant - 173.2 Kontrakt - 157.1 ➖ Andijon davlat tibbiyot instituti Grant - 174.1 Kontrakt - 159 ➖ Toshkent davlat stomatologiya instituti Grant - 177.1 Kontrakt - 162.3 ➖ Samarqand davlat tibbiyot universiteti Grant - 176.2 Kontrakt - 164.4 ➖ Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Grant - 179.3 Kontrakt - 164.8 ➖ Toshkent tibbiyot akademiyasi Grant - 183.7 Kontrakt - 168.9 @raqamliqaydlar
3 569
14
🗒 Ehtimol, bugun yoki ertaga Oliy ta'lim muassasalari uchun qabul kvotalari e'lon qilinishi mumkin. Bunga sabab — 24-iyuldan abituriyentlar tomonidan OTM, ta’lim yo‘nalishi hamda ta’lim shaklini tanlash jarayonining boshlanishi belgilangan. Kvotalar e'lon qilinmaguncha ushbu jarayonni boshlash amalda mumkin emas. Agar kvotalar belgilangan muddatgacha e’lon qilinmasa: ✅ Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash bosqichi ortga surilishi mumkin ✅ Bu esa mandatlarni shakllantirish jarayonining ham kechikishiga olib keladi Shu bois kvotalar tez orada e’lon qilinsh ehtimoli yuqori @raqamliqaydlar
2 606
15
#Kechki #ballar #Oʻzbek_tili_va_adabiyot #Chet_tili 2024-2025 oʻquv yilida Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishlarining Kechki taʼlim shakli, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu taʼlim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlari: Oʻzbek tili va adabiyot - 30 ta savol (3.1 ball) Chet tili - 30 ta savol (2.1 ball) Oʻzbek tili va adabiyoti (60110700) ➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti Kontrakt ball - 113.2 ➖ Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Kontrakt ball - 116.5 Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili (60230114) ➖ Buxoro davlat universiteti Kontrakt ball - 115.3 ➖ Samarqand davlat universiteti Kontrakt ball - 118.3 ➖ Oʻzbekiston Milliy universiteti Kontrakt ball - 119.3 @raqamliqaydlar
5 255
16
#Kechki #ballar #Matematika #Fizika 2024-2025 oʻquv yilida MATEMATIKA va FIZIKAga oid taʼlim yoʻnalishlarining Kechki taʼlim shakli, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu taʼlim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlari: Matematika - 30 ta savol (3.1 ball) Fizika - 30 ta savol (2.1 ball) Gidroenergetika (60710600) ➖ Toshkent davlat texnika universiteti Kontrakt ball - 56.7 Metallar texnologiyalari (60711300) ➖ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kontrakt ball - 56.7 Mexanika muhandisligi (60712300) ➖ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kontrakt ball - 56.7 Energetika muhandisligi (60710400) ➖ Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kontrakt ball - 56.8 Yengil sanoat muhandisligi (60720700) ➖ Namangan toʻqimachilik sanoati instituti Kontrakt ball - 56.8 Texnologik mashinalar va jihozlar (60720401) ➖ Namangan toʻqimachilik sanoati instituti Kontrakt ball - 56.8 ➖ Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kontrakt ball - 57.6 ➖ Toshkent davlat texnika universiteti Kontrakt ball - 58.8 Axborot tizimlari va texnologiyalari (60610100) ➖ Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Kontrakt ball - 62.9 Matematika (60540100) ➖ Qoraqalpoq davlat universiteti Kontrakt ball - 67.7 ➖ Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti Kontrakt ball - 74.5 ➖ Buxoro davlat pedagogika instituti Kontrakt ball - 77 ➖ Navoiy davlat pedagogika instituti Kontrakt ball - 79.9 Toshkent davlat pedagogika universiteti Kontrakt ball - 95.7 Amaliy matematika (60540200) ➖ Chirchiq davlat pedagogika universiteti Kontrakt ball - 74.5 @raqamliqaydlar
2 538
17
#Kechki #ballar #Matematika #Chet_tili 2024-2025 oʻquv yilida Iqtisodiyot yoʻnalishlarining Kechki taʼlim shakli, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu taʼlim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlari: Matematika - 30 ta savol (3.1 ball) Chet tili - 30 ta savol (2.1 ball) Menejment (60410800) ➖ Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kontrakt ball - 69.3 Bank ishi (60410600) ➖ Namangan davlat universiteti Kontrakt ball - 73.9 Iqtisodiyot (60410100) ➖ Namangan davlat universiteti Kontrakt ball - 90.8 ➖ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kontrakt ball - 136.4 Buxgalteriya hisobi (60410200) ➖ Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kontrakt ball - 96.6 Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (60411100) ➖ Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Kontrakt ball - 130.6 @raqamliqaydlar
17 392
18
#Kechki #ballar #Kimyo #Matematika 2024-2025 oʻquv yilida Kimyo va Matematikaga oid taʼlim yoʻnalishlarining Kechki taʼlim shakli, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu taʼlim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlari: Kimyo - 30 ta savol (3.1 ball) Matematika - 30 ta savol (2.1 ball) Kimyo (60530100) ➖Oʻzbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti Kontrakt ball - 56.7 ➖Nukus davlat pedagogika instituti Kontrakt ball - 56.7 ➖Termiz davlat universiteti Kontrakt ball - 56.7 ➖Qoraqalpoq davlat universiteti Kontrakt ball - 56.8 ➖Samarqand davlat universiteti Kontrakt ball - 58.9 Kimyo muhandisligi (60710100) ➖Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kontrakt ball - 56.7 Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi (60720600) ➖Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Kontrakt ball - 57 Metallurgiya muhandisligi (60711200) ➖Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kontrakt ball - 56.7 ➖Toshkent davlat texnika universiteti Kontrakt ball - 56.7 @raqamliqaydlar
5 341
19
#Kechki #ballar #Kimyo #Biologiya 2024-2025 oʻquv yilida Kimyo va Biologiyaga oid taʼlim yoʻnalishlarining Kechki taʼlim shakli, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu taʼlim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlari: Kimyo - 30 ta savol (3.1 ball) Biologiya - 30 ta savol (2.1 ball) Oziq-ovqat texnologiyasi (60720100) ➖Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kontrakt ball - 57 Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (60810700) ➖Namangan muhandislik-texnologiya instituti Kontrakt ball - 57 @raqamliqaydlar
2 126
20
#Kechki #ballar #Geografiya #Matematika 2024-2025 oʻquv yilida Geografiya (60530200) taʼlim yoʻnalishining Kechki taʼlim shakli, taʼlim tili oʻzbek tili boʻlgan taʼlim yoʻnalishlarida qayd etilgan oʻtish ballari Ushbu taʼlim yoʻnalishi uchun mutaxassislik fanlari: Geografiya - 30 ta savol (3.1 ball) Matematika - 30 ta savol (2.1 ball) ➖ Shahrisabz davlat pedagogika instituti Kontrakt ball - 61.9 ➖ Samarqand davlat universiteti Kontrakt ball - 63.2 @raqamliqaydlar
2 224