sᴜʙxɪᴅᴀᴍ ǫɪssᴀʟᴀʀɪ🖤
- مشترکین
- پوشش پست
- ER - نسبت تعامل
در حال بارگیری داده...
در حال بارگیری داده...
#Iqtibos Yangi asar Muqaddima Suv va otash Mashaqqatlarga to'la yangi tong otdi. Derazamdan tushgan quyoshning ilk nurlariyoq ko'zimni qamashtirib, o'zimni istamaygina u yon, bu yonga tashlagan bo'ldim. Ko'zimni ochmaslikka tirishib, uxlashda davom etishga urindim, ammo befoyda. Bolaligimdan shunaqaman: bir ko'z ochsam, qayta uxlolmayman. Yodimda bolalik chog'larim otam hali tong yorishmay turib ishga ketardilar. Yoz kunlari supada, salqin kunlarda dahlizda uxlardim. Otam ostonani bosib chiqishlari bilan dik etib o'rnimdan turardim. Har safar meni uyg'otib yubormaslik uchun oyoq uchida chiqardilar, ammo men baribir uyg'onib ketaverardim. Va uyqusiragan ko'zlarimni ishqalab, -Dada, ketyapsizmi? - derdim. -Uxlayver, hali tong otmadi, - deya chiqib ketardilar. Lekin bundan keyin menga uyqu qayda, o'zimni zo'rlasam ham hech ko'zim ilinmasdi. Behuda yotgandan ertaroq uy yumushlariga unnab ketardim. Oradan necha yil o'tdi, hamon shu qushuyquligim yo'qolmadi. Quyosh chiqmay turib ham uyg'onib olaveraman, ammo endi…
طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.