cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

🕋 Qalblar kashfiyoti 🫀

اللهم سبح والديّ بالجنة الجنة! Allohim ota-onamni jannati Firdavs bilan ulug'la! 🕋☝️ 2o21.10.06

نمایش بیشتر
پست‌های تبلیغاتی
196
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

#fikr_yuriting❗️ Bizni qiynagan yana oʻsha soʻzlar "Odamlar nima deydi"? _Achchiq haqiqatlar_ Kun juda sovuq bo‘ldi. Ko‘chaga oʻrtacha qalin koʻylak bilan chiqdim. Qarshimdan bir tanishim kelib qoldi. Salom berar-bermas, jiddiy turib: — Nimaga bunday qildingiz?! — dedi. Bu savoldan dovdirab qoldim. — Nima qilibman? — Axir kastimsiz yuribsiz-ku? Bunday yurish sizga yarashmaydi. Odamlar nima deydi? Javob qilmay, o‘ylanib qoldim. Demak, men odamlarga po‘rim, savlatli ko‘rinishim uchun shu sovuqda ham ko‘chaga kastim kiyib chiqishim kerak ekan-da! Tevarakka razm soldim. Ilk ko‘rganim baland poshnali tufli kiyib olgan bir ayol edi. Bunday tuflida yurish qiyin. Ishonmasangiz, marhamat, oyog‘ingiz uchida yuz qadamcha yurib ko‘ring. O‘zini bunday qiynashda qanday ma’no bo‘lishi mumkin? Tramvayda o‘rindiqlar bo‘shligiga qaramay, tik turib ketayotgan ayolga ko‘zim tushdi. O‘tirishga taklif qilsalar-da, ko‘nmas edi. U juda tor kiyim kiyib olgan, o‘tira olmayotganining boisi ham shu. So‘rashingiz mumkin: o‘zini nega bunaqa azoblaydi? Chindan ham, sho‘rlik ayol ichdan azoblanib turgan bo‘lsa ham, zohiran odamlarga chiroyli ko‘rinmoqchi bo‘ladi. Ba’zi yigitchalar sochini tartibga keltirishga yarim soat ovora bo‘ladi. So‘ng shabada esishidan yoki avtobusda biror adashgan qo‘l tegib ketib, bu antiqa ko‘rgazmani yo‘qqa chiqarishidan kunbo‘yi qo‘rqib yurishadi. Hech kuzatganmisiz, ayrim ayollar mehmonlarni, dugonalarini ochiq chehra bilan qarshilashadi. Tabassum, muloyim gap-so‘z, chiroyli odob ko‘rsatishadi. Eri bilan muomalasida esa, boshqacha... Ba’zilar ko‘chaga chiqsa, begonalar uchun ziynatlanadi, liboslarning eng chiroylisini kiyadi. Turmush o‘rtog‘iga esa sochlari hurpaygan, kir-chir kiyim bilan yuzlanaveradi. Mabodo uyga biron-bir kishi keladigan bo‘lib qolsa-chi? Dasturxon tartib berib bezatiladi. Qayerdadir yashirib qo‘yilgan tovog‘u likoblar, gulu rayhonlar saf-saf qilib teriladi. Yotoqxonadagi divanlar, kashtali yopinchiqlar ham odamlar ko‘rishi uchun. To‘y-marosimda ham xo‘jako‘rsinga yelib-yugurishlar, mashaqqat chekishlar ko‘p. Barcha o‘ylarimiz bir kunda o‘tadigan to‘y haqida bo‘ladi. Odamlar ko‘rib: “Alloh yorlaqasin, juda zo‘r!" deyishlari uchun sep-sidirg‘a yig‘amiz. Nikoh marosimida to‘y-tomoshani dabdabali qilishga urinamiz. Mollarni uvol qilish bilan shaytonni xursand qilamiz. Bir-ikki soatga kiyiladigan kelin libosiga qancha-qancha pul sarflaymiz. Ba’zilarning