fa
Feedback
Javohir Fikrlar

Javohir Fikrlar

رفتن به کانال در Telegram

Data Engineering at Bloomberg MSc in AI & Analytics at ESMT business school Bu kanal faqat kod yozish haqida emas Bu yerda fikrlarimni va tajribalarimni ulashaman Qiziq rasm/videolar : @choygram Contact : @javokhir_contact_bot

نمایش بیشتر
1 386
مشترکین
-124 ساعت
-17 روز
-430 روز
آرشیو پست ها
Dada, aya, rasman, endi o’g’lingiz magistr Berlindagi ESMT Biznes maktabining 2 yillik “Masters in Analytics and AI” dasturin
+4
Dada, aya, rasman, endi o’g’lingiz magistr Berlindagi ESMT Biznes maktabining 2 yillik “Masters in Analytics and AI” dasturini vanihoyat bitirdim Diplomda meni ismim bo’lgani bilan, asosiy hissa va yutuq yaqinlarimniki 2023 yil Germaniyaga talaba vizaga topshirishda deposit(~11-12k euro) qo’yish uchun mashinamni(Nexia 3) sotishim kerak bo’lgan, lekin uni yaxshi ko’rganim uchun sotishni kechga suraverganman, shu sabab vizaga ham kech topshirgandim, o’qish boshlanishiga 4-5 kun qolsayam vizadan darak yo’q. O’qishdagilar 1 hafta kech qolsam, o’qishga kelishimni foydasi yo’qligini va dasturdan chetlashtirilishmni aytishgan Shukrki, 3 kun qolganda viza chiqqan va o’qishga yetib kelganman O’zi Germaniyaga kelish sarguzashtlar bilan boshlangan, kelgan kunim aeroportda eng asosiy narsalarim(hamma hujjatlar, passport, pul, ishxona macbooki, elektronikalar)bor sumkani qoldirib ketganman va bu esga tushib qaytib borganimda yo’qolgan bo’lgan, qisqasi 3-4 soat yugur yugur va militsiya aralashuvi bilan topilgan, uzun hikoya… Hullas talabalik sahifasi ham shu yerda yakunladi(balki hozircha). 2 yilda 20 yillik xotiralar yig’dim Rahmat

Siemensdagi oxirgi kun Aytgancha Berlinda Siemens stansiyasiyam borakan
+2
Siemensdagi oxirgi kun Aytgancha Berlinda Siemens stansiyasiyam borakan

100 betlik prompt? Yaqinda "Big 4" lardan biri KPMG(soliqlar bo'yicha maslahat beruvchi firma) TaxBot AI agentini qurish uchu
100 betlik prompt? Yaqinda "Big 4" lardan biri KPMG(soliqlar bo'yicha maslahat beruvchi firma) TaxBot AI agentini qurish uchun 100 betlik prompt ishlatgani haqida o'qib qoldim. Aytishlaricha oldin 2 hafta olayotgan 25 betlik reportni 1 kunda tayyorlab beryabdi ekan, hozircha faqat tajribali soliq maslahatchilariga ishlatishga ruxsat bor ekan Bunaqa uzun prompt ishlatishganini ko'rib hayron qoldim, hozircha uni qanday ishlatishgani, promptni strukturasi yoki umuman ichkaridagi sxema haqida hech narsa bilmayman, lekin to'g'risi menga bu usul sal yoqmadi, balki effektivroq alternativ bordir deb o'ylab qoldim Albatta hamma o'ylaganidek, meniyam kallamga kelgan 1 chi fikr -"fine tuning qivorsa bo'maydimi, RAG ishlatishyabdimi o'zi?" bo'ldi, lekin hulosa qilishga shoshmayman odatda, ularam "tupoy" emas, o'ylashgandir deb qo'ydim Lekin meni o'ylantirgan, bo'lishi mumkin bo'lgan muammolar: 1. Buni ushlab turish, ya'ni kontekst yangilansa promptni to'xtovsiz yangilab turish kerakmi yoki RAG yo'lga qo'yilganmi? 2. Gandiraklash, 100 betlik prompt degani bu aniq javob beradi degani emas, LLM larga promptlar asosan javob, natijani qanaqa ko'rinishda chiqarishga ko'proq ta'sir o'tkazadi, fikrlashga yoki hisoblashga emas, balki shu sababli oxirgi gpt modellar ham oddiy arifmetikalarda gandiraklab qolar... 3. Narx, endi bunaqa uslub Gentra benzinni suvday ichkani kabi tokenni ayamay yoqsayam bu yerda foydaga nisbatan unchalik katta emas deb o'yladim, bitta report uchun balki ko'pida $100 ketar lekin uni kamida $10-15 mingga sotsa kerak KMPG Men buni har hil qismlarga bo'lgan bo'lardim, hisoblash, savolni tushunish, kategoriyaga arjatish(korporativ soliq, shaxsiy soliq va hkz), hullas har bir bo'lim uchun alohida alohida prompt, agentlar...100 betlik promptda katta ehtimol bilan kamida 15-20 ta buyruq/bo'limlar bo'lishi kerak Ammo o'ylaymanki, bu haqida ma'lumot berilmagani bular qilinmadi degani emas, katta ehtimol bilan bularni hisobga olishgan KMPG injinerlari Sizning fikringiz qanday? 100 betlik prompt normalmi?

