cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Jalilov. Qaydlar

Fikrlar. Kuzatishlar. Qayta aloqa uchun: @qaydlar_aloqa_bot

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
2 954
مشترکین
+424 ساعت
+427 روز
+16930 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Oldingi postga izohlarda "rivojlangan davlatlarda 100 yilcha oldin hal qilingan fundamental muammolar" haqida batafsilroq maʼlumot berishni soʻrashmoqda. Eʼtibor bering: oldingi postda "bundan 100 yillar oldin yaratilgan va taʼlimi rivojlangan davlatlar uchun tamal toshi boʻlib xizmat qilgan fundamental nazariyalar hali ham kirib ketgani yoʻq" deb yozdim. Bular qanday nazariyalar? Keling, oldin nazariya nima ekanligini aniqlab olaylik. Nazariya - bu biron-bir voqea-hodisani, bu voqea zamiridagi qonuniyatlar va tamoyillarni tushuntiruvchi fikrlar. Masalan, fizikadagi Nyutonning gravitatsiya nazariyasi massaga ega boʻlgan jismning tortishish maydoni hosil qilishini tushuntiradi. Nazariya - bu "quruq gap" emas. Har qanday fanning asosini nazariyalar tashkil qiladi. Shu jumladan, pedagogikaning ham. Masalan, pedagogikada inson qanday oʻrganishi, uning miyasi qanday ishlashini tasvirlovchi nazariyalar bor: bihevorizm, kognitivizm, konstruktivizm va boshqa bir qator nazariyalar. Masalan, "sxemalar nazariyasi" haqida oldinroq yozganman. Yana bir pedagogikada keng tarqalgan nazariya - 1950-yillarda yaratilgan Blum taksonomiyasi. Aksar davlatlarda bu nazariyalar pedagoglar tayyorlaydigan OTMlarda oʻqitiladi, ularni bilmasdan maktab oʻqituvchisi sertifikatini (litsenziyasini) olish mumkin emas. Va albatta oʻquv dasturlari va oʻquv materiallari (darsliklar, qoʻllanmalar) yaratishda, bevosita dars jarayonida, baholashda bu nazariyalar hisobga olinadi. Bizda esa, afsuski, haligacha pedagogikamiz qaysi tamoyillarga, nazariyalarga suyanadi, degan savolga aniq javob yoʻq. Uni qoʻyib turaylik, haligacha oʻrta taʼlimning maqsadini belgilaydigan aniq hujjat yoʻq: masalan, boshlangʻich sinflarning oʻquv dasturi (kalendar tematik rejasi emas!) haligacha eʼlon qilinmadi (bormi oʻzi, deb qayta-qayta berilgan savolga ham javob berilmadi). Londonlarda "taʼlimda sunʼiy intelekt"ni muhokama qilishdan oldin, bunday fundamental savollarga javoblarni aniqlashtirib olish kerakmi deyman-da.
نمایش همه...
Jalilov. Qaydlar

