IT Park University
رفتن به کانال در Telegram
1 976
مشترکین
+124 ساعت
+187 روز
+2630 روز
آرشیو پست ها
1 976
+6
ITPU’ning Vengriyadagi stajirovkasi: EPAM va EPAM Garage bilan tanishuv
ITPU talabalarining Vengriyadagi stajirovkasi haqidagi hikoyamizni davom ettirib, Budapeshtdan yangi lavhalar bilan bo‘lishamiz.
Dasturning ilk qismlaridan biri EPAM Systems’da office tour bo‘ldi. Talabalar kompaniyaning ish muhiti bilan tanishdilar, Talent Acquisition Team vakillari Bianka Bekefi va Gergely Varga bilan suhbatlashdilar hamda IT sohasida yosh mutaxassislar uchun karyera, ko‘nikmalar va imkoniyatlar haqida savollar berishdi. Shuningdek, ular Vengriya va Yevropadagi IT mehnat bozori hamda EPAM’ning ushbu mintaqadagi xodimlarni yollash jarayoni haqida ko‘proq ma’lumot olishdi.
Talabalar EPAM Garage session + XR Lab’da ham ishtirok etishdi. Bu dasturning amaliy qismi bo‘lib, unda ular zamonaviy texnologik yechimlar, VR va AR’dan foydalangan innovatsion ishlanmalar, AI vositalari bilan tajribalar hamda 3D bosib chiqarish uskunalari bilan tanishishdi.
Fotolarni tomosha qiling va ITPU’ning Vengriyadagi stajirovkasi davomidan xabardor bo‘lib boring.
——
Стажировка ITPU в Венгрии: знакомство с EPAM и EPAM Garage
В продолжение нашей истории о стажировке студентов ITPU в Венгрии — делимся новыми моментами из Будапешта.
Одной из первых частей программы стал office tour в EPAM Systems. Ребята познакомились с рабочим пространством компании, пообщались с Bianka Bekefi и Gergely Varga из Talent Acquisition Team и смогли задать вопросы о карьере, навыках и возможностях для молодых специалистов в IT. Также студенты узнали больше о ситуации на IT-рынке в Венгрии и Европе, а также о том, как устроен найм сотрудников в EPAM в этом регионе.
Также студенты посетили EPAM Garage session + XR Lab — практическую часть программы, где они познакомились с современными технологическими решениями, инновационными разработками с использованием VR и AR, экспериментами с AI-инструментами, а также оборудованием для 3D-печати.
Смотрите фото и следите за продолжением стажировки ITPU в Венгрии.
1 976
🎥 Open Day в IT Park University: in motion
Мы уже делились фотоотчётом со дня открытых дверей IT Park University, а теперь собрали самые яркие моменты этого дня в коротком видео.
Для гостей Open Day стал возможностью увидеть университет изнутри, почувствовать студенческую среду и представить свой первый шаг в IT.
Смотрите видео и делитесь впечатлениями в комментариях.
——
🎥 IT Park University’da Open Day: in motion
Biz avval IT Park University ochiq eshiklar kunidan fotohisobot bilan bo‘lishgan edik, endi esa ushbu kunning eng yorqin lahzalarini qisqa videoda jamladik.
Mehmonlar uchun Open Day universitetni ichkaridan ko‘rish, talabalar muhitini his qilish va IT sohasidagi ilk qadamini tasavvur qilish imkoniyati bo‘ldi.
Videoni tomosha qiling va izohlarda taassurotlaringiz bilan bo‘lishing.
1 976
+9
📸 IT Park University’da Open Day qanday o‘tdi — fotohisobot bilan bo‘lishamiz
6-iyun kuni IT Park University’da abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun Open Day bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet, ta’lim dasturlari, hamkorlar va bo‘lajak talabalar uchun mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishga bag‘ishlandi.
Tadbir mehmonlari qabul jarayoni, ta’lim formati va ITPU’dagi amaliy yondashuv haqida ko‘proq ma’lumot olishdi. Dastur doirasida rektor Bohodir Ayupov tomonidan universitet taqdimoti, EPAM va Uzcard Academy hamkorlarining chiqishlari, shuningdek, asosiy IT-trendlar haqidagi panel muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning alohida qismi soha vakillari bilan bo‘lgan muhokama bo‘ldi. Spikerlar IT-bozor rivoji, yaqin yillarda talab yuqori bo‘ladigan ko‘nikmalar va sun’iy intellektning kasblardagi roli haqida gaplashishdi. Muhokamada EPAM Vice President’i Yuriy Antonyuk ham ishtirok etdi va abituriyentlarning AI dasturchilar o‘rnini egallaydimi hamda bo‘lajak mutaxassislar bozorning yangi sharoitlariga qanday moslashishi kerakligi haqidagi savollariga javob berdi.
