OʻZBEK TILI TAʼLIMI FAKULTETI | TOSHDOʻTAU | RASMIY
🏛️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, Oʻzbek tili taʼlimi fakultetining rasmiy kanali. Bu yerda asosan fakultet va universitet yangiliklari, rasmiy xabarlari yoritilib boriladi.
نمایش بیشتر318
مشترکین
اطلاعاتی وجود ندارد24 ساعت
اطلاعاتی وجود ندارد7 روز
اطلاعاتی وجود ندارد30 روز
- مشترکین
- پوشش پست
- ER - نسبت تعامل
در حال بارگیری داده...
معدل نمو المشتركين
در حال بارگیری داده...
🔥🔥🔥
Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma e’lon qildi
Qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mahaliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma e’lon qilindi.
Chegirma 2023-yil 23-dekabrdan boshlab 2024-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Assalomu alaykum universitetimizning qadrli zakovat ixlosmandlari. Universitetimiz jamoalari o'rtasidagi 9-o'yinga tayyormisiz?
📅 6-dekabr chorshanba kuni soat 12:00 da sizlarni kutamiz.
📍Manzil: Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, A bino WiFi hududi.
🖋 Ishtirok etuvchi jamoalar @behruz_6402 ) ga jamoa nomi va ishtirokchilarini yozib yuborishi kerak. Jamoada kamida 3 ta ko'pi bilan 5 ta o'yinchi bo'lishi talab etiladi.
📁 Savollar mavzusi: aralash 24 ta.
📋 Boshlovchi: Ergashev Behruz
P/s: Har bir ishtirok etuvchi jamoa ro'yxatdan o'tib qo'yishini iltimos va talab qilamiz, joylar shunga qarab tayyorlanadi.
00:52
Video unavailableShow in Telegram
#ilmiy_faoliyat #xalqaro_konferensiya
❗️Bu yil “Filologiya masalalari - yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjumani sakkizinchi bor tashkil etildi. Konferensiyada Rossiya, Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkiya, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlarning 15 ta yetakchi universitetlaridan qatnashchilar o‘z ilmiy maqolalari bilan ishtirok etdi.
🔗 Batafsil
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Talabalar konf.mp453.70 MB
👍 1
02:05
Video unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟩🟩🟩
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi talaba-yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovining 2-mavsumini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 7-dekabrga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Kitoblar ro‘yxati:
🔴Said Ahmadning “Jimjitlik” asari
🔴Jeyms Klirning “Atom odatlar” asari
✅Tanlov g‘olib va sovrindorlar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk;
🔵2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor;
🔵3-o‘rin (3 nafar) – Planshet;
🔵4-o‘rin (4 nafar) – Samsung smartfon;
🔵5-o‘rin (10 nafar) – RedMi smartfon;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – Smartfon.
➡️Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang. Imkoniyatdan unumli foydalaning!
tanlov11.mp410.24 MB
🔥🔥🔥
Hurmatli "Yil talabasi - 2023" koʻrik-tanlovining fakultet bosqichi g'oliblari.
Sizlarga 20-noyabr, dushanba kuni "Yil talabasi" tanlovining universitet bosqichi oʻtkazilishini ma'lum qilamiz.
Tanlov soat 14:00 da, 212-ma'ruzalar zalida boʻlib oʻtadi.
P.S. Ishtirokchilarning barchasi taqdimot tayyorlashi lozim.
02:26
Video unavailableShow in Telegram
#bayrogʻim_faxrim
Universitetimizda Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi nishonlandi.
🔗 Batafsil
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Новый проект.mp435.32 MB
👍 1
#konferensiya
#ilmiy_faoliyat
🏛Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-yilning 30-noyabr kuni "Filologiya masalalari yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'tkaziladi.
🙌Konferensiya bo'yicha materiallarni quyidagi manzilga yuborishingizni so'raymiz.
👨🎓Tilshunoslik:
@dostonbek_axmadov05
+998 93 102 85 55 Doston Ahmadov
👩🎓Shevashunoslik va folklorshunoslik:
@sabinaa_berdiyeva
+998 99 929 97 46 Sabina Berdiyeva
👩🎓Adabiyotshunoslik:
@shohsanam_Sharofiddinovna
+998 91 239 08 13
Shohsanam Hazratqulova
👩🎓 Mumtoz adabiyot muammolari:
@Dilnavoz_Xaytaxmatova
+998933397004
Dilnavoz Xaytaxmatova
👩🎓Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik:
@sabinaa_berdiyeva
+998 99 929 97 46 Sabina Berdiyeva
👨🎓Tarjima muammolari:
@dostonbek_axmadov05
+998 93 102 85 55 Doston Ahmadov
👩🎓O'zbek tili va adabiyotini o'qitish metodikasi:
@Nigora_Asqaraliyeva
+998 97 733 08 30 Nigora Asqaraliyeva
👩🎓Amaliy filologiya va kompyuter lingvistikasi:
@Shakirova_31_10
Sevara Shakirova
Muddat: 20-noyabrgacha
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#oavda_biz
📌 "Ma’rifat" gazetasining 2023-yil 8-noyabr 45 (9474)-sonida universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Nusratilla Jumaxoʻjaning "Gʻazal tahlili mas’uliyati" sarlavhali maqolasi chop etildi.
🗞 Maqolani oʻqish
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Photo unavailableShow in Telegram
#Talabalar_hayotidan
📌 8-noyabr kuni Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti talabalari va zamonaviy oʻzbek she’riyatining atoqli vakillaridan biri, shoir Faxriddin Nizomov (Faxriyor) ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
🔗 Batafsil
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#Tanlov
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi
Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:
◀️Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
◀️Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
◀️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
◀️Yilning eng faol sportchi talabasi;
◀️Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
◀️Yilning eng faol ijodkor talabasi;
◀️Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).
Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Yil talabasi” tanlovi nizomi
Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.
یک طرح متفاوت انتخاب کنید
طرح فعلی شما تنها برای 5 کانال تجزیه و تحلیل را مجاز می کند. برای بیشتر، لطفا یک طرح دیگر انتخاب کنید.