Xabar berishlaricha, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda. Forumning birinchi kunida ta'limda yangi metodikalarni joriy qilish, sun'iy intellektdan foydalanish va ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilingan. Bir savol. Har zamonda vazirlik mana shunday xalqaro tadbirlardagi ishtiroki, turli mamlakatlarga "tajriba o'rganish" uchun tashriflar haqida xabarlar beradi. Dunyo tajribasini o'rganish yaxshi, lekin ... bunday tadbirlar va tashriflardan ta'lim uchun qandaydir amaliy naf bo'lyaptimi? Metodikadagi yangi tendensiyalar-u ta'limda sun'iy intellektni qo'yib turaylik, bundan 100 yillar oldin yaratilgan va ta'limi rivojlangan davlatlar uchun tamal toshi bo'lib xizmat qilgan fundamental nazariyalar hali ta'lim jarayoniga kirib kelgani yo'q-ku? Hali ham maktab ta'limining maqsadini, har bir fanda o'quvchilar egallashi kerak bo'lgan kompetensiyalarni belgilab beradigan yaxlit hujjat - curriculum yo'q va katta ehtimol bilan, kelayotgan o'quv yilida ham har xil sinflar har xil, bir-biriga nomutanosib darsliklar asosida ta'lim olishni davom ettiradi. Hali ham vazirlik o'quv rejasiga fanlarni qo'shish, ayirish, olib tashlash bilan ovora. Hali ham pedagogikani (haqiqiy pedagogikani, bizdagi aksar oliygohlarda o'qitiladigan oldi-qochdi fanni emas) o'rganishni boshlagan har qanday talabaga tushuntiriladigan "constructive alignment" (ta'lim maqsadlari - o'qitish uslublari - baholash o'rtasdagi uzviylik) ta'minlanmagan: vazirlik va uning qoshidagi markazlar maktab ta'limining asosiy maqsadi - o'quvchiga darslikni yodlatish deb biladi va butun e'tiborini shunga qaratgan. Hali ham ko'p maktablarda elementar suv va hojatxona yo'q ... Shunday ekan, "yangi metodikalar" va "sun'iy intellekt"gacha bizda hali ancha "qovun pishig'i" bor. Oldin fundamental muammolarni hal qilish kerak - busiz qolgan hamma xatti-harakatlar sirkdagi fokuschining o'yinlari singari illyuziya.

👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Xabar berishlaricha, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etmoqda. Forumning birinchi kunida ta'limda yangi metodikalarni joriy qilish, sun'iy intellektdan foydalanish va ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilingan. Bir savol. Har zamonda vazirlik mana shunday xalqaro tadbirlardagi ishtiroki, turli mamlakatlarga "tajriba o'rganish" uchun tashriflar haqida xabarlar beradi. Dunyo tajribasini o'rganish yaxshi, lekin ... bunday tadbirlar va tashriflardan ta'lim uchun qandaydir amaliy naf bo'lyaptimi? Metodikadagi yangi tendensiyalar-u ta'limda sun'iy intellektni qo'yib turaylik, bundan 100 yillar oldin yaratilgan va ta'limi rivojlangan davlatlar uchun tammal toshi bo'lib xizmat qilgan fundamental nazariyalar hali ta'lim jarayoniga kirib kelgani yo'q-ku? Hali ham maktab ta'limining maqsadini, har bir fanda o'quvchilar egallashi kerak bo'lgan kompetensiyalarni belgilab beradigan yaxlit hujjat - curriculum yo'q va katta ehtimol bilan, kelayotgan o'quv yilida ham har xil sinflar har xil, bir-biriga nomutanosib darsliklar asosida ta'lim olishni davom ettiradi. Hali ham vazirlik o'quv rejasiga fanlarni qo'shish, ayirish, olib tashlash bilan ovora. Hali ham pedagogikani (haqiqiy pedagogikani, bizdagi aksar oliygohlarda o'qitiladigan oldi-qochdi fanni emas) o'rganishni boshlagan har qanday talabaga tushuntiriladigan "constructive alignment" (ta'lim maqsadlari - o'qitish uslublari - baholash o'rtasdagi uzviylik) ta'minlanmagan: vazirlik va uning qoshidagi markazlar maktab ta'limining asosiy maqsadi - o'quvchiga darslikni yodlatish deb biladi va butun e'tiborini shunga qaratgan. Hali ham ko'p maktablarda elementar suv va hojatxona yo'q ... Shunday ekan, "yangi metodikalar" va "sun'iy intellekt"gacha bizda hali ancha "qovun pishig'i" bor. Oldin fundamental muammolarni hal qilish kerak - busiz qolgan hamma xatti-harakatlar sirkdagi fokuschining o'yinlari singari illyuziya.
نمایش همه...
👍 25👏 1🤔 1
Baholash ta'lim tizimi ishtirokchilari nima muhim va nima emasligi haqida signal beradi, ularning xatti-harakatlarini yo'naltiradi. Faqat xotirani, darsliklardagi ma'lumotlarni eslab qolishni tekshiradigan baholash tizimining muammosi shundaki, bunday tizim o'quvchilarga "mening vazifam - darslikni yodda saqlash", o'qituvchilarga esa "mening vazifam - o'quvchilarga darslikni yodlatish" degan signal beradi. Bunday yondashuv bilan nafaqat PISAdagi natijalarni yaxshilash imkonsiz, balki fikrlaydigan, ertaga jamiyatdagi muammolarga yechimlar taklif qila oladigan avlodni yetishtirish imkonsiz. Yoki ... Markazga ta'lim tizimidan fikrlashni "surib tashlash", faqat to'tiqushga o'xshab yodlashni biladigan avlodni shakllantirish vazifasi qo'yilganmi? Hilola Umarova, nima deysiz?
نمایش همه...
Jalilov. Qaydlar

