cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Shisha bino

Kitoblar va ozroq falsafa. Bog'lanish uchun: @shisha_binoga_xatlar_bot Shaxsiy sahifa: @vasilbro

نمایش بیشتر
أوزبكستان21 905زبان مشخص نشده استکتب8 888
پست‌های تبلیغاتی
2 148
مشترکین
-124 ساعت
-237 روز
+4830 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

​​Bilgan yaxshiroq Ko’pchiligimizga disneyning "Uyqudagi malikasi" tanish bo’lsa kerak. Multfilm Charles Perraultining shu nomdagi ertakiga asoslangan. Biroq, dastlabki uyqudagi go’zal Charles Perraultidan bir necha o’n yil avval Italyalik ertakshunos Giambattista Basilening qalamiga mansub “Ertaklar ertaki” nomi bilan tanilgan to’plamida tilga olingan. “Ertaklar ertaki”dagi syujet anchayin murakkab va qorong’u. Unga ko’ra munajjimlar Taliya ismli malikaning zig’ir parchasi tufayli kalajakda hayoti xavf ostida qolishini bashorat qilishadi. Kun kelib bashorat amalga oshadi, ehtiyotkorliklarga qaramay zig’ir parchasi Taliyaning tirnoqlari ostiga kirib qoladi, natijada malika mangu uyquga ketadi. Qayg’uga botgan lord qizini uyg’otishga bo’lgan besamar urunishlaridan so’ng uni o’rmon ichra bir kulbaga tashlab ketadi. Oradan yillar o’tib, o’rmonda ov qilayotgan ajnabiy qirol uyqudagi malika qarshisidan chiqadi. Qirol Taliyaning go’zlligiga mahliyo bo’lib uni hushiga keltirishga harakat qiladi, biroq urunishlari foydasiz yakun topadi. Ammo, o’z hirslarini jilovlay olmay malikani uyqudalik chog’ida zo’rlaydi, so’ngra o’z yo’liga ravona bo’ladi. To’qqiz oydan so’ng, Taliya egizaklar – Quyosh ismli o’g’il va Oy ismli qizaloqni dunyoga keltiradi, farzandlari ko’krak sutini emib kata bo’lishadi. Kunlarning birida qizalog’i onasining barmoqlari orasiga kirib qolgan zaharli tikanni payqab qoladi va uni so’rib, olib tashlaydi, nihoyat Taliya uzoq yillik uyqudan uyg’onadi. Bu paytga kelib, uyqudagi hurliqoning tadiriga qiziqqan qirol o’rmonga qaytib keladi va egzak farzandlar qurshovidagi Taliyani topadi. Ularning yuragida muhabbat kurtak yozadi, qirol qilgan ishlari tan olib, Taliya va farzandlarini o’z qirolligiga olib ketadi. Ammo ertak shu bilan tugamaydi. Qirol allaqachon uylangan edi, uning rashkchi qirolichasi Taliya va bolalar haqida xabar topgandan so’ng, g’azabga to’lib, bolalarni o’ldirib kechki taomga tortishni, Taliyani esa tiriklayin yoqishni buyuradi. Kechki ovqat tayyorlanadi, Taliyani ham gulxanga otadilar, biroq o’z qirolichasining rejasidan voqif bo’lgan qirol malikani qutqarib qoladi. Keyinchalik, kechki ovqatni tayyorlagan oshpaz bolalarga rahmi kelib, ularni qo’zichoq bilan almashtirib qo’yganligini tan oladi. Ohir-oqibat yovuz qirolicha qatl etiladi. Taliya, qirol va bolalari uzoq va baxtli hayot kechiradilar. Perraulti, Basilening Quyosh, Oy va Taliya ertakidan ilhomlangan va uni takomillashtirib, fransuz jamiyatining didi va his-tuyg’ulariga moslashtiradi. Shu tariqa biz bilgan “Uyqudagi malika” dunyoga keldi. @shish_bino
نمایش همه...

00:16
Video unavailableShow in Telegram
نمایش همه...
GOT.mp41.93 MB
​​#review Tomas Xarris. Qo’zichoqlar sukunati Asar o’zining ko’p qirrali personajlari, murakkab syujeti va chuqur psixologik izohlari bilan o’ziga torta oladi. Hikoya psixiatr va seriyali qotil Gannibal Lekterdan intervyu olish vazifasi yuklangan FQB xodimi Klarisa Starling atrofida qurilgan. Klarisaning maqsadi ayollarni doimiy ravishda o'ldirib kelayotgan boshqa bir seriyali qotil Buffalo Billning motivlarini tushunishdir. Yozuvchi Starling va Lekter, FQB va Buffalo Bill o'rtasidagi qo'shaloq mushuk-sichqon o'yinlari orqali keskin burilishlarga boy syujetni taklif qiladi. Menga ko’proq Xarrisning axloq tushunchasining murakkabligini, yaxshilik va yomonlik o’rtasidagi nozik pardani tasvirlay olgani yoqdi. Lekterning harakatlari shubhasiz dahshatli, ammo u intellektual qobiliyati va madaniyatli xulq-atvori orqali an’anaviy axloq qoidalariga qarshi chiqadi, demakki, yovuzlik ham madaniyat va nafosatga ega bo’lishi mumkin. Men Gannibalni eng xarizmatik antiqahramonlar qatoriga qo’shgan bo’lardim. Qo’zichoqlar sukunati Xarris repertuaridan o’qigan birinchi kitobim bo’ldi. Uslubi o’tkir, yozuvlari ta’sirli hamda hayajon uyg’ota oladi. Tavsiya qilaman. @shisha_bino
نمایش همه...

#GOT Jorj Martin olami Kitob va serial tafovuti @shisha_bino
نمایش همه...
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
نمایش همه...
Bookblogs

Nazarbek invites you to add the folder “Bookblogs”, which includes 31 chats.

01:07
Video unavailableShow in Telegram
Nodir Nishonovdan eksklyuziv ma’lumotlar. @shisha_bino
نمایش همه...
Timur.mp416.99 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Qirol Robert Baration aytadi; Men bu la’nati taxtni qo’lga kiritish uchun jon olib, jon berib yurgan kunlarim har doimgidan tirik, endi bu taxtda o’tirganda esa har doimgidan ko’ra o’likman. Ohirlab qoldi… @shisha_bino
نمایش همه...
Repost from Bookerberg
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz. Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
نمایش همه...
@edmondclub - Aqliy jinoyatchining kundaligi.
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
Bilgan yaxshiroq Bolalikdan turli versiyalarini ko’rib katta bo’lganimiz, Kollodining Pinokkiosi, dastlab baxtli ertak yakunidan ancha yiroq bo’lgan. Asl nusxaga ko’ra, Pinokkio o’zining son-sanoqsiz xatolari tufayli kitobning 15-bobida osib o’diriladi. Bu orqali muallif ko’p yolg’on gapiradigan, oqsoqollarga bo’yin egmaydigan bolakaylarga noma yo’llagan edi. Ammo, o’z muharririning iltimosiga ko’ra fikrini o’zgartiradi va yakunda Pari yog’och qo’g’irchoqni haqiqiy bolaga aylantirishi bilan yakun topadi. Shunaqa gaplar. @shisha_bino
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.