Open Day IT Park University haqida ko‘proq bilish, shuningdek, universitet vakillari, hamkorlar va soha ekspertlari bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga aylandi.
Kelgan va bu kunni biz bilan birga o‘tkazgan barchaga rahmat!
——
📸 Как прошёл Open Day в IT Park University — делимся фотоотчётом
6 июня в IT Park University прошёл Open Day для абитуриентов и их родителей — день, посвящённый знакомству с университетом, программами обучения, партнёрами и возможностями для будущих студентов.
Гости мероприятия узнали больше о поступлении, формате обучения и практическом подходе ITPU. В программе были презентация университета от ректора Боходира Аюпова, выступления партнёров EPAM и Uzcard Academy, а также панельная дискуссия о ключевых IT-трендах.
Отдельной частью встречи стала дискуссия с представителями индустрии. Спикеры поговорили о развитии IT-рынка, навыках, которые будут востребованы в ближайшие годы, и роли искусственного интеллекта в профессии. В обсуждении также принял участие Юрий Антонюк, Vice President в EPAM, который ответил на вопросы абитуриентов о том, заменит ли AI программистов и как будущим специалистам адаптироваться к новым реалиям рынка.
Open Day стал возможностью не только узнать больше об IT Park University, но и лично пообщаться с представителями университета, партнёрами и экспертами индустрии.
Спасибо всем, кто пришёл и разделил этот день вместе с нами!
1 976
ITPU talabalarining Vengriyadagi stajirovkasining ilk kunlari
ITPU talabalarining xalqaro stajirovkasi Budapeshtda — shahar, professional muhit va EPAM’dagi dastur bilan tanishishdan boshlandi.
Ilk kunlarda talabalar uchun office tour tashkil etildi, ular Talent Acquisition va EPAM Garage jamoalari bilan muloqot qilishdi, shuningdek, Judit Gyori va Gergely Varga tomonidan o‘tkazilgan IT trends in Europe / job market / in-demand skills vorkshopida ishtirok etishdi.
Dastur doirasida EPAM Garage session + XR Lab ham bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar zamonaviy texnologik yechimlar, amaliy topshiriqlar va jamoaviy ish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.
Agar siz ham ITPU talabasi bo‘lib, shunday xalqaro imkoniyatlardan foydalanishni istasangiz — arizani havola orqali topshiring.
——
Первые дни стажировки ITPU в Венгрии
Международная стажировка студентов ITPU началась в Будапеште — со знакомства с городом, профессиональной средой и программой в EPAM.
В первые дни ребятам провели office tour, они пообщались с командами Talent Acquisition и EPAM Garage, а также приняли участие в воркшопе IT trends in Europe / job market / in-demand skills от Judit Gyori и Gergely Varga.
Также частью программы стали EPAM Garage session + XR Lab, где студенты познакомились с современными технологическими решениями, практическими заданиями и командной работой.
Если вы тоже хотите стать студентом ITPU и получить доступ к таким международным возможностям — подайте заявку по ссылке.
1 976
IT Park University talabalarining Vengriyadagi xalqaro stajirovkasi: yangi tajriba va imkoniyatlar
Yaqinda IT Park University talabalari Vengriyaga yo‘l olib, u yerda xalqaro stajirovkadan o‘tishdi, yangi professional muhit bilan tanishishdi va odatiy o‘quv jarayonidan tashqariga chiqadigan tajriba orttirishdi.
Bu safar ular uchun O‘zbekiston tashqarisida IT sohasi qanday ishlashini ko‘rish, soha vakillari bilan muloqot qilish va o‘zini xalqaro professional hamjamiyatning bir qismi sifatida his qilish imkoniyatiga aylandi.
Yangiliklarni kuzatib boring — oldinda ushbu safardan yanada ko‘proq lahzalar, taassurotlar va yorqin kadrlar bor.
——
Международная стажировка студентов IT Park University в Венгрии: новый опыт и возможности
Недавно студенты IT Park University отправились в Венгрию, где прошли международную стажировку, познакомились с новой профессиональной средой и получили опыт, который выходит за рамки обычного учебного процесса.
Эта поездка стала для них возможностью увидеть, как устроена IT-сфера за пределами Узбекистана, пообщаться с представителями индустрии и почувствовать себя частью международного профессионального сообщества.
Следите за обновлениями — впереди больше моментов, впечатлений и ярких кадров из этой поездки.
1 976
IT Park University’ning ochiq eshiklar kuniga oz vaqt qoldi!