Keling, yuqoridagi postda keltirilgan test topshirig'ini testologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilib ko'ramiz. Ilmiy jihatdan olib qaraganda, test - bu o'lchov vositasi. Xuddi tarozi yordamida og'irlik yoki chizgʼich yordamida uzunlik o'lchanganidek, test yordamida ma'lum bir konstruktlar (xususiyatlar) o'lchanadi. Masalan, o'quvchining kvadrat tenglamani yecha olishi yoki chet tilida eshitgan matnini tushuna olishi yoki qo'shma gapni sodda gapdan ajrata olishi - bu konstrukt. Har qanday test uchun asosiy sifat mezoni - validlik. Soddaroq qilib aytganda, validlik - bu testning qay darajada o'lchanishi kerak bo'lgan konstruktni o'lchab bera olishi. Masalan, testdan maqsad - o'quvchining qo'shma gapni sodda gapdan ajrata olishini baholash (o'lchash) bo'lsa, test shu narsani o'lchab bera oladimi? Test validlik talablariga javob bermasa, u foydalanishga yaroqsizdir. Validlik talablariga javob bermaydigan testdan foydalanish - xuddi uzunlikni tarozi yordamida yoki og'irlikni chizgʼich yordamida o'lchashday gap.…

👍 13🔥 1
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy markazining maktablarda summativ baholash uchun tuzib yuborayotgan testlar validlik talablariga javob bermasligi - yagona muammo emas. Yana bir muammo - Shokir Tursun yozganidek, testlarda Markaz o'zi belgilab bergan kognitiv darajalarga amal qilinmasligi (yoki, Markaz va u jalb qilayotgan testologlarning bu darajalarni farqlay olmasligi). Natijada, testlar asosan xotirani tekshirishga qaratilgan. Fikrimning isboti sifatida 4-chorak summativ baholash uchun Markaz tuzib berganligi aytilayotgan ayrim testlarni ko'rib chiqamiz. (B-2,5 ball) Erkin Vohidovning xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan asari? A) “Ruhlar isyoni” B) “Ona tuproq” C) “Iztirob” D) “Nido” (Q-4,5 ball) “Hellados” hikoyasida Yanguli qaysi voqeadan so‘ng Jamol bilan janjallashishni to‘xtatdi? A) Jamol uni urgandan keyin B) Otasidan tayoq yegach C) Nina xoladan gap eshitgach D) Jamolning onasi o‘lganini bilgach (M-5,5 ball) Ko‘p jahongir ko‘rgan bu dunyo, Hammasiga guvoh yer osti Lekin do‘stlar, she’r ahli aro Jahongiri kam bo‘lar, rosti. A.Oripov ushbu misralar bilan boshlanuvchi she’r bandida qalamga olgan ijodkor haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni belgilang? A) “Boburnoma” – memuar asarning ijodkori. B) U Said Ahmad aytganidek: “…dostondek o‘qiladi” gan asar yozgan. C) Tarixga oid yirik “Astrobod” nomli qissa muallifi hisoblanadi. D) “Hayrat ul-abror” dostonida rostgo‘ylikning foydasi haqida yozadi. E'tibor bering: 5-sinf adabiyot fanidan 4-chorak summativ baholash uchun mo'ljallangan yuqoridagi uch test topshirig'ini test tuzuvchilar uch darajaga mansub deb ko'rsatgan: bilish, qo'llash va mulohaza yuritish. Markaz direktori Dilrabo Davidovaning keltirishicha: - bilish - o‘quv materialini qayta ishlamagan holda, qonunlar, xossalar, formulalar, tushunchalar va atamalarning mohiyatini eslab qolish; - qo'llash - bu fanning qonun