Yevropadagi oxirgi oylar... So'ngi vaqtlar ancha band bo'ldim deb postlar kamligiga bahona qilaman - bu orada Bloombergni bac
+3
Yevropadagi oxirgi oylar... So'ngi vaqtlar ancha band bo'ldim deb postlar kamligiga bahona qilaman - bu orada Bloombergni background check jarayoni yaxshi tugallandi - 🇬🇧 UK ga ishchi vizasini ham oldim 2029 yilgacha - Diplom ishimni(master thesis) ni ham muvaffaqiyatli topshirdim - Londondan ofisga 20 minutlik masofada uy ijara ham topdim, 40 ta e'lon bilan gaplashibman, Londonga student bo'lib kelayotganlar narxlarni inobatga olinglar ⚠️ - Siemensdan ham offboarding tugadi, keyingi hafta oxirgi ish kunim, roppa rosa 1 yil AI agentlar qurish ustida ishladim, bu yerda ishlashni tavsiya beraman, faqat to'g'ri department, to'g'ri jamoa bilan - ESMT ning yozgi 2 oylik "Entrepreneurship" dasturida qatnashdim - Orada quyosh energetika kompaniyasiga kichik AI Agent ham sotdik, hozir 20x resurs va vaqt tejayabdi - Hozir Germaniyada sug'urta, pochta, "propiska" larni deregistratsiya qilish bilan bandman - Masters student maqomini rasman keyingi hafta topshiraman👨🏻‍🎓 - Kommunikatsiya ustida ishlash niyatida 1:1 individual darslar olishni boshladim - Yevropadagi oxirgi safarni Shveytsariyaga sentyabrda 4 kunlik sayohat bilan yakunlamoqchiman 🇨🇭 Yevropada 2 yil vaqtim davomidagi hulosalar, darslarim haqida keyinroq bir yozaman

Avoid paths that reset to zero

Repost from Pavel Durov
➕ If you’re a student choosing what to focus on, pick MATH. It will teach you to relentlessly rely on your own brain, think logically, break down problems, and solve them step by step in the right order. That’s the core skill you’ll need to build companies and manage projects. 🏢

“Ketmon” restoraniga 24/7 ishlaydigan AI voice agent qurib, joy band qilib ko’rdim. Latency ozgina baland ekanini hisobga olmaganda yomon emas O’rtacha 6-9 sekundda javob qaytaryabdi Birinchi o’rinda telefon operatorlari va kommunal xizmatlarga qo’yishsa yaxshi bo’lardi shunday agentlarni, yaqinda O’zbekistonga borganimda 15-20 minutlab navbat kutdim, haliyam o’sha holat