Bu universitet, qabul jarayoni, ta’lim dasturlari va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatidir. Eng muhimi — ITPU komyuniti bilan tanishish va siz kabi IT sohasida ilk qadamini qo‘yayotgan insonlarni uchratish imkoniyati.
📌 6-iyun
⏰ 11:00–14:00
📍 Raqamli texnologiyalar vazirligi
Ro‘yxatdan o‘tish — havola orqali
——
До дня открытых дверей IT Park University осталось совсем немного!
Это возможность узнать больше об университете, поступлении, программах обучения и студенческой жизни изнутри. А главное — познакомиться с комьюнити ITPU и встретить людей, которые, как и вы, делают первый шаг в IT.
📌 6 июня
⏰ 11:00–14:00
📍 Министерство цифровых технологий
Регистрация — по ссылке.
1 976
Alter Ego’ning IT Park University va EPAM Uzbekistan ishtirokidagi intervyusi allaqachon e’lon qilindi.
Nega IT Park va EPAM IT Park University’ni yaratdi? Nima uchun ITPU’da o‘qish murakkab hisoblanadi va ta’limimiz IT-bozorning real ehtiyojlari bilan qanday bog‘langan?
Intervyuda rektorimiz Bohodir Ayupov va EPAM Uzbekistan rahbari Renat Axtyamov IT Park University qanday yaratilgani, nima uchun gibrid ta’lim formati tanlangani va amaliy yondashuvimiz talabalarni o‘qish davridayoq kelajakdagi karyeraga qanday tayyorlashi haqida gapirib berishdi.
Shuningdek, ITPU’da darslarni nima uchun EPAM’ning amaliyotchi mutaxassislari va soha vakillari olib borishi, sun’iy intellekt davrida qaysi ko‘nikmalar talab yuqori bo‘lishi va talabalarimizga global IT-industriyada o‘z yo‘lini qurishda qanday yordam berishimiz haqida ham suhbatlashdik.
Alter Ego’ning to‘liq intervyusini tomosha qiling va IT Park University ichki tomondan qanday ishlashini bilib oling.
——
Интервью Alter Ego с участием IT Park University и EPAM Uzbekistan уже вышло.
Зачем IT Park и EPAM создали IT Park University? Почему обучение в ITPU считается сложным и как оно связано с реальными требованиями IT-рынка?
В интервью наш ректор Боходир Аюпов и Head of EPAM Uzbekistan Ренат Ахтямов рассказали, как создавался IT Park University, почему мы выбрали гибридный формат обучения и как наш практический подход помогает студентам готовиться к будущей карьере ещё во время учёбы.
Мы также поговорили о том, почему занятия в ITPU ведут действующие специалисты EPAM и представители индустрии, какие навыки будут востребованы в эпоху искусственного интеллекта и как мы помогаем студентам строить свой путь в глобальной IT-индустрии.
Смотрите полное интервью Alter Ego и узнайте больше о том, как устроен IT Park University изнутри.
1 976
Modern Coding Powered by AI Agents: magistraturaga topshirmoqchi bo‘lgan abituriyentlar uchun onlayn vorkshop
11-iyun kuni IT Park University magistraturaga topshirishni rejalashtirayotgan va software engineering sohasidagi zamonaviy yondashuvlar bilan yaqindan tanishmoqchi bo‘lganlar uchun onlayn vorkshop o‘tkazadi.
Vorkshop mavzusi — Modern Coding Powered by AI Agents. GitHub Copilot misolida ishtirokchilar sun’iy intellekt dasturlash jarayoniga qanday integratsiya qilinayotganini ko‘rib chiqadilar: kod va kontekst generatsiyasidan tortib, real development tasks ustida AI agentlar bilan ishlashgacha.
Spiker — Pavel Kuchynski, EPAM kompaniyasida Senior Software Engineer.
Pavel Java/Java EE’da server-side development bo‘yicha ixtisoslashgan, Java 8–17, Spring, Spring Boot, web application development, PostgreSQL, DynamoDB, Git va JUnit bilan ishlaydi. Shuningdek, u Key Developer va Development Team Leader rollarida, SCRUM jamoalarini boshqarishda, Jenkins orqali CI/CD jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashda hamda mijozlar bilan ishlashda tajribaga ega.
Vorkshop zamonaviy software engineering amaliyoti, dasturlashda AI-instrumentlar va AI agents paydo bo‘lishi bilan dasturchi roli qanday o‘zgarayotgani bilan qiziqadigan magistratura abituriyentlari uchun foydali bo‘ladi.
📌 Sana: 11-iyun
⏰ Vaqt: 17:00
💻 Format: onlayn, Zoom
Ro‘yxatdan o‘tish havola orqali.
