cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

🌱🌹DILKASHLARIM🌱🌹

💖Assalomu alaykum xurmatli kanalimiz obunachilari eng avvalo kanalimizga xush kelibsiz sizlar bu yerda aslo zerikmaysizlar sizlar bu yerda eng avvalo do'st xam uchratishingiz mumkin va barcha sherlari xamda chiroyli taronalaru rasmlar giflar siz uchun💖

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
307
مشترکین
-124 ساعت
-57 روز
-1030 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

# Tanlov uchun Shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yillik yubileyiga bagʻishlov 🕊 SHOIR MUHAMMADNING IZLARI QANI🥀 Andijon shamoli mayus esmoqda, Koʻnglim tug'yonida sog'inch kezmoqda. Buni kimdir sezmay kimdir sezmoqda, Shoir Muhammadning izlari qani? Aytilmagan alyor soʻzlari qani? O ona makonim deya kuylardi, Xalqini madh etib yonib soʻylardi. Sidqidil yurakdan suyib oʻylardi, Shoir Muhammadning izlari qani? Aytilmagan alyor soʻzlari qani? Adir to'la lola boshini eggan, Alvon-alvon nola yoshini toʼkkan. Koʻksiga armonning gʻamlarin taqqan, Shoir Muhammadning izlari qani? Aytilmagan alyor soʻzlari qani? Nazira ayolin koʻngli ham yarim, Qayda ekan der goh vafoli yorim? Haq Egam ham bir bor tinglaymi zorim? Shoir Muhammadning izlari qani? Aytilmagan alyor soʻzlari qani? Nahot muzdek tani uyum tuproqda? Goh esga olurman qalbim titroqda. Shoirning soʻzlari kelar yiroqdan, Shoir Muhammadning izlari qani? Aytilmagan alyor soʻzlari qani? Mehr qolur elda muhabbat qolur, Shoirim o'lmagan xalqim yod olur. Lek dilda abadiy sogʻinchni solur? Shoir Muhammadning izlari qani? Aytilmagan alyor soʻzlari qani? ✍✍Akromjon Aliqulov Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani Gʻurjob qishlogʻi Zarxal mahallasidan 2024 05 09 🕰15 : 52
نمایش همه...
👍 1👏 1
Jigarlarim yuragimni tilib tursa, Yor deganim ortdan qarab kulib tursa. Kiyganlarim eski-tuski mato bo'ldi, Mehirsizga ko'ngil quyish xato bo'ldi. Ko'zimdagi yoshlarimni tindirishdi, Hiylasiga men soddani ko'ndirishdi. Egilmas-ku ortdan kelib sindirishdi, Mehirsizga ko'ngil quyish xato bo'ldi. Omad quchsam eshigimni ochishgandi, Davlatimni be'minnat deb sochishgandi. Singan kunim sirim sotib qochishgandi, Mehirsizga ko'ngil quyish xato bo'ldi. Tiriklaring qilmishidan kuygan edim, Dard alamni yolg'iz o'zim tuygan edim. Hammasini chin yurakdan suygan edim, Mehirsizga ko'ngil quyish xato bo'ldi. Qismatimga achinaman kunda gohi, Yomonlaring tutmasinda qilmish ohi. Allohimga tavvakal deb bir buyog'i, Mehirsizga ko'ngil quyish xato bo'ldi. Boymirzayev Eshmamat.
نمایش همه...
👍 1👏 1
Bugun... Bugun sevgimizga qoʻyildi nuqta... Bugun, endi... Menga kimliging qiziq... Bari goʻzal boʻldi... Barchasi puxta... Lekin bir soʻzing yoʻq... Jimliging qiziq... Yakun shu... Astoydil uzun... Ogʻriqlik... Malhami chin dildan hohlanmas yara... Bugun shoirmasmas... Yoʻqdir notiqlik... Bugun oddiy boʻlib, Yonyabman... Qara... Koʻzyosh... Sogʻinch.. Hijron... Hohishing nima... Koʻnglimdan soʻrab ol... Sazang oʻlmaydi... Erta begonamiz... Bugun hotima... Keyin soʻrolmaysan, Imkon boʻlmaydi... Endi... Ishq daftarin qolgan qismi Oq... Armon koʻrganlarning bir guruximiz... Bugun ikki tomon ketsakda, Biroq... Bir biriga mangu oshiq Ruximiz... ✍ Odilbek Qodirov ❤️ 𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 | 𝙾𝚍𝚒𝚕𝚋𝚎𝚔 𝚀𝚘𝚍𝚒𝚛𝚘𝚟
نمایش همه...
👍 1👏 1😢 1
👍 1👏 1
