cookie

ما از کوکی‌ها برای بهبود تجربه مرور شما استفاده می‌کنیم. با کلیک کردن بر روی «پذیرش همه»، شما با استفاده از کوکی‌ها موافقت می‌کنید.

avatar

Soliyev

Шунчаки фикрлар, иқтибослар, мотивациялар ва тавсиялар. Ёзганларим ўзим учун тўғри Интроверт, мослашувчан, дангаса. @mezanauz ходими, @bolalarolamiuz аъзоси @soliyev_live – «рамка»дан ташқари

نمایش بیشتر
طاجيكستان10 330زبان مشخص نشده استوبلاگ‌ها44 545
پست‌های تبلیغاتی
197
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
-17 روز
-1230 روز

در حال بارگیری داده...

معدل نمو المشتركين

در حال بارگیری داده...

❗️ Mezana ilm markazi faoliyati to‘xtatildi! Men faoliyat yuritib kelgan Mezana ilm markazi faoliyati ayrim sabablarga ko'ra to'xtatildi. 👉 @soliyev
نمایش همه...
😢 6🤬 1
O‘zing haqingda yaxshi gap eshitmoqchi bo‘lsang, o‘lib ko‘r! 2016-yil "Baron" filmi premyerasi bo‘lgan. Esimda, 9-sinfda o‘qirdim. Rosa muhokama qilgandik. Syujetdan ham ko‘ra filmdagi falsafiy gaplar meni ko‘proq o‘ziga tortgandi o‘sha vaqt. Yuqorida yozgan gapimni ham shu film orqali eslab qolganman. Hayotda esa juda ko‘p marta buning isbotini ko‘rdim. Bir necha kun oldin barcha yangiliklar kanallariyu blogerlar "o‘zbek san’ati og‘ir judolikka uchragani" haqida yozdi. Haqiqatan ham bu og‘ir judolik bo‘ldi. Nafaqat san’at uchun, adabiyot, ilm ahli uchun ham katta yo‘qotish edi bu. Sherali Jo‘rayev inson sifatida kimgadir yoqmasdi, lekin san‘ati, ilmi e‘tirofga loyiq inson edi. Aprelda tug‘ilgan kuniga borganimizda Hasanxon Yahyo Abdulmajid domlani ko‘rganimda "adashimning" ahli ilmlar orasida ham hurmatli ekaniga amin bo‘lgandim. Vafotidan so‘ng fotihaga borganimizda ham Shayx Abdulaziz Mansur va yana bir qancha ilmli kishilarni uchratib, bu boradagi qarashlarim yana bir marta o‘z isbotini topdi. Ko‘chada yursa "melisalar" "soprovojdat" qiladigan, 5-6 ta "inomarka"dan iborat kortej bilan yuradigan kiborlarning tashrifiga esa izoh shart emas. "O'tgan odamning ortidan yomon gapirilmaydi" deyishadi. Lekin hammaga sizni yomonlab, o'zi zimdan sizni kuzatadigan, qo'shiqlaringizni yoddan bilib, hirgoyi qiladigan, kanalingizga obuna bo'lmasa ham har bir yangi postingizni kutadigan odamlar o'lganingizdan keyin negadir sizni (qayta) yaxshi ko'rib qolishadi. Mayli, yomonlasin demayman. Lekin tirikligida ham yaxshi tomonini ayt, baraka topgur! O'zi shu kunlarda Sherali Jo‘rayev, mening ismim shu kishiga atab qo‘yilgani, dadamning u kishiga qariyb 50 yildan beri muxlislik qilib, 22 yildirki har 12-aprelda xonadonida mehmon bo'lishlari, butun qishloq, tuman va hatto viloyatda dadamni "nomer adin" muxlis deb bilishlari haqida yozmoqchi edim. Lekin negadir yozgim kelmadi. Balki keyinroq bu haqida yana to'xtalarman. Hozir esa aytadiganim boshqa gap bor. Kimdir haqida yaxshi so'z aytish uchun albatta uning o'lishini kutish shart emas. To'g'ri, yomonlaydigan odam o'lganingdan keyin ham yomonlaydi. Lekin "xameleon" bo'lgandan shu ham afzalroq. Shuning uchun, odamlar sizni maqtamayotgan, mehnatlaringiz, harakatingizni e'tirof etmayotgan bo'lishsa, tushkunlikka tushmang. Vafotingizdan keyin sizni yaxshilaydiganlar topiladi. Hozir esa to'xtashga haqqingiz yo'q. Mayli uxlamang, mayli och qoling. Lekin ortingizda "bolam (akam, ukam, jiyanim va hokazo) katta odam bo'ladi", deb kutayotganlar uchun siz shu dunyoning o'zida nimalarga qodir ekaningizni ko'rsatishingiz kerak... 👉 @soliyev
