193
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
193
— U sendan behojat bo‘lsada seni yaxshi ko‘radi.
— Sen Unga muhtoj bo‘lsangda Undan qochasan!
Subhanalloh!..
193
Keksa olimlarda biri yosh shogirdiga bunday nasihat qilgan ekan:
“Ishlash qobiliyatingni yo’qotmasdan oldin ishlab qol, chunki men bugun ishlashni xohlayman, lekin unga qodir emasman”.
(c) Ulamolar nazdida vaqtning qadri
193
Allohim, ishlarimizni O'zing tadbir qilib ber.. Chunki o'zimiz go'zal tadbir qila olmaymiz
193
Bir yaqin insonim;
"odam ko'nikuvchan..hamma narsaga ko'nikadi" degan edi.
Shunday ekan.
Men ham bora-bora koʻnikyapman.
Qalbimning eng tubida joylashgan narsalarimni baham ko'rishga tayyor bo'lgan insonlarimdan uzoqlashib boryapman, his qilayotgan hamma narsamni bo'lishishga, ichimdagilarni aytib berishga tayyor edim bir paytlar, lekin hozir emas. Bunday insonlar, zotan juda oz edi, hozir esa ular yanada kamaydi. Deyarli yoʻq desam ham boʻladi.
Ularning oʻzi hayot boʻlsada, aynan mening hayotimda uzoq vaqtdan beri, ishtirok etmaydi.
Avvaliga, hozir koʻrsam, ularga boshimdan oʻtganlarni, bir-birimizni koʻrmagan vaqt ichida, nimalar qilganimni aytib beraman deb o'ylayman.
Koʻz-ko'zga tushgach, ne ajabki, aytadigan so'zim, gapim boʻlmaydi.
Goʻyo qarshimda, bir paytlar tamoman ishongan insonim emas, butunlay begona inson turgandek.
Va u bilan hech narsani bo'lishishni xohlamayman, nazarimda meni tushunmaydigandek..
"Nima gaplar?" savoliga esa, yaqin insonlarim yana bittaga kamayganini hisobga olmasa, "hammasi oʻsha-o'sha", deb javob berib qoʻya qolaman.
Ehtimol, u umuman yaqin boʻlmagandir..
Gʻalati his...
@dunya_di🍃
