M1racle’s dairy 🧠
کانال بسته
🎓University of Siena 📍Siena, Italy 📚 Finance&Economics Link: https://t.me/+Hex2YOmpobEwZjRi Contact: @MiracleConnect_bot
نمایش بیشتر1 270
مشترکین
-124 ساعت
-47 روز
-2030 روز
آرشیو پست ها
1 270
Hamma italyanlar meni O’zbekistondan ekranimni eshitib ertangi o’yindan gapiryapti. Men esa juda xafaman. Kim yutsayam xursand qilmaydi to’liq💔
1 270
Assalomu alaykum yaxshi yuribsizmi Asal?) odam sog’indi birga bookcafe da yoki b&b da dars qilib fikr almashib ótirgan vaqtlarimizani🥹 umid qilamanki, sizda hammasi yaxshi🫰⬅️ Ahhh Nafisa yozdi manimcha❤️ Va alaykum assalom… Hammasi yaxshi) Qaytishim bilan yana takrorlaymiz buni)
1 270
Yolg'izlik qiynamaydimi? Tog'ri do'stlar bo'ladi lekin ular yaqinizdek ,yoki ota onangizdek his qila olishmaydida ,menga chetga chiqishga ruxsat bor lekin yolg'izlikdan qo'rqaman ,Toshkentga o'qishga jo'natishgan faqat shu narsadan pand yeyman ,bu narsa sizda qanday o'tadi yoki o'rganib ketganmisiz?O’zimni hecham yolg’iz his qilmaganman. Meni Uzb’da yashaganimda biladiganlar biladi faqat yolg’iz yurardim deyarli. Yolg’izlikdan mazza qilaman. Ko’proq energiyam yolg’iz bo’lganimda kuchli bo’ladi. Sog’inch hisini deyarli negadir his qilmayman(bu ko’pchilikka g’alati tugiladi). Men hamma yerga oidman)
1 270
+1
Bir vaqt keladi, inson hamma narsani tushuntirib berishga urinmay qo‘yadi. Kimdir noto‘g‘ri tushunsa ham, har doim o‘zini oqlashga ehtiyoj sezmaydi. Chunki vaqt o‘tib anglaydi, ichki sokinlik ba’zan haq bo‘lishdan ham qimmatroq.
Oldin qalb ko‘p narsani ushlab qolmoqchi bo‘ladi… odamlarni, eski gaplarni, javobsiz savollarni, o‘zgarmagan munosabatlarni. Keyin esa asta-sekin tushunasan ba’zi narsalar ketgani uchun emas, seni og‘irlashtirgani uchun qo‘yib yuboriladi.
Insonning kuchi sovuqligida emas. Uning kuchi ko‘ngli og‘rigandan keyin ham mehrini yo‘qotmasligida. Ishonchi singandan keyin ham o‘zini butunlay yopib qo‘ymasligida. Hayot qattiqroq gapirganda ham, qalbini qo‘pollikka topshirmasligida.
Eng chiroyli o‘zgarish odam hammani o‘zgartirishga urinmasligi. Faqat o‘z chegarasini, o‘z qadri va tinchligini himoya qilishni o‘rganasan vaqti kelganida.
Va bir kuni tushunasan, hamma narsaga javob topish shart emas. Ba’zan eng katta javob o‘zingni yo‘qotmagan holda davom etishdir)
1 270
+2
Bugun Erasmus oxirgi imtihonimni topshirdim.
Biroz g‘alati his qilyapman. Bir tomondan yengillik bor, ikkinchi tomondan esa bir davr tugayotganini his qilish qiyin.
Bu yerga kelganimda hamma narsa yangi edi… yangi mamlakat, yangi universitet, yangi odamlar. Ba’zan hammasi juda qiziq, ba’zan juda qiyin. Til bilan qiynalgan paytlarim bo‘ldi, “nima uchun o‘zimga shuncha qiyinchilik yaratdim?” deb o‘ylagan vaqtlarim ham.
Erasmus menga faqat darslarni emas, odamlarni tushunishni, yolg‘iz qolgan paytda yo‘limda davom etishni, boshqa madaniyatlarga hurmat bilan qarashni va eng muhimi, o‘zimga ko‘proq ishonishni o‘rgatdi.
Natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bugun o‘zimdan mamnunman. Chunki bu yo‘lni oxirigacha bosib o‘tdim. Ko‘p narsani o‘rgandim, ko‘p insonlarni uchratdim va ko‘p xotiralar yig‘dim.
Bir necha kundan keyin Krakowni tark etaman. Lekin bu shahar, bu davr va bu yerda yashagan hislarim men bilan uzoq vaqt qoladi.
Ba’zi joylarni tark etasan, lekin ular seni hech qachon tark etmaydi. ❤️🎓🇵🇱🇮🇹
1 270
Men:
-Shunaqa vaziyatga tushding yoki ikki kishi seni deb o’lishi mumkin, yoki sen o’lasan. Qaysi birini tanlarding.
U:
-Men yashashni tanlardim. Yashasang hamma narsaning ilojini qilsa bo’ladi.
Men:
-Menimcha men o’lgan bo’lardim.
Meni pisitivlik darajam🤣
1 270
Shu go’zal joyni tashlab ketishga majbur qilyapti hayot meni🥲🥹
Bundanam go’zal joylarga ketyapman…
1 270
+1
Finally, I feel like I got my shine back.
Spending time alone has been healing for me. I genuinely love being with myself, and I feel the most peaceful, creative, and energized when I am on my own.
At the same time, I realize that this comfort can sometimes make me distant from people. I cannot always stay long in social environments, and I may slowly lose my network because of that.
So, my next challenge is balance: keeping the strong connection I have with myself, while also opening myself more to communication, new people, and meaningful connections.
اکنون در دسترس! پژوهش تلگرام ۲۰۲۵ — مهمترین بینشهای سال 
