fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

TARIX-MILLIY SERTIFIKAT.BEKMURODOV MUHRIDDIN BAHRIDDINOVICH (B.M.B)

TARIX-MILLIY SERTIFIKAT.BEKMURODOV MUHRIDDIN BAHRIDDINOVICH (B.M.B)

رفتن به کانال در Telegram
376
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-47 روز
+3630 روز
آرشیو پست ها
TARIX FANIDAN MILLIY SERTIFIKATGA YANGI QABUL OCHILMOQDA, 1- NOYABR 13 00 DA TESTIMDA NORMAL NATIJA QILGAN TALABGOR 2 OYLIK HAR KUNLIK DARSGA JALB ETILADI, BIZADA SIFAT NATIJADA AKS ETADI. DARSLARNI OLIY TOIFALI, TARIX FANIDAN TUMANDAGI ENG YUQORI SERTIFIKAT BALIGA EGA USTOZ BEKMURODOV TOMONIDAN OLIB BORILADI. MUROJAAT: 993850370

31-oktabr 2026 – Milliy sertifikat uchta smena.pdf1.85 MB

Yaxshilab oylab , fikrlab yechish kerak

Bugungi milliy sertifikat holatiga kora savollar yangi va eski kitoblardan qorishiq usulda tuzilgan

2 NOYABR DUSHANBA KUNI 16.00 DAN BOSHLAB ENGLISH CEFR GURUHIGA START BERILADI. DARSLAR DUSHANBA, CHORSHANBA, JUMA KUNLARI 16.00-18.00 VA YAKSHANBA KUNI 8.00-10.00 DA BÒLIB ÒTADI. ASOSIY TALAB INGLIZ TILIDAN GRAMMATIKA TUSHUNCHASI MAVJUD BÒLISHI, MAS'ULIYATLI MEHNATKASH VA DARS QOLDIRMASLIGI KERAK. MA'LUMOT UCHUN +998918333917 USTOZ BAXTIYOR SULTONOV

JAHON TARIXIDAGI ASOSIY INQILOBLAR: 1. “Oq inqilob” — 1963-yil, Eron Asosiy shaxs: Shoh Muhammad Reza Pahlaviy. Qisqacha: Shoh Muhammad Reza Pahlaviy islohotlari, jamiyatni modernizatsiya qilishga qaratilgan. 2. “Savr inqilobi” — 1978-yil, Afg‘oniston Asosiy shaxslar: Nur Muhammad Tarakiy, Hafizulloh Amin. Qisqacha: Aprel (Savr) inqilobi, kommunistlar hokimiyatga kelishi. 3. “Baxmal inqilobi” — 1989-yil, Chexoslovakiya Asosiy shaxs: Vatslav Gavel. Qisqacha: Tinch inqilob; kommunistik tuzumning qulashiga olib keldi. 4. “Fevral inqilobi” — 1917-yil, Rossiya Asosiy shaxs: Aleksandr Kerenskiy. Qisqacha: Podsho Nikolay II taxtdan voz kechgan, burjua-demokratik hukumat tuzilgan. 5. “Sharafli inqilob” — 1688-yil, Angliya Asosiy shaxslar: Uilyam III va Mariya II. Qisqacha: Konstitutsiyaviy monarxiya o‘rnatilishi, parlament hokimiyati mustahkamlangan. 6. “Oktabr inqilobi” — 1917-yil, Rossiya Asosiy shaxs: Vladimir Lenin. Qisqacha: Bolsheviklar hokimiyatga kelishi, Sovet davlati tashkil topishi. 7. “Sinxay inqilobi” — 1911-yil, Xitoy Asosiy shaxs: Sun Yat-sen. Qisqacha: Sinxay inqilobi natijasida sulolaviy tuzum tugab, respublika e’lon qilindi. 8. “Islom inqilobi” — 1979-yil, Eron Asosiy shaxs: Ruhulloh Xomeyniy. Qisqacha: Shoh rejimining qulashi, islomiy respublika tashkil topishi. 9. “Burjua inqilobi” — 1640-yil, Angliya Asosiy shaxs: Oliver Kromvel. Qisqacha: Qirol va parlament o‘rtasidagi kurash, burjua tuzumining qaror topishi. 10. “2-inqilob” — 1913-yil, Xitoy Asosiy shaxs: Yuan Shikay. Qisqacha: Yuan Shikay davridagi inqilob, respublikachilar va militaristlar o‘rtasidagi kurash. 11. “Burjua inqilobi” — 1910–1917-yillar, Meksika Asosiy shaxs: Porfirio Dias. Qisqacha: Porfirio Dias rejimining qulashi, yer islohoti va ijtimoiy o‘zgarishlar. 12. “Kuylayotgan inqilob” — 1988-yil, Estoniya Asosiy shaxs: Lennart Meri. Qisqacha: Sovet Ittifoqidan mustaqillikka erishish jarayonidagi milliy harakat. 13. “Iyul inqilobi” — 1968-yil, Iroq Asosiy shaxs: Abdul Karim Qosim. Qisqacha: Baas partiyasi hokimiyatga kelishi, siyosiy o‘zgarishlar. 14. “Buyuk fransuz burjua inqilobi” — 1789–1792-yillar, Fransiya Asosiy shaxslar: Mirabo, Robespyer, Danton. Qisqacha: Feodal tuzumning qulashi, burjua tuzumining qaror topishi, erkinlik va tenglik g‘oyalari. 15. “Zarg‘aldoq inqilob” — 2004-yil, Ukraina Asosiy shaxs: Viktor Yushchenko. Qisqacha: Saylovlardagi soxtalashtirishlarga qarshi noroziliklar, demokratik o‘zgarishlar. 16. “Lola inqilobi” — 2005-yil, Qirg‘iziston Asosiy shaxs: Askar Akayev. Qisqacha: Avtoritar tuzumga qarshi noroziliklar, hukumat almashinuvi. 17. “Atirgul inqilobi” — 2004-yil, Gruziya Asosiy shaxs: Mixail Saakashvili. Qisqacha: Korrupsiyaga qarshi xalq harakati, demokratik islohotlar. 18. “Aprel inqilobi” — 2010-yil, Qirg‘iziston Asosiy shaxs: Roza Otunbayeva. Qisqacha: Prezident Bakiyev rejimining qulashi, siyosiy tizimda o‘zgarishlar.

