cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

ᥴꪮ𝘴ꪑꪮ𝘴🪐

Инни ухиббу-кя фи-лляхи🤍 Без вп ⛓️ 🦋[29.12.2021]🦋 Murojatlar uchun: @Cosmos_gd_bot 01.04.2022💫 Gruppa: https://t.me/cosmos_gd_chat Videochi: @Nurillox_06 @miss_you_0614 🤍

نمایش بیشتر
کشور مشخص نشده استزبان مشخص نشده استدسته بندی مشخص نشده است
پست‌های تبلیغاتی
592
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

00:09
Video unavailableShow in Telegram
🪐
نمایش همه...
00:23
Video unavailableShow in Telegram
😍❤
نمایش همه...
00:16
Video unavailableShow in Telegram
❤😁
نمایش همه...
00:10
Video unavailableShow in Telegram
🥺❤
نمایش همه...
🥀Chigal orzular🥀 [ 40-qism ] Oradan 1 oy vaqt o'tdi... Bu orada fasllarning kelinchagi bo'lmish bahor fasli kirib keldi. Atrof go'zal, bu go'zal manzara insonga o'zgacha kayfiyat bag'ishlardi.... Bu kun ikki opa-ukaning yaniy Jasmina va Elyorbekning tug'ilgan kuni.. Begoyimning hohishi bilan tug'ilgan kun uyda bo'lib o'tdi... Faqat yaqin insonlar, qadrdon do'stlar davrasida... Soat millari 00:00ga yaqinlashishiga oz fursat qolganda Begoyim farzandlari uchun chiroyli qo'shiqlar kuyladi va hammaligi bir oila bo'lib birga tort kesishdi... Yarim tun bo'lgani uchun ikki bolakay tez uxlab qolishdi... Begoyim esa shu kecha og'ir toshli libos tanlaganiga pushaymon bo'ldi... -Uxxx charchab kettim Begoyim xonaga kirarkan o'zini divanga tashladi... -Battar bo'l. Men senga boshqa ko'ylak kiy degandim-kuu. Tavba yana baland poshnali tufli kiyib olganinga ulamanmi? -Sizdan baland bo'lganimga alamiz keldimi? -Ko'p gapirma... Ma ol mana bu senga... Jamshid bir paketchani Begoyimga uzatdi. -Nima bu? -Kecha o'zing so'radingku. -Haaa testmi? -Hmm -Buni endi keragi yo'q. -Nega ekan? Bilasanmi buni qancha izlaganimni? 10 ta dorixonadan ohtarib ahiyri 11- dorixonadan topib olib keldim. Endi menga keragi yo'q deysanmi? -Buncha asabiylashasiz voy buuu... Kecha o'zim doktorga ko'rinib keldim. Shuning uchun kerak emas. -Xo'sh doktor nima dedi? -Doktormi? -Ha doktor nima dedi? -Doktor aytiki endi bundan buyog'iga meni hamma gapimga so'zsiz amal qilib. Nima yigim kelsa, nima qigim kelsa hammasini amalga oshirarkansiz. Keyin meni asabiylashtirmas ekansiz. Meni ehtiyot qilarkansiz. Aks holda hali endigina 3haftalik bo'lgan bolojonizni burni puchuq bo'lib tug'ilib qolarkan. Begoyim jilmayib, qorniga ishora qildi... Jamshidning esa yuzi o'zgargani yo'q... U indamay eshik tomonga yura boshladi. -Qayerga ketyapsiz ? Jamshidning qilig'iga tushinmay savol berdi Begoyim... Jamshid javob bermay indamay tashqariga chiqib ketdi. Oradan 5 soniya o'tmasdan hovlidan Jamshidning baqirig'ini ovozi keldi... Begoyim yugurib derani oldiga borib Jamshidni tomosha qila boshladi... Jamshid tinmay sakrab "men ota bo'laman" deb baqirardi... Quvonganidan sakrab sakrab baseynga tushib ketdii... Buni kuzatib turgan Begoyim qornini o'shlab tinmay kulardi... -Ehh Alloh o'zingga shukr. Meni yoshligimdagi orzularim amalga oshdi... To'g'ri unda orzularimning egalari boshqa edi... Lekin men o'zim orzu qilgan baxtga erishdim.... The end Hikoyamiz tugadi. Etiboringiz uchun rahmat. Siz bilan Muallif T.me/GULI bo'ldi. @cosmas_gd #Chigal_orzular
نمایش همه...