——
Modern Coding Powered by AI Agents: онлайн-воркшоп для абитуриентов магистратуры
11 июня IT Park University проведёт онлайн-воркшоп для тех, кто планирует поступать в магистратуру и хочет ближе познакомиться с современными подходами в software engineering.
Тема воркшопа — Modern Coding Powered by AI Agents. На примере GitHub Copilot участники разберут, как искусственный интеллект интегрируется в процесс разработки: от генерации кода и контекста до работы с AI-агентами над реальными задачами.
Спикер — Pavel Kuchynski, Senior Software Engineer в EPAM.
Павел специализируется на server-side разработке на Java/Java EE, работает с Java 8–17, Spring, Spring Boot, web application development, PostgreSQL, DynamoDB, Git и JUnit. Также у него есть опыт в роли Key Developer и Development Team Leader, управлении SCRUM-командами, поддержке CI/CD процессов через Jenkins и взаимодействии с заказчиками.
Воркшоп будет полезен абитуриентам магистратуры, которые интересуются современной software engineering практикой, AI-инструментами в разработке и тем, как меняется роль разработчика с появлением AI agents.
📌 Дата: 11 июня
⏰ Время: 17:00
💻 Формат: онлайн, Zoom
Регистрация по ссылке
1 976
IT Park University’da Open Day
IT Park University abituriyentlar va ularning ota-onalarini ochiq eshiklar kuniga taklif etadi. Bu kun universitet, ta’lim dasturlari, qabul jarayoni va talabalar hayoti bilan yaqindan tanishish imkoniyatidir.
Sizni boy dastur kutmoqda: universitet taqdimoti, taklif etilgan mehmonlar va hamkorlar chiqishlari, IT sohasidagi dolzarb mavzular muhokamasi, shuningdek, o‘qishga kirishni rejalashtirayotganlar uchun konsultatsiya.
Open Day — ta’lim yo‘nalishlari, qabul formati, karyera imkoniyatlari, grant imkoniyatlari haqida ko‘proq bilish va universitet vakillariga savollarni bevosita berish imkoniyati.
📌 Sana: 6-iyun
⏰ Vaqt: 11:00 — 14:00
📍 Manzil: Raqamli texnologiyalar vazirligi
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish — havola orqali.
ITPU bilan yaqindan tanishish uchun bizga qo‘shiling.
——
Open Day в IT Park University
IT Park University приглашает абитуриентов и их родителей на день открытых дверей, где можно ближе познакомиться с университетом, программами обучения, поступлением и студенческой жизнью.
Вас ждёт насыщенная программа: презентация университета, выступления приглашённых гостей и партнёров, обсуждение актуальных тем из мира IT, а также консультация для тех, кто планирует поступление.
Open Day — это возможность узнать больше о направлениях обучения, формате поступления, карьерных перспективах, грантовых возможностях и напрямую задать свои вопросы представителям университета.
📌 Дата: 6 июня
⏰ Время: 11:00 — 14:00
📍 Место проведения: Министерство цифровых технологий
Подробности и регистрация — по ссылке
Присоединяйтесь и познакомьтесь с ITPU ближе.
1 976
Nima uchun IT Park University’ni tanlash kerak?
Yangi videoda talabalarimiz ITPU’da o‘qishning asosiy afzalliklari haqida o‘zlari gapirib berishdi — atmosfera va amaliy yondashuvdan tortib komьюнити, imkoniyatlar va universitet ichidagi qo‘llab-quvvatlashgacha.
Videoni tomosha qiling va izohlarda sizningcha nima uchun IT Park University’ni tanlash kerakligi haqida fikrlaringizni yozib qoldiring.
Agar siz ham ITPU’ning bir qismi bo‘lishni istasangiz — arizani havola orqali topshirishingiz mumkin.
——
Почему стоит выбрать IT Park University?
В новом видео наши студенты сами рассказали, что для них стало главным плюсом обучения в ITPU — от атмосферы и практического подхода до комьюнити, возможностей и поддержки внутри университета.
Смотрите видео и делитесь в комментариях, почему, по вашему мнению, стоит выбрать IT Park University.
А если вы тоже хотите стать частью ITPU — подать заявку можно по ссылке.
1 976
+7
IT Park University Global Tech Weekend 2026’da
15–17-may kunlari IT Park University O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan xalqaro texnologik festival — Global Tech Weekend 2026’da ishtirok etdi.
Festival global IT hamjamiyati vakillari, startap ekotizimi, investorlar, muhandislar va soha yetakchilarini birlashtirdi. Uch kun davomida ishtirokchilar innovatsiyalar, tadbirkorlik, texnologiyalar rivoji va raqamli ekotizima haqida fikr almashdilar.
