cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Sohibqiron Amir Temur tavalludi haftaligi | CHDPU

O'tkaziladigan tadbirlar yuzasidan ma'lumotlar, tanlovlarga materiallarni yuborish uchun: 📥 @E_S_P_A_D_A 📥 @Filolog1_94 📥 @Pulatov_571 Admin: @Samadovich_98

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
335
مشترکین
-224 ساعت
-197 روز
-6230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

Qadrli talaba! Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta’lim sharoitlari sifatini yanada yaxshilash, talabalarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va o‘quv jarayoni, ta’lim sifatining samaradorligini hamda ma’naviy-axloqiy muhitni o‘rganish maqsadida o'tkaziladigan so‘rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz. Ushbu so‘rovnomadagi faol ishtirokingiz hamda savollarga xolis, haqiqat va adolat asosida javob berishingiz universitetimiz rivojida muhim ahamiyatga ega. So‘rovnomadagi ishtirokingiz uchun avvaldan tashakkur! ⏱So'rovnoma 8-apreldan 18-aprel qadar onlayn shaklda o'tkaziladi. So'rovnomaga o'tish uchun quyidagi havolani bosing. 🖌 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdGjrGywaIhcZOD1G_UxR4K2jePv34ISlconb79UpylWB1CyQ/viewform
نمایش همه...
UNIVERSITET – TALABALAR NIGOHIDA

Chirchiq davlat pedagogika universitetida o‘quv jarayoni, ta’lim sifati, ilmiy tadqiqot va ijtimoiy-ma’naviy muhit holatini o‘rganish bo‘yicha SO‘ROVNOMA

👍 1👎 1
Photo unavailableShow in Telegram
🥰 3👍 2
#Buyuk davlat arbobi,o‘rta asrlar islohotchisi,adolatli jangchi,kuragi yerga tegmagan sarkarda sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligi 🔹Shu munosabat bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida Gumanitar fanlar fakulteti “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi tomonidan "Amir Temur — Ikkinchi renessans homiysi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 🔹 “Gumanitar fanlar” kafedrasi tarix fanlari doktori, professor O‘ljayeva Shoxista Mamajonovna Amir Temur shaxsiyati, uning davlatchilik sohasidagi faoliyati, harbiy yurishlari haqida ma’ruza qildi. 🔹Tadbirga Chirchiq OliyTank Qo‘mondonligi Muhandislik bilim yurti kursantlari, CHDPU qoshidagi akademik litsey talabalari va “Yosh Temurbeklar” harbiy-sport nodavlat ta'lim muassasasi o‘quvchilari taklif etildi. Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari barchaga birdek manzur bo‘ldi. Fakultetimiz rasmiy sahifalari: Instagram | Facebook |Telegram
نمایش همه...
Sohibqiron Amir Temur haqida 9 fakt 1. Amir Temur “Tarjimai hol”ida aytishicha, u davlat boshqaruvida “Kuch – adolatdadir” degan shiorga amalga qilgan. 2. Amir Temur Xitoyga yurish qilishga tayyorgarlikni 1398-yildayoq boshlagan. Turk sultoni Boyazid Yildirim bilan bo‘lgan urush Xitoy yurishini orqaga surgan edi. 3. 1941-yilda 20-iyunda Amir Temur qabri ochiladi va ikki kun o‘tgach Germaniya SSSRga hujum qiladi. Shundan so‘ng odamlar orasida Temur qabrining ochilishi tufayli urush boshlandi degan gap so‘zlar tarqaladi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishini Amir Temur qabrining ochilishi bilan bog‘laydiganlar juda ko‘p. Bu haqda katta ilmiy maqolalar, hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar ham tayyorlangan edi. Temur qabridan olingan bosh suyak parchalari o‘z joyiga qaytarilgach, urush barham topgan degan taxminlar ham yo‘q emas.
نمایش همه...
5. Amir Temur qo‘shinlarining soni 200 minggacha yetgan.  Qo‘shin o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanlarga bo‘lingan. 6. Amir Temurning hayoti va faoliyatida ikki davr yaqqol ko‘zga tashlanadi:  birinchi davri (1360-1385) Movarounnahrni mo‘g‘ul xonligidan ozod qilib, yagona markazlashgan davlat tuzish, o‘zaro urushlarga barham berish bo‘lsa, ikkinchi davri (1386-1405) ikki yillik, uch yillik, besh yillik, deb ataluvchi boshqa mamlakatlarga yurishlari bilan xarakterlanadi.
نمایش همه...
7. Turg‘un Fayziyevning “Temuriy malikalar” asarida yozilishicha, Amir Temur suyukli rafiqasi Saroy Mulk xonimdan farzand ko‘rmagan. Ammo sohibqiron o‘z o‘g‘li Shohruh Mirzoni, suyukli nabiralari Muhammad Sulton Mirzo, Xalil Sulton Mirzo, Ulug‘bek Mirzo va boshqa mirzolarni bevosita zukko Saroy Mulk xonim tarbiyasiga topshirgan edi. 8. 1405-yil 8-fevralda sohibqiron Amir Temur O‘trorda vafot qilgach,  Samarqand taxtiga uning  nabirasi  Xalil  Sulton  Mirzo(1384-1411)  o‘tirdi. Ibn  Arabshohning  bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xalil Sulton Mirzoning xotini Shod Mulk begim 1408-yilda Saroy Mulk xonimni  zaharlab  o‘ldirgan. 9. Amir Temurning 1395-yilda To‘xtamishxon ustidan qozongan g‘alabasi ruslarning mug‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini 200-yilga tezlashtirgan.
نمایش همه...
4. O‘zbekistonda Amir Temurning uchta haykali mavjud.  Toshkentdagi sohibqiron haykali 1994-yil 31-avgust, mustaqillik kuni arafasida o‘rnatilgan bo‘lib, u taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov tomonidan yasalgan. Temur haykalidan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda 1996-yil, Amir Temur tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi qad rostladi. Bugungi kunga kelib ushbu muzeyda Temuriylar tarixiga oid 3,5 mingdan ziyod eksponatlar saqlanadi. Samarqandagi Amir Temur haykali 1996-yilda o‘rnatilgan.  Shahrisabzdagi Amir temur haykali shu yilda qadr rostlagan. Haykaltaroshlar: Ilhom va Kamol Jabborovlar.
نمایش همه...
SAYDULLAYEVA LOLA.jpg4.70 MB
XOLBOYEVA NAVBAHOR.jpg4.71 MB
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.