va qonuniyatlari, xossalari va formulalarini qo‘llash, tahlil qilish, taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yish, bir qancha qonun va qonuniyatlardan foydalanish, shu bilan birga, umumlashtirish va xulosa qilish; - mulohaza yuritish - o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni notanish vaziyatlarda qo‘llashni, qonun va qonuniyatlardan foydalangan holda tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirishdir. E'tibor bering: "bilish" darajasi tushunarli, u Blum taksonomiyasining eng quyi - "bilish (eslab qolish)" darajasiga mos kelyapti. "Qo'llash" va "mulohaza yuritish" darajalari o'rtasidagi farq esa tushunarsiz, chunki har ikkala daraja ham, ta'rifda keltirilishicha, qo'llash, tahlil, umumlashtirishni taqozo qiladi. Endi yuqorida misol sifatida keltirilgan test topshiriqlariga qaytaylik. "Bilish" darajasi uchun berilgan test topshirig'i 5-sinf darsligining 204-betida berilgan jumlani so'zma-so'z qaytaradi va o'quvchining shu jumlani qay darajada eslab qolganligini tekshiradi. E'tibor bering: bu yerda, markaz direktori Dilrabo Davidova aytganidek, o'quvchining fanga oid qonunlar, tushunchalar, atamalarning mohiyatini eslab qolgani emas, shunchaki darslikdagi ma'lumotni eslab qolgani tekshirilmoqda. (Axir, darslik muallif(lar)ining "Ruhlar isyoni" asari haqidagi fikrlari - bu adabiyotga oid qonun yoki tushuncha yoki atama emas-da. Bu shunchaki darslikda berilgan ma'lumot.) "Qo'llash" darajasi uchun berilgan test topshirig'i ham mohiyatan xotirani tekshirishga qaratilgan: test topshirig'iga javob berish uchun o'quvchi "fanning qonun va qonuniyatlari, xossalari va formulalarini qo‘llash, tahlil qilish, taqqoslash va qarama-qarshi qo‘yishi, umumlashtirishi, xulosa qilishi" talab qilinmaydi. Shunchaki "Hellados" hikoyasi syujetidagi detalni esga olish kerak. "Mulohaza yuritish" darajasi uchun berilgan test topshirig'i ham mohiyatan xotirani tekshirishga qaratilgan: o'quvchi berilgan she'rning davomini eslab, bu bandda Navoiy haqida gap ketayotganini eslashi va berilgan gaplardan qaysi biri Navoiy haqida ekanligini topishi (buning uchun yana xotirani ishga solishi) kerak.
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Endi validlik masalasiga qaytamiz. Test topshirig'i ona tili fani uchun berilgan, lekin ona tili fanida rivojlantirilishi kerak bo'lgan qaysi nutqiy yoki lingvistik kompetensiyani tekshiradi )baholaydi, o'chaydi)? Hech qaysi. Test shunchaki terstni tuzgan mutaxassis "ko'ziga ko'ringan", aslida yo'q bo'lgan bog'liqlikni topishni so'rayapti, ya'ni unga javob berish uchun o'quvchi testni tuzgan mutaxassis xayoliga nimalar kelganini taxmin qilishi kerak. Bu esa maktab ona tili ta'limining (va umuman, maktab ta'limining) vazifasi emas. Demak, test validlik talablariga javob bermaydi va mutlaqo yaroqsiz. Yuqorida yozganimdek, shu bittagina test topshirigʻi yordamida qanday testlarni tuzmaslik kerakligi boʻyicha master-klass oʻtish mumkin
نمایش همه...
Shokir Tursun qarashlari