to‘y dasturxoniga qo‘yadigan pista-bodom puliga o‘rtacharoq to‘yni o‘tkazsa bo‘ladi. Bular hammasi nima uchun? Kelin-kuyovning foydasi uchunmi? Savob uchunmi? Yo‘q! Unda nima uchun? Odamlarga maqtanish uchun! Biroq biz har qancha sarfalasak, bizdan ham ko‘proq sarflaydiganlar topilaveradi. Odamlar esa: “Falonchi mana bunday to‘y qilgan edi”, deya gapirishini tashlamaydi. Ta’ziyalarimizda ham isrof oz emas. Qo‘shnimiz boy-badavlat bo‘lsa-yu, bizning oylik maoshdan boshqa daromadimiz bo‘lmasa, shundayam past ketmaymiz: agar u ming dollarlik qandil, muzlatgich, kir yuvadigan mashina, yo gilam sotib olsa, biz ham sotib olishimiz kerak. Yo‘qsa, odamlar gap qiladi. Xulosa shuki, turishimiz, o‘tirishimiz, yeyishimiz, kiyinishimiz, kundalik sarf-harajatlarimiz odamlar xohlaganidek bo‘lishi kerak. Bo‘lmasa, odamlarning teskari tiliga tushib qolamiz... Axir biz qachon o‘zimiz uchun yashaymiz? Biz qachon aql chegarasida tura olamiz? Oramizda mana shu iskanjalarni sindiradigan aqlli, baquvvat kishilar bormi?! Shunday irodali, imoni komil bo‘lishni istaganlarga, mana, ulug‘lardan qolgan nasihat: har kim, avvalo, diniga ergashsin, biror harom ish qilmasin; so‘ng aqliga ergashsin, nimani yaxshi deb bilsa, shuni qilsin, ko‘rpasiga qarab oyog‘ini uzatsin. Boylarning boyi bo‘lsa ham, zaruriy xarajatga pul sarflasin, isrofdan qochsin. Odamlarning gaplaridan qo‘rqmay, Allohning chizgan chizig'idan chiqmay, Alloh bizdan rozi boʻladigan amallarni qilib qilib yashasin...
نمایش همه...
sticker.webp0.23 KB
Bir kun kelib mendan so'rashadi: - Kimning qizi bo'lasan qizim? Shunda sizni aytaman. Ular esa: - Dadangga raxmat qizim. Deyishadi... In Shaa Alloh
نمایش همه...
sticker.webp0.22 KB
​Биргина ўпич фарзандимни ўзгартирди   Ўғлим ҳуқуқшунослик факултетида талаба эди. Мен у билан жуда кўп тортишиб қолардим. Бирор бир кун уни койишдан, у билан гап талашишдан холи ўтмас эди. Охири тоқатим тоқ бўлиб ўз ўғлимни кўрганда безиллайдиган бўлиб қолдим. Унинг ҳам менга муносабати бундан ёмон бўлса, ёмон эдики, яхши эмасди. Ўғлим билан ўртамиздаги совуқчиликка сабаб бўлаётган нарса унинг дарсларига бепарволиги эди. Бир куни кечаси хонасининг олдидан ўтаётиб эшигининг қия очиқ қолганига кўзим тушди. Ичкарига қарасам, ўғлим устини ёпмай ухлаб қолибди. Хонасига кирдим-да, устини ёпиб, эшик тарафга қараб юрдим. Эшик дастасини ушладим ҳамки, бирдан ўғлимни ўпиб қўйиш хаёлимга келди. Орқамга қайтиб ўғлимни ўпдим.  