IT Park University vakillari universitet nomidan ishtirok etib, ta’lim dasturlari haqida ma’lumot berdilar, festival ishtirokchilari bilan muloqot qildilar va sanoat hamkorlari bilan aloqalarni mustahkamladilar.
Global Tech Weekend 2026’dan lavhalar va ushbu bahorning eng muhim texnologik tadbirlaridan biri atmosferasi bilan bo‘lishamiz.
——
IT Park University на Global Tech Weekend 2026
С 15 по 17 мая IT Park University принял участие в Global Tech Weekend 2026 — международном технологическом фестивале, который впервые прошёл в Узбекистане.
Фестиваль объединил представителей глобального IT-сообщества, стартап-экосистемы, инвесторов, инженеров и лидеров индустрии. В течение трёх дней участники обсуждали инновации, предпринимательство, развитие технологий и цифровой экосистемы.
Представители IT Park University выступили от имени университета, рассказали об образовательных программах, пообщались с участниками фестиваля и укрепили связь с индустриальными партнёрами.
Делимся кадрами с Global Tech Weekend 2026 и атмосферой одного из главных технологических событий этой весны.
1 976
+7
💻 IT-loyihalarni boshqarish va Sun’iy intellekt: magistratura
Bu yo‘nalish texnologiyalar, boshqaruv va analitik fikrlash kesishmasida rivojlanishni istaganlar uchun.
Dastur muhandislar, texnik mutaxassislar va yanada strategik vazifalarga o‘tishga tayyor bo‘lganlar uchun mos keladi: IT-loyihalarni boshqarish, jamoalarni muvofiqlashtirish, qarorlar qabul qilish va tez o‘zgarayotgan muhitda texnologik mahsulotlarni rivojlantirish.
Ta’lim davomida talabalar loyihalarni boshqarishning zamamonaviy yondashuvlari, jamoalar va biznes-jarayonlar bilan ishlash, shuningdek, mahsulotlarni rivojlantirish, jarayonlarni optimallashtirish va qarorlar qabul qilishda sun’iy intellektning rolini o‘rganadilar.
Magistratura yuqori texnologiyali sohalarda karyera o‘sishi uchun boshqaruv bazasini shakllantirishga yordam beradi: loyihalarni rejalashtirish va resurslarni taqsimlashdan tortib, innovatsion yechimlarni joriy etish va o‘zgarishlar bilan ishlashgacha.
O‘qishni tugatgandan so‘ng bitiruvchilar IT project manager, product manager, team lead, head of department, operations manager, AI project manager va IT-loyihalar hamda texnologik jamoalarni boshqarish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarda rivojlanishlari mumkin.
Bu yo‘nalish texnologiyalarni nafaqat tushunishni, balki ularning rivojlanishi, jamoalar va loyihalarni yuqori darajada boshqarishni istaganlar uchun.
Agar siz o‘z ko‘nikmalaringizni kuchaytirishni yoki IT sohasida boshqaruv rollariga o‘tishni istasangiz — arizani havola orqali topshirishingiz mumkin
——
💻 Управление IT-проектами и Искусственный интеллект: магистратура
Это направление для тех, кто хочет развиваться на стыке технологий, управления и аналитического мышления.
Программа подойдет инженерам, техническим специалистам и тем, кто готов перейти к более стратегическим задачам: управлять IT-проектами, координировать команды, принимать решения и развивать технологические продукты в быстро меняющейся среде.
Во время обучения студенты изучают современные подходы к управлению проектами, работу с командами и бизнес-процессами, а также роль искусственного интеллекта в развитии продуктов, оптимизации процессов и принятии решений.
Магистратура помогает сформировать управленческую базу для карьерного роста в высокотехнологичных отраслях: от планирования проектов и распределения ресурсов до внедрения инновационных решений и работы с изменениями.
После обучения выпускники могут развиваться в ролях IT project manager, product manager, team lead, head of department, operations manager, AI project manager и других направлениях, связанных с управлением IT-проектами и технологическими командами.
Это направление для тех, кто хочет не только понимать технологии, но и управлять их развитием, командами и проектами на более высоком уровне.
Если вы хотите усилить свои навыки или перейти к управленческим ролям в IT — подать заявку можно по ссылке.
1 976
⚡️ Soon: Open Day 2026
Tez orada IT Park University universitet, qabul jarayoni va talabalar hayoti haqida ko‘proq bilishni istaganlar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Yangiliklarni kuzatib boring!
——
⚡️ Soon: Open Day 2026
Совсем скоро IT Park University откроет двери для тех, кто хочет узнать больше об университете, поступлении и студенческой жизни. Следите за обновлениями!
