fa
Feedback
Dilshod Bahrom | Iqtiboschi

Dilshod Bahrom | Iqtiboschi

رفتن به کانال در Telegram

Ey yigit, oʻqi!

نمایش بیشتر
390
مشترکین
+124 ساعت
+27 روز
-430 روز

در حال بارگیری داده...

ابر برچسب‌ها
هیچ داده‌ای
مشکلی وجود دارد؟ لطفاً صفحه را تازه کنید یا با مدیر پشتیبانی ما تماس بگیرید.
اشارات ورودی و خروجی
---
---
---
---
---
---
جذب مشترکین
ژوئیه '26
ژوئیه '26
+6
در 0 کانال‌ها
ژوئن '26
+5
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '26
+7
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '26
+10
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '26
+9
در 1 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '26
+13
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '26
+90
در 3 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '25
+16
در 3 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '25
+19
در 1 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '25
+5
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '25
+2
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '25
+14
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '25
+12
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '25
+19
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مه '25
+17
در 2 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '25
+10
در 1 کانال‌ها
Get PRO
مارس '25
+14
در 2 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '25
+37
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '25
+131
در 10 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '24
+16
در 1 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '24
+37
در 2 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '24
+43
در 9 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '24
+21
در 3 کانال‌ها
Get PRO
اوت '24
+40
در 3 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '24
+20
در 1 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '24
+41
در 5 کانال‌ها
Get PRO
مه '24
+152
در 4 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '24
+38
در 3 کانال‌ها
Get PRO
مارس '24
+27
در 4 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '24
+70
در 4 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '24
+60
در 2 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '23
+342
در 8 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '23
+261
در 6 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '23
+37
در 1 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '23
+71
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '23
+49
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئیه '23
+17
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژوئن '23
+36
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مه '23
+167
در 0 کانال‌ها
Get PRO
آوریل '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
مارس '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
فوریه '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
ژانویه '230
در 0 کانال‌ها
Get PRO
دسامبر '22
+18
در 0 کانال‌ها
Get PRO
نوامبر '22
+6
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اکتبر '22
+14