نمایش همه...
🔥 5👍 2
Sherali Jo‘rayev vafot etibdi. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
نمایش همه...
😢 4
Men hayotimning eng qimmatli qismi — yoshlik yillarimni ofisdagi ishga sarflayapman. Bundan afsuslanamanmi? Yo‘q, albatta. Bu yo‘lni bosib o‘tmasdan turib, kerakli marraga yetish imkonsiz. Aqlimni taniganimdan beri kostyum-shimda o‘z ofisimda achchiq qahva ichib o‘tirishimni tasavvur qilardim. Ammo menga qarang, na karyera, na mol-mulk, na tanish-bilishim bor. Buni qarangki, hatto qahva bilan ham yo‘llarimiz mos tushmadi. Hozir ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun faqat suv ichyapman. Unga qara, Instagramʼda minglab obunachisi bor, har oyda sayohat qiladi, nega mening hayotim aksincha ketmoqda? Buni davlat televideniyesiga qiyoslash mumkin. Hech kim o‘z hayotidagi muammolar haqida kamerada gapirmaydi. Biz, odamlar, axborot bilan to‘yingan davrda o‘z-o‘zimizni yeb bitirishga odatlanyapmiz. Kontent iste’moli sababli uzoq vaqt o‘tmay, inson o‘zini yetarlicha chiroyli, omadli va qiziqarli emasdek his qila boshlaydi. Mutaxassis sifatida ayta oladigan yagona maslahatim, kamroq tomosha qiling, ko‘proq harakatlanib, yo‘ldoshlarga ko‘proq vaqt ajrating. ✍ Humoyun 👉 @soliyev
نمایش همه...
👍 3
🎉 Bugun reklama vakillarining rasmiy bayram kuni! Oʼzbekiston marketing uyushmasi oʼtgan yili 2 ta kasbiy bayram kunini tasdiqlagandi: 25 avgust — Reklama xodimlari kuni. 19 aprel— Marketologlar kuni. Bu sanalar tanlanishining sabablari bor: — 1996 yil 25 avgustda mustaqillikning 5 yilligiga bagʼishlab ilk bor ijtimoiy reklama syujetlari yaratilib, shaharlarimiz koʼchalarida joylangan. — 2016 yil 19 aprelda esa birinchi bor ADWEEK marketing va reklama haftaligi oʼtkazilgan. Bu sanalar ish faoliyati reklama va marketing sohalari bilan bogʼliq boʼlgan barcha mutaxassislar uchun bayram sifatida qabul qilinishi mumkin. Bayramingiz bilan, hamkasblar! © Husan Jemilov 👉 @soliyev
نمایش همه...
O‘zimni kamera qarshisida sinab ko‘rishda davom etyapman. O‘zim qoniqadigan darajada chiqmasayam, harqalay boricha harakat qilish kerak menimcha. Kirib ko‘ringlar, yoqsa layk, yoqmasa dislayk bosing, izohlarda fikringizni qoldiring, "vo' zo'r ma'lumot" deb hisoblasangiz yaqinlaringizga ulashib qo'ying. Ps: video kechasi olingani uchun kamera zo'riqib ishlagan, shunga sifat tomondan muammo bor. Pss: videoda 8 yoshli deganman lekin aslida bu qiz 7 oy oldin 9 yoshga to'lgan. Shunchaki videoda aytilgan summani ishlab topganida 8 yosh edi. Shunga adashtirganman. https://youtu.be/4jOdkAQ35Sk
نمایش همه...
Bir yilda 28 million dollar ishlagan Nastya

#nastya #like #million 2021-yilda Nastya Radzinskaya 28 million dollar ishlab topdi va dunyoning yarmini kezib chiqdi. Ayni paytda 9 yoshga to'lgan qizaloqning "Like Nastya" (@LikeNastyaofficial ) deb nomlangan YouTube kanalida 106 million obunachisi bor. U ota-onasi bilan birga Mayamida yashaydi, videolar suratga oladi, sayohat qiladi va moda olamini kuzatib boradi. Shu tufayli ko‘p yillar davomida u Forbes’ning dunyodagi eng boy blogerlar reytingida yuqori o‘rinlarda turadi.