1 976
ITPU CS2 Championship
Bo‘lajak ITPU talabalari, bu aynan siz uchun.
IT Park University talabalar va abituriyentlar uchun Counter-Strike turnirini tashkil etmoqda. Bu universitet komьюнитиси bilan tanishish, jamoa tuzish, yangi odamlar bilan uchrashish va o‘quv yili boshlanishidan oldin talabalar muhitini his qilish imkoniyati.
📌 Sana va vaqt: 18-may, 11:00–19:00
📍 Manzil: Cyberium Mirabad, 2/1
💸 Ishtirok: bepul
Turnir formati:
— Jamoalar birgalikda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
— Jamoasiz ishtirokchilar aralash jamoalarga birlashtiriladi.
Agar sizda allaqachon jamoa bo‘lsa yoki yakka tartibda qatnashmoqchi bo‘lsangiz, bu o‘z mahoratingizni ko‘rsatish, bo‘lajak kursdoshlar bilan tanishish va o‘yinlar, jamoaviy ruh hamda ITPUga qiziqadigan insonlar bilan kunni o‘tkazish uchun imkoniyat.
👉 Ro‘yxatdan o‘tish
O‘yinga qo‘shiling, ITPU bilan tanishing va universitetdagi yo‘lingizni turnirdan boshlang.
——
ITPU CS2 Championship
Будущие студенты ITPU, это для вас.
IT Park University запускает турнир по Counter-Strike для студентов и абитуриентов — возможность познакомиться с комьюнити университета, собрать команду, встретить новых людей и почувствовать студенческую атмосферу ещё до начала учебного года.
📌 Дата и время: 18 мая, 11:00–19:00
📍 Место проведения: Cyberium Mirabad, 2/1
💸 Участие: бесплатно
Формат турнира:
— Команды могут зарегистрироваться вместе.
— Участников без команды объединят в смешанные команды.
Если у вас уже есть команда или вы хотите присоединиться самостоятельно, это шанс показать свои навыки, познакомиться с будущими одногруппниками и провести день с людьми, которым тоже интересны игры, командная работа и ITPU.
👉 Регистрация
Присоединяйтесь к игре, знакомьтесь с комьюнити ITPU и начните свой путь в университете с турнира.
1 976
+7
💻 Axborot xavfsizligi: magistratura
Axborot xavfsizligi bo‘yicha magistratura — bu kiberxavfsizlik, himoya arxitekturasi, risklarni boshqarish va zamonaviy raqamli tizimlar uchun xavfsizlik strategiyalari bilan chuqur ishlash demakdir.
ITPU’dagi dastur axborot xavfsizligi sohasidagi ekspertizasini kuchaytirishni va yanada murakkab vazifalarga o‘tishni istaganlar uchun mos keladi: nafaqat tahdidlarni aniqlash, balki himoya tizimlarini loyihalash, xavfsizlik jarayonlarini yo‘lga qo‘yish va kompaniyalarga risklarni kamaytirishda yordam berish.
Ta’lim davomida talabalar kiberxavfsizlikning zamonaviy amaliyotlari, axborot tizimlari va ilovalar himoyasi, risklar bilan ishlash, tahdidlarni tahlil qilish hamda xavfsiz IT-infratuzilmani yaratish yondashuvlarini o‘rganadilar.
Dastur doirasida talabalar uchta ixtisoslikdan birini tanlashlari mumkin:
— Cybersecurity Architecture
— Cybersecurity Management
— Cybersecurity Consulting
Dasturdan so‘ng bitiruvchilar cybersecurity architect, information security manager, cybersecurity consultant, security analyst, risk management specialist, security engineer va axborot xavfsizligi sohasidagi boshqa yo‘nalishlarda rivojlanishlari mumkin.
Magistraturadagi axborot xavfsizligi — bu raqamli tizimlarni himoya qilish bilan yanada yuqori darajada ishlashni istaganlar uchun yo‘nalish: texnik arxitekturadan tortib kompaniya ichidagi xavfsizlikni boshqarishgacha.
Agar siz o‘z ko‘nikmalaringizni kuchaytirishni yoki yo‘nalishingizni o‘zgartirib, IT sohasiga o‘tishni istasangiz — arizani quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin
——
💻 Информационная безопасность: магистратура
Магистратура по информационной безопасности — это глубокая работа с кибербезопасностью, архитектурой защиты, управлением рисками и стратегиями безопасности для современных цифровых систем.
Программа в ITPU подойдёт тем, кто хочет усилить экспертизу в информационной безопасности и перейти к более сложным задачам: не только выявлять угрозы, но и проектировать защиту, выстраивать процессы безопасности и помогать компаниям снижать риски.