در 0 کانال‌ها
Get PRO
سپتامبر '22
+78
در 0 کانال‌ها
Get PRO
اوت '22
+273
در 0 کانال‌ها
تاریخ
رشد مشترکین
اشارات
کانال‌ها
14 ژوئیه+1
13 ژوئیه+1
12 ژوئیه+1
11 ژوئیه+1
10 ژوئیه+1
09 ژوئیه0
08 ژوئیه0
07 ژوئیه+1
06 ژوئیه0
05 ژوئیه0
04 ژوئیه0
03 ژوئیه0
02 ژوئیه0
01 ژوئیه0
پست‌های کانال
Otamdan qolgan dalalar Togʻay Murod Tarixni bilish, oʻrganish hozirni qadrlashga va kelajak uchun toʻgʻri harakatlar qilishga
Otamdan qolgan dalalar Togʻay Murod Tarixni bilish, oʻrganish hozirni qadrlashga va kelajak uchun toʻgʻri harakatlar qilishga sabab boʻladi. Taixni aniq dalillarga boy manbalardan oʻrganish insonga voqelik haqida butun ilmni taqdim qiladi. Tarixiy romanlar yoki badiiy asarlar esa voqelikni his qilishga yordam beradi. Togʻay Murodning Otamdan qolgan dalalar romani ham ayni shunday tarixni his qildiruvchi asarlar qatoriga kiradi. Uch avlod timsolida tariximizning ayanchli davrlari, zulmga toʻlgan tizimning kirdikorlari yoritib beriladi. Asarning yozilish tili voqealardagi dinamika bilan juda yaxshi uygʻunlashgan. Mutolaa ilovasi aktyorlar jamoasi bilan romanni yuqori darajadagi sifat va ijro bilan ovozlashtiribdi. Maroq bilan tingladim. Ajdodlarimizdagi vatanga muhabbat, hamiyat qay darajada boʻlganligi asarda juda goʻzal tarda ochib berilgan. Romanda yoritilgan avlodning eng soʻnggi vakili Dehqonqul misolida esa chirib bitgan tuzumning chirkinliklari ochiqlangan. Roman asosida sahnalashtirilgan filmni ham koʻrdim. Kitobi asosida kino ishlanganlardan shuni menga nisbatan maʼqul boʻldi. Kino baribir oʻsha tafovut va farqlardan holi emas. Audiokitobning esa kinodan kam joyi yoʻq. Oʻqishni ham, tinglashni ham maslahat beraman. #bitdi | #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom

2
Toki inson halokatga duchor etuvchi shahvat pardasini yirtib, chin ubudiyatning sof havosidan toʻyib nafas olmas ekan, chekay
Toki inson halokatga duchor etuvchi shahvat pardasini yirtib, chin ubudiyatning sof havosidan toʻyib nafas olmas ekan, chekayotgan ruhiy azoblaridan najotni chalgʻituvchi shahvat va unuttiruvchi lazzatlarda koʻrib, ularga bogʻlangan holida qolaveradi. Ildizlarni anglash sari. Muhammad Said Ramazon Butiy @Dilshod_Bahrom
112
3
Umid qilaman yana oʻsha kitoblar haqiqiy bookblogerlar tomonidan tavsiya qilinadigan vaqtlar keladi. Hozir esa bookfluncerlar davrini boshimizdan oʻtkazyapmiz. Bu ikki yoʻnalishdagilarning farqi nimadaligini bilish uchun quyidagi havolaga bosing: Bookbloger • Bookfluncer
140
4
Oʻzi yashab turgan olamning mohiyati va dunyoga kelish siridan gʻofil insonning kun kelib o'z hayotidan zerikishi turgan gap.
Oʻzi yashab turgan olamning mohiyati va dunyoga kelish siridan gʻofil insonning kun kelib o'z hayotidan zerikishi turgan gap. Bunday odamga keng olam torlik qilib, oʻzini yolgʻiz his etadi va bora-bora uning nazdida barcha narsa maʼnosini yoʻqotadi. Ildizlarni anglash sari. Muhammad Said Ramazon Butiy @Dilshod_Bahrom
183
5
Zalolatdan qutulish Abu Homid Gʻazzoliy Boshidan aytaman bu kitob Imomning boshqa kitoblaridan ancha farq qilar ekan. Kitobni