🥀Chigal orzular🥀 [ 39-qism ] Begoyim endi darvozadan qadam qo'ygandi. Jamshidning mashinasi darvoza tagiga to'xtadi... -Xudo sen menga yetkazdi... Dedi Begoyim va Jamshidning mashinasiga o'tirib oldi... -Tinchlikmi? Qayerga ketyapsan? -Tez tez airaportga haydaa... -Hop... Jamshid mashinani o't oldirdi - Tinchlikmi o'zi? Nega buncha hovliqasan? -Dinora Jasminani shifoxonadan olib qochipti... -Nima? Qanday kiripti shifoxonaga? -Bilmayman, bilmayman... Tezroq hayda.... -Hop tinchlan. Hozir katta airaportdan qanday izlamoqchisan. -Dinorani akasi va onasidan boshqa yaqini yo'q. Ular esa Londonda. Ne'matga aytgandim soniyalar ichida Dinora aynan hozir Londonga uchayotgan samaliyotga chipta olganini bilib berdi. Londonga samaliyot 1 yarim soatdan so'ng uchadi... -Demak shoshilish kerak... Jamshid tezlikni oshirdi va ular 10daqiqa deganda airaporga yetib kelishdi... Begoyim yugurgancha airaportga kirib ketdi... Atrof to'la odamlar... Bu insonlar ichidan Jasminani topish juda qiyin edi... Begoyim ro'yxatga oluvchilarning yoniga borib ulardan so'radi... -Kechirasiz xonim bizda ro'yxatga olish tugadi. Samaliyot 30 daqiqadan so'ng uchadi... -Londonga uchayotgan samaliyot qayerda? -O'ng tomonda... Lekin xonim.. Begoyim qizning gaplarini eshitmay yugurib o'sha tomonga ketdi... -Yo'q, u yerga borishni hohlamayman... Begoyim ortidan kelgan ovozdan taqqa to'xtadi... Ha bu jarangdor ovoz o'sha jajji "jannat iforining" ovozi edi... Begoyim ortiga o'girilarkan. Bir chekkada Dinora bilan tortishib, "hech qayerga bormayman" deb harhasha qilayotgan Jasminani ko'rdi... Begoyim u tomonga bir qadam tashlagan edi hamki, Jasmina Begoyimni ko'rdi va u tomonga yugurib keldi... -Xolajoooonnn... Begoyim qizini mahkam bag'riga bosdi... -Jonim qizim. Meni tashlab qayerga ketyapsan? -Men ketmayapman. Oyim meni majburlab buvimni yoniga olib ketyaptilar. Xolajon meni olib qoling, men buvimni yoniga borishni xoxlamayman, buvim meni yomon ko'radilar.... -Seni hech kimga bermayman. Kel o'zimga... Begoyim yana bag'riga bosdi... -Qizim kel menga, ketadigan vaqtimiz bo'ldi... Dinora Jasminaning qo'lidan o'shlab tortqilay boshladi... -Jasmina hech qayerga ketmaydi. U onasini yonida qoladi. -Jasminani onasi menman, shu paytgacha uni men boqib katta qildim. Shunday ekan u men bilan ketadi. -Dinora haddingdan oshma. Qizim men bioan qoladi va bu muhokama qilinmaydi... Begoyim Jasminani ko'tarib oldi va airaportdan chiqib ketdi... Dinora esa yig'lab o'sha yerda qolib ketdi.... -Jasmina men bioan qolganingga afsuslanmaysanmi? -Birozgina... Chunki oyimni ham yaxshi ko'rardim... -Jasminam bugundan boshlab seni oying menman hopmi? -Hop, -O'zimni qizim. Endi senga ukangni tanishtiraman. -Meni ukam bormi? Jasminaning ko'zlari quvnab ketdi... -Albatta...... Davomi__bor #Chigal_orzular
نمایش همه...