Во время обучения студенты изучают современные практики кибербезопасности, защиту информационных систем и приложений, работу с рисками, анализ угроз и подходы к построению безопасной IT-инфраструктуры.
В рамках программы студенты могут выбрать одну из трёх специализаций:
— Cybersecurity Architecture
— Cybersecurity Management
— Cybersecurity Consulting
После программы выпускники могут развиваться в ролях cybersecurity architect, information security manager, cybersecurity consultant, security analyst, risk management specialist, security engineer и других направлениях в сфере информационной безопасности.
Информационная безопасность в магистратуре — это направление для тех, кто хочет работать с защитой цифровых систем на более высоком уровне: от технической архитектуры до управления безопасностью в компании.
Если вы хотите усилить свои навыки или сменить направление и перейти в IT — подать заявку можно по ссылке.
1 976
+4
IT Park University × Alter Ego
Yaqinda IT Park University’da Alter Ego loyihasi uchun intervyu suratga olindi. Alter Ego — muhim ijtimoiy mavzularni yoritadigan, insonlar, g‘oyalar va o‘zgarishlar haqida gapiradigan mashhur loyiha.
Chiqarilish mehmonlari IT Park University rektori — Bohodir Ayupov va EPAM Uzbekistan rahbari — Renat Axtyamov bo‘ldi. Intervyuda IT-ta’lim rivoji, universitetning kelajak mutaxassislarini tayyorlashdagi roli, ta’limdagi amaliy yondashuv, talabalarga o‘qish davridayoq ochiladigan imkoniyatlar, shuningdek, sun’iy intellektni universitetning o‘quv jarayonlariga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
To‘liq intervyu tez orada e’lon qilinadi, hozircha esa suratga olish jarayonidan kichik beksteyj bilan bo‘lishamiz.
Yangiliklarni kuzatib boring — qiziqarli bo‘ladi.
——
IT Park University × Alter Ego
Недавно в IT Park University прошла съёмка интервью для Alter Ego — популярного проекта, который поднимает важные социальные темы и говорит о людях, идеях и изменениях.
Гостями выпуска стали ректор IT Park University — Боходир Аюпов и Head of EPAM Uzbekistan — Ренат Ахтямов. В интервью обсудили развитие IT-образования, роль университета в подготовке будущих специалистов, практический подход к обучению, возможности, которые открываются для студентов уже во время учёбы, а также внедрение искусственного интеллекта в учебные процессы университета.
Совсем скоро выйдет полный выпуск, а пока делимся небольшим бэкстейджем со съёмок.
Следите за обновлениями — будет интересно.
1 976
🎓 POV: ITPU talabasi hayotidan bir kun
Darslar, loyihalar, jamoaviy ish, do‘stlar bilan uchrashuvlar, dedlaynlarga tayyorgarlik va talabalik hayoti — IT Park University’dagi oddiy kunlar aynan shunday o‘tadi.
ITPU’da ta’lim — bu faqat dars emas, balki talabalar rivojlanadigan, yangi narsalarni sinab ko‘radigan, o‘z startaplarini boshlaydigan va IT-komyuniti bir qismiga aylanadigan muhitdir.
Videoni tomosha qiling va ITPU talabasi kunining atmosferasiga sho‘ng‘ing.
——
🎓 POV: один день студента ITPU
Пары, проекты, работа в командах, встречи с друзьями, подготовка к дедлайнам и студенческая жизнь — именно так проходят обычные будни в IT Park University.
В ITPU учёба — это не только занятия, но и среда, где студенты развиваются, пробуют новое, начинают свои стартапы и становятся частью IT-комьюнити.
Смотрите видео и погружайтесь в атмосферу одного дня студента ITPU.
1 976
+7
💻 Software Engineering: magistratura
Agar bakalavriat — bu asos bo‘lsa, magistratura — bu chuqurlashish, ixtisoslashuv va murakkabroq vazifalar bilan ishlashdir.
ITPU’dagi Software Engineering magistratura dasturi allaqachon bazaga ega bo‘lgan va arxitektura, masshtablanadigan yechimlar hamda zamonaviy texnologiyalar — Cloud’dan AI’gacha — bilan ishlash darajasiga chiqishni istaganlar uchun mos keladi.
Shuningdek, dastur boshqa sohalardan IT’ga o‘tishni rejalayotganlar uchun ham mos: yetarli boshlang‘ich tayyorgarlik va motivatsiya bilan magistratura yangi yo‘nalishga o‘tish va texnologik industriya ichida rivojlanish imkonini beradi.