Shayx Ali Tantoviyning Parijdagi ukasiga yozgan maktubi "Katta shahar, ko‘cha, maydon, zavod va imoratlarni ko‘rganingda bu narsalar seni cho‘chitib yubormasin. Sen bu narsalarni ko‘rib, o‘zingni, yurtingni past sanama. Aksar Parijga borganlar shu narsaga mubtalo bo‘lishmoqda. Bilginki, u yer har qancha muhtasham va "madaniyatli" bo‘lmasin, sen ham johillardan emassan, sen mansub bo‘lgan ummat ham past tabaqa emas. Aksincha, sen shon sharafga sazovor tamaddun vakilisan, o‘sha ovrupaliklarni o‘qitib, ularni odam qilgan zotlarning farzandisan. Hozirgi kunda tarixni ulardan boshqa hech kim yoza olmayotgan bo‘lsa-da, bilib qo‘y, sen shunday bir ummatning farzandisanki, agar uning ismi tarixdan o‘chirib yuborilsa, tarix zarvaraqlaridagi uzoq fursat bo‘m bo‘sh bo‘lib qoladi. Sen Parijda ko‘rgan kishilar kim o‘zi? Ular oxirgi to‘rt asrning avlodi, xolos. Sening ummating esa butun insoniyat tarixining egasidir. Borgan joyingda dining va axloqing xavf xatarda qolsa, narsalaringni yig‘ishtirib, Sorbonna universitetini uni qurganlarda qoldirgin-da, yurtingga qaytib kel. Dining va axloqingni yo‘q qilish evaziga oladigan ilmning bahridan o‘tib qo‘yaqol!" 👉 @soliyev
نمایش همه...
"Yangrashdan to'xtagan azon" yoxud Azon.uz loyihasi haqida Azon.uz “nonini yegan” inson sifatida bu loyiha haqida nimadir deyishim to’g’rimi, noto’g’rimi bilmayman. Lekin gap haqiqat, adolat haqida borganda andisha qilib o’tirmayman. Borini aytaman. Yana bir lekin shundaki, men aynan Azon.uz’da baraka topdim deb hisoblayman. Moddiy tomondan qaralsa katta maosh olmagandirman lekin barakali maosh bo’lgan. Ruhiy tomonlama esa boshqa hech qayerda olmagan ilmim, tajribamni aynan “Azon”da oldim. Bu loyiha, bu jamoa bilan faqat va faqat yaxshi xotiralarim bor. Yaxshi kishining atrofida yaxshilar yig’iladi deganlaridek, Azon.uz jamoasida ham o’z ishining ustalari, ishiga muhabbatli, mehnatdan qochmaydigan, chin musulmon, chin o’zbek, haqiqiy mardlar jam bo’lgandi. Bugun jamoa rahbari va loyiha asoschisi Ustoz Mubashshir Ahmad “Azon.uz barcha loyihalarini to’xtatganini” ma’lum qildi. Shu loyihaning (aynan Azon.uz axborot-tahliliy portalining) sobiq a’zosi, ayni paytda shu loyihaga aloqador markaz xodimi sifatida bu holat meni ranjitdi. Negaki, bu sayt, bu loyiha ayrimlar ta’kidlaganidek diniy portalgina emas, chinakam axborot-tahliliy portal edi. Laganbardorlikdan yiroqman. Ustiga ustak, tugatilgan loyihaga “paxta qo’yishdan” ma’no ham yo’q. Lekin tashqaridan qaragan inson uchun Azon.uz oddiy (yoki diniy) sayt bo’lib ko’rinsa-da, bu yerda e’lon qilinayotgan har bir xabar, har bir maqola bir necha chig’iriqdan o’tadi. Avvalo, muallif uni ilmi qadar mukammal tayyorlaydi, undan so’ng uzoq yillik tajribali kishilar tekshiradi, qo’shimcha qiladi, izlanadi. Kezi kelganda esa “boshqa tashkilotlar elagidan ham o’tkaziladi”. Ya’ni o’quvchi uchun harakat qilinadi, o’qigan, ko’rgan odam shu materialdan nimadir olsin degan maqsad bo’ladi. Trendga ergashib bo’lar-bo’lmas xabarlar tarqatilavermaydi. Shunchalik zo’r joy ekan, nega o’z vaqtida ketib qolgansan, deb so’rashingiz mumkin. Balki sizga qiziqmasdir, shunchaki aytgim keldi. Men Azon.uz da qariyb bir yil ishladim. Shu vaqt ichida jamoadan, rahbarlar-u hamkasblarimdan o’rganishim mumkin bo’lgan bilim va tajribaning bir qismini o’rganishga ulgurdim. Ammo loyihaga qo’shadigan hissam, beradigan bilimim tugab qoldi. Inson yo oladigani yo beradigani qolmaganda ketadi. Menda ikkinchisi bo’lgan. Faoliyatim davomida, undan oldin va keyin qilgan ba’zi ishlarim, xatolarimdan o’zim xulosa qilsam men Azon.uz darajasidagi xodim emasdim. Ammo ular mening urinib ko’rish istagimga “labbay” deyishgan va o’ylaymanki, ishonchlarini qisman bo’lsa-da oqlaganman. Bugungi ishlar — loyihaning to’xtatilgani bo’yicha mendan “nima bo’ldi, tinchlikmi?” deb so’rashyapti. To’g’ri, men ketgan eshigimni qattiq yopmaganman, hali ham jamoaning bir bo’lagi bo’lgan Mezana ilm markazida ishlayman, jamoa a’zolari bilan salom-aligim bor. Lekin bu savolga javob bera oladigan ma’lumotga ega emasman. “Tinchlikmi?” degan savolingizning o’zida javob bordir balki. Umuman olganda asl haqiqatni, sabablarni bilishni istasangiz, bu haqida Ustoz Mubashshir Ahmad yozdilar: “Sabablarini keyinroq, ma’qul topilsa ma’lum qilinadi”. Loyiha egasi, ulamo, o’zbek xalqi va musulmonlar uchun jon kuydiradigan u kishi jim turishni ma’qul ko’rganlarida bizning nimadir deyishimiz odobga ham, mantiqqa ham, “matematikaga ham to’g’ri kelmaydi)”. AzonTV kanali haqida jamiyatning fikri ijobiy edi. Umuman Azon.uz portalini ham “millatni uyg’otishga qaratilgan eng samarali loyiha” deb ta’riflashyapti. Demak kimlargadir millatning uyg’onishi xavf tug’dirgan yoki biz bilmagan, biz kutmagan boshqa sabab bor. Taxminlar, gumonlar ko’p. Haqiqat esa loyiha a’zolari va yolg’iz Yaratganga ayon. Biz oddiy bir kuzatuvchi o’laroq bu voqeadan tashvishga tushdik xolos. Axir qo’limizdan keladigani faqat shu: afsuslanish va duo qilish xolos... 👉 @soliyev
نمایش همه...
Repost from Mubaşşir Ahmad
Azon.uz барча лойиҳаларини тўхтатади. Сабабларини кейинроқ, маъқул топилса маълум қилинади. @MubashshirAhmad
نمایش همه...
نمایش همه...
Jahongir Ulug‘murodov ozod etildi