Zalolatdan qutulish Abu Homid Gʻazzoliy Boshidan aytaman bu kitob Imomning boshqa kitoblaridan ancha farq qilar ekan. Kitobni olganimda, u haqida eshitganimda bu kitobni Imomning oʻzgacha uslubi bilan bezangan nafsni malomat qiluvchi, hidoyatga undab goʻzal nasihat qiluvchi bitiklardan iborat asar deb tahmin qilgan edim. Mutolaani boshlaganimdan soʻng adashganimni bildim. Birinchi marta kitob men kutganimdek chiqmaganidan xursand boʻldim. Shayx hazratlarining Aqoid ilmi va unga bogʻliq masalalar kitoblarida Imom Gʻazzoliyning hayotlari qisqacha bayon qilingan joyni oʻqiganimda juda taʼsirlangandim. Imom Gʻazzoliy qalblari taskin topadigan ilmni izlash jarayonida juda ham koʻplab ilmlarni chuqur oʻrganganlar. Muammosi bor deb bilgan ilmlarining kamchiliklarini topib, raqiblari eʼtiroz qilolmaydigan, soʻzsiz qoladigan darajada tanqid qilganlar, raddiyalar berganlar. Qalblarini xotirjam qiluvchi ilmni esa tasavvuf ilmida topganlar. Bu kitob ana shu bosib oʻtilgan yoʻl haqida. Qiziq tarafi shundaki, kitobda bu bosib oʻtilgan yoʻlni boshqa bir inson emas, balki Imom Gʻazzoliyning oʻzlari bayon qilib beradilar. Kitobni oʻqir ekansiz Gʻazzoliy bilan gaplashgandek boʻlasiz. Shu jihatdan kitobni maroq bilan mutolaa qildim. Kitobda jiddiy mavzular yoritilgan boʻlib asarning tili ham biroz ogʻirroq. Gʻazzoliyning boshqa kitoblaridan ancha farq qiladi. Aqoid va tasavvufga oid kitoblar bilan tayyorgarlik koʻrib oʻqilsa, kitobdan anchagina manfaatli bilimlar olsa boʻladi. Kitobni oʻqish jarayonida bir narsa koʻzga kirgan choʻpdek meni bezovta qildi. Bu kitobdagi imloviy hamda tahririy xatolar. Bu kabi ulugʻ olimlarning asarlarida juda ham ehtiyotkorlik bilan ishlash kerak deb oʻylayman. Bir ikkita yoki kichik kamchiliklar boʻlsa mayli edi, lekin... Umuman olganda Imom Gʻazzoliy bilan gaplashgisi kelgan odam yaxshilab tayyorgarlikni koʻrib shu kitobni olib mutolaa qilsa suhbat sermazmun hamda foydalarga bisyor boʻladi. #bitdi @Dilshod_Bahrom
162
6
Asar deganda barchaning ko‘z oldiga kitob, sheʼr, musiqa va hokazolar keladi, lekin hamma insonlarda ham yuqoridagi kabi asarlar yaratish uchun qobiliyat bo'lavermaydi. Ammo barcha insonlar eng yaxshi asar boʻlmish oʻz shaxsiyatlarini shakillantira oladilar. Eng yaxshi asar bu — shaxsiyatdir. Savash Shafak Barkchin @Dilshod_Bahrom
121
7
Baʼzida koʻchada yuurgan vaqtim kichkina kasmetichka taqvogan 2009 lar oldimga kelib «oka oʻloʻ bomi» deb qoladyu... ✋😎 Bular gapiryaptimi hali deb yurgandim chakayotgan ham ekan. Nimaga siqiladiya bular. Goʻyoki bular siqilmasa yoki chakmasa yer shari aylanmay qoladigandek. Muammosi globaldan ham katta... Ukam hozir organizming koʻp xatolaringni kechirib yuboradi. Lekin baribir ehtiyotini qivur. Baʼzi xatolaringni «bir kun kelib yaxshilab eslataman» deb vaqt poylab turadigan odati bor bu organizmni. @Dilshod_Bahrom
131
8
Pul psixologiyasi Morgan Hausel Bu kitobni ikkinchi bor tingladim. Kitobning foydaliligi undagi mavzular qandaydir uslublar,
