DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI
رفتن به کانال در Telegram
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi. Telefon: +998 99 728 29 00 Facebook: www.facebook.com/dtrmuz Youtube: https://www.youtube.com/@dtrm-talim Instagram: https://www.instagram.com/davlat_tili_/
نمایش بیشتر804
مشترکین
-124 ساعت
-147 روز
-6930 روز
آرشیو پست ها
#etimologiya
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YASSI — “sathi yassi”, “tekis”.
[Yigitning] keng yuzi zahil, ko‘zlari nursiz, burni yassi... (Ibrohim Rahim).Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma’noni anglatgan bu sifat yası tarzida talaffuz qilingan. O‘zbek tilida s undoshi qatlangan, unlilar qattiqlik belgisi yo‘qolgan: yası > yassi. 🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
+5
2026-yil 29-iyun – 3-iyul kunlari Ozarbayjon Respublikasining Boku shahrida Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Turkiy dunyo haftaligi” bo‘lib o‘tmoqda
Mazkur xalqaro tadbir Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning “Birinchi Turkologiya Qurultoyining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi farmoni asosida Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Turkiy dunyo haftaligi doirasida xalqaro kongress, ilmiy konferensiyalar, kitob taqdimotlari, san'at ko‘rgazmalari, teatr tomoshalari, kino namoyishlari hamda konsert dasturlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirda turkiy dunyoning taniqli olimlari, madaniyat arboblari, davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
Nufuzli anjumanda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, filologiya fanlari doktori, professor Inomjon Azimov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligining rasmiy taklifiga binoan ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro tadbir turkologiya fanini rivojlantirish, turkiy xalqlarning mushtarak tarixiy, madaniy va ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
+5
#imtihon
😊 Markaz va uning hududiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan,
“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishda davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 28-sentabrdagi 592-son qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida" 2023-yil 14-avgustdagi 368-son qarori.ushbu imtihonlar Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilishda chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan davlat tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan o‘tish uchun davlat xizmatlari markazlari va YIDXP orqali elektron tarzda murojaat qilish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, talabgorlar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hujjat topshirishlari mumkin. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
+1
TILIMIZ – BOY, UNDAN TO‘G‘RI FOYDALANAYLIK ...
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Repost from DAVLAT TILINI RIVOJLANTIRISH DEPARTAMENTI
#ona_tilimiz_uchun
Davlatlar va ularning poytaxtlari nomlarini koʻrib chiqing!
Rasmiy iste’molga kiritish uchun ishlab chiqilgan davlatlar va ularning poytaxtlari nomlarining oʻzbek tilining imlo qoidalari va talaffuz me’yorlariga mosligi yuzasidan tegishli tashkilotlar ishchi guruhlari yuborgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi organi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Ishchi organ galdagi taqdim etilayotgan davlatlar va ularning poytaxtlari nomlari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham mamnuniyat bilan qabul qiladi va koʻrib chiqadi.
Oʻz fikr-mulohazalaringizni izohda yozib qoldiring! Tilimizga befarq boʻlmang!
Takliflarni quyidagi havola orqali ham yozib qoldirishingiz mumkin: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfjaqAyLYlQur3lESMoqAR9DXXgdYdsi2ky44fiwhy7TW-1sg/viewform?pli=1
Bizni kuzatib boring👇✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
+3
#bilasizmi?
Mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar qayerda o‘zbek tilini o‘rganadi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ–308-son qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi hamda uning hududiy bo‘linmalarida mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan chet ellik talabalarni davlat tili bo‘yicha bepul o‘qitish kurslari tashkil etib kelinmoqda.
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
#etimologiya
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YASMIQ — dukkaklilar oilasiga mansub o‘simlik va uning doni.