Pet Project Qilmang Boshida tajribasiz ish boshlayotganda "tovuq-tuxum" muammosi ko'pchilikda bo'ladi ya'ni ish topish uchun tajriba kerak, tajriba uchun ish topish kerak. Shunaqa payt ko'pchilik pet project(shaxsiy loyiha) qilishadi masalan "To Do List, Tic Tac Toe va hkz", shaxsan o'zimam shunaqa qilganman Lekin men sal samaraliroq yo'lni maslahat bergan bo'lardim, deyarli hamma soha uchun ishlaydi Osmondan yoki Youtubedan siyqasi chiqib ketgan "шаблонный" loyihalar qilishni o'rniga, Upwork ga kiring, va sohangizdagi ishlarni toping, u yerda mijoz loyiha talablari haqida o'zi detallar bergan bo'ladi, O'sha loyihani chiroyli qilib qiling va loom videoda demo qilib, ishga topshirib yuboring va "hoy salom, loyihangni ko'rdim, men Upworkda yangiman lekin menga loyiha qiziq tuyuldi, shunga mana 1-chi versiyasini qildim, qarab ko'rchi" shunga o'xshash habar yozib yuboring Shu bilan siz bir o'q bilan 2-3 ta quyonni urasiz: 1. Mijoz sizni qabul qilish ehtimoli 2-3x ortadi 2. Mijoz qabul qilsa real tajriba va real loyiha olasiz, pul ham ishlab olasiz 3. Mijoz qabul qilmasayam endi siz real hayotdagi muammoni yechadigan loyiha qilgansiz chunki unga kimdir pul to'lashga tayyor edi Sizga kerak bo’ladigan 3 ta narsa: qunt, qunt va vaqt Ishga topshirganingizdayam shu demo videolardan foydalansangiz bo'ladi CVda, chunki ko'pchilik video demo qo'shmaydi loyihalariga PS: bu usulni o'zim sinab ko'rmaganman, yaqinda sinab ko’rmoqchiman, natijasini keyinroq bo’lisharman balki Sinab ko'rganlar yoki yaxshiroq usul bilganlar bormi?

Toshkentdagi Turin universitetini Mechanical Engineering fakultetini bitirib shu yo'nalishda ishlayotganlar yoki tanishi borlar bormi? O’zbekistonda va Toshkentda qayerlarda shu yo'nalishda yaxshi stajirovka yoki tajriba olsa bo'ladi? Ozgina maslahat kerak edi O'rniga bemalol mendan ham hohlagan savolizni/maslahat so’rasangiz bo’ladi agar kerak bo’lsa Kommentga yoki @javokhir_contact_bot ga yozvorishingiz mumkin Rahmat

O'zbekistonga kelganimdan keyin yana bir marta shu fikrlar esga tushib qoldi

15-16 yoshlarim Ingliz tili o’rganib yurgan paytlar, dadam bilan uyda gaplashib yotganimizdagi suhbat: Dadam : O’g’lim o’qishlar qale Men : Yaxshi Dadam : “Angliskiy” qale ketyabdi Men : ha zo’r Dadam : ha bo’masa bir tekshirib ko’raychi(dadam deyarli ingliz tili bilishmaydi) Men : ha bemalol Dadam : Do you smoke? Men : yo’g’eee 🗿 Bo’ldi shu bilan test tugagan, boshqa savol bo’magan

Amakim Tesladan Staff Compensation Partner roli uchun offer olishdi 🎉
Amakim Tesladan Staff Compensation Partner roli uchun offer olishdi 🎉