Pul psixologiyasi Morgan Hausel Bu kitobni ikkinchi bor tingladim. Kitobning foydaliligi undagi mavzular qandaydir uslublar, hisob kitoblar orqali pul jamgʻarish kabi vaqtinchalik ish berib qanchadir vaqt oʻtgandan keyin eskiradigan gʻoyalar atrofida aylanmaydi. Oʻzi umuman olganda zamonlar osha oʻqiladigan, har oʻqiganingizda sizga foyda beradigan kitoblar zamon, vaqt va makonga tiqilib qolmagan yaʼni qamrovni kengroq olgan boʻladi. Pul psixologiyasi kitobi ham ayni shunday kitoblardan. Kitobdagi oldinga surilgan gʻoya pul bilan hisob kitob yoki uslub bilan emas, axloq va ong bilan muomala qilishdir. Nafsi buzuq odam nafsini tuzatmas ekan oyligidan qanchadir foiz ajratib yegʻsa ham baribir ishlatib qoʻyaveradi. Ziqna odam ham ushbu buzuq axloqni tuzatmas ekan topgan puli oʻziga ham boshqasiga ham foyda bermaydi. Pul bilan axloq va ong vositasida muomala qilish insonni yuqoridagi ikki xislatning oʻrtasida boʻlishga undaydi. Natijada inson hammaga foydasi tegadigan shaxsga aylanadi. Kitobda pul topib oʻzini boʻsh qoʻyib yubormaganlar hamda oʻzini boʻsh qoʻyib yuborib, telbalarcha pul sarflaganlarning yutuq va kamchiliklarini hayotiy misollar bilan ochib beradi. Bundan tashqari kitobdagi pul sarflash, sarmoya kiritish kabi odatlar insonlarning hayotlari davomida koʻrgan kechirganlariga qarab shakillanishi haqidagi mavzular qiziqarli va foydali boʻldi. Boylik nima ekanligi ajoyib tarzda tushuntirilgan. Boylik bu — taqilmagan taqinchoqlar, chiqilmagan sayohatlar, olinmagan mashinalar, villalar va shu kabi narsalardadir. Boylik choʻntak yoki hisob toʻla boʻlishida emas, qalbning toʻq boʻlishidadir. Kitobdan olgan xulosam: Pulingizni uzoq muddat jamgʻarmoqchi va insonlar uchun foydali shaxs boʻlmoqchimisiz unda hisob kitob bilan birgalikda axloq va tushuncha ustida ham koʻproq bosh qotiring. #bitdi | #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom
112
9
Raqamlar uchun yaralgan idrok Barbara Oukli Bu kitob oʻqish va oʻrganish boʻyicha yaxshi qoʻllanma boʻla oladi. Kitobda Oʻrga
Raqamlar uchun yaralgan idrok Barbara Oukli Bu kitob oʻqish va oʻrganish boʻyicha yaxshi qoʻllanma boʻla oladi. Kitobda Oʻrganilayotgan narsadan koʻproq foyda olish boʻyicha toʻgʻri yoʻllarni koʻrsatuvchi maslahatlar berilgan. Bundan tashqari kitobni mutolaa qilish jarayonida inson oʻzi uchun toʻsiq qilib qoʻyib olgan «bu soha, ish, odat, fan men uchun emas» kabi sunʼiy toʻsiqlarni oshib oʻtish mumkin ekanligini tushunib oladi. Muallif oʻzini misol tariqasida keltirib tabiiy va aniq fanlar u uchun qoʻrqinchli maxluqlar kabi koʻrinishini aytgan. Bunga sabab esa yuqoridagi kabi tushunchada boʻlganligi edi. Bu fanlarga oʻzgina qiziqib koʻrish va shugʻullanish asnosida muallif uchun maxluq kabi koʻringan fanlar jozibador boʻlishni boshlagan. Natijada aniq fanlar boʻyicha yaxshi mutaxassis boʻlib yetishgan Kitobdan olgan xulosam: Oʻqib, oʻrganib foyda ololmayotgan boʻlsak, «eplolmadim» degan xulosaga kelishdan avval boshqacha uslub va harakatlarni sinab koʻrish kerak. #bitdi | #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom
103
10
Qutqaruvchi ilovalarim Ishim koʻpayib ketgan vaqt meni kitob oʻqimaslikdan qutqaradigan ilovalar haqida gaplashamiz. Mutolaa
Qutqaruvchi ilovalarim Ishim koʻpayib ketgan vaqt meni kitob oʻqimaslikdan qutqaradigan ilovalar haqida gaplashamiz. Mutolaa Mutolaa ilovasini koʻpchilik biladi deb oʻylayman. Ilovada juda ham turli yoʻnalishlardagi koʻplab kitoblar jamlangan. Ilova davra va marra kabi bir nechta imkoniyatlar bilan yanada qiziqarli boʻlgan. Storytel Bu ilovani qisqacha qilib «Turkiyaning Mutolaasi» desa ham boʻladi. Turk tilida kitoblar tinglash uchun shu ilovadan foydalanaman. Bu ilovada ham juda yaxshi kitoblar jamlangan. Ilovada ingliz, rus va boshqa tillardagi kitoblar ham bor lekin turk tilidagi kitoblar koʻproq. Ilovada baʼzi kitoblarni koʻrgandek eshitish mumkin. Kitoblar aktyorlar ijrosi hamda qoʻshimcha tovushbezaklar bilan professional tarzda ovozlashtirilgan. Ilovaning kamchiligi shundaki undan obunasiz foydalanib boʻlmaydi va mutolaa ilovasidagi kabi yillik obuna boʻlish imkoniyati yoʻq. Oyma-oy toʻlab, tinglab yuraverasiz. Yandex Books Bu ilova men uchun topilma boʻldi. Ilova haqida bilardim, lekin unchalik qiziqib koʻrmagandim. Yandex plusga obuna boʻlganimda obunaning afzalliklari qatorida shu ilovadan foydalanish ham koʻrsatilingan ekan. Qiziqib ilovaga kirib koʻrsam bu yer ham xazinaga toʻla ekan. Rus tilidagi koʻplab adabiyotlarning elektron va audio shakldagilarini yegʻishgan ekan. Yandex plusga yoʻlkiradan qaytaradigan keshbeki uchun obuna boʻlgandim Yandex Booksni koʻrganimdan keyin keshbekni qizigʻi qolmadi. Shunaqa gaplar. Bugun tinglab tugatgan ikkita kitob haqida yozgan xulosam bilan boʻlishaman. Ilova: Audiokitob qogʻoz bilan tenglasha olmaydi, albatta, lekin mutolaa uchun yaxshi yordamchi boʻla oladi. @Dilshod_Bahrom
195
11
Bolalar ota-onalari ulardan yashirincha nima qilayotganlariga juda qiziqishadi. Zavq bilan kitob oʻqiyotgan kattalarning oʻrnak boʻlishi bolalarni kitobga muhabbat qoʻyishlariga sabab boʻladi. Takuya Senda Ilova: Bolalarni tinchlantirib yoki oʻzi bilan oʻzini band qilib qoʻyib sekin telefon oʻynash hammaga yoqadi, lekin hammaga yoqadigan ishni qilib natijaga erishish biroz qiyin masala. @Dilshod_Bahrom
118
12
Inson oʻqishda bardavom boʻlsa, qiziqarli kitoblar u tomon kela boshlaydi. Takuya Senda @Dilshod_Bahrom
125
13
Rus tilida kitob oʻqiyman deydiganlar uchun toparuz kitob doʻkoni haqiqiy topilma. @Dilshod_Bahrom
Rus tilida kitob oʻqiyman deydiganlar uchun toparuz kitob doʻkoni haqiqiy topilma. @Dilshod_Bahrom
171
14
Nechtaga oʻtardi bu? 😐 Quriguncha ketka oʻynab, bitta qarz olib yana hamma ketkalarini yutvoganlaga yuborib qoʻyamiz.
Nechtaga oʻtardi bu? 😐 Quriguncha ketka oʻynab, bitta qarz olib yana hamma ketkalarini yutvoganlaga yuborib qoʻyamiz.
207
15
Ar-Rahiqul Mahtum (Muhrlangan jannat sharobi) Rasululloh alayhissalomga boʻlgan muhabbat qalbda yanada gullab yashnashi uchun