🥀Chigal orzular🥀 [ 38-qism ] Begoyim korxonadan chiqarkan bir bora ham ortiga qarab qo'ymadi. -Xo'sh endi qayerga? dedi Jamshida mashinani o't oldirib. -Endi uyga... Biroz dam olib o'zimga kelib olishim kerak. -Yaxshi. -Jamshid Germaniyadagi shifokor bilan bog'landingmi? -Ha gaplashdim. 2 haftadan so'ng Germaniyaga uchamiz. Avval Jasminani tekshirarkan keyin davolarkan... -Yaxshi demak 2 hafta ichida vasiylikni olishim kerak. -Balki yana o'ylab ko'rarsan. -Jamshid yana shu mavzuni ochmagin iltimos. -O'zing bilasan. Jamshid hech nima demasdan indamay mashinani boshqarib ketti... -Senga hamshira yollagandim. Hozir uyingda agar hamshira qizni gapiga kirmay, haydab yuborsang, mendan yaxshilik kutma. -Uff bo'pti... Begoyim mashinadan narsalarini tushirib, uyiga kirib ketdi... |•••••••••••••••| -Vanihoyat ketyapsan... Dinora o'z xonasidagi narsalarini yig'ishtirarkan, xonaga Nigina kirib keldi... -Ha ketyapman. Mana niyatinga erishding. Endi bu xona senga. -Agar sen ham men kabi kasbiga sodiq xodim bo'lganingda bu xonani tark etmagan bo'lar eding... -Juda "kamtar"san... -Rahmat... Dinora Nigina gapirish befoyda ekanligini bilib, narsalarini olib indamay xonadan chiqib ketdi... Dinora ishxonasidan chiqib, shifoxonaga bordi... -Qizim, Jasmina... Dinora uxlab yotgan Jasminani uyg'ota boshladi. -Ha oyi, keldizmi? -Keldim qizim keldim. Qani tura qol ketamiz... -Qayerga? -Uzoq uzoqlarga, qani tura qol... Dinora Jasminani ko'tarib oldi va xonani tark etdi... | ••••••••••••••••• | Begoyim uyida uxlab yotarkan, telifoniga qo'ng'iroq bo'ldi... Telifoniga qarasa "Jasminani doktori" deb yozilgan ekan.... -Alooo dedi uyqisirab. -Aloo Begoyimxon, qizingiz Jasminani Dinora olib qochipti... Narigi tarafdan kelgan noxush xabarni eshitib Begoyim o'rnidan sabchib turdi. -Nima deyapsiz? Qanaqasiga o'g'irlaydi? Shunday katta shifoxonadan kuppa-kunduzi qanaqasiga bolani o'g'irlab ketishi mumkim. Men sizlarga u ayolni shifoxonaga kirgizmang degandim-kuuu... Ming lanat Begoyim baqirgancha telifonini bir chekkaga uloqtirdi. O'rnidan turib garderobidan qo'liga tushgan kiyimni olib vannaga kirib ketdi.... Davomi__bor #Chigal_orzular
نمایش همه...
🥀Chigal orzular🥀 [ 37-qism ] Begoyim doktorning javob berganini eshitib, hamma narsalarini yig'ishtirib, tayyor bo'lib xonasida Jamshidni kutib o'tirarkan. Behosdan ko'zi bolalar uchun mo'ljallangan joyda o'ynab yurgan Jasminaga tushdi... Keyin derazadan uni biroz tomosha qildi-da, uning yoniga tushishga qaror qildi... -Xolajonnnnn Jasmina Begoyimni ko'rgan zahoti uning yoniga yugurib keldi... -Jonim qizim meni... Begoyim qizni mahkam bag'riga bosib, iforini to'yib to'yib xidladi... -Xola ketayapsizmi? -Ha jonim ketyapman. Lekin tez orada seni ham bu yerdan olib ketaman hopmi? -Rostanmi? Dedi Jasmina ko'zi quvnab... -Albatta seni katta, chiroyli, ertaklardagi shaharga olib ketaman, rozimisan? -Ha roziman. Faqat oyim ham boradilarmi? -Yo'q qizim oying shu yerda qoladi... -Agar oyim bormasalar men ham bormayman... Jasmina qovog'ini uyib oldi. --Nega qizim? Axir men bormanku. -Siz oyim bo'la olmaysiz. Oyim boshqachalar. Men sizdan hafa bo'ldim. Jasmina yugirib o'zining xonasiga kirib ketdi. Uning ortidan jim qarab qolgan Begoyimni Jamshid turtdi... -Kettik Dedi Jamshid va ikkalasi mashinaga minib yo'lga otlanishdi... -Begoyim balki Dinoradan qizni olmasmiz. -Nega ekan? Qiz meniki. -To'g'ri Jasminani sen dunyoga keltirgansan. Lekin Jasmina Dinorani o'z onasi deb biladi. Menimcha hozirgi haqiqatlar va Jasminani onasidan tortib olishing Jasminani psixalogiyasiga ta'sir qiladi... -Aslo, aslo qizimni o'sha xudbinni qo'liga berib qo'ymayman. -Aslida o'zing qizimni bermayman deb qizni o'ylamay faqat o'zingni o'ylab xudbinlik qilmayapsanmi? -Jamshid iltimos bas qil. Hozir Kamronni ofisiga hayda... -Nega? Nima qilmoqchisan? -O'zim qilgan xatoyimni to'g'irlamoqchiman. Jamshid indamay rulni Ka.Be korxonasiga burdi... Begoyim mag'rur qadamlar bilan to'g'ri Kamronning xonasiga bostirib kirdi... Kamron