cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

G'ayratov | HuquqBro

Telegram kanal huquqshunos Gʻayratov Jahongirga tegishli. Savol, taklif, shikoyat boʻlsa @Gayratovuz ga yozishingiz mumkin.

نمایش بیشتر
طاجيكستان4 429زبان مشخص نشده استقانونی6 243
پست‌های تبلیغاتی
525
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
+137 روز
+1330 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Qiziq maʼlumot Kartangizni yoʻqotib qoʻysangiz va u orqali qaysidir metro bekatida toʻlov qilinsa oʻsha metro bekatiga borib xodimlardan kartangizni soʻrab koʻring. Metro xodimlari sizga sms borishi uchun kartangiz orqali metroga toʻlov qilgan boʻlishi mumkin. Men bu holatga bugun metroga tushayotganimda guvoh boʻldim. @HuquqBro
نمایش همه...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Ota, oʻgʻil, kelin @HuquqBro
نمایش همه...
1
Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish Familiya, ism va ota ismini o‘zgartirish haqidagi ariza ariza beruvchi 16 yoshga to‘lgach, uning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, FHDY organi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar 16 yoshga to‘lgan shaxs fuqarolik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) yoki pasport o‘rnini bosuvchi shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat olgunga qadar familiyasi, ismi, ota ismini o‘zgartirish haqida ariza bersa, u holda arizaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma ilova qilinadi. Familiya, ism, ota ismini o‘zgartirish to‘g‘risidagi arizalar: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga (15-modda. O‘zbekiston Respublikasida yashovchi shaxslar, o‘z millatidan qat’i nazar, o‘z ismini, ota ismi va familiyasini milliy-tarixiy an’analarga muvofiq yozish huquqiga egadirlar) muvofiq; sudning hal qiluv qarori asosida; agar familiya va ism eshitilishda yoqimsiz bo‘lsa; agar familiya va ism millatiga to‘g‘ri kelmasa; xohishiga qarab nikohgacha bo‘lgan familiyaga (nikohda turgan davrida ham, nikohdan ajratilgandan keyin ham) qaytishda; oila uchun umumiy familiyada bo‘lish istagi paydo bo‘lganda (agar nikoh tuzish paytida er-xotin umumiy familiya qabul qilishmagan bo‘lsa; bolalarning ota yoki ona bilan bir xil familiyada bo‘lish, onasining nikohgacha bo‘lgan familiyasida bo‘lish, o‘gay otaning yoki vasiysining familiyasida bo‘lish istagi paydo bo‘lganda; 16 yoshga to‘lgan shaxsga otalikni belgilashda ko‘rib chiqiladi. @HuquqBro
نمایش همه...
👍 3
2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi. @HuquqBro
نمایش همه...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shunday foydali sayt bor. Foydalanishni oʻrganib qoʻyinglar. Kerak boʻlganda vaqt boʻlmay qolishi mumkin. @HuquqBro
نمایش همه...
😁 4
imtiyozli” diplom Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisida NIZOMning 22-bandiga koʻra, Fanlar dasturlarini oʻzlashtirishda katta yutuqlarga erishgan va oʻquv rejasidagi barcha fanlarning kamida 3/4 qismi boʻyicha 86 ball va undan yuqori (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga erishgan, (boshqa fanlar boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichi 71 balldan (5 baholik tizimda oʻzlashtirish koʻrsatkichi 4 bahodan (yaxshi) kam boʻlmagan), shuningdek, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari boʻyicha kamida 86 ball (5 baholik tizimda 5 baho (aʼlo) oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan bakalavriat bitiruvchisiga “imtiyozli” diplom berilishi belgilangan. @HuquqBro
نمایش همه...
😁 7
Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini transplantatsiya qilishda jismoniy hamda yuridik shaxslarga inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining oldi-sotdisi taqiqlanadi. Transplantatsiya qilinadigan inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi. @HuquqBro
نمایش همه...
👍 1🔥 1
Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini uning murdasidan olish shartlari Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini uning murdasidan olishga uning tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Insonning murdasidan olingan a’zolardan va (yoki) to‘qimalardan barcha muhtoj shaxslarga transplantatsiya qilish uchun foydalanilishi mumkin. Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini uning murdasidan tegishli roziliksiz olish qonunga xilofdir. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda, inson bosh miyasining o‘limini qayd etish asosida beriladigan o‘lim to‘g‘risidagi xulosa mavjud bo‘lgan taqdirda, inson a’zolari va (yoki) to‘qimalari uning murdasidan transplantatsiya uchun olinishi mumkin. Inson bosh miyasining o‘limini qayd etishda transplantologlarning hamda inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olishni ta’minlovchi brigadalar a’zolarining ishtirok etishi taqiqlanadi. @HuquqBro
نمایش همه...
🔥 1
Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasiga retsipiyentning roziligi Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi retsipiyentning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. Bunda retsipiyent bo‘lajak jarrohlik amaliyoti yoki muolaja munosabati bilan o‘z sog‘lig‘i uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida imzo qo‘ydirilib ogohlantirilishi kerak. Ushbu jarayon majburiy tartibda videoyozuvga qayd etiladi. Agar retsipiyent o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo‘lsa yoxud retsipiyentning o‘zidan rozilik olishning imkoni bo‘lmasa, inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi uning ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakilining yozma roziligi bilan amalga oshiriladi. @HuquqBro
نمایش همه...
🔥 2
Inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi shartlari Tirik donordan yoki inson murdasidan a’zolarni va (yoki) to‘qimalarni transplantatsiya qilish faqat boshqa jarrohlik amaliyotlari yoki muolajalar retsipiyent hayotini saqlab qolishni yoxud uning sog‘lig‘i tiklanishini kafolatlay olmagan taqdirda qo‘llanilishi mumkin. Inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini retsipiyentlarga transplantatsiya qilish inson a’zolarining va (yoki) to‘qimalarining transplantatsiyasi zarurligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosa asosida amalga oshiriladi. @HuquqBro
نمایش همه...
🔥 1