Ta’lim davomida talabalar quyidagi ixtisosliklardan birini tanlaydilar:
— Solution Architecture
— Cloud & DevOps
— Data Engineering & AI
O‘qish jarayoni amaliy va tadqiqotga yo‘naltirilgan vazifalar asosida qurilgan: tizimlarni loyihalash, katta ma’lumotlar bilan ishlash, AI yechimlarini joriy etish va ishlab chiqish jarayonlarini optimallashtirish.
Dasturdan so‘ng bitiruvchilar solution architect, DevOps engineer, data engineer, AI specialist va yuqori yuklama ostidagi murakkab tizimlar bilan ishlovchi boshqa mutaxassislar sifatida rivojlanadilar.
Software Engineering — bu bazaviy dasturlashdan chiqib, murakkab texnologik yechimlar yaratishga o‘tishni istaganlar uchun yo‘nalishdir.
Agar siz o‘z ko‘nikmalaringizni kuchaytirishni yoki yo‘nalishingizni o‘zgartirib, IT sohasiga o‘tishni istasangiz — arizani quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin:
——
💻 Software Engineering: магистратура
Если бакалавриат — это фундамент, то магистратура — это углубление, специализация и работа с более сложными задачами.
Программа магистратуры Software Engineering в ITPU подойдёт тем, кто уже имеет базу и хочет перейти на уровень архитектуры, масштабируемых решений и работы с современными технологиями — от Cloud до AI.
Также программа подойдёт тем, кто планирует перейти в IT из другой сферы: при наличии базовой подготовки и мотивации магистратура позволяет сменить трек и развиваться в технологической индустрии.
Во время обучения студенты выбирают одну из специализаций:
— Solution Architecture
— Cloud & DevOps
— Data Engineering & AI
Обучение строится вокруг практических и исследовательских задач: проектирование систем, работа с большими данными, внедрение AI-решений и оптимизация процессов разработки.
После программы выпускники развиваются как solution architect, DevOps engineer, data engineer, AI specialist и другие специалисты, работающие с высоконагруженными и сложными системами.
Software Engineering — для тех, кто хочет выйти за рамки базовой разработки и перейти к созданию сложных технологических решений.
Если вы хотите усилить свои навыки или сменить направление и перейти в IT — подать заявку можно по ссылке.
1 976
🎓 IT Park University Farg‘onada IT-ta’limni rivojlantirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning IT Park Fergana’ga tashrifi doirasida IT Park University rektori Bohodir Ayupov universitetning raqamli iqtisodiyot uchun IT-mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan yondashuvini taqdim etdi.
Bugungi kunda Farg‘ona mamlakatning muhim IT-hududlaridan biriga aylanmoqda va IT Park University ushbu rivojlanishni ta’lim va mutaxassislar tayyorlash orqali shakllantiradigan tashkilotlar qatorida.
Keyingi bosqich — Farg‘onada IT Park University filialining ochilishi. Bu hudud yoshlari uchun zamonaviy IT-ta’limni uyiga yaqin joyda olish, shuningdek dasturiy muhandislik, kiberxavfsizlik va sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda rivojlanish imkoniyatini yaratadi.
IT Park University uchun bu muhim qadam bo‘lib, bizga hududda IT-ta’limni rivojlantirishda ishtirok etish ishonib topshirilganidan faxrlanamiz.
——
🎓 IT Park University примет участие в развитии IT-образования в Фергане
В рамках визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в IT Park Fergana ректор IT Park University Боходир Аюпов представил подход университета к подготовке IT-специалистов для цифровой экономики.
Фергана сегодня становится одним из ключевых IT-регионов страны, и IT Park University — среди тех, кто будет формировать это развитие через образование и подготовку специалистов.
Следующий этап — открытие филиала IT Park University в Фергане. Это даст возможность студентам региона получать современное IT-образование ближе к дому и развиваться в востребованных направлениях: программная инженерия, кибербезопасность и искусственный интеллект.
Для IT Park University это важный шаг, и мы гордимся тем, что нам доверено участие в развитии IT-образования в регионе.
1 976
+5
💻 IT’da o‘qish haqidagi 5 ta mif
IT atrofida hanuz ko‘plab stereotiplar mavjud — shu sabab ko‘pchilik bu soha “ular uchun emas” deb o‘ylaydi.
Aslida esa hammasi tashqaridan ko‘ringanidan ancha oddiy va tushunarli.
Kарусelda eng keng tarqalgan miflarni ko‘rib chiqamiz 👉🏼
——
💻 5 мифов об учебе в IT
Вокруг IT до сих пор много стереотипов — из-за них многим кажется, что эта сфера «не для них».
На деле всё намного проще и доступнее, чем кажется со стороны.
В карусели — разбираем самые распространённые мифы 👉🏼