Repost from Musayev blogi
Bakalavrni chetda o'qish xato... Juda ko'p yosh uka-singillarimizning bakalavr bosqichini chetda, top universitetlarda o'qishga harakat qilayotgani va buning ortidan ustilarida tinimsiz ishlashayotganini ko'rish quvonarli. Lekin aynan bakalavrni chetda o'qishning boshqa bosqichlardan ko'ra hisobga olish kerak bo'lgan "narxlari" ko'proq va bu narxlar ba'zida foydalardan ko'ra ancha qimmatroq tushib ketishi mumkin. — Haftasiga 20 soatdan ortiq ishlash Agar chetda o'qish haftasiga 20 soatdan ortiq ishlash kerakligini anglatsa, bu juda katta qizil chiroq sifatida qaralishi kerak. Ayniqsa bakalavr davomida odatda o'z sohangizda emas do'kon, restoran yoki boshqa shu kabi minimum oylik beradigan va jismoniy charchatib tashlaydigan joylarda ishlashga majbur bo'lishingizni hisobga olsak. Boshidagi 2-3 oyda til, jamoaviy ish va boshqa ba'zi ko'nikmalaringiz oshsa ham, keyinchalik ular faqatgina ijara to'lovini to'lash vositasiga aylanadi. Talabalik chinakamiga "oltin davrga" aylanishi uchun esa siz boshlang'ich 2.5-3 yillikni sohangizda maksimum bilim olish va qo'shimcha loyihalar, tadqiqotlar qilib o'tkazishingiz kerak, shunchaki qorningizni to'ydirib va ijarachini boy qilib emas. — Universitet darslaridan ortolmay qolish Dunyoning top universitetlarida o'qish - bu juda ko'p vaqtingizni universitet darslariga qaratishga majbur bo'lishingizni ham anglatadi. Lekin shu darajadagi universitetlarda ham dars tarkibi amaliyotdan ortda qolib ketishi doimiy uchrab turadi. Ayniqsa, hozirgi sun'iy intelleket zamonida. O'qishdan keyin o'z o'rningizni topib ketish uchun esa haftasiga kamida 15-20 soat o'z qiziqqan sohangizni mustaqil o'rganishga yoki loyihalar ustida ishlashga sarflashingiz kerak. Faqatgina universitet darslariga ko'milib qolish esa sizni sanoatda kuchli mutaxassis bo'lishdan to'sib qoladi. Chinakam do'st orttira olmaslik Chetda o'qish davomida butun dunyodan yuzlab tanish orttirganingiz bilan birortasi bilan chinakamiga do'stlasha olmasligingiz mumkin. Sababi chinakam do'stlik paydo bo'lishi uchun qadriyatlar, qiziqishlar va kelib chiqish mos kelishi birga o'tkazilgan uzoq soatlardan ko'ra muhimroq. Chetdagi tanishlar bilan O'zbekistondagilardan farqli tarzda umumiy muammolar, hazillar va mavzularda birdaniga gaplashib ketish qiyin. Bu esa ular bilan aka-ukalardek do'stlashib ketishni ancha qiyinlashtirishi mumkin. Oiladagi o'rningiz shakllanmasligi Maktab paytida ota-onangiz sizni bola sifatida ko'rishi va ro'zg'or tashvishlaridan uzoqroq tutishi tabiiy. 18-20 yoshlardan boshlab esa sekin-asta oilada o'z o'rningiz shakllanib, sizning fikrlaringizga quloq tutiladi. Ammo oilangizdan juda uzoqda bo'lib, yilda bir marta uchrashib tursangiz ota-onangiz sizni ehtiyotlashda va oiladagi muammolardan uzoqroqda ushlashda davom etadi. Bu esa ulg'ayib bo'lganingizdan keyin ham oilangizda ma'lum o'rningiz yo'q ekanini his qilishingizga sabab bo'lishi mumkin. — Qadriyatlar, qarashlar va o'zlikni yo'qotib qo'yish 18-19 yosh shunday yoshki, unda insonning qadriyatlari (ko'p holatda) hali to'liq shakllanib ulgurmagan va bir vaqtning o'zida umuman yangisini shakllantirish uchun ancha kech bo'ladi. Bu yoshda butunlay yangi muhit, qadriyatlar va madaniyat doirasiga tushib qolganingizda o'sha muhit bir qismi bo'lishga kuchli xohish va harakat paydo bo'ladi. O'rgangan barcha an'analaringiz esa ko'zingizga streotip bo'lib ko'rinishi mumkin. Lekin aytganimdek sizda allaqachon ma'lum qadriyatlar shakllangan va ularni boshqasi bilan tag-tugi bilan o'zgartirib yuborish imkonsiz (va xato). Yakunda bu qarama-qarshilik esa ichingizda "Men o'zi kimman?" degan tugalmas savol paydo qilib qo'yish xavfi mavjud. Yuqoridagi sabablar birlashib esa bakalavrni chetda o'qishni yakunda xato qarorga aylantirib qo'yishi ham mumkin. Mavzu bo'yicha fikrlaringizni albatta izohlarda qoldiring! #discussion #bachelors #study_abroad @Musayev_blogi