Fransiyada hukumronlik qilgan sulolalar ✓Merovinglar (486-751) ✓Karolinglar sulolasi (751–987) ✓Kapetinglar sulolasi (987–1328) ✓Valua sulolasi (1328–1589) ✓Burbonlar sulolasi (1589–1792, 1814–1830) ✓Bonapartlar sulolasi (1804–1814, 1852–1870) 🇩🇪Germaniyada hukmronlik qilgan sulolalar ✓Karolinglar - 751-911 yillar ✓Saksoniyaliklar - 919-1024 yillar ✓Frankoniya - 1024-1125 yillar ✓Shtaufenlar - 1137-1254 yillar ✓Gabsburglar - 1273-1347 yillar ✓Lyuksemburglar - 1347-1437 yillar ✓Gabsburglar - 1437-1806 yillar ✓Gogensollernlar - 1714-1871-1918 yillar

Rossiya va Angliyadan O'rta Osiyoga kelgan elchilar: ❇️ Antoni Jenkinson - 1558-yil; ❇️ I. Xoxlov - 1620-1622-yillar; ❇️ I. Buxgols - 1715-yil; ❇️ Bekovich-Cherkaskiy - 1717-yil; ❇️ Florio Beneveni - 1721-1725-yillar; ❇️ Tevkelev - 1731-yil; ❇️ I. Krilov - 1734-yil; ❇️ Blankennagel - 1793-1794-yillar; ❇️ Beznosikov va Burnashev - 1794-yil; ❇️ N. Muravyov - 1819-yil; ❇️ U. Murkford - 1825-yil; ❇️ F. Berg - 1826-yil; ❇️ A. Byorns - 1831-1832-yillar; ❇️ V. Perovskiy - 1839-yil; ❇️ G. Danilevskiy - 1842-yil; ❇️ Ch. Stoddort va Konolli - 1842-yil; ❇️ J. Abbot - 1843-yil; ❇️ I. Volf - 1844-yil; ❇️ N. Ignatev - 1858-yil.

Arablar Buxoroda boshqargan hukmdorlarni o‘z tillariga moslab «Buxorxudotlar», «Buxor-xudo» (Buxoro hokimi) deb ataganlar. Buxorxudotlarning hududi Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent, Kogon, Romitan, Jondor va Qorako‘l tumanlari yerlaridan iborat bo‘lgan. Arablar Buxoroni egallagandan keyingi dastlabki yillarda hokimiyatni buxorxudotlar bilan birgalikda boshqarganlar. 715-yili Xuroson noibi Qutayba ibn Muslim o‘ldirilgach, buxorxudotlar Buxoroni bir yil davomida mustaqil idora qilganlar. 782-yil so‘nggi buxorxudot Bunyod Muqanna qo‘zg‘olonini qo‘llab-quvvatlagani uchun arablar tomonidan qatl etiladi. Buxorxudot Kono birinchi bo‘lib o‘zining tasviri va uning ostiga «Buxoro hokimi» degan yozuv zarb qilingan kumush tangalar (dirhamlar) chiqargan. Bunday tangalar arxeologik qazishmalar vaqtida ko‘plab topilgan. Tarixchi G‘. G‘oibovning «Arablarning O‘rta Osiyoga qilgan ilk yurishlari» nomli kitobida buxorxudotlar vakillari quyidagi tartibda berilgan: Bidun (?–673), Xo‘tak Хotun (673–692), Tug‘shoda I (692–724), Tug‘shoda II (724–738), Qutayba ibn Tug‘shoda (738–753), noma’lum buxorxudot (Tug‘shoda III) (753–768), Sukon (768– 775), Bunyod (775–782). Halim To‘rayevning «Buxoro tarixi» kitobidan

