cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Uzmir.uz || Rasmiy kanal

Uzmir.uz saytining rasmiy telegram kanali Bizda 24/7 🌐 📡Ommabop yangiliklar 📲 Rasmiy xabarlar 📈 Qiziqarli ma’lumotlar 📑Tahliliy maqolalar Facebook: fb.com/uzmiruz Instagram: instagram.com/uzmir_uz_rasmiy

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
1 093
مشترکین
-124 ساعت
-27 روز
-130 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Photo unavailableShow in Telegram
Qamchiq dovonida yuk mashinasi YTHga uchrab, yonib ketdi. Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lida yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Qayd etilishicha, 14-iyul kuni soat 18:00 da Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu rusumli yuk avtotransport vositasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan va transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yo‘l transport hodisasi natijasida yong‘in chiqqan yuk avtotransport vositasidagi yong‘in bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo‘q. “Avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda”, — deyiladi xabarda. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘shdagi selda halok bo‘lgan qizchaning jasadi Andijondan topildi. Ma’lum qilinishicha, 2017-yilda tug‘ilgan qizning jasadi Andijon shahridagi Shahrixonsoy irrigatsiya kanalidan topilgan. Jasad “Do‘stlik” chegara posti orqali Qirg‘iziston tomoniga topshirilgan. Qutqaruvchilar sel oqizib ketgan ikki ayol va yana ikki qizni qidirishda davom etmoqda. 14-iyul kuni kuchli yog‘ingarchilik natijasida O‘sh viloyati qishloqlari va O‘sh shahrida kuchli sel kuzatilgandi. Hodisa oqibatida Andijon viloyati Oqbo‘ra soyi Xo‘jaobod tumani Yorqishloqdagi ko‘prikni sel oqizib ketgan, piyodalar ko‘prigi qulab vayron bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.Shu kuni Andijon viloyati hokimligi Shahrixonsoydan oqib ketgan qiz jonsiz holatda topilganini ma’lum qilgandi. IIB vakillari qizning shaxsiga aniqlik kiritishlari haqida ma’lumot bergan. Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi marhuma ularning fuqarosi ekanini xabar qilgan. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentda fuqarolarni 6,1 mlrd so‘mga chuv tushirgan avtosalon mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Qayd etilishicha, jamiyat mansabdor shaxslari 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berish haqida yolg‘on vaʼdalar berib, 6 milliard 169 million so‘m to‘lov pulini o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgani aniqlangan. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168- (firibgarlik) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Toshkent shahridagi Allianse Motors MCHJ mijozlar bilan shartnoma tuzib, mashinalarni vaqtida keltirib bermagan. Ayrimlarni esa yetkazib berilgan avtoransport vositasining hujjatini to‘g‘rilab bermasdan ovora qilgan.Mart oyi oxirlarida Toshkentda avtomashinalarni uch oy muddat ichida avtosalondan yetkazib berishni aytib, fuqarolardan 6,1 milliard so‘mni aldab olgan shaxslar qamalgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Nepalda ko‘chki ikki avtobusni daryoga olib ketdi. Qutqaruvchilar qariyb 70 kishini qidirmoqda.Juma kuniga o‘tar kechasi Nepalda toshqin ichida jami 66 kishi bo‘lgan ikki avtobusni daryoga olib tushib ketgan. Voqea joyida keng ko‘lamli qutqaruv amaliyoti o‘tkazilmoqda.Avtobuslar kuchli musson yomg‘iri yog‘ayotgan mahalda shosse bo‘ylab Madandan Ashrit shahri tomon harakatlanayotgandi. Tungi soat 3 atrofida poytaxt Katmandudan taxminan 120 km masofadagi Simaltala hududida ular ko‘chki ostida qolgan. Reys ma’lumotlariga ko‘ra, avtobuslardan birida 24 kishi, boshqasida — 42 kishi bo‘lgan, ammo haydovchilar yo‘lda qo‘shimcha yo‘lovchi olgan bo‘lishi ham mumkin.Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchilar orasida Hindistonning yetti nafar fuqarosi ham bo‘lgan.Ayni vaqtgacha uch kishining taqdiri ma’lum: ularni mahalliy aholi vakillari daryodan, halokat joyidan ancha uzoqdan topishgan, ular shifoxonaga yetkazilgan. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Buxorodagi bog‘chada 150 bolaning ovqatiga 300 gramm go‘sht solingani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, Peshku tuman hokimi tumandagi 14-MTTni o‘rganish uchun borgan. Videoda hokim bog‘cha oshxonasiga kirib, pishirilayotgan ovqatlar ichidagi go‘shtni taroziga torttirib ko‘rgani aks etgan. Go‘sht 300 gramm chiqqan. Ko‘rinishicha, bu 151 nafar tarbiyalanuvchi uchun tayyorlangan ikkinchi ovqatga solingan go‘sht. Vazirlik matbuot kotibiga ko‘ra, 10 iyul kuni tuman hokimi tomonidan ishchi guruh tuzilib, ijtimoiy obyektlar faoliyati o‘rganilgan. Jarayonda tumandagi 14-MTT faoliyati bilan tanishilgan. Oshxonada birinchi ovqat ham pishirilayotgan bo‘lib, unga 5,85 kg go‘sht mahsuloti, ikkinchi ovqatga 300 gramm go‘sht solingani aniqlangan.Shu bilan birga, bog‘cha mudirasi o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
00:25
Video unavailableShow in Telegram
Brazilyalik afsonaviy fudbolchi Pelening onasi 101 yoshida vafot etdi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
PELE UZMIR.mp429.53 MB
00:47
Video unavailableShow in Telegram
Rossiyaning Kozon shahrida bo'lib o'tgan BRICS o'yinlarida O'zbekiston delegatsiyasi 114 ta medalni qo'lga kiritdi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
UZMIR BRIKS.mp456.60 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent viloyatida 10 yoshli bolani poyezd urib yubordi. 20-iyun kuni soat 09:30 larda “O‘zbekiston” bekatida xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmasi xizmat telefoniga Zangiota temir yo‘l kesishmasida Bekobod—Toshkent yo‘nalishida harakatlangan elektropoyezd voyaga yetmagan bolani urib yuborgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bola velosiped yordamida poyezd yo‘lini kesib o‘tmoqchi bo‘lgan. U olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan. Holat yuzasidan hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Ma'lum bo'lishicha Bosh prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro shahrida joylashgan Geodeziya va topoxaritalar tuzish bilan shug‘ullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari mahalliy qurilish firmasiga qarashli 701 metr kvadrat bo‘lgan yer maydonida ko‘p qavatli uy qurish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini vakolatli tanishlari orqali tayyorlatib berish evaziga 25 ming dollar talab qilib, oldindan 12,5 ming dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, undan arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini tayyorlab berish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlovchi mansabdor tanishi ham qo‘lga olingan. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
00:57
Video unavailableShow in Telegram
AQShda 105 yoshli onaxon Stanford Universitetining Magistrlik diplomini oldi. Uzmir.uz rasmiy sahifalari👇 Telegram I Facebook | instagram | Youtube
نمایش همه...
UZMIR MOMA 105.mp468.91 MB
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.