Ar-Rahiqul Mahtum (Muhrlangan jannat sharobi) Rasululloh alayhissalomga boʻlgan muhabbat qalbda yanada gullab yashnashi uchun siyrat kitoblari har yilgi mutolaa qilinadigan kitoblar roʻyxatida boʻlishi kerak. Maʼlumotlari ishonchli siyrat kitoblari qalbdagi muhabbatga qoʻshib ilmni ham mustahkamlaydi. Ar-Rahiqul Mahtum ham ayni shunday kitoblardan biri hisoblanadi. Kitobdan siyratga doir yangi bilmalar oldim. Kitobda berilgan maʼlumotlar ishonchli manbalardan olinib tushunish uchun juda oson va aniq holatda taqdim qilingani menga yoqdi. Avval boshda ishonchli maʼlumotlar bilan bilimingizni boyitib olsangiz sarani puchdan ajratish juda ham oson boʻlib qoladi. Bu kitob ham siyrat muxlislari sevib mutolaa qiladigan ana shunday adabiyotlardan hisoblanadi. Kitob Abdulqayyum Ismoyil tomonidan mahorat bilan ovozlashtirilgan ekan. Tinglash juda maroqli boʻldi. Ayniqsa, Uhud jangi va Rasululloh alayhissalomning soʻnggi damlari haqidagi joylar juda taʼsirli qilib oʻqilgan. #audiomutolaa @Dilshod_Bahrom
178
16
Haqiqat shuki, bolalar yetarlicha katta, yetarlicha aniq va yetarlicha baland ovoz bilan takrorlanuvchi xabarlari bor reklama
Haqiqat shuki, bolalar yetarlicha katta, yetarlicha aniq va yetarlicha baland ovoz bilan takrorlanuvchi xabarlari bor reklamalardan koʻp narsa oʻrgana oladilar va barcha bolalarda oʻrganish orzusi bor. Yana bir haqiqat borki, bolalar har qanday narsani oʻrganishni Mikki Maus tomosha qilishdan afzal koʻradilar. Bolalar yoʻlda, mashina ichida ketayotganlarida xursandchilik bilan McDonaldʼs va Coca-Cola tablolarini oqiydilar bu ham ayni haqiqatdir. «Kichik yoshdagi bolakaylar oʻqiy oladilarmi?» deb soʻrashning hojati yoʻq. Bolalar bu savolga javob berib boʻlganlar; oʻqiy oladilar. Berilish kerak boʻlgan savol «Biz ota-ona sifatida bolamiz nima oʻqishini istaymiz?» shaklida boʻlishi kerak. Oʻqiydigan narsalarini oynai jahonda berilayotgan reklamalardagi brend nomlari va kimyoviy moddlarni ichida saqlovchi maxsulotlar bilan cheklab qoʻyamizmi yoki hayotlarini maʼnan boyituvchi narsalar haqida oʻqishlarini taʼminlaymizmi? Aniq haqiqatlarni koʻrib chiqaylik: 1. Bolakaylar oʻqishni oʻrganishni xohlaydilar. 2. Bolakaylar oʻqishni oʻrgana oladilar. 3. Bolakaylar oʻqishni oʻrganyaptilar. 4. Bolakaylar oʻqishni oʻrganishlari kerak. Kitobda bu toʻrt haqiqatning har biriga alohida bir boʻlim ajratganmiz. «Qanday qilib kichkintoyingizga oʻqishni oʻrgatasiz?» kitobidan. Ilova: «Kango qani Kango?!» yoki «Hoy, senda Zi-zi bormi?» deb soʻraydigan bolachalarni koʻrganmiz. Kitob ayni shu reklamalar qoʻllaydigan uslub bilan bolachalarga oʻqishni oʻrgatish mumkinligini haqida ota-onalarga xabar beradi. Sabrim chidasa kitob tugaganda, chidamasa tugaguncha koʻrishib turamiz. Bu mavzu birgina menga qiziq boʻlmasa kerak-a? #iqtibos @Dilshod_Bahrom
166
17
Shu uch kitobning mutolaasi juda qizgʻin ketyapti. Birinchi marta uchalasi ham birdek qiziq boʻlgan kitoblarni bir vaqtda oʻq+2
Shu uch kitobning mutolaasi juda qizgʻin ketyapti. Birinchi marta uchalasi ham birdek qiziq boʻlgan kitoblarni bir vaqtda oʻqishim. Qamrab olgan mavzusi haqida aniq va foydali maʼlumotlar beryapti bu kitoblar.