Sizlarga topshiriq. Mana shu testdagi muammolarni aniqlang. @birgap

👍 6
Keling, yuqoridagi postda keltirilgan test topshirig'ini testologiya nuqtayi nazaridan tahlil qilib ko'ramiz. Ilmiy jihatdan olib qaraganda, test - bu o'lchov vositasi. Xuddi tarozi yordamida og'irlik yoki chizg;ich yordamida uzunlik o'lchanganidek, test yordamida ma'lum bir konstruktlar (xususiyatlar) o'lchanadi. Masalan, o'quvchining kvadrat tenglamani yecha olishi yoki chet tilida eshitgan matnini tushuna olishi yoki qo'shma gapni sodda gapdan ajrata olishi - bu konstrukt. Har qanday test uchun asosiy sifat mezoni - validlik. Soddaroq qilib aytganda, validlik - bu testning qay darajada o'lchanishi kerak bo'lgan konstruktni o'lchab bera olishi. Masalan, testdan maqsad - o'quvchining qo'shma gapni sodda gapdan ajrata olishini baholash (o'lchash) bo'lsa, test shu narsani o'lchab bera oladimi? Test validlik talablariga javob bermasa, u foydalanishga yaroqsizdir. Validlik talablariga javob bermaydigan testdan foydalanish - xuddi uzunlikni tarozi yordamida yoki og'irlikni chizg;ich yordamida o'lchashday gap. Tahlik qilayotganimiz testda (aniqrog'i, test topshirig'ida) 6-sinf adabiyot darsligining 178-betidagi surat va 6-sinf ona tili darsligining 214-betidagi diagramma keltirilgan hamda ikkalasi o'rtasidagi bog'liqlikni topish so'ralgan. Bunda na surat va na diagrammaga izoh berilmagan. O'quvchi surat va diagrammada nima tasvirlaganini tushunishi uchun yoki ularni eslab qolgan, vizual xotirasida saqlab yurgan bo'lishi, yoki "fol ochishi" kerak. O'ylab ko'ring, siz darslik bilan ishlaganingizda undagi rasmlar-u diagrammalarni "yodlab" olasizmi? O'zi maktab ta'limining maqsadi - o'quvchiga darslikni ipidan ignasigacha (rasmlari bilan qo'shib) yodlatishmi? Endi test topshirig'ida so'ralayotgan narsaga diqqat qilaylik: "surat va diagramma o'rtasidagi bog'liq firlardan qaysilari to'g'ri?" Suratda 2-jahon urushi paytida Toshkentga evakuatsiya qilingan bolalarning Toshkentda kutib olinishi aks etgan, diagrammada - hozirgi O'zbekiston aholisining etnik tarkibi. Bu ikki narsa o'rtasida bog'liqlik bormi o'zi? Diagramma O'zbekiston aholsining hozirgi etnik tarkibi 2-jahon urushi paytida (bundan 80 yillar oldin) O'zbekistonga bolalarning ko'chirib kelinishi natijasida shakllangan, degan xulosani beradimi? Aslo yo'q. Chunki u bolalar son jihatdan qancha bo'lgan, qancha qismi urush tuhagandan keyin ham O'zbekistonda qolib ketgan, qancha qismi ko'chib ketgan - bu haqida diagrammada ma'lumot yo'q. Qolaversa, diagrammaga ko'ra, aholining eng ko'p qismini o'zbeklardan keyin tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar tashkil etadi, bu aholi yashaydigan hududlarda esa urush bo'lmagan, demakki, ular urush tufayli evakuatsiya qilingan aholining avlodlari emas. Diagrammada "boshqa millatlar" deganda esa aynan qaysi millatlar nazarda tutilgan, bu millatlar 2-jahon urushi paytida urush bilan qamrab olingan hududlarda yashashganmi - bu haqda berilgan rasm va diagrammadan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Katta ehtimol bilan, test tuzuvchi C varianti to'g'ri javob sifatida olgan. Lekin na diagramma va na rasmdan O'zbekistondagi iqlim va sharoit haqida xulosa chiqarib bo'lmaydi. Demak, C javob noto'g'ri. Umuman olganda, mazkur test topshirig'ida to'g'ri javobning o'zi yo'q, chunki rasm va diagramma o'rtasida bog'liqlik yo'q. O'zingiz o'ylab ko'rib, adabiyot darsligida o'rganilayotgan asarga illyustratsiya sifatida tanlangan va ona tili darsligida grafikni o'qiy olish kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida berilgan diagramma o'rtasida qanday bog'liqlik bo'lishi mumkin? Axir, bu har ikki darslikda boshqa surat va diagramma ham berilishi mumkin edi-ku.
نمایش همه...
👍 3🤬 1
6-sinf adabiyot darsligida mavzuga illyustratsiya sifatida berilgan surat va qanday maʼlumotni koʻrsatayotgani izohlanmagan diagramma oʻrtasida bogʻliqlikni topish vazifasi berilgan test topshirigʻi. Siz ham oʻylab koʻring-chi, bu test topshirigʻida qanday muammolarni koʻryapsiz? P.S. Shu bittagina test topshirigʻi yordamida qanday testlarni tuzmaslik kerakligi boʻyicha master-klass oʻtish mumkin.
نمایش همه...
Shokir Tursun qarashlari