Abu Bakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarida berilishiga koʻra, Buxoro hukmdori nima sababdan Ubaydulloh ibn Ziyoddan muhlat talab qiladi? A) turklardan yordam yetib kelishi uchun; B) o‘g‘li yosh boʻlganligi uchun bir xotin taxtda oʻtirgani uchun; D) askarlarini bir joyga toʻplash uchun; E) jang taktikasini tuzish uchun

Arablarga qarshi fors, turk va sug‘d qo‘shinlari ittifoqi harakat qilib, qaysi shaharni qaytarib oldilar? A) Poykand; B) Romitan; D) Marv; E) Balx.

«Farzandlar Xudo oldida qanchalik kamtarlik, Xudo oldida kuchli sevgi nimani anglatishini, Xudodan qo‘rqish qanchalik go‘zal va buyuk ekanini va unda sof aql bilan yurganlarni qutqarishni o‘rgansinlar», degan tamoyilga amal qilgan taʼlimot qaysi? A) Zardushtiylik; B) Xristianlik; D) Tangrichilik; E) Buddaviylik.

Xorazmdagi taʼlimga oid toʻgʻri javobni aniqlang: 1) muhandislik, tibbiyot va me’morchilik kabi turli fanlardan bilimlar berilgan; 2) diniy qonun-qoidalar va xudoning mohiyati hamda irodasi (xudojo‘ylik) haqida ta’lim berilgan; 3) o‘g‘il bolalarga o‘qish, yozish, hisob-kitob o‘rgatilgan; 4) geografya, zoologiya, botanika, astronomiya kabi turli fanlardan bilimlar berilgan; 5) xattotlik sanʼatini oʻrgatish boʻyicha darslar tashkil etilgan; 6) 5 yoshdan oʻgʻil bolalar taʼlim olishni boshlashgan. A) 1, 3, 5; B) 1, 3, 4; D) 2, 5, 6; E) 1, 2, 3, 4, 5, 6

1. Skiflar kamoni. Bu turdagi kamonlar Yevrosiyo dashtlarida bronza davrida paydo bo‘lib, keyinchalik butun qadimgi dunyoga tarqalgan. Skif kamoni — tarkibli, murakkab, qayrilma shaklli, uncha katta bo‘lmagan. Murakkab skif kamonlarining uzunligi 60–100 cm bo‘lgan. Turon va Eronga skif kamonlari kamida miloddan avvalgi VII–V asrlarda kirib kelgan. 2. Xunnlar kamoni. U skif kamonini takomillashtirish oqibatida Yevrosiyo dashtlari xalqlarida miloddan avvalgi so‘nggi asrlarda paydo bo‘lgan. Uning yaratilishiga asosiy sabab sovut, zirhli kiyimlarning keng tarqalishi bo‘lib, kamonlarning olisga otish quvvatini oshirish harbiy texnika oldida turgan dolzarb vazifaga aylangan edi. Xunnlar kamoni ham skiflarnikiga o‘xshab bir necha yog‘och qismlardan yasalgan asosga ega bo‘lgan. Unga muguz pardasi, paylar, suyak qoplagichlar birlashtirilgan. Xunnlar kamonining o‘ziga xos xususiyati uning kattaligida edi. Kamon uzunligi o‘rta hisobda 120–165 cm ga yetardi. 3. Sosoniylar kamoni. Bu kamon tashqi ko‘rinishdan besh burchak shaklda bo‘lib, dastasi to‘g‘ri oldinga bo‘rtib chiqib turgan, uchlari qayrilgan. Xunnlar kamonidan farqli o‘laroq, sosoniylar kamoni yelkalari kalta va og‘ir bo‘lib ularning uchi, muguzi uzun bo‘lgan.

Shampan yarmarkasining har yillik taqvimi: • iyun – iyul – “qaynoq” yarmarka (Trua shahrida); • avgust – sentyabr (Proven shahrida); • oktyabr – dekabr – “sovuq” yarmarka (Trua shahrida); • yanvar – mart – (Lani shahrida); • mart – aprel (Bar-syur-Ob kommunasida); • may – iyun – “may yarmarkasi” (Proven shahrida).

Xitoy yozuvi – soʻz va birikmalarni yozishda maxsus belgilar – iyerogliflar qoʻllanadigan yozuv. Iyerogliflar shakli turli kombinatsiyalarda takrorlanuvchi 1 dan 36 tagacha boʻlgan standart chiziqlardan iborat. Xitoy iyerogliflari yozuv qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda yuqoridan pastga qarab yoziladi. Eng qadimgi iyerogliflar mil. avv. 2-mingyillik oʻrtalariga mansub. Xitoy iyerogliflarining umumiy soni 60 mingdan koʻproq boʻlib, hozirgi xitoy tilida taxminan 8–10 ming iyeroglif qoʻllanadi