177
18
Oʻqishni sevib qolmaguningcha sevgan narsalaringni oʻqi. Naval Ravikant Oʻqishni sevib qolgunga qadar har xil kitoblar mutolaa qilinadi. Shu davrda oʻqilgan kitoblarga vaqt oʻtib qaralganda «Eh, shuni ham oʻqiganmanmi a?» degan fikr oʻtib qolishi mumkin. Mayli u kitoblarning haqiqatda ham kamchiligi bordir, lekin muhimi ular oʻqishni sevishingiz uchun xizmat qilgan. Muhimi oʻqishni sevish. Oʻqishni sevib qolgan inson tabiiy ravishda har narsani oʻqib ketavermaydigan holatga kelib qoladi. Bir kitobni sotib olish, oʻqishdan oldin kitob va muallifni atroflicha oʻrganadi. Kitob uchun puldan tashqari muhim boʻlgan resurslar sarflashini tushunib yetgan boʻladi. Ortga qaraganda «Qanday qilib shu kitobni oʻqigan ekanman?» demaslik uchun esa oʻqishni sevgan kitobsevarlar bilan maslahat qilish yaxshi yechim boʻladi. Baʼzida ichdagi xohish insonni baribir oʻsha oʻzingiz yaxshi deb hisoblagan kitoblarga tortib ketadi. Bu tabiiy. Oʻzingiz xohlagan kitoblar bilan birga saviyali kitobxonlar tavsiya qilgan kitoblarni ham oʻqing. Shunda oʻqishni sevish osonlashadi. #fikrimcha @Dilshod_Bahrom
183
19
«Er-xotinga nasihat» Bu kitobni hali taqdimoti va targ‘iboti qilinmagan vaqtda boshlagan edim. Hozirda bu kitob yetarlicha ta+2
«Er-xotinga nasihat» Bu kitobni hali taqdimoti va targ‘iboti qilinmagan vaqtda boshlagan edim. Hozirda bu kitob yetarlicha targ‘ibot qilinyapti, lekin eng kuchli targ‘ibot kitobni o‘qib ta’sirlangan o‘quvchining targ‘iboti. Kitob ommalashuvi shu uslub bilan eng samimiy va eng toza shaklda bo‘ladi. Obunachilari ko‘p bo‘lgan reklama oluvchi pul uchun «O‘qila, bosila!» deb beraveradi, lekin kitobni garchi manfaat olmasada uni sevib o‘qigan o‘quvchi himoya qilib, ommalashtirib beradi. Chunki u kitobni boshidan oxirigacha o‘qib chiqqan bo‘ladi. Yoqtirgan yo'nalishim bo'lishiga qaramay kitobni juda sekn o‘qidim. Endi-endi mutolaaga qaytayotganimga qaramay hajmi katta kitobni boshlab yubordim. Kitobga ijodiy yondashilgani uchun hajmi katta bo‘lgan. Kitobning qalinligi sizni qo‘rqitmasin. Yengil o‘qiladi. Bu kitob oila mavzusidagi men o‘qigan kitoblar ichida «Baxtiyor oila» kitobidan keyingi eng yaxshisi bo‘ldi. «Baxtiyor oila» kitobida nikoh, oila va taloqqa doir asosiy hukmlarni o‘rganasiz. Bu kitob esa sizga o‘sha hukmlarning hikmatli va xissiy taraflarini ochib beradi. «Baxtiyor oila» kitobini qaysidir ma’noda sharhlab beradi desam ham bo‘ladi. Oilaviy munosabatlarda yagona qoida bor. Er Alloh taologa go‘zal itoatda bo‘lsa, ayoli va farzandlari ham u bilan muomalada shunday bo‘ladilar. Kitobda ham ayni shu qoida asosida yashashga go‘zal tavsiyalar bilan targ‘ib qilingan. Mavzulardagi tavsiyalar saodat asrining xushbo‘y ifori hamda Buyuk Kalomning halovat beruvchi oyatlari bilan mahorat bilan bezatilgan, kunimizdagi go‘zal o‘rnaklar bilan ifodalangan. Oiladagi har turli muammoni yechishda Allohga suyanish va duo qilishga targ‘ib qilingan. Ayni shu jihat kitobni yaxshi ko‘rib o‘qishimga sabab bo‘ldi. Bu kitobni er va ayol alohida-alohida olib, ta’sir qilgan