AI bilan balki insoniyat tarixidagi javob topish eng oson bo'lgan davrdamizdir, qanday qilib sog'lom bo'lish, pul topish, mutaxassis bo'lish, biznes qilish... Qaniydi teskarisi bo'lsa, qancha qiyin bo'lsayam javoblarni qidirish va topish bizga bo'lsayu, unga amal qilib beradigan AI bo'lsa...

Repost from Javohir Fikrlar
Tip Birorta companyga ishga topshirishdan oldin Glassdoor dan usha companyni interview sahifasida kandidatlar interview etapi
Tip Birorta companyga ishga topshirishdan oldin Glassdoor dan usha companyni interview sahifasida kandidatlar interview etapigacha qanday yetib kelgani ko'rsatiladi. Agar online topshirib interviewga o'tganlar 80% dan baland bo'lsa referral qidirmasdan o'ziz topshiravering. Agar 50% dan past bo'lsa, referral topganiz yoki recruiterga direct chiqqaniz maqulroq PS. Rasmda Google statistikasi

Uyga 🅱️or! Londondagi qisqa safar ham tugadi, Berlinga qaytdim Tadbirdan maqsad, 2025-yil offer olganlarni yig’ib, ko’rishti
Uyga 🅱️or! Londondagi qisqa safar ham tugadi, Berlinga qaytdim Tadbirdan maqsad, 2025-yil offer olganlarni yig’ib, ko’rishtirib ularni ishga tayyorlash ekan. London ofis, Data departmentga ~20 ta atrofida odam, shu yil qo’shilarkan, va ularni hammasi deyarli Sentyabrda ish boshlaydi Bu kandidatlar, ish boshida 6 haftalik Delta treningdan o’tarkan. Trening oxirida “job fair” bo’ladi, jamoalar o’zlari haqida, loyihalar, texnologiyalar, maqsadlar va mavjud positsiyalar haqida ma’lumot berisharkan Keyin shunga qarab hamma o’ziga yoqqan jamoalarni tanlaydi, “team matching” o’sha paytda bo’ladi. Undan tashqari qadrdonlar bilan ko’rishdim, ular bilan diydorlashdik…

Javohir Fikrlar 💭 - 1200 ta obunachi - 700 ta ko’rish Choygram 🫖 - 300 ta obunachi - 900 ta ko’rish Hulosa : silarga fikrlardan ko’ra choy qiziqmi? 🤔😅

Kichik yangilik 3 hafta oldin Bloomberg Londonga eventga taklif qilib qoldi Mehmonxona, aviachipta, visa harajatlarini to’lab
+3
Kichik yangilik 3 hafta oldin Bloomberg Londonga eventga taklif qilib qoldi Mehmonxona, aviachipta, visa harajatlarini to’lab berisharkan O’tgan hafta shoshilinch bo’lgani uchun “priority” xizmati bilan topshirgandik, mana bugun 4 kunda chiqibdi 🎉 Shunday qilib bu hafta 3-4 kun Londonda bo’laman

photo content

Bir do’stim bilan bo’lgan chat Tajribam kam deb ishga topshirishga o’ylanayotganini aytdi Bunaqa suhbatlar ko’p bo’ladi, o’yl
+1
Bir do’stim bilan bo’lgan chat Tajribam kam deb ishga topshirishga o’ylanayotganini aytdi Bunaqa suhbatlar ko’p bo’ladi, o’ylaymanki bu situatsiya faqat do’stimda emas, shunga shu yerda qoldiraman