cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

🇺🇿Ulug' O'zbek Ulusi🇺🇿

*O'zbek oʻtmishi;buyuk shaxslari;kelajagi; Oʻzbekning kelib chiqishi,buyuk ajdodlarimiz va yangi dunyoda tanilgan O'zbek Ulusimiz vakillari haqida ma'lumot berib boriladi. #Yangi_Temuriylik, #Neo_jadidchilik, #Milliy_uyğonish !

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استازبکی415دسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
691
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Kanal vaqtinchalik ish faoliyatini toʻxtatishga qaror qildik keltirilgan noqulaylik uchun @Uzbek_ulusi obunachilardan uzur soʻraydi
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Valijon Toʻraqulov akaning kanallaridan shu rasmni koʻrib qoldim va u kishim "Rasmga nom bering" debdilar. Men uchun orzu:"Bu diagramma 🇺🇿Oʻzbekistonda faqatgina iqtisodning,farovonlikning keskin oʻsyotganligiga va odamlarning bunday keskin oʻsishdan xursand boʻlib oʻzini yoʻqotib qoʻyay deyotganiga nisbatan tavsif etilsa va umuman inflatsiya,ishsizlik va h.k pesimistik indikatorlarga nisbat qilib qoʻllanilmasaaaa🤒😵‍💫🤤. @Uzbek_ulusi
نمایش همه...
Siz yangi tahrirdagi 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasini qabul qilasizmi?Anonymous voting
  • Ha
  • Yoʻq
0 votes
Bugun 30-aprel Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilyotgan oʻzgartirishlarga nisbatan xalqning xohshini bilish,yaʼni referendum oʻtkazish kuni. Men erta tongda saylov uchastkamizga chiqdim va 🇺🇿Oʻzbekiston vatandoshi sifatida oʻz vakolatimdan foydalanib ovozimni berdim. Keling kanalimiz oʻrtasida ham xuddi shunday soʻrovnoma oʻtkazsakda sizlarning xulosangizdan xalqimizning mayli qanday ekanligini 705 kishilik fuqaromiz orqali aniqlab olsak(Anonim tarzda amalga oshirganimiz uchun haqqoniy javob berasiz degan umiddaman😊). @Uzbek_ulusi
نمایش همه...
00:23
Video unavailableShow in Telegram
Biz 🇺🇿oʻzbekistonliklarning tarixiy imidjimiz boʻlgan 🇺🇿Amir Temur bobomizning Koʻksaroy qarorgohi toʻliq koʻrinishi qanday boʻlganini Viasat History tayyorlagan ekan. Oʻtmishimizni oʻrganishda yo biz orqadamiz yoki ilm-fan va taraqqiyotimiz orqada. @Uzbek_ulusi
نمایش همه...
1.97 MB
Demak ushbu yurtning odamlari qandayligi davlatning ham amalda shundayligini hal qiladi. Xitoy va Rossiyaga toʻgʻridan toʻgʻri chegaradosh boʻlgan va nisbatan yirik aholiga va oʻta ulkan hududga ega boʻlgan Qozogʻiston gʻarbga Oʻzbekistonchalik muhim deb sanash qiyin deyish biroz gʻalatidek goʻyo. Sababi qondosh va jondosh 🇰🇿Qozogʻistonimiz KXSHT ga va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo.Harbiy va iqtisodiy alyans boʻlgan