joylariga chizib mutolaa qilishlarini va tugatib bo‘lgandan so‘ng chizilgan satrlar va muhim deb bilingan mavzular ustida kitob muhokamasi tashkillashtirishlarini tavsiya qilgan bo‘lardim. Kitobdagi mavzular yoritilishida, nasihatlar aytilishida uchayotgan qushning ikki qanoti kabi muvozanat ushlashga harakat qilingan. Ikki taraf ham o‘qigan vaqt adolat bilan fikr qilsa o‘zi uchun foydali xulosalar oladi. Muammolarga yechimlar, muhabbatni ziyoda qilishga qaratilgan tavsiyalar ham amalga ko‘chirish uchun juda oson uslubda taqdim qilingan. Kitobni o‘qigan inson juftidan istayotgan narsasini to‘g‘ri uslubda, hikmat bilan talab qilishni, juftining xislarini hisobga olishni o‘rganadi. Munosabatlarni go‘zallashtirish faqatgina er-xotin uchun emas farzandlar tarbiyasi uchun ham foyda keltirishini tushunib yetadi. Farzandlarda «mening oilam shunday bo‘ladi» yoki «men oilamga bunday qilmayman» degan narsa o‘z ota-onasining munosabatlarini ko‘rganda shakillana boshlaydi. Bu kitobni o‘qigan er-xotin undagi tavsiyalardan oilasiga mos keladiganini olib tatbiq qilarkan farzandlar «mening oilam ham shunday bo‘ladi» degan ruhiyatda voyaga yetadilar, inshaalloh. Kitobni tugatar ekanman. Taloq mavzusiga keldim. Kitobda taloqning hukmi emas xissiy tarafi juda yaxshi ochib berilgan ekan. O‘ylamay aytiladigan, atom bombasi kabi portlovchi bu so‘zning radiatsiya ta’siri qanchalar uzoq davom etishi yaxshi ochib berilgan. Atroflicha tadbir choralar qilmasdan turib taloq bilan muammoga yechim qidirish huddi tanadagi biror a’zoni kesib tashlash evaziga davo topishga o‘xshatilgan. Ayni shu o‘xshatish juda to‘g‘ri bo‘lgan. Taloq masalasida shoshmasdan istixora va istishora bilan harakat qilish kerakligi yaxshilab tushuntirilgan. Muallif kardiolog ekanligi ham kitobning yutug‘i hisoblanadi. Xislar maskani bo‘lmish yurakning doktorlari bu a’zoga nima kerak yoki nima kerak emasligini yaxshi bilishadi. Muammo va nizolar sababli doriga ko‘milgandan ko‘ra go‘zal munosabatlar sabab yorqin xissiyotlarga ko‘milgan yaxshiroq. Muammo hamma oilada bor va bo‘lib turadi, lekin muammo chiqqan paytda qiladigan ishlarimiz bilan uni kattalashtirishimiz yoki bartaraf qilishimiz ham mumkin. Kitobni o‘qib ko‘rishni tavsiya qilaman. Foyda olasiz, inshaalloh. #bitdi @Dilshod_Bahrom
160
20
Moslashuvchan = Davomiy Yaxshi odatlarimiz boʻlishini xohlaymiz. Ularni intizom bilan davomiy olib borishni istaymiz. Shunday vaqt keladi davomiylikni ushlash qiyinlashadi. Qiyinlashishiga asosiy sabab odat yoki vazifaning moslashuvchan emasligi deb oʻylayman. Kuni boʻyi ishlar qalashib ketganidan qoʻlga kitob olib 30 daqiqa oʻqishga ham vaqt boʻlmadi. Endi 30 daqiqa eshitish kerak. Sifatli audiokitoblar joylangan yaxshi ilovalar bor. Oʻzim foydalanadiganlarim «Storytel» va «Mutolaa». Yodlashda ham, takrorlashda ham bu uslubdan foydalanish mumkin. Faqat shunga oʻtib olish ham boʻlmaydi. Bu uslub faqatgina imkoni boʻlmaganda iloj sifatida yaxshi ishlaydi. Davomiylikni ushlashga yordam beradi. #fikrimcha @Dilshod_Bahrom
165