Farg‘ona tumani hokimligi
🔵 Farg‘ona tumani hokimligi Axborot xizmati. ✅ Fargonatuman.uz | ✈️ Telegram| t.me/FargonaTumaniHokimligi ✅ Facebook | www.facebook.com/FerghanaRegion 📹 YouTube | https://www.youtube.com/channel/UCIOY5_0yTw59QVGOmBALpyw
نمایش بیشتر- مشترکین
- پوشش پست
- ER - نسبت تعامل
در حال بارگیری داده...
در حال بارگیری داده...
Vatan –kindik qonim toʻkilgan makon, ota-bobolarim orzulariga qanot baxsh etib, erkinlik, baxtu saodat, quvonchlarni armugʻon etgan qadrdon yurtim. Sen borsanki, yurtimda qushlarning sasi avjida, goʻdaklarning baxtiyor kulgusi yangraydi. Sen elim uchun baxtlar arg’umon. MEN VATANPARVARMAN! Joriy yilning 3 - may kuni Farg’ona viloyatining olis hududlaridagi maktablarida haqiqiy mard va jasur shijoatli oʻquvchi qizlarimizni aniqlash maqsadida, Respublika harbiy prokuraturasi hamda viloyat kuch tuzilmalari tashabbusi bilan "Men vatanparvarman" tadbiri boʻlib oʻtdi. Farg’ona tumani “Oqbilol” MFY 22-umumta’lum maktabida oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchi qizlar 5 ta shart asosida bellashib oʻzlarini Toʻmaris avlodi, Nodirabegim farzandi va Zulfiyaxonim izdoshi ekanligini namoyon etdilar. Tadbir doirasida namoyish qilingan koʻrgazmali chiqishlar vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi folklor jamoasining ijrolari nafaqat yoshlar, balki bellashuvni maroq bilan kuzatgan hudud aholisi hamda mahalla ahliga koʻtaringi kayfiyat baxsh etib, yana bir bor yurtga nisbatan fahr tuygʻusini tuyushiga zamin yaratdi. 🏆Oʻtkazilgan bellashuvda “Yangi avlod” jamoasi faxirli 1-o’rinni egallagan bo’lsa, “Toʻmaris” jamoasi 2-o’rinni, “Yangi O’zbekiston” jamoasi asa 3-o’rinni egalladi. Gʻolib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar tantanali topshirildi.