ushbu tuzilmalarning katta ogʻasi Rossiya va qozoq qardoshlarimiz uchun rus tilini bilish oʻta oddiy va ommaviy hol hisoblanadi.Bu esa albatta Gʻarb uchun bir necha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.Unutmaylikki Oʻzbekistonda baxtga qarshi ingliz tilini biladigan avlod shakllanmoqda.Magistrga kirishda va bakalavriatda ingliz tilidan sertifikat boʻlib talaba yoki magistrant boʻlolish imkonini berishi va umuman ingliz tilini oʻrganyotgan yoshlarning rus tilini oʻrganyotgan yoshlarga nisbatan ancha ustunligi bizning Vatandoshlarimiz osonlikcha Gʻarb kitoblari va mediasini isteʼmol qilishga imkon beroladi .Albatta qachonlardir 90% Qozogʻistonliklar rus tilini bilganidek biznikilar ham shu darajada yuqori foizda ingliz tilini biloladigan darajaga chiqishi mumkin. Shularni hisobga olgan holda ehtimoliy jihatdan (juda past ehtimol bilan boʻlsa-da) Gʻarb "Kun.uz","Azon tv" kabi yirik media kontentlarga va koʻplab mashhur bloggerlarimizga moliyaviy, maʼnaviy va boshqa jihatdan koʻmak bermayapti deyish ham biroz gʻalatidek.Sababi mediaviy kuch odamlarga oz ozdan,biroq oʻta puxta taʼsir oʻtkazadigan vositadir. Saida Mirziyoyeva opa ham gʻarb jamoasi bilan juda iliq munosabatga egaligi va ular bilan har tomonlama yaqindan hamkorlik qilayotganligi ham ajoyibdir.Negaki koʻplab ziyoli qizlar uchun Saida opa haqiqiy ideal inson.Koʻplab ziyoli va oʻqimishli qizlarning oʻz profillariga Saida opaning rasmlarini qoʻyib olishi ham bu insonga nisbatan yosh qizlarda qanchalik simpatiya kuchli ekanini koʻrsatadi va aynan shu qizlarning intilishi va dunyoqarashi kelajakdagi yosh onalarning oʻz goʻdaklarini oʻz tarbiyasi boʻyicha tarbiyalashi ham uzoq muddatda odamlarni qanday oʻsishini va zamonaviylashishini koʻrsatib beroladi. Soʻzim soʻngida nima demoqchiman.Oʻzbekistonda aslida liberallar juda kuchli taʼsirga ega.Zimdan sezilmasligi mumkin bu. Biroq ularning ter toʻkib qilyotgan mehnatlari vaqti kelib oʻz hayotimizda seziladi.(Baribir Oʻzbekistonda OʻzLiDeP eng kuchli va yetakchi partiyalik oʻrni borda nima boʻlsa ham). Oʻzbekistondek kuchli taʼsirga ega boʻloladigan qondosh va jondosh Turkiyamizda ham yaqinlashib kelyotgan saylovda liberallar gʻalaba qozonishi meni quvontiradi. Turk,fors va arab dunyosida ham azal azaldan oʻz oʻrniga ega boʻlgan ushbu ikki xalqning bir xil intilish, dunyoqarash va zamonaviy hayot va taraqqiyotga intilivchanligi.Nafaqat bu ikki davlatning,balki,ular orqali butun Oʻrta va Kichik Osiyodagi jamiyatlarning ham har tomonlama unib oʻsishida oʻz ijobiy taʼsirini oʻtkazadi Insha Allah.😊 (2-qism,FINAL) @Uzbek_ulusi
نمایش همه...
