Zebiniso Raxmanova | RASMIY
رفتن به کانال در Telegram
Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Raxmanovaning telegramdagi rasmiy kanali
نمایش بیشتر311
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
آرشیو پست ها
Repost from Jomboy.uz || Rasmiy kanal
📌 Pilla ayollarga qo‘shimcha daromad
Viloyat hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Rahmonova boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tumanimizda mavsum yumushlari bilan tanishdi. Xususan, pilla mavsumiga tayyorgarlik, inkubatoriyalar va tutzorlarning holati o‘rganildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
Repost from URGUT YANGILIKLARI 🦅
Urgut tumanidagi 30-umumta’lim maktabida jamiyatda qizlar tarbiyasi, sog‘lom nikoh hamda erta turmushning oldini olish mavzularida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Unda viloyat hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Rahmonova, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik N.Yodgorova, Urgut tuman hokimligi mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar qiz bolani yoshligidan to‘g‘ri tarbiyalab, ularning qiziqishlariga yo‘naltirib, oliy dargohlarda o‘qitish kerakligi haqida gapirishdi.
Shuningdek, erta turmushning oldini olish, qizlarni nikoh yoshiga yetmasdan turib unashtirish, turmushga berish jinoyatning bir ko‘rinishi bo‘lib, bunday harakatlarning qonun oldidagi javobgarliklari haqida ham so‘z ketdi.
👉🏻@urgut_xabarlar
🔹Хотин-қизлар бандлиги таъминланади
Мамлакатимизда хаётга тадбиқ этилаётган ислоҳотлардан кўзланган асосий мақсад, аҳолининг турмуш даражасини янада яхшилаш, хотин-қизлар бандлигини таъминлашга қаратилгани билан аҳамиятлидир.
Шу муносабат билан вилоят ҳокими ўринбосари, Оила ва хотин-қизлар бошқармаси бошлиғи Зебинисо Рахманова бошчилигидаги “Ишчи гуруҳи” аъзолари вилоят туманларида бўлишиб, хотин-қизлар бандлигини таъминлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш масалаларига алоҳида эътибор қаратишмоқда.
Ишчи гуруҳи аъзолари ва тегишли масъуллар бугун Иштихон туманидаги “Бешариқ” маҳалла фуқаролар йиғинида бўлишиб, хотин-қизларни тадбиркорликка жалб қилиш, томорқадан самарали фойдаланиш борасида амалга оширилаётган ишлар билан яқиндан танишдилар.
🔸Вилоят Оила ва хотин-қизлар бошқармаси
Repost from Samarqand.uz
Fransiyada oʻtkazilgan badiiy gimnastika boʻyicha Gran-Pri musobaqasida samarqandlik sportchi Taxmina Ikromova oltin medalga sazovor boʻldi.
U musobaqada koʻpkurash dasturi boʻyicha ishtirok etib, 128.750 ball jamgʻardi.
Eslatib oʻtamiz: Taxmina “Parij-2024” olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.
✅ @SAMARKANDNEWS_UZ
Kanalga aʼzo boʻling!
Repost from Samarqand TVR | MTRK
⚡️Samarqandda askarlar “Amir Temur jangovar bayrog‘i” bilan xayrlashdi
Markaziy harbiy okrugning Samarqand garnizonida Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tab, muddatli harbiy xizmatni yakunlagan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
⚡️Bizni kuzatishda davom eting👇
https://t.me/SamTvr
#Mukofot_muborak
✅ MASLAHAT KENGASHI RAISINI SENAT RAISI TAQDIRLADI
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalri qo‘mitasining 2024-yil 7-martdagi 25/970-sonli xatiga binoan maslahat Kengashining mas’ul a’zolaridan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Djamila Sayfudinova O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.K.Norboyevaning Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi.
👉BATAFSIL
🏛SamDVMCHBU Axborot xizmati
🌐 Ssuv.uz | Telegram | Twitter |
Instagram | Facebook| Youtube|
Repost from Ozoda Parpiboyeva
Senat Raisi BMT Bosh kotibi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Nyu-York shahrida o‘tayotgan BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tuzilmalar doirasida sherikchilikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Antoniu Guterrish O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashini taʼkidlab, xotin-qizlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuksak baholadi.
Suhbat yakunida O‘zbekiston va BMT bilan amaliy loyihalarni tatbiq etgan holda hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.
Repost from Нигора Алимова
#Repost ТОП- ЧЕКСИЗ ФАОЛ АЁЛЛАР РЎЙХАТИ😊🇺🇿
Дунёлар тан олган Ўзбекистоннинг ФАОЛ ҚИЗЛАРИ👍🇺🇿
Муҳими бу фаол Аёлларни дунёлар, Ўзбекистон Аҳли яхши танийди😊🇺🇿
Ҳали сафимиз янада кенгаяди👍🇺🇿
Фаол Аёллар рўйхати давомий 🇺🇿
https://t.me/Nigora_Alimova
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали маросимда юртимиздаги барча аёлларга йўллаган МУРОЖААТИ
Азиз опа-сингиллар, оилада фарзанд тарбиясига эътиборни кучайтирайлик, боғча, мактаб ва олийгоҳларга кириб борайлик.
Ўқитувчи ва мураббийлар билан кўпроқ мулоқот қилиб, фарзанд ва набираларимизнинг ўқиши, давомати масаласи, ахлоқ-одоби билан қизиқайлик.
Болаларимизни билимли ва ақлли, оқни қорадан ажрата оладиган, эл-юртимизга содиқ, ҳаёли ва иболи, мустаҳкам иродали инсонлар этиб тарбиялаш учун барчамиз биргаликда ҳаракат қилайлик.
Биз маънавий тарбия ишларини энди мутлақо янгича усулда олиб боришимиз керак. “Эзгулик – шиоримиз, маърифат – қуролимиз” деган ғоя асосида бу жараённи аввало оиладан, маҳалладан бошлашимиз лозим.
Зотан, ҳадиси шарифда айтилганидек, “Ота-она ўз фарзандига яхши тарбиядан бошқа мерос қолдиролмайди”.
Муҳтарама опа-сингилларимиз, дуогўй онахонларимизнинг масъулияти – айнан ана шу масалаларда яққол намоён бўлади.
Repost from Narpay.uz | Rasmiy kanal
ERTA TURMUSH - KELTIRAR TASHVISH
✅Oila — muqaddas dargoh. Oila mustahkamligi uchun katta hayot bo'sag'asida turgan ikki yoshning bir oila bo'lishga jismoniy, ma'naviy, moddiy va ruhiy tayyor bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi.
⚠️Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari orasida eng keng tarqalgan muammolardan quyidagilar qayd etiladi:
✍️ajrashgandan keyin ona sobiq erining yordamisiz koʻpincha bolani yolgʻiz oʻzi tarbiyalaydi — 42 %;
✍️ tez-tez ajralishlar — 38 %, qiyin moliyaviy va uy-joy holatida yashamoq — 27 %;
✍️ ruhiy buzilishlar — 13 %.
✅Tumanimizda ham erta turmushni oldini olish borasida mas'ullar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔎Xususan, kuni kecha birinchi sektor hududidagi 31 yoshli yigit hamda 17 ga ham to'lmagan qiz o'rtasidagi erta nikoh holatining oldi olindi. To'yi bo'lish arafasidagi yoshlarning ota-onalari bilan erta turmush qurishning salbiy oqibatlari haqida sektor va mahalla faollarini tomonidan tushintirish ishlari olib borilib, to'y kuni kelishilgan holda keyinga surildi.
✅Aziz tumandoshlar, erta nikoh holatlariga befafq bo'lmaylik.