Ekanda Ulug‘bek deydikim xasis ekan bu dunyo Shoh bo‘lsang ertaga misli gadosan go‘yo Bilmam adashdimmi yanglishdimmi yo Onajon o‘g‘lingiz hali g‘o‘r ekanda ✍✍✍Ulug‘bek Saloh OʻGʻLINGIZ !!! Konglimni sòramadi kònglimdagilar, Xatolarim izlab ketishdi nari, Axvolimga kuldi yonimdagilar, Onajon òģlingiz ģòr ekan xali. Sevgimni mensimay ketdi sanamlar, Ustimdan kulishdi, kuldilar bari, Barchasin kulgusi qildi alamlar, Onajon òģliz ģòr ekan xali. Bilmadim insonlar baģri toshmikan, Nega tor bòlyapti barchasin baģri, Yo shuncha dunyo menga tormikan, Onajon òģlingiz ģòr ekan xali . Taqdirga bòysinib yashab kelaman, Barchasi azobmi qaragan sari, Bu dunyodan endi yiģlab ketaman, Onajon òģlingiz ģor ekan xali. Jim bòlib kuzatdim barchani òzim, Òtkinchi xavasda soxtadir bari, Kòrmasaydi òsha ròyoni kòzim, Onajon òģlingiz ģòr ekan xali. Nurali xis qildi shunday dunyoni, Yuraki oģridi kòrgani sari, Unutdikmi dòstlar ibo xayoni, Onajon òģlingiz ģòr ekan xali. Nurali ✍
نمایش همه...
👍 1👏 1
Xayrli oqshom
نمایش همه...
👍 1👏 1
ДИЛОЗОРИМ. Кўнгил қўйдим чин юракдан меҳрим бериб, Ой юзига маҳлиёман гуллар териб. Рашки ёмон, гумонлари жондан ўтди, Дилозорим севди дебман, кўксим кериб. ✍️ Нурали. Кетмай туриб, қўлин тутинг ўшал қизни, Араз қилманг, тополмайсиз гўзал юзни. Меҳр беринг, канда қилманг ширин сўзни, Икки дилга "туйғу" бермоқ Оллоҳ изни. ✍️ Феруза . Р. Тақдиримиз бирга бўлса кетолмайди, Араз, гина қилиб мендан кечолмайди. Ишонсангиз опам менинг шу сўзимга, Ўшал пари, мендайини тополмайди. ✍️ Нурали. Рашкли бўлмоқ, мусулмонга иймондандир, Ортиқча рашк ёмон асли, гумондандир. Ҳеч бир банда тўғри йўлдан адашмасин, Бандасига тақдир битмоқ Оллоҳдандир!. 03.10.2023й. ✍️ Феруза Р. ✍️ Нурали. 🍃🌺🍃🌸🍃🌼🍃🌸🍃🌺🍃 Ижрода Феруза🎤
نمایش همه...
👍 1👏 1
SEZDIRMASDAN!!!! Azoblaring yuragimni tilgan kuni, Nafrat bilan boqib ketdim bildirmasdan, Bilib qòygin bevafoyim bilgin shuni, Yiroqlashib ketding bugun sezdirmasdan. Muxabbatni òyin qilib ketgan kuning, Yuragimdan yulib otdim bildirmasdan, Òyin ekan xar aytgan sòzing sening, Yiroqlahib ketding bugun sezdirmasdan. Kulgularing xatto bilsam soxta ekan, Yuragingni kòndiribsan sevdirmasdan, Men bechora ishonibman sevdi deya, Yiroqlashib ketding bugun sezdirmasdan. Gullar tutib kunda bir bor qòllaringa, Kòngling olib avayladim sindirmasdan, Oshiq bòlib ishonibman sòzlaringa, Yiroqlarga ketding bugun sezdirmasdan. Qiynamoqda xayollarim bevafo deb, Qalbim qiynab ozorlarlandi bildirmasdan, Naxot menga ayrliqni kòrding ravo, Yiroqlashib ketding bugun sezdirmasdan. Nurali✍ Feruza 🎤
نمایش همه...
👍 1
Йиллар сари. Ёдга тушмас, борми айтинг қариндошлар, Унутилди бир дийдор ҳам, ҳам қардошлар. Кўришиш йўқ аввалгидек дамлаб ошлар, Биз дийдорни унутяпмиз йиллар сари, Ортмар эмиш товба ўздан бир рўзғордан, Борди-келди узулмоқда  демас ордан. Меҳр кетди бегонами, қон-жигардан, Биз дийдорни унутяпмиз йиллар сари. Битта меҳмон келса уйда тўй бўларди, Ака-ука, қўни-қўшни бир келарди. Қий-чўвлашиб болажонлар шод куларди, Узоқлашиб кетилмоқда йиллар  сари. Амма келса суюрнарди ҳамма бирдек, Ташвиш келса куюнарди ҳамма бирдек. Муаммолар ҳал бўларди ечим бирдек, Йиғилиш йўқ йўқ бўляпти йиллар сари. Ажрат-ажрат бўлиб қолди ўз-ўзидан, Қулоқ солмас насихатга ёш  бошидан. Меҳмон келса сезилади эҳ кўзидан, Меҳру-вафо кетмоқдами йиллар сари. Инсоф берсин яратганим барчамизга, Меҳр берсин, оқибатсиз қалбимизга. Ўтганларни руҳларини шод қилгани, Дейдор берсин, юқолмасин йиллар сари. Ширин дейдор юқолмасин борган сари. Муаллиф: Гулора Ҳамиджановна.
نمایش همه...
👍 1
2🥰 1