"Kun.uz" odatda dunyoviy korridordan qarab yangiliklar uzatib boradi odamlarga. Qizigʻi "Kun.uz" ning alohida platformasini qariyb 2 million, Telegram kontentiga sal kam 1.5 million kishi aʼzo, You tubeda esa 1.6 millionga yaqin. Biroq bu bevosita kuzatuvchilar boʻlib bilvosita,yaʼni "Kun .uz" kontentlarini boshqalarga uzatish orqali "Kun.uz" mediaviy jihatdan 6-10 million insonga taʼsir oʻtkazish kuchiga ega. Qizigʻi u Twitterda ham bor. Facebook va Instagramda bormi yoʻqmi bilmayman,chunki ularni ishlatmayman. Xullas "Kun.uz" yangilik eʼlon qilib borish bilan birga zimdan targʻibot ishlarini ham amalga oshiradi va gʻarbparast deb ayblanmasa ham postlaridan gʻarbga yon bosishi va unchalik Rossiyaga yon bosmay media tovarlar tayyorlashi seziladi.Shunisi ahamiyatliki,u bir qancha muhim ilmiy-jurnalistik loyihalar homiysi va hamkori. Bunga oddiy misol Temurbek Adhamov tomonidan yaratilgan "Osmondagi Bolalar" loyihasi,"Subyektiv" va h.klar misol. "Azon tv" loyihasi diniy taʼlimotchi kanal boʻlishiga qaramay keyingi paytlarda diniy taʼlimdan ham koʻra siyosiy mavzularni neo-jadidchilikka mos,gʻarbga koʻproq fokus qaratilgan holatda va Rus propagandasiga qarshi mavzularda koʻp gapiradi.Orada biz gʻarbparast emasmiz deb gʻarb xatolarini sanashi esa oʻzini oqlashning moslashuvchan yoʻli deb bilaman. Xuddi kanalimizni har tomonlama rivojlanishida oʻz xissasini qoʻshib kelyotgan va qaysidir maʼnoda bizning mediaviy ittifoqchimizga aylangan @ibtido_tarix kanali bosh administratori ham oʻzini rusparast va gʻarbofob emasligini aytib,Rossiyaning ora orada 1-2 ta kamchiliklarini sanab va gʻarbning yutuqlarini aytishi baribir aslida qanday ekanligini bilishni cheklolmaganidek,Azon tv ham eʼtiqoddan cheklanmagan holatda zamonaviylikni va milliy gʻururni uygʻotishda muhim ishlar qilmoqda deb oʻylayman. Eʼtibor bergan boʻlsangiz oʻz yoʻnalishida Oʻzbekistonda yetakchi boʻlgan bu kontentlarning har tomonlama xalqni shuuriga taʼsirchan ruhda kirib boradi va "Kun.uz" dunyoviy tarafdan, "Azon tv" esa diniy tarafdan biroq odatda bitta missiyani maqsad qilib yoʻlga chiqqan qushning ikki qanotiga oʻxshaydi(U qanotning tanasi bu xalq va qush qanotini qayoqqa qoqsa xalq ham shu tarafga yoʻnalishi mumkin).Yaʼni odamlarni zamonaviylikka oʻrgatish va gʻarbni yaqindan tanishtirishdan va shuning bilan birga milliy oʻzlikni anglashni chuqurlashtiradi. Aslini olib qarasa gʻarbparast bloggerlar har sohada,tarixmi,iqtisodmi yoki boshqa Oʻzbek Media kontentini qoʻlga olib boryotganga oʻxshaydi. Lingvist Eldor Asanov,mantiqchi Nurbek Alimov,iqtisodchi Otabek Bakirov,tarixchi Nozim Safari,Zafar Solijonovlarni ishoning millionlab insonlar kuzatadi.Toʻgʻri ularning obunachilari bir necha million emas. Biroq hozir ularning postlarini oʻz auditoriyasiga uzatadigan kichik auditoriyali bloggerlar va yakka uzatuvchilar(forward qiluvchilar) hisobiga bu ish amalga oshadi. Buni jinnicha masonik hiylasi demaymanu,lekin kulturniy media olamning zimdan yoki ochiq oydin gʻarbparast boʻlishi bu uzoq muddatli rejaga oʻxshaydi ,yana bilmadim. Nega desangiz odamlar har kuni oʻqiydigan postlarning va kuzatadigan materiallarning taʼsiri albatta odamlar ongiga taʼsir qilmay qolmaydi. Oz ozdan boʻlsa ham bu oʻz mevasini beradi.Kamiga rusparast bloggerlarning men sanagan gʻarbparast ziyolilar qatlamidan auditoriyasi birmuncha ozligi ham kuchini koʻrsatoladi.Ushbu omillar xalqning ongida zamonaviylikka va gʻarbga moyillikni ozmi koʻpmi oshirib boradi.Bir narsa-ki,Oʻzbekiston gʻarbga kerak. Negaki ushbu mamlakat Xitoy va Rossiyaga faqatgina bitta qoʻshnidan oʻtib chiqoladi va har ikkisining birortasiga toʻgʻridan toʻgʻri chegaradoshmas.Qolaversa Oʻzbekiston aholisi 40 millionga qarab ketyotgan va iqtisodiy va siyosiy jihatdan anchayin katta kuchga ega boʻlib boryotgan davlat. Davlat kim, davlat —odamlar(yurtboshimiz ham,hokimlaru boshqa rasmiy shaxslardan tortib boshqalar ham odam,demak davlat bu biz)!!!
