Kommunal News
رفتن به کانال در Telegram
@Uzsvet_Bot telegram botining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
نمایش بیشتر6 681
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-637 روز
-32330 روز
آرشیو پست ها
6 681
#nazorat
Andijon viloyatida sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi
“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan “B.K.” MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 48,3 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.Shuningdek, aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Surxondaryo viloyatida ko‘p qavatli turar joy binolarida 1,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Oʻzenergoinspeksiya” Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida oʻtkazilgan nazorat tadbirida "M. D." MCHJ tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani, "Qorayontog‘" mahallasida joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uyni loyiha-texnik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan gaz tarmog‘iga ulab foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 556 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
+2
Elektr uzatish havo tarmoqlari muhofaza maydonida qoidalarga zid ravishda foydalanilayotgan bino-inshootlarga nisbatan chora ko‘rildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 1050-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari” talablariga muvofiq elektr uzatish havo tarmoqlari muhofaza maydonidagi obektlar o‘rganilmoqda.
Xususan, Yangiqo‘rg‘on tumani “Bunyodkor” MFY hududidan o‘tgan 35 kV kuchlanishli "Zarkent" elektr uzatish havo tarmog‘ining "Iskavot" shaxobchasining 28-29-sonli tayanchlari oralig‘ida qoidalarga zid ravishda qurilgan bino inshoatlari “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.👉@kommunal
6 681
+3
#Xalqaro_hamkorlik
Koreya Energetika Agentligi vakillaridan iborat delegatsiya bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Ilhom Nimatullayev va Koreya Energetika Agentligi ijrochi direktori Kim Sung Wan boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Hyundai Power Systems, Quantum Solution, Aquapro hamda KEC System kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda tashlab yuborilayotgan biomassadan foydalanish orqali kogeneratsiya loyihalarini rivojlantirish imkoniyatlari, texnologik hamkorlik istiqbollari hamda Toshkent shahrida o‘tkazilgan "Energy Value Networks Forum" natijalari muhokama qilindi.Biomassa asosidagi pilot loyiha Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri yaqinidagi hududda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uni 2030-yilga qadar yakunlash mo‘ljallanmoqda. 👉@kommunal
6 681
| Nazorat tadbirlarida aniqlangan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati
Qashqadaryo viloyati
👉@kommunal
6 681
#nazorat
Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQSHga nisbatan chora ko’rildi
“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Andijon tumani "Chem" MFYda joylashgan “T.P.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg'i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga Ai-80 va Ai-92 markali avtobenzin sotilayotganligi aniqlandi.1️⃣Tekshiruv yakunida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQSHga nisbatan 29,1 million so‘m (realizatsiya qilingan 6 517 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Suv nasos qurilmalarini hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumani "Maydayobu" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro N. J. tomonidan dala yer maydonlarini sug‘orish uchun o‘rnatilgan suv nasos qurilmalarini hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 167,4 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
+2
Surxondaryo viloyatida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar tahlil etildi
Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat shtabining faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda mas’ullarga energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etish, tarmoqlardagi yo‘qotishlarni qisqartirish, resurslarni iqtisod qilish borasidagi ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.Shu bilan birga, ta’minot korxonalarining joriy yilda viloyatda energiya resurslarini iqtisod qilish rejalarini bajarilishi hamda yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlari eshitilib, aniq vazifa va ko‘rsatmalar berildi. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Qarshi shahrida ko‘p qavatli turar joy binolarda hisoblagich o'rnatmasdan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi
“Oʻzenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat Departamenti va “Hududgaz Qashqadaryo” GTF MROF va KQSAO bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida Qarshi shahrida joylashgan "U. B. T." MCHJga qarashli ko'p qavatli turar joy binolarni gaz hisoblagich o'rnatmasdan tabiiy gaz quvuriga ulanib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 86 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
#nazorat
Toshkent viloyatidagi AYOQSHlarda sifatsiz neft mahsulotlarini sotilish holatlariga chek qo‘yildi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Parkent tumani "Qoraqalpoq" MFYda joylashgan “N. O. P.” MChJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 16,3 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.1️⃣Bu kabi holat Bo‘stonliq tumani "Novobot" MFYdagi "S. P." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. 👉@kommunal
6 681
#nazorat
Toshkent viloyatidagi AYOQSHlarda sifatsiz neft mahsulotlarini sotilish holatlariga chek qo‘yildi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Parkent tumani "Qoraqalpoq" MFYda joylashgan “N. O. P.” MChJga qarashli AYOQShda sotilayotgan AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 16,3 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.1️⃣Bu kabi holat Bo‘stonliq tumani "Novobot" MFYdagi "S. P." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham AI-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi. 👉@kommunal
6 681
+3
Energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish va energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi va shahar prokuraturasi hamkorligida yirik iste’molchilar uchun tashkil etilgan uchrashuvda iqtisodiyot tarmoqlarida energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirishni ta’minlash hamda energiya auditidan o‘tkazish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Seminarda sohaning malakali mutaxassislari tomonidan energiya resurslarini iqtisod qilish, texnologik yo‘qotishlarni oldini olish, yirik korxonalarni auditdan o‘tkazish tartibi va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
👉@kommunal
6 681
Energiya auditini o‘tkazish tartibi va uning qanday ahamiyatga ega ekanligidan xabardormisiz?
Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarining energiya auditi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Energiya auditi energiya auditi xizmatlarini ko‘rsatuvchi va iste’molchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan o‘tkaziladi.Energiya auditining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 🔍yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, ulardan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish salohiyatini baholash; 🔍yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molining progressiv normalariga o‘tish bo‘yicha asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish; 🔍energiyani tejashga doir chora-tadbirlarni va energetika pasportini ishlab chiqish. 👉@kommunal
6 681
#Tezkor_tadbir
Xorazm viloyatida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi
“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch shahrida “T. Y.” MChJga tegishli elektr qurilmalar hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 2 milliard 207 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
#nazorat
Energetika obyektlaridagi uskunalarni shikastlanishi va o‘z navbatida texnologik yo‘qotishlar oldini olish maqsadida teplovizor ko‘riklari o‘tkazilmoqda
“O‘zenergoinspeksiya” tomonidan joriy yilning shu vaqtiga qadar hududlardagi podstansiyalar va transformator punktlaridagi kontaktlar va boltli birikmalarida paydo bo‘layotgan qizishlarni aniqlash bo‘yicha teplovizor ko‘riklari amalga oshirilmoqda.
Xususan, 1 975 ta podstansiya va transformator punktlaridagi elektr qurilmalarning 1 684 tasida meyoridan ortiq qizish holatlari aniqlandi.
O‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlangan holatlarning 1 587 tasi o‘z vaqtida choralar ko‘rilib, bartaraf etildi. Buning natijasida 1039 ta podstansiya va transformator punktlarida avariyaviy o‘chishlarni oldi olindi.1️⃣Shuningdek, ushbu podstansiya va transformator punktlaridagi uskunalarni shikastlanishi va o‘z navbatida texnologik yo‘qotishlari oldi olinib, 891.7 ming kilovatt-soat elektr energiyasi iqtisod qilindi. 👉@kommunal
6 681
#bilish_shart
Energiya resurslaridan foydalanishda qanday holatlarda moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilish tartibidan xabardormisiz?
Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar sud tartibida qo‘llaniladi. Bundan xo‘jalik yurituvchi subyekt sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybini tan olgan va moliyaviy sanksiyaning summasini ixtiyoriy tarzda to‘lagan hollar mustasno.
Moliyaviy sanksiyalar energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish doirasida o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari asosida qollaniladiBunda davlat nazorati organlarining vakolatli shaxslari tomonidan nazorat tadbirlarini o‘tkazish davomida aniqlangan huquqbuzarlik to‘g‘risida dalolatnoma tuziladi. 👉@kommunal
6 681
#nazorat
Sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQSHga nisbatan chora ko‘rildi
“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida "O.D.B." MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 45-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 28,9 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.Shuningdek, aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi. 👉@kommunal
6 681
#infografika / #energiya_tejamkorlik / #birdamjamiyat
Elektr energiyasini tejashni bolalikdan o‘rganamiz
👉@kommunal
6 681
+2
#Tezkor_tadbir
Samarqand viloyatida 5,3 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi
“O‘zenergoinspeksiya” Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Narpay tumanida joylashgan “N. M. T.” MChJga qarashli tosh maydalash sexi o'zboshimchalik bilar tok transformatorni almashtirib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 5 milliard 319 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 👉@kommunal
6 681
Uchko‘prik va Bulung‘ur tumanlari hamda Guliston shahrida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.P.” MCHJ mas’ul shaxslari ishlab chiqarish binosida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 494,4 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.T. “Mingchinor” MFY hududidagi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 160,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan
Tergovga qadar tekshiruvda fuqaro D.X. xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 172,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
👉@kommunal