Ҳа, пешонасидан ўпдим-да чиқиб кетдим. Эрталаб ўғлимнинг кайфияти яхши, ўзини тутиши ҳам бошқача эди. Аввалги қовоқ уйиш, қўрс-қўполликлари бугун негадир йўқ эди. Менга салом бериб олдимга ўтирди. Бирга нонушта қилдик. Шундан кейин ўғлим кун сайин мен билан яхши муомала қиладиган ва дарсларини ўз вақтида бажарадиган бўлиб қолди. Хулқи гўзаллашди. Мен бу ҳолатдан ажабланиб эҳтимол Аллоҳ таоло бечора онасининг дуоларини ижобат қилган бўлса керак деб хулоса қилдим. Лекин бир куни бу катта ўзгаришнинг сирини онасидан эшитиб билдим. Ўғлим онасига айтган гапларини қандай бўлса, шундайлигича айтиб бера қолай: “Ўша кеча отам хонамга кирганларида ухламаган эдим. Шунчаки, улар билан гаплашмаслик учун ўзимни ухлаганга солиб ётгандим. Отам тепамга аста келиб, мени ухлаяпти деб ўйлаганлари учун уйғотиб юбормай дея оҳиста ҳаракатлар билан устимни ёпдилар. Кейин эшик томон йўналдилар. Хонамдан ташқарига йўналган қадам товушлари мени хотиржам қилди. Чунки ўша пайтда отамни кўришни ҳам, у киши билан гаплашишни ҳам хоҳламасдим. Улар ҳам ҳудди шундай мени ёмон кўрадилар деб ўйлардим. Лекин ўша кеча менинг ҳис-туйғуларимни тамоман ўзгартириб юборди. Отам орқага қайтиб пешонамдан ўпар экан, қалбимнинг туб-тубларидан бир нималар тўлқинланиб кетганини ҳис қилдим. Мен тушундимки, отам мени ёмон кўрмас эканлар, балки мен аҳмоқ у киши ҳақларида доимо нотўғри фикрда бўлган эканман. Мен ўша кечани хатоларимни англаб, йиғлаб ўтказдим. Йиғлар эканман, энди бундан буён яхши тарафга ўзгаришга, отамга нисбатан яхши муомалада бўлишга қарор бердим”. 📚Доктор Абдуллоҳ Муҳаммад Абдулмуътининг "Фарзанд тарбиясидан 700 та сабоқ" китобидан
نمایش همه...
Photo unavailableShow in Telegram
sticker.webp0.48 KB
Ibn Taymiya rohimahulloh aytadi: Mo‘min gunoh qilar ekan, gunohining uqubati o‘n holat sababli ariydi: 1) Tavba qiladi, Alloh uning tavbasini qabul qiladi. Zotan, gunohdan tavba qiluvchi, gunohsiz kishi kabidir. 2) Yoki istig‘for aytadi, mag‘firat qilinadi. 3) Yoki gunohni o‘chirib yuboradigan yaxshi amallar qiladi. Zero, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. 4) Yoki uning haqqiga mo‘min birodarlari u tirikligida ham, vafotidan keyin ham duo qilishadi. 5) Yoki amallarining savobini unga hadya qilishadiki, u sababli Alloh unga manfaat yetkazadi. 6) Yoki Payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam uni shafoat qiladi. 7) Yoki Alloh taolo uni bu dunyoda musibatlarga mubtalo qilib, gunohlarini yuvadi. 8. Yoki uni qabrda azoblab, gunohidan poklaydi. 9) Yoki unga qiyomat dahshatlarini ko‘rsatib, gunohini kechiradi. 10) Yoki rahmlilarning eng rahmlisi bo‘lgan Zot unga rahm qiladi. Bas, kimni mana shu o‘nta holat chetlab o‘tsa, u faqat o‘zini malomat qilsin! ( Majmu’ul fatavo )
نمایش همه...
sticker.webp0.06 KB
Musulmonlar yaxshi dam olinglar ✨🌙✨✨ Tahajjudga turish esdan chiqmasin... Allohga omonatsiz ☝️
نمایش همه...
یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.