xonasida kotibasi bilan nimalarnidir muhokama qilib o'tirarkan Begoyimni ko'rgach, kotibasini chiqarib yubordi... -Nega shifoxonadan chiqding? Axir to'liq tuzalganing yo'qku.. -Bunday soxta mehribonchiliklaringni, soxta yaqinlaringa qilasan. -Begoyim iltimos gaplashib olaylik... -Yaxshi gaplashamiz lekin nimani? Seni xiyonating haqidami yoki qilgan jirkanch va ahmoqona o'yinlaring haqidami? -Sen o'yin qilganimni qayerdan bilding? -Qushlar qulog'imga shivirladi... Bunday ahmoqona o'yindan senga nima naf edi men shunga tushinmadim... -Meni rashk qilib, sevishingni tan olib, menga qaytasan deb o'ylagandim... Xonada Begoyimning jarangdor kulgisi yangradi... -Begoyim bilaman men ko'p xato qildim. Lekin seni rostan sevaman. Xuddi oldinkidek... -Oldinkidek degin... Kamron o'tmish o'tmishda qoldi. Men esa ertam uchun yashayman... Ha ya sal qolsa unutardim. Men bu yerga aloqalarni butkul uzish uchun kelgandim... Begoyim sumkasidan bir qancha qog'ozlarni olib chiqdi... -Mana bular seni korxonang bilan tuzgan shartnomam. Bu shartnomani o'zim yaratdim vaa... Begoyim qo'lidagi varoqlarni yirtib yerga tashlab yubordi... -vaa endi o'zim yo'q qildim. Endi o'zingga boshqa madel top. Begoyim xonadan chiqarkan xona eshigini qattiq yopib chiqib ketdi..... Davomi__bor #Chigal_orzular
نمایش همه...
🥀Chigal orzular🥀 [ 36-qism ] Begoyim sekin ko'zlarini ocharkan dimog'iga o'rilgan dorilarning badbo'y xididan shifoxonada ekanligini sezdi... Ohirgi bo'lgan voqealarni esladi-yu ko'zidan yoshlari quyila boshladi... Biroz o'tib xona eshigi ochilgani sezildi. Begoyim tezda ko'zlarini yumib o'zini uxlaganga solib oldi... Begoyim xonaga kirgan kimsaning iforidan Jamshid ekanligini payqadi lekin ko'zlarini ochgisi kelmadi... -Uxlamayapsan bilaman. Begoyim iltimos meni qiynama.... Begoyim sekin ko'zlarini ochib, Jamshidga qaradi va battar uvvos solib yig'lab yubordi... Jamshid unga yaqinlashib ko'z yoshini artib boshini silay boshladi... -Bo'ldi, tinchlan. Hali hammasi yaxshi bo'ladi. Sen kuchli bo'lishing kerak. Shu paytgacha qancha sinovlarni boshdan kechirgan bo'lsang hammasiga tik boqib ularni yengib kelgansan. Men senga ishonaman bu sinovdan ham o'tib olasan.... -Bardoshim yetmasachi. Chunki bu juda qiyin... Eng yaqin insonlaringdan kechish... -Uddalaysan... Uddalaymiz. Birgalikda hammasini uddalaymiz faqat bundan buyog'ida sen yig'lama hopmi? Sen yig'lasang meni mana bu yuragim o'zini o'ldirgisi keladi. Axir shunday katta qotillikka yo'l qo'ymassan... Xonada yengilgina kulgu ovozi yangradi... -Doim shunday kulib yur... -Yaxshiyam sen borsan... Ikkalasi bir zum bir biriga tikilib qoldi... Xonaga kirgan hamshira esa ularni hayolini bo'lib yubordi... -Xonim muolaja vaqtingiz bo'ldi... -Biz gaplashyapmiz keyinroq keling... -Lekin xonim... -Eshikni orqasidan yop dedim... Hamshira qiz indamay eshikni yopib chiqib ketdi... -Jamshid meni bu yerda olib ket... Begoyimning shoshib aytgan gapi Jamshidni biroz asabiylashtirdi... -Esingmi yedingmi hali yana 20 kun yotishing kerak. -Ilojim yo'q. Ishlarimni hal qilmasam bo'lmaydi... -Qanday ishlaring bor ekan? Menga ayt men hal qilaman. Lekin sen bu yerdan chiqmaysan Qachonki muolajalaring tugab doktor ruxsat bersa, o'shanda bu yer bilan hayrlashasan... -Yo'q, bo'lmaydi... Jamshid men Jasminani davolatmasam bo'lmaydi. Bu yerdagi doktorlar hech nimani bilmaydi. Qizimni chet elga olib borib davolatib kelaman. Uning uchun birinchi o'rinda Dinoradan vasiylikni olishim kerak. Keyin Elyorni ham hujjatlarini tahlab yetimxonadan chiqarib olishim kerak. Keyin shaxsiy ishlarim bitgunga qadar karyeramni yig'ishtirmoqchiman. Jamshid jim Begoyimning gaplarini tinglab o'tirarkan, indamay o'rnidan turib eshik tomonga yura boshladi... -Qayoqqa? -O'zing doktor bilan gaplash dedingkuu, shunga ketyapman -Axxx o'zimni sevgilim dedi Begoyim xursand bo'lib -Ko'p erkalanma faqat uyda davolanish va turmush qurish sharti bilan Dedi Jamshid va xonadan chiqib ketdi... Davomi__bor #Chigal_orzular
نمایش همه...