#interview #dolzarb #muhimxabar Yodingizda bo'lsa bundan bir necha oy avval ta'qiqlangan nashida tarqatgani uchun 21 yoshli Jahongir Ulug'murodov 3 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi. Shundan so'ng Jahongirning ota-onasi prezidentga murojaat yo'llagan va jurnalist, bloger hamda jamoatchilik faollari ushbu masala yuzasidan tanqidiy chiqishlar qilgan edi. Kecha O'zbekiston Respublikasi Oliy sudida Ulug'murodov bilan bog'liq jinoyat ishi kassatsiya tartibida ko'rib chiqildi. Unga ko'ra Jahongirga tayinlangan 3 yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi bekor qilinib, jazoning qolgan qismini ozodlikni cheklash tartibida o'tashi belgilandi. Aksariyat hamyurtlarimiz, ijtimoy tarmoq faollari ushbu holatdan sevinayotgan bo'lishsa, yana kimlardir bu holat umuman ayblovga tortmasligi, Jahongirga yengilroq jazo qo'llash emas, uni butkul oqlash kerakligi haqida bong urishmoqda. Biroq yakuniy qaror mamlakatning adolat tarozisi bo'lgan sud hay'ati tomonidan qabul qilib bo'lingan.

یک طرح متفاوت انتخاب کنید

طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.