Sizlarga topshiriq. Mana shu testdagi muammolarni aniqlang. @birgap

🤯 10
"Bu tizimni ("mezonga asoslangan baholash tizimi" deb atalgan, aslida oʻquvchining xotirasini muttasil tekshirib borishga asoslangan) ishlab chiqayotganlar hamma yoqni shunday testlarga (masalan, 1, 2) toʻldirib tashlashyapti. Oʻylaymanki, vazirlikda hamon aqlli odamlar bor, ular bunday nomaqbulchilikning butun Oʻzbekiston oʻquvchilarga joriy qilinishining oldini olishadi", deb yozmoqda pedagog Shokir Tursun. Tushunishim boʻyicha, vazirlik ichida boʻlinish yuzaga kelgan. Jamoaning bir qismi qarorlar qabul qilish yoki qarorlarga taʼsir qilishdan chetlatilgan, ularga faqat OAVlarga chiqib turish yoki anjumanlarda koʻrinib turish vazifasi yuklatilgan. Vazir Hilola Umarova butun vakolatni oʻzi ishongan PIIMAchilarga berib qoʻygan va ular taʼlimni istagan kuyga solishmoqda, hech qanday tahlilda asoslangan tajribalarini butun respublikaga joriy qilishmoqda. "Mezonga asoslangan baholash" deb atalgan tizim yoki "Finlyandiya"dan "Singapur" tomon burilishlar ham shunday tajribalar sirasiga kiradi. Agar bunday tajribalar, xususan, baholash tizimi zudlik bilan toʻxtalmasa, qoʻrqamanki, shundoq ham reanimatsiyada yotgan taʼlimning biratoʻla janozasi oʻqib qoʻya qolinadi.
نمایش همه...
Shokir Tursun qarashlari

Shu test 6-sinf oʻquvchisi uchun ONA TILI fanidan berilmoqda🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️ Darslikdagi bunday maʼlumotlar test tuzish uchun emas, nutqiy koʻnikmalarni rivojlantirish uchun kiritilganini aytib qoʻyinglar haligi "baholash markazi"ga @birgap

👍 11
Menimcha, suhbatda aytilgan uch asosiy tezisni suhbat ishtirokchilaridan sarlavhaga olib chiqilgan savolga javob sifatida qabul qilish mumkin: - "Yangi" deb eʼlon qilingan narsa aslida unchalik yangi ham emasdi, eski fasad boʻyab, "yangi" deb eʼlon qilindi, xolos. - Barcha jarayonlar institutlar emas, shaxs darajasida kechar ekan, boshqacha holatni kutish qiyin. - Erkinlik - uzviy narsa, bir sohada erkinlik berib, boshqa sohada bermaslik mumkin emas. Shundan xulosa chiqaravering.
نمایش همه...
O‘zbekiston nega 148-o‘ringa "quladi"?