Onam bugun yasmiq shavla pishiribdi.Bu ot qadimgi turkiy tildagi “sathi yoyil-” ma’nosini anglatuvchi yas fe’lidan -muq qo‘shimchasi bilan yasalgan; o‘zbek tilida a unlisi ä unlisiga, ikkinchi bo‘g‘indagi u unlisi i unlisiga almashgan: yas + muq = yasmuq > yäsmuq > yasmiq. 🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
#etimologiya
So‘zlarimiz etimologiyasini bilasizmi❓
YASAN – “o‘ziga oro ber-”, “bezan-”.
Oysha xola mening yasanib olganimni payqadi shekilli (Odil Yoqubov).Bu so‘z o‘zbek tilida yasa- fe’lining “beza-”, “chiroyli qil-” ma’nosidan “o‘zlik” ma’nosini ifodalovchi -n qo‘shimchasi bilan hosil qilingan. YASATIG‘LIQ – “oro berilgan”, “bezalgan”.
Kunduzlari Toshxon yasatig‘liq uyda yolg‘iz qolardi (R. Rahmonov).Bu so‘z o‘zbek tilida yasa- fe’lining “beza-”, “chiroyli qil-” ma’nosidan -t orttirma qo‘shimchasi bilan hosil qilingan shakliga -(i)q qo‘shimchasini qo‘shib yasalgan otdan -liq qo‘shimchasi bilan yasalgan; -lik qo‘shimchasi qo‘shilgandan keyin uning oldidagi q undoshi g‘ undoshiga almashgan. 🛡 Ma'lumotlar Sh.Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati" dan olindi. 🌎Bizning manzillar: 🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
❗️#E'lon ❗️
MAY oyi "O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish" kursi tinglovchilari sertifikatlari tayyorligini ma'lum qilamiz.
📂 Sertifikatingizni Markazning rasmiy veb saytidan yuklab olishingiz mumkin.
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
Repost from YANGI SIRDARYO
🔴“PENSIYAM”I YOKI “NAFAQA”?
🔴Bugun faxr bilan ayta olamizki, o‘zbek tili dunyodagi eng taraqqiy etgan tillardan biridir. Bugun bu tilda bir tushunchani, bir voqeani tinglovchiga bir necha o‘nlab shakllarda yetkazish imkoniyati mavjud. Shunday bo‘lsa-da, tilimizdagi ayrim ijtimoiy termin-larni bilib-bilmay, aralash yoxud noo‘rin qo‘llash, boshqacha aytganda, so‘zning ma’nosini tushunmasdan nutqqa olib kirish holatlari uchrab turibdi. Buni pensiya va nafaqa leksemalari misolida ham ko‘rish mumkin.
➡️Batafsil:
📱 Telegram 📱 Facebook 📱 Instagram 🌐Website 📱 YouTube.
+1
#qutlov
Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boʻlinmasi rahbari Farhod Bobojonovni professor ilmiy unvonini olganligi bilan Markaz jamoasi samimiy qutlaydi!
Ustozga ilmiy ishlarida muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik tilaydi!
“GLOBAL INTEGRATSIYA SHAROITIDA TURKIY TILLAR TARAQQIYOTI: MUAMMO VA VAZIFALAR” III XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI dan lavhalar
+9
“GLOBAL INTEGRATSIYA SHAROITIDA TURKIY TILLAR TARAQQIYOTI: MUAMMO VA VAZIFALAR” III XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI dan lavhalar
“GLOBAL INTEGRATSIYA SHAROITIDA TURKIY TILLAR TARAQQIYOTI: MUAMMO VA VAZIFALAR” III XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMANI ni sanoqli soatlardan so‘ng boshlanadi!
Anjumanni masofadan kuzatish imkoniyati mavjud. Shuningdek, Markazning YouTube kanali hamda zoom platformasi orqali ulanish mumkin.
https://us06web.zoom.us/j/82172965078?pwd=tiibokuZOcna4Ynuo8IuOyxQTq6hcL.1
Идентификатор конференции: 821 7296 5078
Код доступа: 428582
🌎Bizning manzillar:
🌐Veb-sahifa |✈️Telegram |™️ Facebook | 📺Youtube