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
2-3-may kunlari yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Germaniyada boʻlarkan. 🇺🇿Oʻzbek-🇩🇪German aloqalari mustahkamlanaversin. 🇩🇪Germaniya Federativ Respublikasi kansleri Olaf Shols janobi oliylari qachon 🇺🇿Oʻzbekistonga amaliy tashrif bilan kelar ekanlara?! @Uzbek_ulusi
نمایش همه...
. *🇺🇿OʻZBEK MEDIASIDAGI AJOYIBOTLAR* Esingizda boʻlsa Turkiyadagi saylovlar haqidagi postda Turkiyadagi eng yirik yangiliklarni ulashib boruvchi mediaviy kontent "Sabah" ekanligini aytgan edim. Anadoluchada sabah tong deganidir. Oʻzbekistondagi eng yirik mediaviy kontent "Kun.uz" hisoblanadi. Men "Kun.uz"ni atamashunoslik jihatdan "Sabah" ni klonlashtirilgan(ilhomlangan yoki koʻchirilgan holda yangi birining paydo boʻlishi) varianti deb bilaman. Turkchadagi "Sabah(tong)" bilan Oʻzbekchadagi "Kun" unchalik maʼnodosh boʻlmasa-da ayrim paytlarda tonga sinonimlik vazifasini oʻtab beroladi. "Kun.uz"ni ehtimoliy Turkiyaning "Sabah" iga taqlid qilingan holatda yaratilganini "Kun.uz" ning shioridan da anglash mumkin. Yaʼni ; "Kunni biz bilan boshlang!". Ushbu shiordan kelib chiqiladigan boʻlsa "Kun.uz" taʼsischilari aynan kuningizning boshlanishini biz bilan boshlang deya daʼvat qilyotganga oʻxshaydi. Kunning boshlanishi esa Oʻzbekchada tongdir va tong turkchada "Sabah"dir. Yangilik kanali vazifasini toʻliq oʻtamasa-da siyosiy-propagandik media kontentga aylanib boryotgan va bu borada anchayin katta tajriba va auditoriya toʻplay olgan "Azon Tv" ham aslida arab dunyosida mashhur boʻlgan "Al Jazeera" kontentiga aqalli (eng kamida) logotip jihatdan oʻxshash.Ishonmasangiz,tekshirib koʻrishingiz mumkin. Oʻzbek Media olamida sharqdagi qaysi narsa yoki voqea urfga kirsa yoki katta muvaffaqiyat qozonsa shunga nisbatan bevosita yoki bilvosita taqlid qilish harakteri bor deb oʻylayman. Bunga misol qilib 20-asr oxiri va 21-asr boshlarida chiqqan va qisqa vaqt ichida dunyoda mashhur boʻlgan va qator mukofotlar (ular orasida mashhur gʻarb mukofotlari ham bor)ni qoʻlga kiritolgan 🇮🇷Eron ijodkorlari tomonidan tayyorlangan "Osmon bolalari" kabi molodostniy motivator filmga taqlid sifatida bizda ham 2 qismli "Osmondagi bolalar " filmi ishlab chiqilishi bunga misoldir. Biroq "Kun.uz" va "Azon Tv" Turk dunyosining "Sabah"i va arab dunyosining "Al Jazeera"siga yuqori ehtimol bilan taqlid sifatida yaratilgan boʻlsa ham ularning targʻiboti va faoliyati ushbu xorijiy sharq-musulmon dunyosi kontentiga oʻxshashmi?!🤔 Oʻylayman-ki,bizning ushbu Oʻzbekistonda allaqachon yetakchi boʻlib ulgurgan milliy kontentlarimiz faoliyati Sabah va Al Jazeeradan bir muncha farqli... (1-qism) @Uzbek_ulusi
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.