Oxirgi bir necha hafta ichida O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligiga oid ikki muhim xabar, yangilik OAVda keng yozildi, yoritildiki, kuzatuvchilarimiz bu ikki yangiliklardan allaqachon xabar topgan bo‘lishi aniq. Shunday bo‘lsa-da, keling ularni yana bir bor qisqa tarzda yodga olamiz: 1-xabar: «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat tashkiloti 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida har yillik an'anaviy matbuot erkinligi indeksini e'lon qildi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston 11 pog‘onaga pasayib, 180 davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘yicha vaziyatni «og‘ir»dan «juda jiddiy»ga o‘zgartirishdi. 2-xabar: 14-may kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan rasmiylarning barchasi O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasida vaziyat doimiy yaxshilanib borayotgani va bu borada tanlangan yo‘ldan hech qachon ortga qaytilmasligini ta'kidlashdi. “Nuqtalar” dasturining navbatdagi soni orqali xalqaro tashkilotlar va hukumat rasmiylari munosabatidagi bir-biridan farqli shu nuqta, ularning asosi va O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligi qay tomonga ketmoqda o‘zi, degan muhim savollar tahliliga bag‘ishlandi. Intervyu mehmonlari “Ozodlik” radiosi o‘zbek xizmati rahbari Pahlavon Sodiq va Amerika ovozi teleradiosi muxbiri Navbahor Imamova bo‘ldi. Telegram 👉

https://t.me/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) TikTok 👉

https://www.tiktok.com/@vatandosh.tv

Instagram 👉

https://www.instagram.com/vatandosh_tv

(@vatandosh_tv) YouTube 👉

https://www.youtube.com/@vatandosh_tv

Facebook 👉

https://fb.com/vatandoshtv

🔥 8👍 1
Bizda soʻz erkinligidan nega qoʻrqishadi? Bu savolga mening javobim bor, lekin jurnalistlar - "Amerika ovozi" oʻzbek xizmati jurnalisti Navbahor Imamova va Oʻzbekistonda saytlari hali ham bloklangan holda qolayotgan "Ozodlik" radiosi oʻzbek xizmati rahbari Pahlavon Sodiq fikrlarini eshitish, oʻylaymanki, qiziq boʻladi.
نمایش همه...
Ilyos Safarov

So'z erkinligidan nega qo'rqiladi? Oxirgi bir necha hafta ichida O‘zbekistonda jurnalistika va so‘z erkinligiga oid ikki muhim xabar, yangilik OAVda keng yozildi, yoritildiki, kuzatuvchilarimiz bu ikki yangiliklardan allaqachon xabar topgan bo‘lishi aniq. Shunday bo‘lsa-da, keling ularni yana bir bor qisqa tarzda yodga olamiz: 1-xabar: «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro nodavlat tashkiloti 3-may – Jahon matbuoti erkinligi kunida har yillik an'anaviy matbuot erkinligi indeksini e'lon qildi. 2024-yil yakunlari bo‘yicha tuzilgan reytingda O‘zbekiston 11 pog‘onaga pasayib, 180 davlat orasida 148-o‘rinni egalladi. Kuzatuvchilar O‘zbekistonda so‘z erkinligi bo‘yicha vaziyatni «og‘ir»dan «juda jiddiy»ga o‘zgartirishdi. 2-xabar: 14-may kuni O‘zbekiston xalqaro anjumanlar saroyida jurnalistika sohasidagi “Oltin qalam” XVIII milliy mukofoti uchun g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirda ishtirok etgan rasmiylarning barchasi O‘zbekistonda so‘z erkinligi borasida vaziyat doimiy yaxshilanib borayotgani…

👏 5