🥀Chigal orzular🥀 [ 35-qism ] -Bu tuhmat Qo'lidagi kishan xamon olinmagan, yarim soatdan buyon bitta gapni tinmay qaytarib o'tirgan Karim hech aybini tan olgisi kelmasdi. -Bizda isbotlar bisyor... Sizga qo'yilgan ayblovlar tuhmat emas. -Kechirasiz xurmatli tergovchi... -Nigina... Ismim Nigina Xolmurodova... -Xurmatli Nigina Xolmurodova men advokat yollashni talab qilaman va advakatim kelmagunicha bir og'iz ham gapirmayman... -Har qancha o'rinmang, baribir bizda sizga qarshi isbotlar bor. -Siz meni qo'yib turing... Siz anavi mashhur oyimcha haqida gapiring. Xo'sh uni qamoqqa tiqasizmi? Meni arizam nima bo'ldi? -Menimcha siz hozir o'zingiz haqingizda o'ylashingiz kerak. -Savolimga javob olmaganimga qaraganda demak hali ham arizani kim o'g'irlaganligini bilmaysiz... Niginaxon agar bitta ariza yo'qolgan taqdirda ham men bunchalik o'ylamagan bo'lar edim lekin sizga ariza bilan birga dalillar ham bergandim. -Topaman, oz qoldi albatta kim o'g'irlaganini topaman.... Yigitlar advakatingiz bilan bog'lanishadi.... Nigina tergov xonasidan chiqdi va qo'riqchilar xonasiga yo'l oldi... -Bahodir... Bir qancha monitorlar oldida o'titgan yigit o'rnidan spachib turdi... -Labbay xonim... -Men aytgan ish nima bo'ldi? O'sha kumgi kamera videolarini tiklatira oldingmi? -Bu biroz qiyin bo'ldi ammo epladim.... Lekin faqat kirish eshigini kamerasini videolarini tiklatira oldim -Qani ko'rsatchi... Nigina yigitning yoniga o'tirdi... Nigina tasvirlarni ko'rarkan... Dinoraning qop-qora mashinadan tushib, eshik yoniga yaqinlashgandan so'ng o'zini bechora solib olgani va navbatchi qiz bilan tepa qavatga chiqib ketishgani undan so'ng qop-qora kiyinib olgan, yuzida niqobi bor bir qiz eshikdan kirgani tasvirlangan. Keyin so'ngi bor bu eshikdan Dinora soppa-sog' holatda chiqib ketgan lekin qora kiyimdagi qiz asosiy eshikdan chiqmagandi... -Demak derazadan qochgan... Kim bo'ldi endi bu qiz? Nigina o'ylanib qoldi... -Endi Dinora opam ishdan haydaladilarmi? dedi yigit havsalasiz. -Nima? Achinyapsanmi opangga? -Yo'q... -Albatta haydaladi. Ishiga hiyonat qilganning oqibati shunaqa bo'ladi... Biz vatan uchun, xalqimiz uchun xizmat qilamiz. Bizning ishda xiyonat degan narsa bo'lmasligi kerak. Bu ishga xiyonat aralashdimi demak sen ishingga sodiq emassan va bu ish sen uchun emas. -Tushindim xonim... -Bo'pti. Ishingni qil.... Davomi__bor #Chigal_orzular
نمایش همه...